Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n yettinchi bob 
O‘N KUNDA YUZ MIL
Tropik mamlakatlardagi o‘rmonlarda tunab qol gan 
sayohatchi hamda ovchilarni sahar paytidagi g‘ala-
ti bir shovqin-suron uyqudan uyg‘otib yubora di. Bu 
shovqin-suron ichida kukulagan, qirqiragan, qag‘illagan, 
vovillagan, chiyillagan, qaqillab kulgan ovozlar eshitilardi.
Maymunlar tong otishini shu xilda kutib olishar ekan. 
Tropik o‘rmonlarida kichkina «mirikina», yalpoq burunli 
sapaju, kul rang yungli «mono» de gan maymunlarni 
uchratish mumkin. Yerlik xalqlar ularning terisidan 
miltiq g‘ilofi qilishadi. Bu o‘rmonlarda to‘rt oyoqli joni
-
vorlardan ham ko‘p xillari uchraydi.
Maymunlarning eng g‘alatisi baqiroq may munlar bo‘la-
di. Baqiroq maymunlarning kallasi cho‘ziq, peshonasi 
cho‘kkan, tumshug‘i esa uzun bo‘ladi. Ularning uzun 
quyrug‘i yurishiga yordam beradi.
Kun chiqa boshlashi bilan baqiroq maymunlar ning 
boshlig‘i cho‘zib-cho‘zib ashulasini aytadi. Keyin bosh-
qalari unga jo‘r bo‘lishadi. Ertalabki ashula ovozi necha 
kilometr joylardan eshitiladi.
Ammo qandaydir noma’lum bir sabab bilan bugun 
baqiroq maymunlar ham, boshqa maymunlar ham odat-
dagicha ertalabki ashulalarini aytishmadi.
Maymunlarning bunday qilig‘i yerliklarni juda xafa 
qilishi mumkin edi. Xafa bo‘lishlari ularning ashulalari-
ni yaxshi ko‘rganlaridan emas, aksincha, maymunlarni 
ovlashga juda ishqivoz bo‘lganlaridan edi, chunki may-
munlarning go‘shtini va ayniqsa, surlangan go‘shtini 
yerliklar juda yaxshi ko‘radilar.
Dik Send bilan uning hamrohlari baqiroq may-
munlarning qilig‘ini bilmas edilar. Bilganlarida, may-
munlarning nima uchun jim bo‘lib qolishiga diqqat 
qilgan bo‘lardilar. Sayohatchilar birin-ketin uyg‘onisha 
boshladilar. Kechasi tinch o‘tdi va ular yaxshi dam 
olishdi.


161
«O‘n besh yoshli kapitan»
Eng oldin kichkina Jek uyg‘ondi. U Gerkulesni ko‘rishi 
bilanoq, kechasi bo‘ri yemadingmi, deb so‘radi. Kecha-
si hech qanday bo‘ri kelmagan ekan, shuning uchun 
Gerkules unga, mening qornim juda ochiqib qoldi, dedi.
Sayohatchilarning qorni ochib qolgan edi, Nan kampir 
nonushta tayyorlay boshladi.
Kechqurun nima yeyishgan bo‘lsa nonushtaga ham 
o‘sha ning o‘zi edi. Ammo ertalabki salqin ha vo hamma-
ning ishtaha sini ochib yuborgandi, shu ning uchun hech 
kim ovqat tanlab o‘tirmadi. Kunduzi uzoq yo‘l yurish ke-
rakligini bilib, har kim qornini to‘yg‘azib olishga harakat 
qilar edi. Umrida birinchi marta bo‘lsa kerak, hatto Be-
nedikt tog‘a ham ovqat yeyish odamga foydali ekanligini 
sezib, nonushtani paqqos tushirdi. Ammo u hammaga 
eshittirib, «men bu mamlakatga qo‘limni cho‘ntagimga 
solib, o‘ynab yurish uchun kelganim yo‘q» dedi. «Agar 
Gerkules mening qo‘ng‘iz va boshqa hasharotlar ovla-
shimga hadeb xalaqit beraveradigan bo‘lsa, keyin men-
dan xafa bo‘lib yurmasin», dedi u.
Uning do‘qi Gerkulesga unchalik ta’sir qilmadi desa 
bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham missis Ueldon Gerkulesni bir 
chekkaga chaqirib, «keksa go‘dak bilganini qilaversin, le-
kin uni nazardan qochirmasang bo‘lgani» deb aytib qo‘ydi.
– Benedikt tog‘ani ishdan qoldirish kerak emas, – dedi 
missis Ueldon, – chunki har kimning o‘ziga yarasha 
hunari bo‘ladi.
Ertalab soat yettida ular kechagi tartib bilan sharq 
tomonga qarab yo‘lga chiqdilar.
Yo‘l o‘rmon ichidan o‘tar edi. Odam qadami yetmagan 
bu yerlarni iqlimning issiqligi va suvning ko‘pligi juda 
serunum qilgandi. Yassi tog‘lar tropik doiralar yaqinida 
cho‘zilib yotardi. Bu yer larda yoz oylarida oftob nuri tik 
tushadi. Yerning ustki qavati juda isib ketsa ham, lekin 
pastki qavati namligicha qolaveradi. Shuning uchun ham 
bu yerlarda qalin o‘rmonlar o‘sar edi.
Dik Send juda hayron bo‘ldi: Gerrisning aytishiga qa-
raganda, otryad hozir pampaslardan o‘tib bormoqda edi



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish