Baqtriya yozuvi yodgorliklari
Tangalardagi yozuvlarga asoslanib aytish mumkinki, Kanishka davrida yunon alifbosi baqtriya tiliga moslashtirilgan. Tangalarning yuzasiga yunon tilidagi yozuvlar o‘rniga baqtriya tilidagi yozuvlar yozdirilgan. Yunon alifbosi asosida baqtriya yozuvining shakllanishi Kanishka davridan avvalroq Vima Kadfiz davrida paydo bo‘lgan deyish hanuzgacha o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.
Baqtriya tilidagi so‘zlarni yozishda yunon alifbosining tanlanishi eramizning birinchi asrlarida Baqtriyada ellinistik an’analarning, yunon madaniyati va tilining mustahkam o‘rin topganligidan dalolat beradi. Baqtriya nomlarini yunon harflari orqali aks ettirishga bo‘lgan urinish Kanishkagacha bo‘lgan davrdayoq boshlangan. Yunon harflaridan nafaqat nomlarni va mansablarni yozishda, balki yunon tilida bo‘lmagan so‘zlarni yozishda foydalanila boshlangan. Natijada yunon harflari orqali yunon tilida bo‘lmagan tovushlarni aks ettiradigan belgilar tizimi – baqtriya alifbosi yaratilgan.
X.Yunker, E.Xersfeld va R.Kyuriel asarlarida baqtriya yozuvi yunon kursiv yozuvlaridan kelib chiqqan deb e’tirof qilingan edi. Baqtriya yozuvi paleografiyasiga R.Kyuriel, A.Marik, X.Xumbax, R.Gyobl, I.Gershevich va V.A.Livshislarning asarlarida maxsus bo‘limlar ajratilgan. Baqtriya yozuvining ikki turi – monumental va kursiv turlari ajratib ko‘rsatiladi. Monumental yozuvlarga belgilarning o‘zaro ulanmasligi, harflarning burchakli (qirrali) va dumaloq shaklda yozilishi xos bo‘lib, bu so‘zlarni o‘qishda yengillik tug‘diradi. Kursiv yozuv so‘zdagi harflar biri ikkinchisiga ulanib yozilish uslubidir. Bunda o‘qish ancha mushkullik tug‘diradi. Monumental yozuv kushonlar davri yodgorliklari uchun xosdir. Bu yozuv namunalarini Surx-ko‘tal va Dilberjindan topilgan matnlarda ko‘rish mumkin. Kursiv usulda yozish tendensiyasi monumental yozuvlarga nisbatan kuchayib boradi. Va nihoyat, Eftaliylar davriga kelib, kursiv yozuv uslubi tamoman g‘alaba qiladi. Ba’zi muhrlarda ham kursiv, ham qirrali yozuv shakli qo‘llanilgan. Rivojlangan baqtriya kursiv yozuvi Eski Termez - Qora-tepa budda monastir devorlarida, kushon-sosoniy va eftaliy tangalarida, Uruzgandagi devor yozuvlarida va Tochi vodiysidan topilgan bitiklarda uchraydi.
Buyuk Kushonlardan keyingi davr tangalardagi yozuvlarda kursiv usulga o‘ta boshlagan. Bu yozuvlarni o‘qish nihoyatda qiyin edi. Kushon-sosoniy skifat2 tangalaridagi, kidariy va eftaliylar tangalaridagi, sosoniy tangalaridagi eftalit va arab-eftalit tangalaridagi yunon alifbosiga borib taqaluvchi kursiv yozuvli yozuvlar turlicha talqin qilinadi. Tangalardagi unvonlar va shaxs nomlari o‘rta eroniy til holatini aks ettiradi, boshqalari esa hind va turk tilidan kelib chiqqan. Mavjud yozuvlar orqali eftaliylar tili to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin, lekin shunga qaramasdan tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, baqtriya tili eftaliylarga qarashli bo‘lgan Toxariston viloyatida ham ma’muriy boshqaruv doirasida amal qilgan. Toxariston esa turkiy yobg‘ular tomonidan boshqarilgan.
Kushon-sosoniy tangalari Cunningham 1893, Herzfeld 1930, Lukonin 1967), A.Bivar (Bivar 1968) kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Keyingi paytda o‘zbek olimlaridan G‘aybulla Boboyorov bu sohada ish olib bormoqda.
Muhrlarda va gemmalarda3 baqtriya yozuvlari saqlanib qolgan. Bularning na’munalari Angliya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarning muzeylarida va kolleksiyalarida saqlanmoqda. Mazkur matnlarni Bivar “Korpus ironayazichnix nadpisey” kitobining jildlaridan birida nashr qildirgan(Bivar 1968). Leningraddagi Ermitajda saqlanayotgan gemma-muhrda bitilgan baqtriya yozuvlarini B.Ya.Staviskiy 1961, 1962-yillarda nashr qildirgan edi. Aksariyat yozuvlar kursivda bitilgan, lapidar yozuvlari juda kam. Quyida baqtriya yozuvli gemma na’munalaridan bir nechtasida o‘qilgan ismlarni va mansablarni keltiramiz:
Asbarobido - “kavaleriya boshlig‘i”, ahmoniylarning ma’muriy boshqaruv tilidagi asbar tarixan aspabara “otda yuruvchi”, “suvoriy” so‘zidan olingan.
Borsogoigo – “Burzgo o‘g‘li” atamasi V.A.Livshisning fikriga ko‘ra kushonshoh Varaxran davriga taalluqli.
Findofarris – “zabt etuvchi, g‘olib farr”. Farr tushunchasi farraxlik, baxtlilik demakdir. Zero, Farr samoviy, ilohiy baxt ma’nosidagi farishtaning nomidir.
Freixoadeo (freya-xvatavea – fdtcn. Frey- azizam, yoqimtoyginam, dr.ir. xva-tavya- hukmdor).
Gemmalardagi ba’zi unvonlar g‘arbiy erondan olinganligi aniqlangan.
Baqtriya yozuvli muhr va gemmalarni A.Bivar bilan X.Xumbax to‘plagan. Unga qadimgi Panjikent xarobalaridan topilgan kursiv yozuvdagi oltita bulla parchalaridagi yozuvni ham qo‘shish mumkin.
Syuan Szyan va XII asr arab muallifi as-Sama’nining ma’lumotlariga ko‘ra, baqtriya tilida juda ko‘p adabiyotlar va yozma manbalar bo‘lgan. Bu qo‘lyozma boyliklardan faqat bir nechta bo‘laklargina, hammasi bo‘lib 50 qatorcha yozuv saqlanib qolgan, lekin u ham bo‘lsa to‘liq emas. Paleografik va arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, eng qadimgi yozuv bu IV asrga taalluqli “London parchasi” yoki “Lou-Landan topilgan fragment” deb nomlanib, u A.Steyn tomonidan Sharqiy Turkistondagi Lou-Lan xarobalaridan topilgan va F.Tomas nashr qildirgan. Bu bo‘lak o‘n qator yozuvdan iborat, uning na boshi va na oxiri bor.
1905-yilda A. Fon Le-Kok Sharqiy Turkistonning Turfan vodiysidagi Tuyok daryosi vohasidagi ibodatxona xarobalaridan qog‘oz, beresta va pal’ma barglariga yozilgan manixey, xristian va budda qo‘lyozmalarini topgan4. Ular orasida yettita “oq xunlar” yoki eftaliylarning yozuvlari ham bo‘lgan5. O‘sha joyda topilgan VIII-IX asrlar qo‘lyozmalari va boshqa ashyoviy materiallar, baqtriya yozuvlari “Berlin (eftalit) fragmentlari” yoki Berlin muzeyi hind san’ati obidalari nomi ostida saqlanmoqda.
Baqtriya hududidan baqtar yozuvidagi birinchi topilma 50-yillarning boshiga to‘g‘ri keladi. Bu davr Amudaryoning o‘ng sohilida (Tojikiston va O‘zbekistonning janubida) olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bilan bog‘liq. Birinchilar qatoriga 1951-yilda Dushanbedan topilgan xumning og‘ziga yozilgan bitik parchasini kiritish mumkin. Unda yagona so‘z – harflari o‘zaro ulanmagan holda
Do'stlaringiz bilan baham: |