GIMNASTIKA MASHG`ULOTLARIDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR (URM) - REJA:
- Gimnastikaning vujudga kelishi.
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar
- 3. UMUMRIVOJLANTIRUVCHI VA ERKIN MASHQLARGA OID TERMINLAR .
- 4. 1-9 sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini o‘rgatish .
- Jismoniy tarbiya sifatida gimnastika juda ko‘p vaqtdan buyon rivojlanib kelgan. Gimnastikaning rivojlanishi janglarni olib borish usullarining, jamiyat to‘zilishining o‘zgarishlariga va inson to‘g‘risidagi ilmlarni rivojlanishiga o‘zviy boglik bo‘lib kelgan.
- Qadimlardan, qadimiy SHarqda gimnastik mashg‘ulotlari qo‘llanib kelingan. qadim Gretsiyada ham gimnastika jismoniy tarbiya sifatida qo‘llanilgan. Greklar gimnastika deb butun bir jismoniy tarbiya tizimini atashgan, lekin yoshlarning jismoniy tarbiyasiga va ularni musobaqalarga tayyorlashga alohida e’tibor berishgan. SHuning uchun birinchi tizimni gimnastika, ikkinchisini esa agonistika deb atashgan. qadimiy greklarning mashg‘ulotlariga yugurish, sakrash, har xil predmetlarni otish, so‘zish, bug‘doy to‘ldirilgan qoplarni urish kirar edi. Keyinchalik gimnastika Qadimiy Rimda armiyaning jismoniy tarbiyasini kuchaytirishda juda rivojlanadi. Bu erda maxsus gimnastik moslamalar qo‘llaniladi, masalan, otda chavandozlarning yurishinn o‘rgatish uchun yog‘och ot, nayza, pichoq sanchishni o‘rgatish uchun yog‘och moslamalar, dushman istehkomini zabt etish uchun zina va narvonlar.
- GIMNASTIKANING VUJUDGA KELISHI
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar – tananing alohida qismlarining harakati yoki bu harakatlarni qо‘shilmasi bо‘lib, turlicha tezlikda, amplitudada va muskullarning zо‘riqish darajasi turlicha tarzda bajariladi. Bu mashqlar jismoniy sifatlarni tarbiyalash, tо‘g‘ri qomatni shakllantirish va о‘quvchilarni yanada murakkabroq harakat elementlarini, kо‘nikmalarini egallashga tayyorlash maqsadida qо‘llaniladi. Tananing alohida qismlari va muskullar guruhiga tanlab-tanlab ta’sir kо‘rsatish (kо‘pincha) uchun ham foydalanish mumkin. Shuning uchun mashqlarni kvalifikatsiyalash asosiga anatomik belgi qо‘yilgan: qо‘llar va yelka kamari, tana va bо‘yin, oyoq muskullari, butun tana muskullari uchun.
- Bundan tashqari barcha mashqlar kuch, egiluvchanlik, harakatlar tezkorligi, epchillik, muskullarni bо‘shashtirish qobiliyatini tarbiyalash, tо‘g‘ri qomatni shakllantirish mashqlariga bо‘linadi.
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlar majmuasi kо‘rinishida qо‘llaniladi. Majmuaga kiritiladigan mashqlar о‘quvchilar organizmiga har tomonlama ta’sir kо‘rsatish kerak. Shu maqsadda ular tanasining turli qismlari bilan, turli yо‘nalishda, о‘zgaruvchan tezlikda va muskullarni turlicha kuchantirgan holda bajariladi. Majmuadagi mashqlarni gigiyena gimnastikasi uchun 1 tadan 15 tagacha, jismoniy tarbiya (gimnastika) darsining tayyorlovchi qismi uchun 10-15 tagacha, atletik gimnastika uchun 15 dan ortiq bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |