Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

120
Jyul Vern
Dik tajribali dengizchi bo‘lganidan, bunday ma halda 
adashmas edi. Rostdan ham oradan bir soat o‘tar-o‘tmas 
hamma bu safar umidlari puchga chiqmaganiga ishon-
ishdi.
Sharq tomondagi sohil uzoqdan ko‘ringani uchun 
bo‘lsa kerak, tekis bo‘lib ko‘rinar edi. Osmonni pastak 
bulutlar to‘sib olganligidan dengiz qirg‘og‘iga yaqin turgan 
And tog‘larini ko‘rib bo‘lmasdi.
«Piligrim» yerga qarab borar, yer esa borgan sari ken-
gayar va yaqinlashar edi.
Ikki soatdan keyin kema yerdan atigi uch mil narida 
edi. Qirg‘oqning shimoli-sharqiy chekkasida anchagina 
baland burun ko‘rinib turar, uning yonida kema to‘xtash 
uchun ochiq bir joy ham bor edi. Sharq tomonda past 
qirg‘oq til singari dengiz ichiga kirib turar edi.
Qirg‘oqda o‘simliklar bilan qoplangan pastroq adirlar 
ko‘rindi. Yerning tabiatiga qaraganda, bu adirlar baland 
And tog‘larining etagi bo‘lishi kerak edi.
Qirg‘oqda na port, na odam turadigan uy-joylar va na 
kema uchun xavfsiz bo‘lgan daryo manbai bor edi.
Orqa tomondan esayotgan shamol «Piligrim»ni to‘ppa-
to‘g‘ri qirg‘oqqa surib borar edi. Ko‘tarilgan yelkanlarning 
kamligi va shamolning qattiqligi sababidan Dik Send 
kemani ochiq dengizda to‘xtata olmas edi.
Kemaning yo‘lida qator-qator suv osti toshlari – riflar 
ko‘rindi. Toshlar ustida dengiz ko‘piklanib, sharaqlab 
qaynamoqda. Qirg‘oqqa qattiq to‘lqin urib turardi. Dik 
durbindan qarab, katta-katta to‘lqinlarning qirg‘oqqa 
kelib urilayotganini ko‘rdi.
Yosh kapitan kema burnidabiroz turib, qirg‘oqqa tikilib 
qaradi. Keyin u bir og‘iz so‘z aytmasdan, ke ma quyrug‘iga 
borib shturval oldiga turib oldi.
Shamol borgan sari kuchaymoqda edi. Kemaning 
qirg‘oqqa yetib borishiga atigi bir mil masofa qolgandi.
Birpasdan keyin Dik Send kichkina bir ko‘rfazni ko‘rib 
o‘qoldi-da, kemani o‘sha tomonga burdi. Ammo ko‘rfaz-
ga kiradigan joyni suv osti toshlari to‘sib turar edi. Shu 


121
«O‘n besh yoshli kapitan»
sababdan ular orasidan o‘tib ketish qiyin edi. Toshlarn-
ing dengiz ustiga chiqib turishi suv osti toshlari yotgan 
joylarda dengizning sayoz ekanligini ko‘rsatar edi. O‘sha 
paytda palubada u yoqdan-bu yoqqa chopib yurgan 
Dingo kema burniga yugurib bordi-da, qirg‘oqqa qarab 
cho‘zib-cho‘zib uvlay boshladi. Go‘yo it bu qirg‘oqni tani-
ganday va bu qirg‘oq uning boshidan kechgan qandaydir 
og‘ir tashvishlarni esiga solganday ko‘rinardi.
Itning vovillaganini eshitgan Negoro kayutasidan 
chiqib keldi va itdan nariroqqa qochish o‘rniga, kemaning 
bortiga suyanib oldi.
Ammo Dingo oshpazga sira e’tibor qilmay, g‘ingshib 
vo villay berdi.
Negoro xatarli suv osti toshlarini pisand qilmasdan 
qarab turaverdi. Bir chekkada uni kuzatib tur gan missis 
Ueldonga esa Negoroning chehrasi bir on o‘zgarganday 
bo‘lib ko‘rindi.
«Piligrim»ni shamol haydab olib kelgan bu qirg‘oq, 
ehtimol, Negoroga tanishdir?
Dik Send shu vaqt shturvalni keksa Tomga top-
shirdi-da, ko‘rfazga kiradigan joyni yana bir marta 
ko‘zdan kechirish uchun kemaning burniga qarab jo‘na-
di. Bir necha daqiqadan keyin u ovozini jiddiy qilib dedi:
– Missis Ueldon, «Piligrim» uchun xavfsiz joy topish-
ga hech qanday umid qolmadi. Yarim soatdan keyin 
«Piligrim» suv osti toshlariga uriladi... Kemani qirg‘oqqa 
chiqarib tashlashga to‘g‘ri keladi. «Piligrim»ni portga olib 
kelishga imkon bo‘lmadi. Sizlarni qutqazish uchun men 
kemani nobud qilishim kerak. Boshqa iloj yo‘q...
– Hamma choralarni qilib ko‘rdingmi? – deb so‘radi 
missis Ueldon.
– Hammasini qilib ko‘rdim! – deb cho‘rt kesdi o‘smir.
Shundan keyin Dik bu xatarli manevrga tayyorgarlik 
ko‘rishga kirishdi.
Dastavval u missis Ueldon, Jek, Benedikt tog‘a va Nan 
kampirni qutqaruvchi pufak boylashga majbur qildi. 
Negr matroslar bilan Dikning o‘zi yaxshi suzuvchilardan 


122
Jyul Vern
edi, lekin ular ham suvga cho‘kmaslik uchun ehtiyot 
chorasini ko‘rdilar.
Missis Ueldonga yordam etishni Gerkulesga top-
shirishdi. Yosh kapitan Jekning g‘amini o‘zi yemoqchi 
bo‘ldi. Hech narsani parvoyiga keltirmagan Benedikt 
tog‘a hasharotlar to‘ldirilgan qutichasini bo‘yniga osib 
juda xotirjamlik bilan palubaga chiqib ketdi. Dik uni Bat 
bilan Akteonga topshirdi. Negoroning beparvo qiyofasi 
hech kimdan yordam istamagan ligini ko‘rsatib tu rar edi.
Har ehtimolga qarshi Dik Send o‘n bochkacha baliq 
moyini kema palubasiga olib chiqishni buyurdi.
«Piligrim» suv osti toshlari girdob bo‘lib qaynayotgan 
joydan o‘tib ketayotgan paytda suvga baliq moyi to‘kil-
sa, to‘lqinlar birpasgina bosilib qolardi. Ana shu paytda 
kema bu xavfli joydan tinch o‘tib olishi ehtimol edi. Dik 
yo‘lovchilarni qutqazish uchun kerak bo‘lgan hamma 
choralarni ko‘rdi.
Tayyorgarlik ishlarini bitirgandan keyin Dik rul oldiga 
kelib shturvalni o‘z qo‘liga oldi.
«Piligrim» endi qirg‘oqdan atigi ikki kabeltov masofada, 
ya’ni suv osti toshlari oldiga kelib qol gan edi. Keman-
ing o‘ng bortiga oppoq ko‘pikli to‘lqinlar urila boshladi. 
Yosh kapitan kemaning har onda suv osti toshiga urilib 
ketishini kutar edi.
O‘sha paytda Dik suvning rangiga qarab, suv osti 
toshlari orasidan o‘tadigan yo‘l borligini fahmlab qoldi. 
Kemani mumkin qadar qirg‘oqqa yaqin roq bir joyga olib 
chiqish uchun hech qo‘rqmasdan bu yerga kirish kerak 
edi.
Yosh kapitan hech ikkilanmay, shturvalni qattiq bu-
rib yubordi va kema suv osti toshlari orasida egri-bugri 
yo‘ldan suzib ketdi.
Bu yer to‘lqinlarning ayniqsa quturgan joyi ekan. 
To‘lqinlar o‘ynab kemaning ustiga ham chiqa boshladi.
Negr matroslar kema burnidagi moy bochkalari yonida 
kapitanning buyrug‘ini poylab turar edilar.
– Moyni to‘k! Chaqqonroq bo‘l! – deb qichqirdi Dik.


123
«O‘n besh yoshli kapitan»
Moy to‘kilishi bilan, go‘yo sehrli bir ish bo‘lganday 
dengiz jimjit bo‘lib qoldi, bir daqiqadan keyin esa yana 
to‘lqinlar qutura boshladi.
Ammo suv osti toshlari orasidan o‘tib, qirg‘oqqa yaqin 
kelib olish uchun o‘sha bir daqiqa ham kifoya qildi.
Zo‘r to‘lqindan baland ko‘tarilgan kema qars etib 
toshga urildi. Hamma machtalar dengizga qulab tushdi.
Urilgan paytda «Piligrim» yorilib ketib, kema ichiga 
darrov suv ura boshladi. Biroq yerga juda yaqin qolgan 
edi. Suv ostidan chiqib yotgan toshlar ustidan yurib borib 
ham qirg‘oqqa chiqib olish mumkin edi.
Falokatdan o‘n daqiqa o‘tgandan keyin, «Pilig rim»dagi 
hamma yo‘lovchilar tik qirg‘oqqa chiqib to‘planishdilar.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish