Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

166
Jyul Vern
Gerris, bu bo‘g‘ma ilon emas, bo‘g‘ma ilonlar hushtak 
chalmaydi, dedi.
– Xavotir olmanglar va bekordan-bekor beozor max-
luqni cho‘chitmanglar, – deb qo‘shib qo‘ydi u.
– Bo‘lmasa, bu qanaqa maxluq ekan? – deb so‘radi 
Dik, bu o‘lka to‘g‘risida Gerrisdan yana ko‘proq ma’lumot 
olishga tirishib.
– Kiyik, do‘stim, kiyik, – deb javob qaytardi Gerris.
– Qani, kiyikni menga ko‘rsatinglar-chi! – de di kich-
kina Jek.
– Uni ko‘rish oson emas, chirog‘im, – dedi Gerris, – ular 
darrov qochib ketadi.
Ehtimolki, men u hushtakboz kiyiklarga yaqin yo‘lay 
olsam? – dedi Dik Send.
– Uch-to‘rt qadam tashlaguningizcha, – dedi Gerris 
bosh chayqab, – ular butun galasi bilan tumtaraqay 
bo‘lib qochib ketadi. Maslahatimga kiring, bekorga ovora 
bo‘lmang.
Shunga qaramasdan Dikning o‘z bilganicha ish 
ko‘rishiga ma’lum sabablar bor edi. U miltig‘ini qo‘liga 
olib, o‘t orasiga kirib ketdi. Shu ondayoq bir necha kichki-
na va o‘tkir shoxli, chiroyli kiyik tumtaraqay bo‘lib qochib 
ketdi. Ularning och malla yunglari qorong‘i o‘rmon ichida 
olovday yarqirab ketdi.
– Ana aytmaganmidim sizga! – dedi Gerris, Dik qaytib 
kelib joyiga o‘tirganidan keyin.
Kiyiklar shunday tezlik bilan ko‘zdan yo‘qoldiki, hat-
to Dik ularni yaxshi payqab olishga ham ulgurolmadi. 
Shu kuni kechqurun otryadga yana qandaydir bir to‘da 
kiyik uchradi. Bu safar Dik uzoqdan bo‘lsa ham, ularni 
bemalol tomosha qildi. Bu hayvonlar to‘g‘risida Gerris 
bilan sayohatchilar o‘rtasida g‘alati bir bahs bo‘lib o‘tdi. 
Soat to‘rtlarda kichkina otryad biroz dam olish uchun 
o‘rmon ichidagi maydonchaga to‘xtagan edi, birdaniga bir 
necha yuz qadam naridagi qalin o‘rmon ichidan bir gala 
allaqanday yirik hayvonlar chiqib qoldi. Ular odamlarni 
ko‘rishi bilanoq qochib qolishdi.


167
«O‘n besh yoshli kapitan»
Gerrisning qayta-qayta ogohlantirishiga qara masdan, 
Dik Send miltig‘ini yelkasiga tirab turib otib yubordi. 
Ammo o‘q uzilgan paytda Gerris miltiqning stvolini qo‘li 
bilan itarib yubordi. Dik juda yaxshi mergan bo‘lsa ham, 
bu safar nishonga tegizolmadi.
– Otmang, otmang! – deb bidirladi Gerris.
– Bular jirafalar ekan-ku! – deb xitob qildi Dik Send, 
Gerrisning so‘zlarini qulog‘iga olmasdan.
– Jirafalar! – deb qichqirib yubordi kichkina Jek. – 
Qani, menga ko‘rsatinglar-chi jirafalarni!
– Jirafalar deyapsanmi? – deb qayta so‘radi missis Uel-
don. – Yanglishyapsan, azizim Dik, Janubiy Amerikada 
jirafalar bo‘lmaydi.
– Albatta, bu o‘lkada jirafalar bo‘lishi aslo mumkin 
emas, – dedi Gerris xafa bo‘lgansimon.
– Bo‘lmasa qanaqa hayvonlar ekan?
– Nima ekanini ham bilolmadim, – deb javob qaytardi 
Gerris, – ehtimol, yanglish ko‘rgandirsiz, og‘aynim? Balki 
bular tuyaqushlardir?
– Tuyaqushlar deysizmi? – deb yuborishdi baravariga 
missis Ueldon bilan Dik.
Ular hayron bo‘lib bir-birlariga qarashdi.
– Ha, oddiy tuyaqushlarning o‘zginasi, – deb gapida 
turib oldi Gerris.
– Tuyaqushlar – parranda-ku, – dedi Dik, – ularning 
oyog‘i ikkitadan bo‘ladi...
– Albatta, – dedi Gerris, – o‘qday otilib qochib ketgan 
o‘sha jonivorlar menga xuddi ikki oyoqliday tuyuldi.
– Ikki oyoqli deysizmi? – deb qayta so‘radi Dik.
– Menga to‘rt oyoqliday tuyuldi, – dedi missis Ueldon.
– Mengayam shunday tuyuldi, – dedi keksa Tom.
– Bizlargayam to‘rt oyoqliday ko‘rindi, – deyishdi Bat, 
Akteon va Ostinlar.
– To‘rt oyoqli tuyaqushlar-a! – deb xaxolab kulib yubor-
di Gerris. – Tabiatning nayrangiga qoyilman-ey!
– Shuning uchun ham tuyaqush emas, jirafa deb 
o‘yladik, – dedi Dik Send.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish