Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

152
Jyul Vern
Bunda bauginiya, ya’ni «po‘lat daraxtlar» Hindistonda-
gi kino daraxtiga o‘xshash molompi daraxti o‘sardi; uning 
yengil va pishiq yog‘ochidan eshkak yasaladi. Daraxt-
larning tanasidan xushbo‘y yelim shirasi oqib yotardi. 
Goh joylarda «sariq bo‘yoq» o‘simligi ham ko‘rinib qolardi. 
Bu o‘simlikda bo‘yoq moddasi juda ko‘p bo‘ladi. Bunda 
diametri o‘n ikki fut keladi gan bakaut daraxtlari ham 
bor, lekin oddiy gvayak daraxtlariga qaragan da, bakaut 
daraxtining qimmati pastroq bo‘ladi.
Dik Send Gerrisdan bu daraxtlarning nomini surishti-
ra boshladi.
– Janubiy Amerikada hech bo‘lgan emasmisiz? – deb 
savol berdi Gerris javob qaytarish o‘rniga.
– Hech qachon bo‘lgan emasman, – dedi Dik Send. – 
Dunyoni ko‘p aylandim, ammo bu joylarda sira bo‘lgan 
emasman. To‘g‘risini aytsam, Boliviyani yaxshi biladigan 
odamlar bilan ham uchrashganim yo‘q.
– Kolumbiya, Chili yoki Patagoniyada ham bo‘lganingiz 
yo‘qmi? – deb so‘rayverdi Gerris.
– Hech ham bo‘lganim yo‘q...
– Missis Ueldon ham qit’aning bu o‘lkalarida bo‘lgani 
yo‘qmi? – deb surishtiraverdi Gerris. – Amerikalik ayollar 
shunday sayohatchi bo‘ladilarki...
– Yo‘q, mister Gerris, – deb javob qaytardi missis Uel-
don. – Mening erim ish bilan faqat Yangi Zelandiyagagina 
qatnab yuradi, shuning uchun men ham boshqa mam-
lakatlarda bo‘la olmadim. Bizning ichimizda Boliviyani 
hech kim ko‘rgani yo‘q.
– Qaytaga yaxshi, missis Ueldon, hamrohlaringiz bilan 
ajoyib joylarni tomosha qilasiz. Bu yerning tabiati Peru, 
Braziliya hamda Argentinaning tabiatidan katta farq qila-
di. Boliviyaning hayvonoti bilan o‘simliklari tabiatshunos-
larni tang qoldiradi. Shunday ajoyib bir joy da halokat yuz 
bergani uchun juda xursand bo‘lishingiz kerak.
Sayohatchilardan hech kim bu yerni bilmagani uchun 
Gerris o‘rmondagi o‘simliklarning ajoyib xillarini ko‘rsatib 
borardi.


153
«O‘n besh yoshli kapitan»
Benedikt tog‘a esa faqat entomolog bo‘lganiga pushay-
mon qilar edi. Attang, botanika olimi bo‘lganida qanday 
yaxshi bo‘lardi-ya! Bu o‘rmonda qanchadan-qancha 
yangi o‘simlik larni kashf qilgan bo‘lardi! Bunda o‘sim-
liklar shunchalik ko‘p ediki, asti qo‘ying. Olimlar esa, 
Yangi Dunyoning tropik o‘rmonlarida bunday o‘simliklar 
bo‘lishini xayollariga ham keltirmas edilar! Botanika olimi 
bo‘lganida Benedikt tog‘aning shuhrati butun olamga 
ketar edi. Afsuski, Benedikt tog‘a, o‘sim liklar dunyosini 
yaxshi ko‘rmas va uni hech bilmasdi ham. Bu hali bir 
yoqda tursin, Benedikt tog‘a gullarni hatto yomon ko‘rar 
edi, chunki ba’zi bir gullar, uning aytishicha, hasharotlar-
ni qirib tashlarmish!
Borgan sari botqoqlik joylar ko‘p uchrayverdi. Oyoq 
ostida shovillab suv oqib yotadi. Bu suvlar bir-biriga 
qo‘shilaverib, sayohatchilarimizga tanish bo‘lgan boya-
gi daryo tarmoqlariga borib quyilardi. Bu daryoning 
ba’zi tarmoqlari shunchalik sersuv va keng ediki, narigi 
qirg‘oqqa o‘tish uchun qulay joy qidirishga to‘g‘ri keldi.
Daryoning pastqam va botqoq lablarini qamish va 
qo‘g‘alar bosib ketgan. Bu o‘simliklar Gerrisning aytishi-
cha, papirus deb atalar ekan.
Botqoqliklardan o‘tgandan keyin, sayohatchilar yana 
katta-katta daraxtlar ichiga kirdilar. Torgina so‘qmoq 
o‘rmon ichida ilon iziday bo‘lib ketgan edi.
Gerris, missis Ueldon bilan Dikka ajoyib eben daraxti-
ni ko‘rsatdi. Undan odatdagilardan ko‘ra yaxshi va pishiq 
qora yog‘och chiqar ekan. To‘da dengiz qirg‘og‘idan ancha-
gina olislab ketgan bo‘lsa ham, o‘rmonda ko‘pgina mango 
daraxtlari uchrab turdi. Bu daraxtlarning ildizidan to 
shoxigacha – butun tanasini temiratki o‘simligi chirmab 
olgandi. Mango daraxti quyuq soya tashlaydi va juda 
ham shirin meva qiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, 
Gerrisning aytishicha, yerlik xalqlar uni parvarish qilib 
o‘stirishga yuraklari betlay olmas ekan, chun ki yerliklar 
orasida: «Kimda-kim mango daraxti o‘stirsa, o‘sha kishi 
o‘ladi» degan irim bor ekan.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish