I-BOB. MONTAJ ASOSLARI,
KADRLAR VA EPIZODLAR MONTAJINING
ASOSIY TAMOYILLARI
Mazkur bob montaj san’atining tarixi, undagi asosiy
atamalar,
grafik
tilga,
montajning
asosiy
qoidalariga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda butun dunyo kinematografiyasi
tomonidan tan olingan montajning o‘nta asosiy tamoyillari va
ularning talablari haqida so‘z boradi
.
7
1.1 Montaj tarixi, atamalari va tasviriy tili
Mavzu montaj tarixi, montaj borasidagi ilmiy izlanishlar,
montaj san’atidagi asosiy tushunchalar, unga oid atamalar va
ularning qo‘llanilishi, montajning maxsus tasviriy tili haqidagi
ma’lumotlarni qamrab olgan.
«Montaj» nimaligini bugungi kunda hamma biladi!
Agar bu savolni birinchi sinf o‘quvchisiga yoki televidenie
ishchisiga yoki bo‘lmasa professional rejissyorga berilsa ham
javob bir xil bo‘lishi aniq: bu film yoki ko‘rsatuvni alohida
kadrlarni birlashtirish orqali yig‘ishdir. Javob juda to‘g‘ri va shu
bilan birga juda jo‘n.
Ko‘pgina jaxon kinosi namoyondalari, kino san’ati
amaliyotchilari va nazariyotchi olimlari o‘zlarining bir qator ilmiy
asarlarini montaj san’atiga bag‘ishlaganlar. Kino san’ati,
rejissuraga oid ilmiy adabiyotlarning deyarli barchasida montaj
san’atiga, uning badiiy imkoniyatlari, qonun-qoidalariga
bag‘ishlangan qism yoki boblarni topish mumkin. Montaj san’ati
jaxonning eng mashhur kino va televidenie oliygohlarida alohida
fan sifatida o‘qitilishi ham bejiz emas.
Bundan bir necha o‘n yillar oldin montaj san’ati haqida asar
yozgan mualliflar montajni ekran san’atining badiiy ifoda
vositalari qatoriga qo‘shganlar. Bunday fikrlovchilar juda
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Montaj san’atiga nisbatan bunday
nuqtai nazar juda keng tarqalgan bo‘lib, u ayni haqiqatdir. Montaj
aslida – ekran san’ati badiiy ifoda vositalaridan biridir. Odatda
kino san’atining badiiy ifoda vositalari qatorida montajni negadir
dramaturgiya, tasvir va ovozdan keyin to‘rtinchi, beshinchi yoki
yanada pastroq qatorlarga tushirib yuborishadi.
Biroq, bundan ancha yillar muqaddam “...montaj – badiiy
tafakkurning yangi ko‘rinishi” degan nuqtai-nazar ham paydo
bo‘ldi va agar, bu fikr o‘z tasdig‘ini topsa, u to‘g‘ri bo‘lsa, u
holda bu qarash “...montaj bu tasviriy ifoda vositasi” degan
fikrlarga qarshi fikr bo‘ladi.
Ijod jarayonida ham rejissyor, ham dramaturg va o‘z-
o‘zidan, kinooperator ham o‘zining asarini yaratadilar. Bunda
jamoadagi har bir ijodkor o‘z san’at turi imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda o‘z tasavvurlarida bo‘lg‘usi filmning kadrlarini,
8
epizodlarini, kadr kompozitsiyasini, epizodlarini, bir yoki bir
necha tasviriy ifoda vositasitalaridan, shu jumladan montajdan
ham foydalangan holda ishlab chiqadilar. Aslida shunday
bo‘ladimi, yo‘qmi, baribir har bir san’at asari albatta tasavvur
mevasidir. Biroq,
badiiy tafakkur
ijod jarayonida “muhimlik”
nuqtai nazaridan
g‘oyani amalga oshirish vositalari
ga nisbatan
ancha yuqoriroq turadi. Be’manilik, shunday emasmi! Bir
narsaning o‘zi ayni bir paytning o‘zida ham “asosiy” va “ikkinchi
darajali” narsa bo‘lib qolyapti! Ijod jarayonida g‘oyaning, ya’ni
ijodiy tafakkurning o‘zi va ayni paytda uni tomoshabinga yetkazib
berish vositalari ham “
asosiy
”likka davogarlik qilyapti.
Bu kabi nuqtai nazarlar bundan o‘ttiz-qirq yillar oldin ilgari
surilardi.
Xo‘sh, bugungi kundagi kino va televideniening atoqli
arboblari bu masala yuzasidan nima deyishadi? Hech narsa! Agar
biror narsa deyishgan yoki yozishgan bo‘lishsa ham, montaj
haqidagi bu gaplarni ulardan oldin montaj nazariyotchisi Lev
Kuleshov allaqachon yozib ketgan.
Montajga bo‘lgan qarashlarning rivojlanish tarixi shu qadar
murakkab va qiziqki, unga bir-oz bo‘lsada to‘xtalmay o‘tishning
iloji yo‘q, nazarimizda.
1917 yilda L. Kuleshov shunday yozgandi: «Yaxshi film
yaratish uchun, rejissyor bir-biri bilan bog‘lanmagan, tartibsiz,
alohida kadrlarni muayyan tartibda joylashtirishi, yagona, yaxlit
asarga aylantirishi lozim. Shu bilan birga, ayrim hollarda
kadrlarni o‘zaro qiyoslashi, taqqoslashi va ularni huddi, yosh bola
alohida sochib tashlangan xarfli kubikchalardan bir butun so‘z
yoki ibora yig‘gani kabi, eng maqbul, yaxlit holda, ritmik tartibda
birlashtirishi lozim”.
Shu birgina gap bilan montajning eng asosiy vazifasi aytib
o‘tildi. Montaj – bu asar mazmuni va g‘oyasini ochib berish
yo‘lida alohida-alohida “qism”larni yagona bir tizimga, shaklga
birlashtirish usulidir. Ekran asarining badiiyligi, ifodaliligini
ta’minlash uchun, kadr, sahna, voqealar yoki harakat kabi alohida
elementlarning o‘zaro mutanosib ravishda birikishi uchun “eng
maqbul” variantni topish kerak. Buning uchun esa katta ijodiy
izlanish talab etiladi va buning barchasiga erishishning eng to‘g‘ri
yo‘li bu taqqoslashdir,
alohida qismlarni o‘zaro
taqqoslash
.
9
Anashu, taqqoslash orqali tanlab olingan “eng maqbul” elementlar
ritmik strukturada birlashishi lozim.
L. Kuleshov montaj yuzasidan bir qator tajribalar ham
o‘tkazib ko‘rgan. Keyinchalik bu tadqiqotlar natijalari butun
dunyoga mashxur bo‘lgan hamda montajning kino san’atidagi
ikkita asosiy vazifasini juda sodda shaklda izohlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |