Ma’ruza matni 1-Mavzu: Kirish. Sahna madaniyatida Stanislavskiy sistemasi



Download 42,5 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi42,5 Kb.
#841274
  1   2
Bog'liq
1-Kirish. Sahna madaniyatida Stanislavskiy sistemasi


2-kurs III semestr
MA’RUZA MATNI


1-Mavzu: Kirish. Sahna madaniyatida Stanislavskiy sistemasi
Rеja:
1. Sahna madaniyati fani maqsad va vazifalari.
2. “Stanislavskiy sistemasi” ning yaratilishi aktyorlar, rejissyorlar, teatr pedagoglari uchun qimmatbaho qo’llanma bo’ldi.
3. “Stanislavskiy sistemasi” tamoyillari haqida.
Stanislavskiy sistemasining yaratilishi aktyorlar, rejissyorlar, teatr pedagoglari uchun qimmatbaho qo’llanma bo’ldi. Sistemada sahna san’ati tabiatining ma’naviy hamda jismoniy elementlari ko‘rib chiqilib, amaliy badiiy faoliyatdagi ulaming uzviy aloqalari ochib beriladi.
K.S.Stanislavskiy o‘z «sistemasi» bilan aktyorlik va rejissyorlik san'atida buyuk o‘zgarish yasadi. Dunyodagi ko‘pgina millat san'atkorlari uning hayotbaxsh nazariyalaridan bahramand bo‘lishga intilardi. U o‘z kitobiga yozgan suz boshini shunday so‘zlar bilan tugatgan edi: «Biroq kitobimda yozganlarim ayrim davr va o‘sha zamon kishilarigagina taalluqli bo‘lmay, balki hamma zamon va zamonalardagi aktyorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha millatning organik tabiatiga taalluqlidir». Stanislavskiy uz sistemasi bilan teatrdan bachkana teatrni, aktyorlik o‘yinidan soxtalikni, yuzakilikni, ta!r1 idchilikni, bachkana qiliq qilishni quvib chiqardi hamda mazmundorlik va hayotiylikni o‘rnatishga urindi. U o‘zining butun hayotini sahnada tirik inson, jonli obraz, hayotiy haqiqatning tantana qilishiga bag‘ishladi. Sahnada - ko‘pchilik oldida ijod qilganda rolni chinakamiga his etish, tuyg‘uni aktyorchasiga, yolg‘ondakam qilib ko‘rsatmay, balki insoniycha, mantiqan, izchillik bilan, maqsadga muvofiq, unumli xatti-harakat orqali paydo qilish Stanislavskiy sistemasining asosiy mohiyatini tashkil etadi.
K.S.Stanislavskiy sistemasining yana bir ahamiyati shundaki, u o‘zining «oliy maqsad» va «oliy-oliy maqsad» haqidagi ta'limi bilan aktyorlar va rejissyorlar qo‘liga juda o‘tkir, g‘oyatda kuchli g‘oyaviy qurol berdi. Bu ta'lim san'atkorlarning dunyoqarashi, ularning ijoddagi xalqchilligi bilan chambarchas bog‘lanib ketadi, ya'ni sahnaga chiqqan aktyor bugun, shu yerda, shu tobda nima uchun sahnaga chiqqanini, o‘z oldiga qanday oliy maqsad qo‘yganini bilmog‘i lozim. Bu oliy maqsad uning sahnada, spsktaklda rol ijro etish paytidagi barcha xatti-harakatlarini asoslab beradi, uni sahnada mantiqan, xmaqsadga muvofiq
ijod qilishga da'vat etadi.
Ko‘p asrlardan beri teatr san'atining buyuk arboblarini aktyorlik ilhomi o‘ziga tortib kelgan. Uilyam Shekspir, Deni Didro, Aleksandr Sergeevich Pushkin, Nikolay Vasileevich Gogol, Mixail Semyonovich Shchepkin va Aleksandr Nikolaevich Ostrovskiy aktyorlik san'atiga va ilhom masalasiga katta e'tibor bilan qaraganlar. Ulug‘ olim I.P.Pavlov ham umrining oxirgi yillarida bu masalaga juda qiziqib qaragan. Stanislavskiyning bu sohadagi kashfiyotlariga yuksak ba^o bergan. U uz sistemasi bilan ilhom «ilohiy» bir hodisadir, u aktyorga to‘satdan kelib qoladi, unga muntazam mashqlar bilan erishib bo‘lmaydi, degan nazariyani tag-tomiri bilan qo‘porib tashlaydi. U faqatgina aktyorning organik tabiatigina mu'jizalar yarata olishini ilmiy ravishda isbotladi. Shunday qilib, Konstantin Sergeevich aktyor ijodi, teatr san'ati haqidagi fanni yaratdi. U birinchi bo‘lib, aktyorlar va rejissyorlar uchun musiqachilarning notasi singari, rassomlarning, perspektiva, nur va soya qonunlari kabi xatti-harakat, jismoniy xatti-harakatlar haqidagi qonunni ochib, ularga dasturulamal qilib berdi. «Sahnada xatti-harakat qilmoq kerak, - deb ta'kidlaydi Stanislavskiy. - Dramatik san'at va aktyorning san'ati mana shu, xatti-harakatga va faollikkaqurilgandir».
K.S.Stanislavskiy sistemasi aktyorlik va rejissyorlik san'atining qomusidir. «Ijodiy kechinma protsessida uz ustida ishlash» Stanislavskiyning «sistema»sida eng salmoqli asar hisoblanadi. «Aktyorning uz ustida ishlashi» kitobi o‘quvchilar ning keng ommasiga maqbul bo‘lgan hamda ko‘pgina chet el xalqla rining tillariga tarjima qilingan. Bu kitobning ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilinishida tarjimonning oldida qator qiyinchiliklar turardi. Ularning eng birinchisi terminologiya masalasi edi. Ulardan qanday foydalanmoq lozim? Ularni o‘z holicha rus tilida qoldirish ma'qul emasmikan? Hamza nomti teatrning rejissyorlari M.Uy g‘ur, Ya.Bobojonov va ko‘pgina aktyorlarning boy merosiga hamda shu teatr, Toshkent teatr va rassomchilik institutidagi ko‘p yillik pedagogik tajribamga tayanib, o‘zbek tilida rus terminiga monand bo‘lgan terminologiya ishlatishga qaror qildim. Lekin
bu -hamma terminologiya uchun tamomila boshidan oxirigacha o‘zbek tilida asliga monand bo‘lgan iboralar topildi, degan so‘z emas. Ikkinchi qiyinchilik shundan iborat bo‘ldiki, sahna san'agidagi nozik psixoloshk holatlarni soddalashtirib yubormaslik va ayni vaqtda uning chuqur mazmunini o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazish edi. Bunga qanchalik muvaffaq bo‘lganligimni hurmatli o‘x^uvchilarga havola qilaman. Hozirgi zamon aktyorlik va rejissyorlik san'ati har bir aktyordan, har bir rejissyordan har tomonlama chukur bilimga ega bo‘lishini, o‘z kasbining eng nozik tomonlarini mukammal bilib olishini talab qiladi. Imonimiz komilki. qo‘lingizdagi K.S.Stanislavskiyning «Aktyorning o‘z ustida ishlashi» kitobi o‘zbek teatrining aktyorlari, rejissyorlari uchun, ko‘p mingli teatr havaskorlari uchun o‘z hayotini sahna san'atiga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan barcha yoshlar uchun qo‘llanma bo‘lib koladi. Chunki chinakam talant - tinmay mehnat qilish demakdir.
“Stanislavskiy sistemasi” quyidagi tamoyillarga bo‘linadi:

  1. Hayotiy haqiqat (Hayotiylik tamoyili).

  2. Oliy maqsad (San’atda g’oyaviy fikming «01iy maqsad» orqali amalga oshirilishi tamoyili).

  3. Faollik va yetakchi xatti-harakat (Sahnadagi maqsad sari intilish jarayonida sezgi va hissiyotlami qo‘zg’atuvchi yagona kuch harakat ekanligi to‘g’risidagi tamoyil).

  4. Tabiiylik (organik) tamoyili (Aktyoming tabiiy tarzda paydo boiadigan ijod tamoyili).

  5. Aktyoming obrazda yashash tamoyili (Siymo qiyofasiga kirishish chog’ida aktyoming o‘zligini yo‘qotmay, ijodiy yondashuvi tamoyili).


Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish