154
Jyul Vern
Ular, tush paytida birpas dam olgandan keyin, daryo
yoqalab ketgan baland tog‘ning etagidagi adirlarga chiqa
boshladilar.
Bu yerlarda o‘rmon siyraklasha boshlagan va daraxt-
larning soyasi ham unchalik quyuq emas edi. Ammo
yo‘l baribir yaxshilanmadi, chunki qalin o‘sgan baland
o‘tlar yo‘lni to‘sib turar edi. Bu yer Sharqiy Hindistondagi
odam kirmas qalin changalzorning xuddi o‘zginasi edi.
O‘simliklar daryoning dengizga quyiladigan joyidagi kabi
unchalik qalin bo‘lmasa ham, lekin yangi va eski dunyo-
ning mo‘tadil o‘lkalaridan ko‘ra qalinroq edi. Har yer-har
yerda indigonoska o‘simliklari ko‘rinar edi. Gerrisning
aytishicha, bu o‘simlik juda beor bo‘lib, agar dehqon yeri-
ga sal qaramay qo‘ysa, yerni darrov shu o‘t bosib ketar
ekan. Yevropada tikanakka qanday beparvo bo‘lishsa,
bu o‘simlikka ham bu yerda shunday qarashar ekan.
Ammo o‘rmonda kauchuk daraxtlari hech ham yo‘q
edi. Holbuki, Fisus prinoides, Ctstilloa elastica, Cecropia
peltata Collsphora utilis, Camerania latifolia siphonia
elastica va boshqa o‘simliklar Janubiy Amerika o‘rmon-
larida odatda ko‘p uchrab turguvchi edi. Sayohatchilar
birorta ham kauchuk daraxti ko‘rinmaganiga juda hay-
ron edilar.
Dik Send o‘z do‘sti Jekka kauchuk daraxtini ko‘rsa-
taman deb allaqachon va’da bergan edi. Bola juda xafa
bo‘lgan edi, chunki u koptok, rezinka o‘yinchoqlar, gapir-
adigan rezinka masxarabozlar – hammasi ham shu kau-
chuk daraxtida o‘zidan-o‘zi o‘saverar ekan, deb o‘ylar edi.
Jek o‘z dodini onasiga aytib shikoyat qildi.
– Sabr qil, jonginam, – dedi Gerris unga. – Bizning
qo‘rg‘onimiz atrofida bundaqangi daraxt lar to‘lib yotibdi.
– Ular asl rezinkadan qilinganmi? – deb so‘ra di kich-
kina Jek.
– Rezinkaning o‘zginasidan! Hozircha mana bu nokdan
bir yeb ko‘r-chi.
Gerris shu so‘zlarni aytar ekan, daraxtdan xud di
shaftoliga o‘xshagan bir necha dona meva uzib oldi.
155
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Bu mevalar zaharli emasmi? – deb so‘radi missis
Ueldon.
– Yo‘q, missis Ueldon, mana o‘zim ham yeb ko‘rsata-
man. Bu mango daraxtining mevasi bo‘la di, – dedi Gerris,
haligi mevani oq tishlari bilan tishlab yeya boshlab.
Jek ham ko‘p o‘ylanib turmasdan mevani yedi. Bu
mavsumda boshqa mevalar hali pishganicha yo‘q edi,
shuning uchun «nok» muddaodagidek ish bo‘ldi.
– Juda shirin ekan, juda, – dedi bola, og‘zi to‘la «nok»
yeb turib.
– Agar yaxshi bola bo‘lsam, Dik menga, rezin ka darax-
tini ko‘rsataman, deb edi. Rezinka darax tini ko‘raman!
– O‘g‘lim, birpas sabr qil! – deb bolani ovutmoqchi
bo‘ldi missis Ueldon. – Mister Gerris senga va’da qildi-
lar-ku...
– Undan boshqa, – deb xiqillab yig‘ladi Jek. – Dik
menga va’da qilib ediki...
– Dik senga tag‘in nima va’da qilib edi? – deb so‘radi
Gerris jilmayib.
– Pashsha qushni ko‘rsataman deb va’da qilib edi!
– Pashsha qushni ham ko‘rasan, do‘stim! Lekin hozir
emas, keyinroq ko‘rasan, – deb javob qildi Gerris.
Jekning juda chiroyli zig‘irdek bo‘lgan pashsha qushini
ko‘rsatinglar, deb turib olishi ham to‘g‘ri edi, chunki ular
sayohat qilayotgan mamlakatda bu qushchalar juda ko‘p
edi. Hindlar bu qushchalarni juda siylab «oftob nuri»,
«gullar shohi», «osmon guli», «kunduz kuni yarqiraydigan
guldasta» der edilar...
Bu ajoyib qushchalar bir yuz ellik xil bo‘lar ekan. Yer-
lik hindlar ularning har bir xiliga yarasha she’riy nomlar
qo‘yishgan ekan.
Biroq, hamma sayohatchilar: Boliviya o‘rmonlarida
pashsha qush juda ko‘p, deb aytgan bo‘lsalar ham, lekin
kichkina Jek Gerrisning quruq va’dasi bilan qanoatlanib
qo‘ya qoldi, Gerrisning aytishicha, hali ular dengizdan
olislanib ketganlari yo‘q, pashsha qushlar esa, dengiz
havosini yoqtirmas ekan. Gerris Jekka: – Bu qushchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |