Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

132
Jyul Vern
Dik Send bilan besh negr xash-pash deguncha pa-
lubaga chiqib olishdi, Tom, Gerkules, Bat va Ostinlar 
esa kemaning chekkasida osilib qolgan arqonlarga 
tirmashib, oshxonada qolgan oziq-ovqat hamda ichim-
liklarni tashib olish bilan band bo‘ldilar. Dik katta 
omborga kirib ketdi. Yaxshiyamki, garchi falokatdan 
keyin suv ostida qolgan bo‘lsa ham kemaning quyruq 
tomoniga suv kirmagan ekan.
Dik Send bu yerdan to‘rtta yaxshi karabin miltiq va 
yuztacha o‘q topib oldi. Mabodo yerlik hindilar hujum 
qilib qoladigan bo‘lsa, ularga qarshi tu rish uchun endi 
sayohatchilar qo‘lida yaxshi qurol bor edi.
Dik Send cho‘ntak fonarini olishni ham esidan chiqaz-
madi. Afsuski, kema burnidagi kayutada qol gan geografi
-
ya xaritalari suv ichida qolib, yaroqsiz bo‘lib qolgan edi.
Dik Send kit to‘shlarini ajratish uchun ishlatiladigan 
oltita katta pichoq ham oldi. Pichoqlar hamrohlari uchun 
qo‘shimcha qurol edi. Shu bilan birga u Jekning kichkina 
o‘yinchoq miltiqchasini ham olib oldi.
Kemadagi qolgan jihozlarning bir qismi falokat vaqtida 
yo nobud bo‘lgan, yo suvda ishdan chiqqan edi. Yaqin 
oradagi odam turadigan joyga bir necha kunda yetib 
borish mumkin bo‘lgandan keyin ortiqcha yuk ko‘tarib 
yurishning hojati ham yo‘q edi. Shunday qilib, oziq-ovqat 
bilan qurol-aslaha sayohatchilar uchun yetarli edi.
Dik Send endi ketay deb turganida, missis Ueldonning, 
kemadagi pullarni olib olish kerak, degan maslahati esiga 
tushib qoldi. Dik atigi besh yuz dollar pul topdi, xolos, 
holbuki, missis Ueldonning o‘ziga qarashli puli ham 
bundan ko‘ra ancha ko‘proq edi.
Bu yerga Dik Senddan oldin faqat Negoro kelishi 
ehtimol edi. Missis Ueldon bilan kapitan Gulning yig‘ib 
yurgan pullarini Negorogina olishi ehtimol edi. Bu o‘g‘ir-
likda bo‘lak hech kimdan gumonsirash mumkin emasdi. 
Shunday bo‘lsa ham, Dik Send boshda ikkilanib turdi. 
Bu kishi to‘g‘risi da Dik nima bilardi? Shunigina bilardiki, 
Negoro odamlarga aralashmay yolg‘iz yurishni yaxshi 


133
«O‘n besh yoshli kapitan»
ko‘rardi va boshqalarning boshiga tushgan kulfatdan 
miyig‘ida kulib qo‘yardi, xolos. Ammo buning uchun 
uni jinoyatchi deb bo‘larmidi? Dik nima deyishini ham 
bilmas edi. Xo‘p, bo‘lmasa o‘g‘irlikda kimdan gumon-
sirash mumkin edi. Negrlardan biridanmi? Ammo ular 
juda halol odamlar edi va shu bilan birga ular, qirg‘oqqa 
chiqqandan keyin missis Ueldon bilan Jekning yonidan 
hech qayoqqa jilmagan edilar. Negoro esa qirg‘oqda an-
chagina o‘ralishib yurdi. Yo‘q, Negorodan bo‘lak hech kim 
o‘g‘irlagan emas, o‘g‘ri xuddi o‘shaning o‘zi!
Dik Send qaytib kelishi bilanoq Negoroni so‘roq qilish-
ga va zarur bo‘lsa, hatto uni tintishga ham qaror berdi. 
Dik bu masalani bir yoqlik qilishga astoydil kirishmoqchi 
bo‘ldi!
Kun botay deb qolgandi. Birpasdan keyin quyosh ufq 
orqasiga yashirindi. Oz-moz qosh qoraygan payt bo‘lib 
turdi-da, keyin birdaniga qorong‘i tushdi. Bu narsa Dik 
Sendning, Kozerok tropigi bilan ekvator orasidagi bir 
yerda falokatga uchragan, degan taxminini tasdiqlar edi.
– Kechasi bo‘ron bo‘ladi! – dedi keksa Tom, osmonda 
uymalashgan qora bulutlarni ko‘rsatib.
– Ha, shunday bo‘lishi ehtimol, hazilakam shamol 
bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, – deb Dik ham uning gapiga 
qo‘shildi. – Bo‘lsa bo‘laversin, biz ning nima ishimiz bor! 
Kemamiz halokatga uchragan bo‘lsa, endi shamol bizlar-
ga nima zarar yetkazardi.
Shunday qarorga kelishdiki, kechasi qorong‘i bo‘lgani-
dan negrlar g‘or og‘zida navbatma-navbat qorovullik qildi-
lar. Buning ustiga Dingoning ziyrakligi ham sayohatchilar 
uchun bir dalda edi.
Missis Ueldon, Dik va negrlar g‘orga qaytib kelishdi. 
Benedikt tog‘a haligacha kelmagan ekan.
Pahlavon Gerkules bor kuchi bilan bir hay-haylab 
chaqirgan edi, entomolog tik qoyadan shoshib-pishib 
tushayotganida boshini toshga urib olishiga sal qoldi.
Benedikt tog‘aga juda alam qilgan edi. U kuni bo‘yi 
sargardon bo‘lib yurib, kolleksiyasiga qo‘sha oladigan 


134
Jyul Vern
birorta ham yangi hasharot topolmadi. Mingoyoq va 
boshqa shu singari ko‘poyoqlilardan boshqa hech gap 
yo‘q ekan! Ma’lumki, Benedikt tog‘aga ko‘poyoqlilarning 
sira keragi yo‘q edi!
– Esizgina, – deb achindi u, – besh ming milcha yo‘l 
yurib, qattiq bo‘ronlarga, falokatga uchrab, qancha-
dan-qancha azob uqubatlar chekib, hasharot muze-
yini bezaydigan bitta ham oltioyoqli amerika hasharoti 
topilmasa-ya? Bir miri hayon (foyda), uch miri ziyon 
degan gapning o‘zginasi bo‘ldi-ya!
Shundan keyin Benedikt tog‘a bu la’nati qirg‘oqda bir 
daqiqa ham turmaganim bo‘lsin, dedi va hammaning 
darrov yo‘lga chiqishini talab qildi.
Missis Ueldon bu soqolli go‘dakni zo‘rg‘a ovutdi. Mis-
sis Ueldon bugun bo‘lmasa ertaga topilib qolar o‘sha 
oltioyoq, deb uni umidvor qilar va tinchitar edi. Keyin 
kun chiqqanga qadar mizg‘ib olish uchun hammalari 
g‘orga kirib ketishdi.
Tom qarasa, Negoro hali ham kelmabdi.
– Qayoqqa yo‘qoldi ekan! – deb so‘radi missis Ueldon.
– Bizning nima ishimiz bor, – dedi Bat.
– Menimcha, bu kishi doim ko‘z o‘ngimizda bo‘lgani 
qayta yaxshiroq, – dedi missis Ueldon.
– Rost aytasiz, missiz Ueldon, – dedi Dik Send unga, 
– lekin o‘z ixtiyori bilan bizdan ajrab ket gan bo‘lsa, uni 
qaytib kelishga majbur qilib bo‘larmidi? Kim biladi 
deysiz, bizdan qochib ketishiga, ehtimol, biror sabab 
bordir?
Dik missis Ueldonni bir chekkaga chaqirib, unga pul 
to‘g‘risida o‘z shubhasini aytdi. Missis Ueldon Dikning 
gaplariga sira ajablanmadi, chun ki missis Ueldonning 
o‘zi ham Negorodan gumon qilar edi.
– Basharti, Negoro qaytib kelsa, – dedi missis Uel-
don, – demak, u o‘g‘irlagan pullarni biror joyga yashirib 
qo‘ygan bo‘ladi. Menimcha, biz uni jinoyat ustida qo‘lga 
tushira olmaganimiz uchun, yaxshisi, shubhamizni 


135
«O‘n besh yoshli kapitan»
bildirmasdan, o‘zimizni bilmaganga solib yurave-
rishimiz kerak.
Missis Ueldonning gapi to‘g‘ri edi, shuning uchun 
Dik ham bunga qo‘shildi.
Shu payt Gerkules Negoroni bir necha marta 
hay-haylab chaqirdi, lekin Negorodan dom-darak 
bo‘lmadi. Ehtimol, u uzoqlab ketib qolib, Gerkulesning 
ovozini eshitmagandir yoki qaytib kelishni xohlama-
gandir.
Negrlar portugaliyalikning ketib qolganiga sira ham 
achinmas edilar. Ammo, missis Ueldon aytganidek, 
Negoroning yiroqda yurganidan ko‘ra, yaqinda turgani 
xavfsizroq edi.
Shunisi qiziqki, qanday qilib Negoro bunday nota-
nish joylarda yolg‘iz o‘zi yurishga qo‘rqmadiykin?
Adashib qolmaydimikan? Balki u qorong‘ida g‘orning 
qayerdaligini topolmay yurgandir?
Missis Ueldon bilan Dik Send nima deyishlarini ham 
bilmasdilar. Nima bo‘lsa ham, Negoroni deb shuncha 
odamning shirin uyqudan qolishlari to‘g‘ri kelmasdi.
Qumloqda chopib yurgan Dingo birdaniga qattiq 
vovillay boshladi.
– Dingo nimaga vovillayapti ekan? – deb so‘radi 
missis Ueldon.
– Hozir bilib kelaman, Negoro qaytib kelayotgandir
– dedi Dik Send.
Shu ondayoq Dik, Gerkules, Ostin va Bat g‘ordan 
tashqariga chiqishdi. Lekin qirg‘oqda hech kim yo‘q edi. 
Dingo ham boshqa vovillamadi.
Dik Send bilan uning hamrohlari g‘orga qaytib 
kirishdi. Negrlar navbatchilikni o‘zaro taqsim qilishdi, 
shundan keyingina yo‘lovchilar uyquga ketishdi.
Faqat missis Ueldonning ko‘ziga uyqu kelmasdi. Zo-
riqib kutilgan yer nechukdir umidlarni puchga chiqardi, 
yo‘lovchilar uchun xavfsiz sharoit tug‘dirmadi va oso-
yishtalik keltirmadi.


136
Jyul Vern

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish