Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n beshinchi bob
GERRIS
Ertasiga, 7-aprel kuni, tong mahalida nav bat chilik 
qilayotgan Ostin Dingoning vovillay-vovillay soy tomonga 
talpinganini ko‘rib qoldi. Missis Ueldon, Dik Send va negr-
lar o‘sha zahotiyoq g‘ordan yugurib tashqariga chiqishdi.
– Dingo odam yoki biror maxluq borligini sezgan bo‘lsa 
kerak, – dedi Dik Send.
– Har holda, u Negoro bo‘lmasa kerak, – dedi keksa 
Tom, chunki Dingo uni juda irillab qopadi.
– Bo‘lmasam, Negoro qayerda qoldi ekan? – deb so‘radi 
missis Ueldon Dikka ko‘z qirini tashlab. Bunday qarash-
ning ma’nosini Dikning o‘zigina tushunardi. – Basharti 
bu Negoro bo‘lmasa, boshqa kim bo‘lishi mumkin?
– Hozir bilamiz, missis Ueldon, – dedi Dik. Keyin Bat
Ostin va Gerkulesga qarab: do‘stlar, miltiq va pichoqla-
ringizni olib, mening ketimdan yuringlar, – dedi.
Dik Senddan ko‘rib, har bir negr kamariga pichoq 
qistirdi va qo‘liga miltiq oldi. Keyin to‘rttalasi miltiqlarini 
o‘qlab, tez-tez yurib, soy bo‘yiga qarab ketishdi.
Missis Ueldon, Tom va Akteonlar g‘or og‘izda qolishdi. 
Bu yerda kichkina Jek uxlar, unga Nan kampir qarab 
turardi.
Quyosh endi chiqib kelmoqda. Quyosh hali ba land 
qirg‘oq orqasida bo‘lganidan, qumloq qirg‘oq soya edi. 
Ammo g‘arb tomondan ufqqacha dastlabki oftob nuri 
tushgan dengiz jilvalanib turardi.
Dik Send bilan uning hamrohlari qirg‘oq bo‘yidan tez 
yurib borib, suv boshiga yaqinlashaverdilar.
Dingo ularni o‘sha yerda kutib turar edi. It turgan 
jo yidan sira qimirlamasdan hadeb vovillagani vovilla-
gan edi. Demak, u hech shak-shubhasiz, biror odamni 
ko‘rgan yo odam borligini sezgan.
Keksa Tomning aytgani to‘g‘ri chiqdi: Dingo o‘zinig 
qa dimgi dushmani Negoroga emas, boshqa kishiga vovil-
layotgan ekan.


137
«O‘n besh yoshli kapitan»
Qandaydir bir odam soy bo‘yidagi qoyatoshdan pastga 
qarab tushib kelmoqda edi. U qumloqqa tushgandan 
keyin, qopong‘ich itdan qo‘rqqan bo‘lsa kerak. Dingoni 
ovuta-ovuta asta oldinga yurib kelaverdi.
Bu odam Negoro emas, – dedi Gerkules.
– Yerliklardan bo‘lsa kerak, – dedi Dik Send. – Uning 
kelishi yaxshi bo‘ldi, bekorga uzoq joylarga kuzatuvga 
borishdan qutulamiz. Qayerdaligimizni endi bilib olamiz!
To‘rttovlari ham miltiqlarini yelkalariga osib, notanish 
odamga ro‘para boraverdilar.
Notanish odam ularni ko‘rib juda hayron qoldi. U 
odam qirg‘oqning bu joyida odamlarni uchrataman deb 
o‘ylamagan bo‘lsa kerak. U hali «Piligrim»ning majaqla-
nib yotganini ko‘rmagan bo‘lsa kerak, yo‘qsa, falokatga 
uchragan kemaning odamlariga uchrashi unga ajib 
tuyulmasdi.
Kechasi esa to‘lqinlar kemaning korpusini pa chaq-
pachaq qilib tashlabdi: endi suv betida uning ayrim 
bo‘laklari suzib yurar edi.
Ro‘parasidan kelayotgan odamlarning qurollangan 
ekanliklarini ko‘rgach, notanish odam to‘xtab qoldi va 
hatto bir qadam orqaga tisarildi. Uning miltig‘i orqasiga 
osilgan edi; u miltig‘ini bir qo‘liga oldi-da, yelkasiga osib 
qo‘ydi.
Ammo Dik salom berganday qilib, unga qo‘lini siltadi. 
Notanish kishi bularning beozor odam ekanligini angladi 
shekilli, biroz ikkilanib turgandan keyin ularning oldiga 
keldi.
Dik Send uni ko‘zdan kechira boshladi.
Ko‘rinishidan qirq yoshlarga borgan bu norg‘ul 
odamning soch-soqoli oqara boshlagan, ko‘zlari o‘tkir va 
ziyrak, yuzlari oftobdan qorayib ketgan edi. O‘rmon va 
dalalarda doim ochiq havoda ko‘chmanchilik qilib yu-
ruvchi odamlarning afti oftobda ana shunday qoraygan 
bo‘ladi. Notanish kishining boshida kattakon shlyapa, 
ustida kalta charm to‘n bilan shim, qo‘njlari tizzasigacha 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish