Buyuk britaniya



Download 25,42 Kb.
Sana26.02.2020
Hajmi25,42 Kb.
#40803
Bog'liq
britaniya

BUYUK BRITANIYA

Buyuk Britaniya HARBIY STATISTIKASI

Mudofaa byudjyeti: 60,5 mlrd dollar

Shaxsiy tarkib soni: 146,9 ming kishi

Tanklar: 407 

Samolyotlar: 936 

Suv osti kemalari: 10 

Buyuk Britaniya 2010-2018 yillarda qurolli kuchlar sonini 20 foizga qisqartirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, kuchi butun dunyoda ular bilan hisoblashishlariga qodir. Qirollik floti HMS Queen Elizabeth aviatashuvchisini 2020 yilda o‘z tarkibiga olishni maqsad qilgan. Uning uchish palubasining maydoni 18 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, bortda 40ta F-35B qiruvchilari joylashishi mumkin.

Tashqi siyosat.

Rasmiy nomi - Buyuk britaniya va Shimoliy

Irlandiya Birlashgan Qirolligi. Poytaxti – London.

Hududi – 244110 km2. Aholisi 60 mln. Davlat tili – ingliz.

Dini – protesfantlik (90%) Pul birligi – funt sterling.

Urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi, uning harbiy harajatlari 25 mlrd. Fund sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to’rtdan bir qismini yo’qotdi. Oltin va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz ,3, mlrd. Fund sterlingni tashkil etdi.

Faqat AQSH dangina emas, o’z dominionlaridan to’rtdan bir qismidan, savdo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi.

U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan “kuchlar baravarligi” siyosatini yurita olmay qoldi.

Dominion va mustamlakalarda milliy – ozodlik kurashining kuchayishi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSH ning yadro va strategic qurollarga ega bo’lishi Buyuk Brinaniyaning strategic mavqeiga jiddiy zarba berdi.

Endilikda Buyk Britaniya dunyoning yetakchi davlati rolida da`vo qila olmas edi. Urish g’olibning bu ahvoliga U. Cherchil “Zafar va fojia” deb baho bergan edi.

1945 – yilning 5 – iyulida Buyuk Britaniyada parlament saylovi o’tkazildi. Unda Buyuk Britaniya tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar partiyasi) mag’lubiyatga uchradi. Hokimiyat jilovi Leyboristar partiyasi qo’liga o’tdi. Bu partiya parlamentdagi o’rinlarning uchdan ikki qismini egalladi. Leyboristlar o’zlarining saylov oldi dasturini sotsializmni qurish maqsadini ilgari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohatlar yo’li bilan qurilishlarini e`lon qildilar.

27 – iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati (1945 – 1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi. Hukumat jiddiy islohatlar o’tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po’lat, ko’mir va gaz, elektroenergia sanoatini, telegraf va radioaloqa, fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo’l transportini milliylashtirdi. Milliylashtirish sotib olish yo’li bilan amalga oshirildi. 1945 – 1948 – yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sug’urtalashning kompleks kafolati tizimi yaratildi. Unga ko’ra, ishsizlik bo’yicha, mehnat qobiliyatini yo’qotganlik bo’yicha, kasb kasalligi, bevalik bo’yicha hafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari to’lanadigan bo’ldi. 10 mln. ishchining ish haqi oshirildi. 1948 – yildan boshlab lekin meditsina xizmati joriy etildi. Arzon uy – joylar qurilishi boshlandi.

Hukumat “Marshall rejasi” ga ko’ra 1948 – 1950 – yillar oralig’ida 3 mlrd. dollarlik yordam oldi. 1948 – yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga AQSH ning “Lendliz” savdosini to’xtatgani, eksportdan keladigan foyda importi tovarlari qiymatini ko’zlangan darajada qoplamasligi, 1949 – yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan kamaytirishga majbur bo’linganligi, tashqi qarz uchun foiz to’lovlari sabab bo’ldi.

Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur mablag’ga ega bo’la olmadi. Bu borada berilgan va`dalar to’la bajarilmadi. Bu hol 1951 – yilning 25 – oktabrida o’tkazilgan navbatdagi parlament sayloviga konsenvatorlarning g’alabasini ta`minladi. U. Cherchil yana hukumat tuzdi.

1952 – yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo’ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo’q. Aksincha, bu mamlakatni oltin va balyuta zaxirasi kamayishiga olib keldi.

Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemrilishi davom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955 – yil aprelda iste`fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 - yil boshqardilar. U. Cherchilldan so’ng A. iden (1955 – 1957) va G. Makmillan (1957 – 1963) lar hukumatni boshqardilar.

1962 – yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961 – 1965 – yillarga mo’ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va hukumat uni tasdiqladi.

Biroq rejani hayotga tadbiq etishga muvaffaq bo’linmaydi. Ijtimoiy sohani mablag’ bilan ta`minlash og’irlashdi.

Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951 yil – 1964 – yillar oralig’idagi yillarni “bekor o’tgan 13 – yil” deb atadi. 1964 – yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g’alaba qozondi. Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hkumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy – texnika salohiyatini rivojlantirishga katta umid bog’ladi. Shu maqsadda 1965 – yilda parlament birinchi “Milliy besh yillik iqtisodiy dastur”ni qabul qilishiga erishdi.

Dastlab bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo’lsa, 1966 yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 5 foiz o’sishini rejalashtirilgan bo’lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyboristlar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar.

G. Vilsonning Buyuk Britaniyani “Umumiy bozor” ga a`zolikka qbul qildirish yo’lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog’langanlikda ayblab, uning “Umumiy bozor” ga qabul qilinishga qarshilik ko’rsatdi. Bu omillar leyboristlar hukumatining obro’siga ta`sir etmay qolmadi. 1970 – yilning 18 – iyunida o’tkazilgan parlament sayloviga Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.

1971 – yilda “Mehnat munosabatlari isboti to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun tred – yunonlarning huquqini cheklab qo’ydi. Natijada hukumat bilan tred – yunonlar o’rtasida keskinlik vujudga keldi. Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.

1973 – 1974 – yillar qishida tog’ – kon sanotida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda E. Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo’ldi. 1974 – yilning 28 – fevralida bo’lib o’tgan parlament saylovida leboristlar partiyasi g’alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi.

Biroq 1976 – yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumatning harakatlarini amalda yo’qqa chiqardi. G. Vilson o’z ixtiyori bilan iste`fo berishga majbur bo’ldi. Uning o’rnini J. Kallagen (1976 – 1979) egalladi.

J. Kallagen hukumati o’tkir ichki siyosiy muammo – Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi. 1921 – yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. Uning aholisi asosan protestantlardan iborat bo’lib, katoliklar ozchilikni tashkil etadi. Protestantlar katoliklarni har jihatdan kamsitib keldilar. 1968 – yilda katoliklar o’z haq – huquqlari uchun kurash boshladilar. Natijada Shimoliy irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga javoban Buyuk Britaniya hukumati u yerga harbiy qism kiritdi.

Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Oqibatda 1979 – yilda o’tkazilgan parlament saylovida bu partiya mag’lubiyatga uchradi. G’alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o’z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.

Konsenvatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979 – 1990 – yillar oralig’idagi 11 yil Buyuk Bitaniya tarixiga “Margaret Tetcher davri” nomi bilan ketgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro’ qozondi. Uning dasturi “tetcherizm” nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi.

a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko’ra hokimiyat siyosiy yo’lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo’llab – quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo’lishi kerak;

b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo’lishi lozim. U xususiy tashabbuslarini also bo’g’masligi kerak;

d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o’zini o’zi ta`minlasin. O’ziga bog’liq bo’lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko’rsatdi;

e) kamomadsiz budjet bo’lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;

f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zara yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi darkor.

Konservatorlar saylovgacha “To’g’ri yondoshuv” deb atalgan dastur ishlab chiqdilar. Unda buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat`iylik bilan harakat qilishni talab etar edi.

Muomalada ortiqcha haqd pulning bo’lishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodga ko’proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada ishlab chiqarishni o’stirish borasida sakrash ro’y berishiga erishildi.

Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbiq davlat budjetiga 28 mlrd. f. s. olib keldi.

Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo’ldi. Davlat uy – joy fondi ham sotildi.

1990 yilga kelib 65 foiz oila o’zining shaxsiy uy – joyiga ega bo’ldi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o’rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta`minot unga haqiqatdan ham muhtoj bo’lganlar uchun joriy etildi . 80 – yillarda 2,5 mln. yangi ishchi o’rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o’z navbatida, 1983, 1987 – va 1991 – yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining g’alabasini va ularning uzluksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta`minladi.Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo’lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat`iy nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo’li bilan vaziyatdan chiqmoqchi bo’ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda M. Tetcher o’z xohishi bilan iste`foga chiqdi. Yangi bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U “Teng imkoniyatlar jamiyati” barpo etish dasturini ilgari surdi. 1997 – yilgi va 2001 – yilgi parlament saylovida Leyboristlar partiyasi g’alaba qozondi. Toni Bler boshchiligida yangi hukumat tuzildi.

Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o’ynab keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o’zgardi. Endi birinchilik AQSH ga o’tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o’rni alohida 3 yo’nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo’ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy itifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning munim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G’arbning yetakchi davlatlaridan biri bo’lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo’stlik mamlakatlari boshlig’I edi.

AQSH – SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o’rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945 – yilda ingliz – amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd. dollar qarz beradigan bo’ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH uchun ham boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi.

Mustamlakalarda boshlangan milliy – ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo’ydi.Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin – ketin mustaqillik berishga majbur bo’ldi. 1949 – yilda NATO ni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950 – yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954 – yilda GFR ni qurollantirish va uni NATO ga tortish to’g’risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1957 – yilda o’z hududiga AQSH ning o’rta masofaga uchuvchi raketalarini joylshtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15 – mayida vodorod bombasini sinovdan o’tkazdi.

1971 – yilda “Umumiy bozor” ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973 – yilda esa uning a`zoligiga qabul qilindi. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e`tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sobiq qoldi. Buyuk Britaniya manffatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o’ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982 – yilning may oyida Argentina o’z qo’shnini janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo’llab – quvvatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.

1991 – yilda Buyuk Britaniyaning Maasrix shartnomasiga qo’shilishi bu davlat tashqi siyosatida yevropa muammolarini birgalikad hal etish tomon jiddiy o’zgarish yuz berganligining isboti bo’ldi. 2002 – yildagi AQSH ning Afg’onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o’z qo’shinlarini yubordi. Terrorizmga qator portlashlar o’tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo’ldi.

1991 – yilda Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasida diplomatic munosabat o’rnatildi. 1993 – yilning 17 – 19 – iyun kunlari. Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarsi bilan tanishdi. 22 – 23 – noyabr kunlari O’zbekiston Prezdienti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tshrif bilan bordi. Mamlakat qiroichasi Yelizaveta II, shuningdek, bosh vazir J. meyjor bilan uchrashdi. Safar chog’ida o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma, o’zaro rag’barlantirish va himoyalash to’g’risida hamda ikki davlat o’rtasida havo yo’li ochish haqida bitimlar imzolandi.

Bugungi kunda O’zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk britaniya va O’zbekiston qoshma korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1997 – yildan O’zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ – 85 samolyotlarini sotib ola boshladi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland1

Shior: Dieu et mon droit

(Fransuzcha: Hudo va mening huquqim)

Madhiya: God Save the Queen

(de-facto)

Poytaxt London

Rasmiy til(lar) Ingliz tili

Hukumat Hamdo‘stlik

 •  Qirolicha   Yelizaveta II

 •  Bosh Vazir   Theresa May

Mustaqillik  

 •  Angliya va Shotlandiya qirolliklar birlashishi   26 mart 1707

 •  Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashishi   1 yanvar 1801

Maydon  

 • Butun 244,820 km² (78-)

 • Suv (%) 1.34

Aholi  


 • 2013 roʻyxat 63,23 mln kishi

YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati

 • Butun AQSh$1,869,000 mil. (6-)

 • Jon boshiga AQSh$31,383

Pul birligi Pound Sterling (GBP)

Vaqt Mintaqasi (UTC+0)

 • Yoz (DST) (UTC+1)

Qisqartma UK

Internet domen .uk, .gb, .co.uk

Telefon prefiksi +44

1 -tahrir kuzat

Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 63.23 mln [1] kishi (2012-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.

Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.

1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

17—18-asrlarda B. B. Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan B. B. burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar B. B.ga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.

19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878 yil Kipr o.ni, 1882 yil Misr, 1898 yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902 yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.

20-asr boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 yil B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939 yil 3 sentabrda B. B. Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 yildan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 18 fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).

Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920 yil tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 yil tashkil etilgan.

Xoʻjalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948 yilda B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

Tarixi Tahrirlash

Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.



1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi. 17—18-asrlarda B. B. Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan B. B. burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar B. B.ga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi. 19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878 yil Kipr o.ni, 1882 yil Misr, 1898 yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902 yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi. 20-asr boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 yil B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939 yil 3 sentabrda B. B. Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 yildan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 18 fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi). Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920 yil tashkil etilgan. Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 yil tashkil etilgan.

Xoʻjalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948 yilda B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

Sanoati Tahrirlash

B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim.Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.

Yelezavetta II HAQIDA

1986 yilda tashkil topgan “Burke Peerage” Britaniya genealogik nashriyoti Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta ikkinchining genealogik kelib chiqishiga oid tadqiqot natijalarini e’lon qilganligini Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, qirolicha janobi payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi ekani aniqlandi. Nashriyot 190 yildan ortiq davrni o‘rganib, qirolicha payg‘ambarimizning (s.a.v.) 43-avlodi ekanini ta’kidladi. Nashriyot direktori Xerold Bruks Beykerning ta’kidlashicha, qirolicha payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondosh avlodi bo‘lishi britaniyaliklar uchun qisman ma’lum bo‘lib, hatto boshqa islom davlatlarining rahbarlari ushbu faktdan faxrlanadilar.

Ushbu qondoshlik Ispaniyani boshqargan Sevilyadagi arab podshohligi davriga borib taqaladi. So‘ng ularning qoni Portugaliya va Kastiliya qirolliklari orqali Angliyaning XV asrdagi qiroli Eduard IV qoniga qo‘shilgan.

Keling, bir boshdan boshlaymiz.

Muhammad alayhissalomdan keyin ummaviylar xalifaligi o‘rnatilgan. Bu 62 million aholini boshqargan (o‘sha paytda dunyo aholisining 29 foizi) tarixdagi beshinchi imperiya edi. Uning poytaxti Qurdoba (Kordoba) shahri (hozirgi Ispaniyada) bo‘lgan. Qurdoba musulmonlar, nasroniylar va yahudiylarning madaniy va ilmiy markaziga aylangan, o‘sha paytda xalifalik ilm-fan, tarix, geografiya, falakiyot va matematika sohasida jadal rivojlangan.

Ummaviylar xalifaligi islom tarixidagi to‘rt buyuk xalifalikning ikkinchisi — abbosiylar inqilobidan keyin parchalanib ketgan. Muhammad alayhissalomning qizi Fotima(r.a.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi bo‘lgan Abu Qosim Muhammad ibn Abbos abbosiylar xalifaligiga asos solgan.

Qirolicha Yelizavetaning aynan shu silsilaga genealogik bog‘liqligi aytilmoqda.

Shajara


Yelizaveta II, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi (BQ) qirolichasi

Jorj VI, BQ qiroli

Jorj V, BQ qiroli

Eduard VII, BQ qiroli

Viktoriya, BQ qirolichasi

Eduard, Kent va Stratxarn gersogi

Jorj III, Buyuk Britaniya (BB) qiroli

Frederik, Uels shahzodasi

Jorj II, BB qiroli

Jorj I, BB qiroli

Sofiya, Gannover valiahd malikasi

Yelizaveta, Bogemiya qirolichasi

Jeyms I/VI, Angliya, Irlandiya va Shotlandiya qiroli

Mariya, shotland qirolichasi

Jeyms V, shotland qiroli

Margaret Tyudor, shotland qirolichasi

Yelizaveta, Angliya qirolichasi (York)

Eduard IV, Angliya qiroli

Richard Plantagenet, York gersogi

Konisborglik Richard, Kembrij grafi

Izabella Peres, York gersoginyasi

Mariya Xuana de Padilla, Kastiliya malikasi

Mariya Fernandes de Enestrosa, Kastiliya zodagoni

Aldonza Ramires de Chifontes, Kastiliya malikasi

Aldonza Gonsales Jiron

Sancha Rodriges de Lara

Rodrigo Rodriges de Lara

Sancha Alfonses, Kastiliya malikasi

Zaida (Izabella)

Mo‘tamid ibn Abbos, Sevilya podshohi

Abbos II Mo‘tamid, Sevilya podshohi

Abu Qosim Muhammad ibn Abbos, Sevilya podshohi

Ismoil ibn Quraysh

Quraysh ibn Abbos

Abbos ibn Amir

Amir ibn Aslan

Aslan ibn Amir

Amir ibn Itlaf

Itlaf ibn Naim

Naim II Lahmiy

Naim Lahmiy

Zahro bin Husayn



Husayn ibn Hasan

Hasan ibn Ali — Muhammad alayhissalomning nabirasi.
Download 25,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish