Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

162
Jyul Vern
holbuki, kvishna qabilasidagi yerliklarning tilida «pampa» 
so‘zi «tekislik» degan ma’noni bildiradi.
Dik o‘z xotiriga unchalik ishonmasdi, lekin pampaslar 
yog‘ingarchilik davrida qushqo‘nmas bi lan qoplanadigan, 
o‘rmonsiz va suvsiz keng tekis lik – qir ekanini yaxshi bilar 
edi. Issiq vaqtlar kel ganda bu qushqo‘nmas chakalak 
singari baland o‘sib ketib, o‘tib bo‘lmas qalin to‘qayzorga 
aylanadi. Pampasda mayda daraxtlar ham, yantoqlar 
ham o‘sadi.
Dikning hozirgi ko‘rganlari aslo pampaslarga 
o‘xshamas edi. O‘tib bo‘lmas qalin o‘rmon hamma tomon-
da ufqqacha yoyilib yotar edi. Yo‘q, Dik pam paslar bun-
day deb sira ham o‘ylamagan edi! Gerrisning, Atakama 
tog‘i juda ajoyib bir joy, deb aytgani ehtimol to‘g‘ridir. Bu 
joylar to‘g‘risida Dik nimalarni bilardi? Uning bilishicha, 
Atakama – Janubiy Amerikaning dengiz qirg‘og‘idan to 
And tizma tog‘larigacha cho‘zilib yotgan keng cho‘l-bi-
yobon edi.
Shu kuni Dik pampaslarning bunday g‘alati ko‘ri-
nishidan juda hayron bo‘layotganini Gerrisga bildirdi. 
Ammo Gerris unga hamma narsani tushuntirib berib
shubhadan chiqardi. U Dikka bu o‘lka to‘g‘risida juda 
ko‘p ma’lumotlarni gapirib berib, Boliviya mamlakatini 
yaxshi bilishini ko‘rsatdi.
– To‘g‘ri aytasiz, do‘stim, – dedi u Dik Sendga, – siz 
o‘qigan kitoblarda qanday deyilgan bo‘lsa, haqiqiy 
pampaslar ham xuddi o‘shandaqa bo‘ladi. Pampaslar 
– unumsiz cho‘l bo‘lganidan, undan yurish juda qiyin. 
Pampaslar xuddi Shimoliy Amerika sahrolariga o‘xshaydi, 
farqi shuki, sahroda botqoqliklar ko‘proq uchraydi. Ha, 
Rio-Kolorado, Orinoko va Venesuela pampaslari xuddi 
shunday cho‘ldan iborat. Ammo biz hozir shunday joyda 
turibmizki, uning ko‘rinishiga men ham hayron qolayo-
tirman. Atakama yassi tog‘ini birinchi marta to‘g‘ri kesib 
o‘tishim, odatda men uni ay lanib o‘tar edim. Ilgarilari 
bu yerlarda bo‘lmagan bo‘lsam ham, lekin Atakama 
pampaslarga sira o‘xshamas ekan, deb eshitgan edim. 


163
«O‘n besh yoshli kapitan»
Pampaslarga kirish uchun tizma tog‘lardan oshib o‘tish 
kerak, chunki pampas qit’aning Atlantika okeanigacha 
borgan sharqiy qismida turadi.
– Biz And tog‘laridan ham oshib o‘tamizmi? – deb 
hovliqib so‘radi Dik Send.
– Yo‘q, do‘stim, yo‘q, – deb jilmaydi Gerris. – Men «oshib 
o‘tish kerak» dedim, «oshib o‘tamiz» deganim yo‘q. Xotir-
jam bo‘ling, biz bu yassi tog‘lar dan nariga o‘tmaymiz, bu 
tog‘larning eng baland cho‘qqisi bir yarim ming futdan 
oshmaydi. Bizning shu ahvolimiz bilan And tog‘laridan 
oshib o‘tishga urinishimizning o‘zi ham aqlga sig‘may-
digan ish bo‘lar edi. Men bunga sira yo‘l qo‘ymasdim.
– Daryo bo‘ylab borganimizda yaxshiroq bo‘lardi-da, 
– dedi Dik Send.
– Ha, ming marta yaxshiroq bo‘lar edi, – deb ma’qulladi 
Gerris, – lekin San-Feliche gatsiyendasi And tog‘larining 
bu yog‘ida. Demak, u yoqdan yurganda ham, bu yoqdan 
yurganda ham, yo‘limizni to‘sadigan hech qanday katta 
to‘siqlar uchramaydi.
– Siz bu o‘rmonlarda birinchi yurishingiz ekan, adashib 
ketishdan qo‘rqmaysizmi? – deb so‘radi Dik Send.
– Hecham qo‘rqmayman, – deb javob qaytardi Ger-
ris. – Albatta, bu o‘rmon xuddi qirg‘og‘i yo‘q dengizga 
o‘xshaydi. Ammo men o‘rmonlarda ko‘p yurganman va 
shuning uchun yo‘ldan adashmayman. Buning uchun 
men qay bir daraxtlardagi shoxlarning qay tomondaligiga, 
undagi barglarning qay tomonga qarab o‘sishiga, yerdagi 
tuproqqa, yerning baland-pastligiga va boshqa ming xil 
alomatlarga qarab amal qilaman. Bularni siz bilmaysiz 
ham. Xavotir bo‘lmang, men sizlarni to‘ppa-to‘g‘ri kerakli 
yerga oborib qo‘yaman.
Gerris juda ishbilarmon kishiday gapirar edi.
Otryad boshida Dik Send bilan Gerris shunday ma-
salalarni muzokara qilib borardilar va ularning gapiga 
hech kim aralashmasdi ham. Dikda Gerris qoniqtira 
olmagan ba’zi bir shubhali masalalar qol gan bo‘lsa ham, 
Dik ularni ichida saqlashni lozim ko‘rdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish