Xx asrning 80-yillarida Qadimgi Baqtriya hududlarida, hozirgi Afg‘onistonning Ravatak qishlog‘ida Kushonlar saltanati davriga oid qadimgi hujjatlar arxivi topildi



Download 20,93 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi20,93 Kb.
#304137
  1   2   3
Bog'liq
Ravatak


Ravatak

XX asrning 80-yillarida Qadimgi Baqtriya hududlarida, hozirgi Afg‘onistonning Ravatak qishlog‘ida Kushonlar saltanati davriga oid qadimgi hujjatlar arxivi topildi. Unda yuzdan ortiq hujjatning barchasi yunon-boxtar alifbosida yozilgan. Ularning tili kushonlar davridagi boxtariy til bo‘lib, keyinchalik pushtu tilining shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

Kushonlar davrida shakllangan yunon-boxtar yozuvi o‘lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o‘ynaydi. Bu yozuv ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan. Mazkur yozuv orqali bizgacha ko‘plab noyob hujjatlar yetib kelgan. Shunisi diqqatga sazavorki, Kushonlar saltanati davriga qadar davlat mahkamachiligida yunon alifbosidan foydalanilgan bo‘lsa, Kanishka davrida islohot ro‘y berib, yunon alifbosi boxtar tiliga moslashtirilgan. Kanishka davri tangalaridagi yozuvlar boxtar tilida yozila boshlangan. Monumental yodgorliklarda ham yunon-boxtar yozuvi namunalari uchraydi, jumladan, Ayritomdan topilgan buddaviy haykallar guruhi tag kursisidagi hamda Surx Ko‘tal ibodatxonasidagi toshga o‘yilgan xotirot bitigi ham shu tilda yozilgan.

Ravatak arxividagi hujjatlar teri, mato va taxtachalarga yozilgan. Ingliz olimi Nikolas Sims Vilyams mazkur hujjatlarni 4 turkumga ajratgan: 1. huquqiy hujjatlar; 2. analogik, sanasi aniq bo‘lmagan hujjatlar; 3. ro‘yxatlar va hisobotlar; 4. yog‘ochdagi yozuvlar.

Baqtriya arxiv hujjatlari Nikolas Sims Vilyams tomonidan Oksford universitetida nashr qilingan. Kitobda birinchi turkumga kiruvchi huquqiy hujjatlar xronologik tartibda “A” dan “Y” gacha alifbe harflari asosida shartli ravishda belgilanga1n. Bir yilda yozilgan ikkita hujjat “I” va “Ii” tartibida joylashtirilgan. Birinchi va ikkinchi turkumga taalluqli hujjatlar bir xil bichimli teriga yozilgan. “1a” turkumdagi hujjatlar bir bo‘lak matoga ikki nusxadan yozilgan.

Ravatak arxivi hujjatlari asosan oldi-sotdi dalolatnomalari, yer mulkini meros qoldirish, soliq to‘lash, qul savdosi dalolatnomasi va tilxatlar, sarf-xarajat hisobotlari hamda yagona namuna sifatida saqlangan nikoh shartnomasidan iborat. Hujjatlarning aksariyatida Kanishka erasi asosida sanalari belgilangan, ya’ni hujjat tuzilgan yil, oy va kuni ko‘rsatilgan. Ba’zi hujjatlarda esa kuni ko‘rsatilgan, ammo yili va oyi yozilmagan. Hujjatlarda 110 yidan to 549 yilgacha sanalar qo‘yilgan. Arxiv hujjatlarining e’tiborli tomonlaridan biri shulki, dalolatnomani tuzish chog‘ida ikki taraf vakillari bilan birga guvohlar ham qatnashgan. Albatta tuzilgan hujjatda ikki tomon vakillari, guvohlarning ismi, sharifi albatta ko‘rsatilgan va ular dalolatnomada o‘z roziligini bildirgan. Dalolatnomalar ip bilan bog‘lanib, surguch surtilib, muhrlangan.

Ravatak arxivi hujjatlari orqali Kushonlar davrida mahkamachilik an’analari ancha taraqqiy qilganligini kuzatish mumkin. Yunon-boxtar yozuvida bitilgan Ravatak arxivi hujjatlari orasida ijtimoiy-xo‘jalik munosabatlarini o‘zida aks ettirgan turkum materiallar mavjud. Shulardan biri, 379 yilning Ab oyida Varnu shahrida tuzilgan shartnoma bo‘lib, ingliz olimi Nikolas Sims-Vilyamsning kitobiga shartli “L” harfi bilan kiritilgan. Bu davrda Kushonlar mahkamachilik ishlarida ahmoniylar davridan yetib kelgan mahkamachilik an’analaridan keng foydalanilganligi ko‘zga tashlanadi.


Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish