Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

138
Jyul Vern
keladigan uzun etiklarining poshnasiga har qadam 
bosganda jingillab turadigan katta-katta shporlar 
taqib olgan edi.
Dik Send bu odam Janubiy Amerikaning qalin o‘tli 
keng dalalarida yashovchi yerliklardan emasligini 
darhol fahmlab qoldi. Bu odam uzoq yarim yovvoyi 
mustamlaka o‘lkalarda ko‘p uchraydigan g‘alati 
avantyuristlardan bo‘lishi mumkin edi, xolos. O‘zini 
tutishi va sariq soqolini ko‘rib, Dik uni ingliz-sakson 
millatidan bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Har holda 
u yerlik hindlardan ham, ispanlardan ham emas edi.
Dik Sendning mo‘ljali to‘g‘ri chiqdi desa bo‘la di, 
chunki Dik Sendning inglizcha salomiga nota nish 
odam sof inglizcha talaffuz bilan:
– Xush kelibsiz, yigitcha! – deb javob qaytardi.
U yaqinroqqa kelib, Dik Sendning qo‘lini qattiq qisib 
ko‘rishdi.
Notanish odam negrlarga boshini egib salom berib 
qo‘ya qoldi.
– Siz inglizmisiz? – deb so‘radi u Dikdan.
– Amerikalikman, – deb javob qaytardi Dik.
– Janubdanmisiz?
– Yo‘q, shimoldan.
Notanish odam bu javobdan xursand bo‘lganday 
edi. U yana amerikaliklarga xos qiliq bilan Dikning 
qo‘lini qisib qo‘ydi.
– Mumkinmi sizdan so‘rasam, do‘stim, qanday qilib 
bu qirg‘oqqa kelib qoldingizlar?
Dik Send uning savoliga javob qaytarishga ulgur-
masdanoq notanish odam boshidan shlyapasini olib, 
qumloqdan asta yurib kelib uning ro‘parasida to‘xta-
gan missis Ueldonga egilib ta’zim qildi.
Uning savoliga missis Ueldon o‘zi javob qaytardi.
– Taqsir, – dedi u, – bizlar falokatga uchradik. Kuni 
kecha kemamiz qirg‘oq yonidagi suv osti toshlariga 
urilib parchalanib ketdi.


139
«O‘n besh yoshli kapitan»
Notanish kishining chehrasida achinish alomati 
paydo bo‘ldi. U dengiz tomonga o‘girilib, falokat izlarini 
ko‘rmoqchi bo‘lib ko‘z yugurtirdi.
– Kemamizdan asar ham qolmadi. Bugun ke chasi 
to‘lqinlar uni pachaq-pachaq qilib tashlabdi, – dedi Dik 
Send.
– Dastlab bizlar qayerdaligimizni bilmoqchimiz, – deb 
qo‘shib qo‘ydi missis Ueldon.
– Janubiy Amerika qirg‘og‘idasizlar, – deb javob 
berdi notanish kishi. Missis Ueldonning savolidan u 
taajjublanganday edi. – Nahotki qayerdaliklaringizni 
bilmasangizlar?
– Shundoq, taqsir, – deb javob qaytardi Dik Send. – Biz 
shubhada edik, chunki bo‘ron kemani yo‘ldan adashtiri-
shi ehtimol edi va turgan joyimizni aniqlashim mumkin 
bo‘lmadi. Lekin men siz dan, bizning turgan joyimizni aniq 
aytib berishingizni so‘rayman. Peru qirg‘og‘ida bo‘lsak 
kerak, shundaymi?
– Yo‘q, do‘stim, yo‘q! Biroz janubroqdasizlar. Sizlar 
Boliviya qirg‘og‘ida falokatga uchrabsizlar
24
. Aniqroq qilib 
aytganda, Boliviyaning janubida, Chili chegarasiga yaqin 
joyda turibsizlar.
– Bu qanday ko‘rfaz? – deb so‘radi Dik Send, shimol 
tomonga imo qilib.
– Buning nomini men bilmayman, – deb javob berdi 
notanish odam. – Men bu mamlakatning markaziy viloyat-
larini yaxshi bilaman, chunki men u yerlarda ko‘p yur-
ganman, ammo bu qirg‘oqqa birinchi marta kelishim edi.
Dik Send notanish odamdan eshitgan xabarlar ustida 
xayol surib ketdi. U ko‘pdan ajablanmadi. Dengiz oqi-
mining kuchini bilmagani sababdan, hisobda adashish 
turgan gap edi. Ammo uning xatosi o‘zi o‘ylaganicha 
unchalik katta emas ekan. Dikning mo‘ljalicha, «Piligrim» 
janubiy kenglikning yigirma yettinchi bilan o‘ttizinchi gra-
24
Boliviya 1879–1884-yillarda Chili bilan bo‘lgan urushda 
Tinch okean qirg‘oqlarini boy berib qo‘ydi. O‘sha vaqtdan buyon 
Boliviyaning dengizga chiqadigan yo‘li yo‘q.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish