Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

164
Jyul Vern
8, 9, 10, 11 va 12-aprel kunlarida hech qanday ho-
disa bo‘lmadi. Otryad o‘n ikki soatda o‘rtacha hisob bilan 
sakkiz-o‘n mildan ortiq yo‘l yurolmas edi. Qolgan vaqt 
yo‘lda to‘xtash, ovqatlanish va ke chasi dam olish uchun 
ketar edi. Sayohatchilar biroz horigan bo‘lsalar ham, 
lekin umuman olganda, hammalari sog‘-salomat edilar.
Kichkina Jek hadeb o‘rmonda yuraverishdan zerika 
boshladi. Kattalar o‘z va’dasining ustidan chiqmadilar. 
«Rezinka daraxt», pashsha qushlarning bittasini ham 
ko‘rolmadi. Dunyoda eng chiroyli to‘ti qushlar shu 
o‘rmonda bo‘lishi kerak edi. Vatani shu yer bo‘lgan havo 
rang dumli, och-sariq araraunalar qayoqqa ketdi ekan? 
Uzun dumli, kamalak rangli arakanglar qayoqda ekan? 
Aksari tropik zonalarda bo‘ladigan yashil to‘ti qushlar 
qayerda qoldi ekan? Agar yerlik hindularning gapi rost 
bo‘lsa, hozir ham allaqachonlar tuxumi qurib ketgan qa-
bilalarning tilida gapirayotgan qaqildoq qushlar qayoqqa 
ketdiykin?
Jekka to‘ti qushlardan qizil dumli, kul rang jako de-
gan to‘ti qushni ko‘rsatishdi, xolos. O‘rmonda bunaqa 
to‘ti qushlardan ko‘p edi. Ammo Jek jakoni ilgari ham 
ko‘p ko‘rgan. Bu to‘ti qush butun dunyoga tarqalgan. Bu 
qushlar ikkala qit’ada ham bema’ni vaqillashlari bilan 
odamlarning qulog‘ini bitirgan edilar. Yassi tilli to‘ti qush lar 
orasida jako inson tilini eng yaxshi o‘rganadigan bo‘ladi.
Shuni ham aytish kerakki, Jek bilan birga Benedikt 
tog‘a ham ko‘p zorlanar edi. Hozir uning o‘rmonda izg‘ib 
yurishiga hech kim to‘sqinlik qilmasa ham, lekin u kollek-
siyasiga qo‘shishga arziydigan birorta ham hasharot to-
polmadi. Hatto bu yerlarda juda ko‘p bo‘ladigan yaltiroq 
qo‘ng‘izlar ham sira ko‘rinmas edi: go‘yo olimga qarshi til 
biriktirganday ulardan hech biri yaqin-o‘rtada ko‘rinmas 
edi. Go‘yo tabiat bechora olimni masxara qilayotganday 
ko‘rinardi, shuning uchun ham Benedikt tog‘aning doim 
kayfi buzuq edi.
Otryad yana to‘rt kun shimoli-sharq tomonga qa-
rab yurdi. Sayohatchilar 16-aprel kuniga kelib dengiz 


165
«O‘n besh yoshli kapitan»
qirg‘og‘idan kamida yuz mil yiroqlab ketishdi. Agar 
Gerris yo‘ldan adashmagan bo‘lsa, San-Feliche qo‘rg‘oni 
shu bugun tunalgan joydan atigi yigirma mil kelar-kel-
mas yerda bo‘lishi kerak edi. Demak, eng uzog‘i bilan 
qirq sakkiz soatdan keyin sayohatchilar mehmondo‘st 
gatsiyendada bo‘lishlari kerak!
Otryad Atakama yassi tog‘larining u chekkasidan 
bu chekkasigacha bosib o‘tgan bo‘lsa ham, lekin otryad 
shuncha uzoq yo‘l davomida birorta ham yerlik xalq va 
ko‘chmanchi qabila uchratmadi.
Dik Send, «Piligrim»ning falokati bundan bo‘lak bir 
joyga to‘g‘ri kelmabdi-da, deb afsuslanar edi. Basharti, 
falokat ikki-uch gradus janubroqda yoki shimolroqda 
bo‘lganida edi, mis sis Ueldon va uning hamrohlari al-
laqachon biron qo‘rg‘on, qishloq yoki shaharga yetib 
olgan bo‘lar edilar.
Ammo agar bu o‘lkada odamzod asari bo‘lmasa ham, 
lekin keyingi kunlarda otryadga har xil hayvonlar uchray 
boshladi. Kechqurunlari yiroqdan qandaydir yirtqich hay-
vonlarning cho‘zib-cho‘zib uvlagan ovozlari eshitilar edi, 
Gerris, bu uvillayotgan hayvon kichkina maymuncha
deb tushuntirar edi.
16-aprel kuni tush mahalida otryad dam olayotganida 
birdan qattiq hushtak ovozi eshitilib qoldi.
Bu hushtak ovozi missis Ueldonga juda g‘alati tuyuldi.
– Bu nima? – deb joyidan sakrab turdi u.
– Ilon! – deb qichqirib yubordi Dik.
O‘smir darrov qo‘liga miltiq olib, missis Ueldonni pana 
qildi.
Rostdan ham, birorta sudraluvchi maxluq sa-
yohatchilar dam olayotgan joydagi o‘tlar orasiga kirib 
kelishi ehtimol edi. Ehtimolki, uzunligi olti metrcha ke-
ladigan kattakon bo‘g‘ma ilon bo‘lishi ham mumkin edi.
Biroq Gerris missis Ueldonni tinchitib qo‘ydi. U Dikka 
hamda unga yordamga tayyor turgan negrlarga o‘ti-
ringlar, dedi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish