34
qiziqqonlik qilibmi, baribir “kemaning yirik plani” deb yozgan.
Operator ham soddalik qilib bu rejissyorga ishongan va “yirik
plan”ni tasvirga olish chog‘ida yoritish uchun prodyusserdan 500
kilovatt yoritish uskunalarini so‘radi.
12-rasm. Okean sayyoxlik kemasi.
Ha, tajribali mutaxassislar bunday
rejissyor va operator
haqida yomon fikrga borib qolishlari aniq.
11-rasmdagi kadr haqida: “Umumiy plan. Lokomotivning
old qismi” deb aytilsa to‘g‘ri bo‘ladi, nazarimizda.
Rasmdagi ikkinchi kadr yirikligi bo‘yicha, L.Kuleshov
nazariyasiga ko‘ra olis plan. Ummon kema-laynerining burun
qismi.
Olingan
ma’lumotlarni sarhisob qilish vaqti keldi,
nazarimizda. Demak, o‘zida inson
yuzidan sal kattaroq biror
ob’ektni, masalan futbol to‘pini aks ettirgan kadr – yirik plan deb
ataladi. Bordiyu kadr insonning tik turgan holatdagi bo‘yidan ham
kattaroq narsani, masalan filni aks ettirgan bo‘lsa, u holda bu kadr
“umumiy plan” deb nomlanadi. Mana shu yagona o‘lchov
mezonining mavjudligi sababli ham, aytaylik, “Yirik plan” deb
nomlanuvchi kadrning o‘lchamlari unda aks ettirilayotgan narsa
yoki buyumning o‘lchamlaridan kelib chiqib o‘zgarib
qolmaydi
va o‘zgarishi mumkin ham emas. Fikrimiz tushunarliroq bo‘lishi
uchun “Pashshaning yirik plani”ni misol qilib keltiramiz. Bu
“Yirik plan”li kadrda pashsha shu qadar kichkina bo‘lib aks
etadiki, uni bir qarashda kadrdan topish ham mushkul bo‘lib
qoladi. Chunki, har qanday kadrning yirikligini belgilashda faqat
35
insonning kadrda qanday masshtabda aks etishini asosiy mezon
qilib olinishini nazarda tutadigan bo‘lsak “Pashshaning yirik
plani” degan so‘zning o‘zi juda noto‘g‘ri bo‘ladi va agar bordiyu,
biz pashshaning yirik plandagi tasvirini
suratga olishimiz zarur
bo‘lib qolgan taqdirda ham bu kadrda biz o‘ylagandek
pashshaning boshi aks etmaydi, balki insonning boshi to‘laligicha
aks etishi mumkin bo‘lgan kadrda turgan pashsha aks etadi.
Albatta, bunday katta maydondan pashshani bir qarashda topish
mushkul bo‘ladi.
Fikrimizni yana bir noto‘g‘ri misolni taxlil qilib ko‘rish
bilan davom ettiramiz. “Dengiz kemasining yirik plani”ni suratga
olish, naqadar noto‘g‘ri jumla. Chunki, yuqoridagi misoldan kelib
chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, faqatgina inson boshi sig‘ishi
mumkin bo‘lgan bu kadrda kemaning nari borsa biror kichik
detali, eshik tutqichi, bir qarich
uzunlikdagi zanjir yoki
arqonigina aks etishi mumkin. Kemaning boshqa qismi esa
kadrdan tashqarida qolib ketadi. Albatta, bunday kadrni ko‘rgan
tomoshabin kadrda nima aks etganini ham bilmay qolishi tabiiy.
Rasm. 13. Bu kadrni kemaning yirik plani deb emas, balki odamning olis
plani deb atash to‘g‘ri bo‘ladi.
Kitobning keyingi qismlarida biz kino va televidenieda
umum qabul qilingan atamalar va grafik tilga qat’iy rioya qilgan
holda fikrlashda davom etamiz.
Plan kattaligini belgilash chindan
ham haqiqiy montajning
o‘zginasidir, chunki bu ishda ham “taqqoslash” eng asosiy usul
hisoblanadi. Birinchi galda kadr chegarasi unda aks ettirilayotgan
36
ob’ekt bilan taqqoslansa, ikkinchidan rejissyor yoki operator o‘z
tasavvurlaridagi kadr bilan kinotasmaga
muhrlanayotgan haqiqiy
kadr qanchalik mos kelayotganligi taqqoslab ko‘radilar. Agar ular
o‘zlari o‘ylab qo‘ygan kadrlari darajasidagi kadrni hosil
qilganlariga ishonchlari komil bo‘lsagina tasvirga olishni
boshlaydir.
Rejissyor va operatorlar, umuman ekran san’atiga
daxldor
bo‘lgan barcha insonlar shuni unutmasliklari lozimki,
Do'stlaringiz bilan baham: