Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

126
Jyul Vern
«Piligrim» falokatga uchragandan keyin uning vazifasi 
sob bo‘ldi.
Negoro ilgarilari bu yerlarni bilib, keyin esidan chiqarib 
yuborgan odam singari qumloq tilni, soyni va qirg‘oqdagi 
qoyalarni sinchiklab tekshirib yurar edi. Yo bu yerlarda 
bo‘lganmikin? U bunday savolga javob berishdan bosh 
tortishi ham ehtimol edi. Ammo, bu odam suymas por-
tugaliyalikka parvo qilmasa ham bo‘ladi. Dik Send Ne-
goroning soy tomonga ketayotganini kuzatib turdi, lekin 
Negoro qoyalar orasiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘lganidan 
keyin, o‘smirning u bilan ishi bo‘lmadi.
Falokatga uchragan odamlar endi nima qilish kerakligi 
to‘g‘risida o‘ylashlari lozim edi. Biroz dam olish hamda 
ovqatlanish uchun dastlab biror pana joy topish kerak 
edi. Ana shundan keyingina nima qilish to‘g‘risida ken-
gashsa bo‘lardi.
Ovqat masalasi oson hal bo‘ldi. Bu yerda qushlar va 
mevalar juda serob edi. Falokatga yo‘liqqanlar, bundan 
tashqari, kemaning omborlarida qolgan oziq-ovqatlarni 
ham yeyishlari mumkin edi. Dengiz toshqini qaytgandan 
keyin to‘lqinlar bir necha bochka suxari, bir necha quti 
konserva va qoq go‘sht solingan yashiklarni qirg‘oqqa 
chiqarib tashlagandi. Dengiz suvi hali ularni buzib ul-
gurmagan edi.Odam yashaydigan biror joyga yetib ol-
guncha shu bir to‘da odamga oziq-ovqat bemalol yetarli 
edi. Oziq-ovqatlarni to‘lqin chiqmaydigan balandroq bir 
joyga taxlab qo‘ydilar.
Totli suvdan ham kamchilik yo‘q edi. Dik Send soydan 
suv olib kelishini Gerkulesdan iltimos qildi. Azamat negr 
bir bochka to‘la suvni yelkasiga qo‘yib olib keldi. Dengiz 
toshqini mahalida to‘lqin lar soyga urib kirsa ham, lekin 
uning suvi chuchuk bo‘lib, ichishga yarar edi.
Olov to‘g‘risida g‘am yemasa ham bo‘ladi: gulxan yoq-
ish kerak bo‘lsa, tevarakda shox-shabba to‘lib yotar edi. 
Kashanda Tomning suv kirmaydigan tunuka qutichaga 
solingan qovig‘i bor ekan. U qirg‘oqdan topib olgan ch-


127
«O‘n besh yoshli kapitan»
aqmoq toshi bilan istagan mahalida qoviqni olib chaqmoq 
chaqishi mumkin edi.
Endi safarga jo‘nashdan oldin biroz dam olish hamda 
tunash uchun birorta pana joy topish qolgandi, xolos.
Kichkina Jek «musofirxona» topib berdi. U qoya tagi
-
da o‘ynab yurganida, ittifoqo, toshlari yo‘nilgan keng 
bir g‘orga ko‘zi tushib qoldi. Bu dengiz to‘lqinlari qattiq 
urilishidan hosil bo‘lgan g‘orlardan biri edi.
Buni ko‘rib suyungan bola darrov onasini chaqirib 
keldi.
– Yasha Jek! – dedi missis Ueldon. – Agar bir Robinzon 
singari bu yerda uzoq yashab qolganimizda edi, bu g‘orga 
sening nomingni qo‘yar edik.
G‘or ko‘p ham katta emas edi: uzunligi ham, eni ham 
o‘n-o‘n to‘rt fut kelardi, ammo Jekning ko‘ziga u juda kat-
ta bo‘lib ko‘rinipti. Falokatga uchraganlar unga bemalol 
joylasha olardilar. Missis Ueldon bilan Nan kampir g‘orn-
ing ichi qup-quruq ekanini ko‘rib juda xursand bo‘lishdi. 
Oyning bi rinchi choragi ekan, demak, dengiz toshqini 
qattiq bo‘ladi deb qo‘rqmasa ham bo‘lardi
23
.
Shunday qilib, dam olish uchun kerakli bo‘lgan ham-
ma narsa tayyor edi.
O‘n daqiqadan keyin «Piligrim»dagi yo‘lovchilar suv 
o‘simligi poxoli solingan g‘orda yonboshlab yotishardi. 
Hatto Negoro ham ularga qo‘shilib nonushta qilgani keldi. 
Ehtimol, u ichidan egri-bugri soy o‘tgan qalin o‘rmonda 
yolg‘iz o‘zi yurishga yuragi dov bermagan bo‘lsa kerak.
Kunduzi soat bir edi. Ular suxari hamda qoq go‘sht 
bilan nonushta qildilar. Choy o‘rniga Batning halok 
bo‘lgan kemadan, oziq-ovqatlar orasidan topib olib kelgan 
bir shisha romidan bir necha qultumdan va yangi olib 
kelingan suvdan ichdilar.
Negoro hamma bilan baravar nonushta qilsa-da, le-
kin kelgusi ishlar to‘g‘risida qilinayotgan suhbatga sira 
aralashmasdan o‘tirardi. Ammo u hamrohlarning gapini 
23
Dengiz suvining juda ko‘p ko‘tarilishi odatda oy yarim bo‘l-
gan paytlarda yuz beradi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish