O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMAQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi:
№ ______________
2021 yil “___”________
|
|
“Tasdiqlayman”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
prof. A.Soleev
“____” __________ 2021 yil
|
ETNOPSIXOLOGIYA VA DIN PSIXOLOGIYASI
fanidan
O’QUV USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 200000 – Gumanitar fanlar va san’at
Ta’lim sohasi: 220000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5310200 – Psixologiya
Tuzuvchi: M.Sulaymonov
SAMARQAND -2021
ANOTATSIYA
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi xalq ta’limi muassasalarining oldiga – yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo’ydi. Bu esa hozirgi vaqtda oliy o’quv yurtlarida davr talabiga javob beradigan yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o’rgangan holda emas, balki ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, muomalaga kirisha oladigan, o’z ishini puxta egallagan mohir mutaxassislar etib tayyorlashga katta e’tibor qilishni talab etadi. Ayniqsa, hozirgi davrning bu talabi bo’lajak xar bir kadrni yuksak etnopsixologik bilimlar bilan bir katorda texnik ko’nikmalari bilan qurollangan, madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash kerakligini yana bir bor ta’kidlab bermoqda.
Talabalarga etnopsixologiyaning ta’lim tarbiya jarayonidagi o’rni hamda milliy va din psixologiyasi to’grisidagi bilimlarni shakllantirish xamda bakalavrlarni psixologik bilimlar, yuksak milliy mulokot texnikasi va madaniyati hamda etnopsixologiya bo’yicha bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlashdir. Chunki, hozirgi zamon Kadrlari hayotimizda yuz berayotgan tub o’zgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bo’lib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassis, Vatani va xalqiga sodiq, yetuk mutaxassis mahorati va layoqatiga ega bo’lgan, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs bo’lishi zarur.
“Etnopsixologiya va din psixologiyasi” millatning, xalkning, elatning psixologik xususiyatlari, psixologik xolatlarini urganuvchi metodlar, ularni vujudga keltiruvchi omillar, sabablar, milliy tuyg’u, ta’b, xissiyotning turli urf-odatlarda namoyon bulishi, madaniyatning psixologik tomonlari, xalklarning bir-biridan farki va uxshash tomonlari, etnopsixologik tadkikotlar tarixini yaratgan olimlarning ilmiy-nazariy karashlari bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |