Dunyoning eng ifloslangan 10 shahri Yildan yilga ekologik muammolar miqyosi oshib bormoqda. Bunday muammolar nafaqat uchinchi dunyo mamlakatlarida, balki MDH mamlakatlari hamda qo‘shni mintaqalarda ham avj olib bormoqda. Quyida dunyoning eng ifloslangan shaharlari haqida ma'lumot keltirib o‘tamiz. Yildan yilga ekologik muammolar miqyosi oshib bormoqda. Bunday muammolar nafaqat uchinchi dunyo mamlakatlarida, balki MDH mamlakatlari hamda qo‘shni mintaqalarda ham avj olib bormoqda. Quyida dunyoning eng ifloslangan shaharlari haqida ma'lumot keltirib o‘tamiz. 1. Baku (Ozarbayjon) Ekologiya sohasi mutaxassislarining fikricha, Baku dunyodagi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Eng achinarlisi – vaziyat yomonlashib bormoqda. Buning asosiy sababi shahar hududida ulkan neftni qayta ishlash komplekslarining hamda katta miqdordagi neft quduqlarining joylashganidir. 2. Addis-Abeba (Efiopiya) - Mamlakatda daryolar soni kamligi yetmaganday, ularga oqova suvlari va axlat to‘kiladi. Buning natijasida shaharda ichimlik suvi tanqisligi vujudga kelgan. Suv filtrlarini sotib olishga esa hammaning ham qurbi yetmaydi. Ko‘pchilik ichishga yaroqsiz suv bilan chanqog‘ini qondiradi. Aslida esa bunday suv, ekspertlarning fikricha, hatto sanoatda ham qo‘llanmasligi kerak.
3. Mexiko (Meksika) Tog‘lar va vulqonlar, ozon qatlamining nihoyatda yupqaligi dunyodagi eng yirik shaharda istiqomat qiluvchilarga jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Geografik joylashuv tufayli bu yerda havo yaxshi aylanmaydi, quyosh taftida esa 10 daqiqadan ortiq turib bo‘lmaydi. 4. Antananarivu (Madagaskar) Mamlakatdagi yomon iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat kanalizatsiyani ishlatish va tozalovchi inshootlar qurishga to‘sqinlik qilmoqda. Axlatni qayta ishlash korxonalari esa hozircha yo‘q. Ya'ni shahar yaqin orada ulkan axlatxonaga aylanishi va yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. 5. Dakka (Bangladesh) Dakka – suv tanqisligidan aziyat chekayotgan yirik shaharlardan biri. Shaharliklar foydalanayotgan suvda katta miqdorda virus va patogen mikroblar borligi aniqlangan. Ammo bu yagona muammo emas. Shahar axlatga to‘lib ketgan, shuningdek, mashinalar chiqarayotgan is gazi tufayli havo me'yoridan ortiq ifloslangan. 6. Katmandu (Nepal) - Katmanduning asosiy muammosi ham ulkan axlattepalardir. Axlat uyumlari tarixiy-me'moriy yodgorliklarni to‘sib qo‘ygan, shahar ko‘chalari uysiz odamlar va itlarga to‘lib ketgan, shahar hududidan o‘tuvchi daryolarning suvi ham me'yoridan ortiq ifloslangan.
7. Dorussalom (Tanzaniya) - Mamlakatning sobiq poytaxti va eng boy shahri mehmonlarni boyligi bilan emas, axlat uyumlari va axlat yig‘ishtiruvchi xizmatlarning umuman yo‘qligi bilan hayratga soladi. Kanalizatsiyadan oqova suvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar ichimlik suvi oladigan daryoga chiqarib tashlanadi.
8. Bog‘dod (Iroq) - Urush natijasida nafaqat shaharning bosh me'moriy yodgorliklari, balki suvni tozalovchi inshootlar ham vayron bo‘lgan. Natijada Bog‘dod atrofida tez-tez neft ko‘loblari yuzaga keladi.
9. Brazzavil (Kongo) Bu shahardagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yirik sanoat markazlari tomonidan havoga chiqarilayotgan zararli gazlar sababchi. Bundan tashqari, sanoat axlati to‘g‘ri ichimlik suvi manbalariga chiqarib tashlanadi. Bu yerda toza suvning o‘zi yo‘q, shahar ko‘chalari yoqimsiz hid va turli-tuman infeksiyalarga to‘la. Ekspertlarning fikricha, Mumbaini tozalash va zaruriy inshootlarni qurish uchun bir mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflanishi talab etiladi. Bu yerda toza suvning o‘zi yo‘q, shahar ko‘chalari yoqimsiz hid va turli-tuman infeksiyalarga to‘la. Ekspertlarning fikricha, Mumbaini tozalash va zaruriy inshootlarni qurish uchun bir mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflanishi talab etiladi.
10. Mumbai (Hindiston)
Do'stlaringiz bilan baham: |