1.Гил, гипс, ангидрит, супес
2.Шток, жила, локолит, факолит
3.Гранодиорит, липарит, трахит
Гипс-CaSO4 2H2O
Gips (yun. gypsos — boʻr, ohak) — 1)tabiiy G. — mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO42H2O; tarkibida sof holda SaO (32,56%). SO3 (46,51%), N2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruxlar tarzida uchraydi. Toza G. rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang , sargʻish, qoʻngʻir va b. rangli boʻladi. Mineralogik shkala boʻyicha qattikligi 1,5—2; zichligi 2300 km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05 g—l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 N2O (alebastr) ga, undan yuqori t-rada esa angidrid CaSO4 ga aylanadi. G. suvi kuriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻladi. G. zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidratlashishi natijasida hosil boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) qurilish G.— CaSO40,5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy G.ni 140—190° t-rada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar i.ch.da, tibbiyotda (gips bogʻlovchilar tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.
Aнгидрит-CaSO4
Mineralning nomi (suvsiz) gipsdan farqini, yani tarkibida
suvi yo`qligini ko`rsatadi. Singoniyasi rombik. Kristallari qalin tablitkasimon yoki
prizmatik qiyofada. Odatda yaxlit donador massalar xolida uchraydi. Rangi oq,
ko`pincha xavorang, kul rang, ba`zan qizgish tuslarida bo`ladi. Yaltirashi shishadek.
Ulanish yuzasida sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 3-3,5. Sol. Og`. 2,8-3,0. (Shaffof
xillarida 2,96). Angidrit juda katta uyumlar holida cho`kindi jins qatlamlarida
topiladi. Angidrit ximiyaviy cho`kindi mahsulot sifatida (qo`ltiqlarda va quriy
boshlagan dengizlarda) deyarli, doimo gips bilan birga uchraydi. Angidrit qatlamlari
yer yuziga chiqib qolganda osonlikcha gipsga aylanadi. Juda ko`p parmalangan
skvajinalardan va tog`larda kovlangan joylardan olingan ma`lumotlarga qaraganda
angidritning gipsga aylanishi yer yuzidan 100-150 m chuqurlikkacha sodir bo`lishi
mumkin (pastroqda angidritning massalari yotadi). Angidrit tuz konlarida ayrim
kristallar holida ham, qatlam va qatlamchalar, ba`zan galit, silvin, karnallit va
boshqalar bilan qavat-qavat joylashgan nafis (qog`ozdek yupqa) qatlamchalar holida
ham, juda ko`p topiladi. Angidrit ham, gips kabi, asosan yopishqoq moddalar
(tsementlar) ishlab chiqarish uchun foydalaniladi
Супес
Qumloq qumloq - asosan qumli va loyli zarralardan tashkil topgan, taxminan 3-10% loyli, pelit yoki loy zarralari qo'shilgan bo'sh tosh yoki tuproq. Qumli qumloq uchun plastisitivlik soni 1 dan 7 gacha. Qumli qumloq qumdan kamroq plastikdir. Tuproqdan o'ralgan turniket qumli tuproqdan farqli o'laroq, parchalanmaydi. Ko'proq loyli qumloqlar og'ir, kamroq loyli - engil deb ataladi. Tegishli o'lchamdagi qum donalari va loyli zarrachalarning tarkibiga qarab, qo'pol qumli, mayda qumli va loyli qumloqlar farqlanadi.
2.Шток, жила, локолит, факолит
.Шток
Shtok (nem. tayoq) — nisbatan kichik (maydoni 200 km²dan katta boʻlmagan) intruziv jism shakli. Togʻ jinslari yoki foydali qazilmalarning silindr, tomchisimon yoki izometrik shakllardagi yirik massasi. Koʻndalang oʻlchami bir necha m dan bir necha km gacha, uzun oʻqi boʻyicha bir necha km ga yetadi. Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra tektonik, magmatik va metasomatik Sh.lar farklanadi. Te kto nik Sh. tektonik deformatsiya vaqtida togʻ jinslari plastik moddalarining siqilishi natijasida hosil boʻladi. Magmatik Sh. magmatikeritmaning boshqa jinslar oʻrniga kirib qolishidan paydo boʻladi. Metasomatik Sh. togʻ jinslarining Yer poʻstida aylanib yurgan yssiq gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadigan mineral moddalar bilan oʻrin almashishidan vujudga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |