Xx asrning 80-yillarida Qadimgi Baqtriya hududlarida, hozirgi Afg‘onistonning Ravatak qishlog‘ida Kushonlar saltanati davriga oid qadimgi hujjatlar arxivi topildi



Download 20,93 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi20,93 Kb.
#304137
1   2   3
Bog'liq
Ravatak

(lapidar usulda)“zado” so‘zi bitilgan. Buning ma’nosi “daraxt yelimi” demakdir.

1952-yilda Ko‘lob viloyatining Dashtijum tumanidan bronza qo‘n­­g‘i­roqcha topilgan. Unda yunon harfiga o‘xshash bo‘lgan 17 (yoki 18) belgidan iborat yozuv o‘yilgan edi. Bu yozuv hanuzgacha o‘qilmagan. Shuni ta’kidlamoq kerakki, Baqtriya hududidan shunga o‘xshash bir qator yozuvlar topilgan bo‘lib, hanuzgacha o‘qilmagan­lari mavjud. B.I.Marshak Varaxsha devoridagi rasmga e’tiborni jalb qilgan. Rasmda olim filga tashlanayotgan afsonaviy qush - grifonning qanotlari patlarida yunon harflariga o‘xshash belgilarni ko‘rgan, lekin hanuzgacha uni tushunib yetilmagan.



Arxeologik tadqiqotlar natijasida Markaziy Afg‘onistondan baq­triya epigrafik yodgorliklari hamda Qandahorning shimoliy-g‘arbidagi Uruzganda qoya yozuvlari ham topilgan. Bu yozuv­lar 1954- yilda nashr qilingan. Noshirlar bir-biridan uzoq bo‘lmagan toshga o‘yilgan ikkita kursiv xatini topishgan. Matnlarning boshidagi birinchi belgilari bir xil bo‘lgan, lekin oxiri bir-biridan farq qilgan. Ikkinchi yozuvni A.Bivar quyidagicha tarjima qilgan: “Ilohiyvor va shuhratli Zabul shohi Mixira (qul)” va hujjatning sanasini eramizning 500-yili bilan belgilagan. Sana­ga oid ba’zi so‘zlar hali aniqlanmagan. Mauo “oy” so‘zi aniqroq o‘qil­gan. Birinchi yozuvni quyidagicha miu­rod (o) mafuo zinigo – Quyosh va oy himoyasida deb o‘qish tavsiya qilingan.

Baqtriya yozuvi bo‘yicha dastlabki nashr Surx-Ko‘tal tepaligidan qazib topilgan Kushon davriga oid ibodatxona majmui asosida yaratildi. Uni fransuz arxeologiya missiyasi boshlig‘i Daniel Shlyumberje rahbarli­gida Raul Kyuriel e’lon qildi. “Palameda yozuvi”ning birinchi ikki qatori sharqiy Eron yoki shartli ravishda “toxar” tiliga mansub deb aytadi. Va nihoyat, 1957-yilda “Katta Surx-Ko‘tal yozuvi” ochildi. To­pil­gan yozuv to‘­liq saqlangan. Matn 25 qatordan iborat bo‘lib tosh­tax­taga o‘yib tushi­rilgan. 1958 -yildayoq A.Marik ushbu yodgorlik haqida maqola e’lon qil­di. U yodgorlik yozuvini “Baqtriya tili”da ekanligini aniqladi, lekin uni “eteo-toxar” deb nomlashni taklif qildi. Toshtaxtadagi yozuv mazmunini V.B.Xenning to‘g‘ri va ravon tarjima qilib, tushun­tirib berdi. Barcha gram­ma­tik paradigmalari, bog‘lovchilar, yordamchi so‘zlar, so‘z turkum­lari, sintaksis qurilmalarini o‘rganib, V.B.Xenning Surx-Ko‘tal yozuvi “quri­lish” xotiranomasi ekanligini angladi. Milodiy 31 yilda Surx-Ko‘tal ibodat­xonasi hovlisida qurilgan va ta’mirlangan suv inshooti quduq bilan bog‘liq ekan. Bu tarjimalarning to‘g‘riligini esa arxeologik topilmalar isbotlagan.

A.Marik va V.B.Xenningdan keyin X.Xumbax o‘z tarjimalarini kitob shaklida chop ettirgan. Lekin uning farazlari ilmiy jihatdan asos­li emas edi. Ya’ni X.Xumbaxning fikricha, yozuv – Qadimgi Eron tili­da zardushtiylar ilohi Mitraga bag‘ishlangan madhiyalar emish.

1958-1959-yillarda Surx-Ko‘talda oldingi topilgan yodgorlikning ikki nusxasi topildi. Avvalgidan farqli ravishda nusxalarning xulosa qismi va so‘zlari alohida yozilgan. Dastlab bu nusxalar E.Benvenist tomonidan o‘rganilgan. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan barcha tosh­taxta yozuvlar paleografiyasi bo‘yicha R.Gyobl maxsus izlanish­lar olib borgan. Izlanishlar natijasi unchalik ishonchli emas edi. R.Gyobl va X.Xumbaxning noto‘g‘ri tarjimasi bo‘yicha Gershevich tanqidiy maqola e’lon qildi.

Katta Surxko‘tal yozuvining uchta nusxasidan tashqari, Surx­ko‘tal ibodatxonasidan “Tugatilmagan yozuv”, “Devoriy yozuv”, “Pala­meda yozuvi” bo‘laklari (unda faqat so‘nggi uch qator yozuvlar saqlanib qolgan) ham topilgan.



Baqtriya tilidagi yodgorliklarning yomon saqlanganligi, uni o‘qish va tarjima qilish bilan bog‘liq bir qancha muammolarni o‘rtaga qo‘ygan. “Katta Surxko‘tal yozuvlari” yaqingacha yagona manba hisob­lanar edi6. Quyida yozuvning lotin harflarga o‘girilgan translite­ratsiyasini va olimlar guruhlari V.B.Xenning, I.Gershevich, V.A.Liv­shis, N.Sims-Villiams, Yan Xarmattalar tomonidan amalga oshirilgan tarjimani keltiramiz:



1 Nicolas Sims Williams. Bactrian documents. Oksford. 2000.


2Skifat so‘zi tanga yuzasida maxsus yumaloq muhra yordamida hosil qilingan botiqlik ma’nosidagi atama.

3Qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlariga? Jumladan uzuklarga ko‘zlar o‘rnatilib, ularga o‘yib tushirilgan yozuvlar va tasvirlar ishlangan. Muhr sifatida foydalanilgan bunday buyumlargemma deyiladi.

4Ilk o‘rta asrlarda Sharqiy Turkistonda qog‘oz ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan; beresta – qayin yoki terak po‘stiga yozilgan matn; palma daraxti bargidan yozuv materiali sifatida foydalanish keng tarqalgan. Bunday yozuv materiallari potxi deb atalgan.

5Oq xunlar yoki eftaliylar yozuvi tushunchasi yunon-boxtar yozuvining kursiv davriga nisbatan shartli ravishda ishlatiladi.

6Hozir baqtriya yozuvi yodgorliklari favqulodda ko‘payib qoldi: Ayritom bitigi; Ravatak baqtriya arxivi kabilar tadqiqot maydonini kengaytirib yubordi.

Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish