Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

188
Jyul Vern
Oradan o‘n yil o‘tgandan keyin, 1848-yili Fransiya 
respub likasi o‘z mustamlakalaridagi ikki yuz oltmish 
ming negr qullarni ozod qildi.
1862-yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining pre zidenti 
Linkoln mamlakatning hamma joyida negr larni ozod 
qilish to‘g‘risida farmon chiqardi. Shunday qilib, shi-
moliy shtatlar bilan janubiy shtatlar o‘rtasidagi urush 
tamom bo‘lgandan keyin Shimoliy Amerikadagi hamma 
qullar ozodlikka chiqdi.
Hozir qul savdosi Ispaniya bilan Portugaliya mustam-
lakalarida hamda Sharqda turklar bilan arablar orasida 
davom etib kelmoqda.
Braziliya o‘zidagi eski qullarni ozod qilmasa-da, 
ammo yangi qullar olishni to‘xtatdi va qul negrlarning 
bolalari Braziliyada erkin kishi bo‘lib dunyoga kela 
boshladilar.
Biroq Afrika qit’asining ichkarisida qonli urushlar 
tinmaydi. Yerlik xalq boshchilari odamlarni hamon 
ovlaydilar. Ana shunday o‘zaro urushlar natijasida 
butun bir qabilalar qullikka tushadilar.
Qul karvonlari ikki tomonga qarab yo‘l oladilar. 
Birinchi yo‘l g‘arb tomonga, Portugaliyaning Angola 
degan mustamlakasiga, ikkinchi yo‘l sharq tomonga
Mozambikka boradi. Bu joylarga karvon qilib jo‘nati-
luvchi bechora qullarning ozgina qismigina manzilga 
eson-omon yetib oladi. Ulardan tirik qolganlarini bu 
yerdan qisman, Kuba oroliga, qisman Madagaskar 
oroliga, qisman arab yoki turklarning Osiyodagi o‘lka-
lariga – Makkaga va Maskatga yuboradilar.
Poyloqchi kemalar bu qul savdosiga to‘sqinlik qilol-
maydi, chunki dengiz qirg‘og‘i haddan tashqari uzun 
bo‘lganidan uni nazorat qilib turish juda qiyin.
Shunday savol tug‘iladi: bu qabih savdoning hajmi 
shu qadar kattamikin-a?
Ha, shunday katta ekan! Taxminiy hisobga qara-
ganda, har yili eng kamida sakson ming qul sohilga 


189
«O‘n besh yoshli kapitan»
yetib kelar ekan, bu esa qit’aning ichkarisida o‘lgudek 
kaltaklab olib qolingan yerliklarning o‘ndan bir qismi-
gina tashkil qilar ekan.
Bu qabih qirg‘inlar bo‘lib o‘tadigan joylarda tep-tekis 
yalanglik bilan tutuni buruqsab chiqayotgan xaroba 
qishloqlargina qoladi. Unda odam jasadlarini daryolar 
oqizib ketadi va ular yashagan joy larga yirtqich hayvonlar 
makon quradilar.
Bu qonli bosqinchilar izini tekshirgan Livingston bir 
necha oylar ilgari o‘zi bo‘lgan viloyatlarni taniyolmay 
qolgan. Odam ovi juda avj ol gan Markaziy Afrikaning 
o‘rmonli yassi tog‘lariga borib yuruvchi boshqa sayo-
hatchilar (Grant, Spik, Berton, Kameron, Stenlilar) ham 
Livingstonning aytganlarini tasdiqlaydilar.
Afrikaning Katta ko‘llar atrofidagi bir zamonlari 
gullab-yashnagan viloyatlari ham xuddi shun day xaro-
balarga aylantirilib, undan yerlik xalqlarni «qora badan 
mol» sifatida Zanzibar bozoriga haydab kelib sotilar edi. 
Bundan tashqari, Kuka, Fetssan, janubdagi Nyassa ko‘li 
bilan Zambezi daryosining qirg‘oqlarida, g‘arbdagi Stenli 
kesib o‘tgan Zair daryosining yuqorisidagi rayoniga ham 
olib borib sotilar edi.
Nahotki, Afrikadagi qul savdosi undagi qora tanli 
xalqlarning hammasi qirilib bitgandan keyin to‘xtalsa-ya? 
Nahot, Avstraliyadagi yerlik xalqlar ning
34
boshiga tush-
gan kulfat Afrika negrlarining ham boshiga tushsa?!
O‘n to‘qqizinchi asrning to‘rtdan uchi o‘tgan bo‘lsa-da, 
qul savdosi kamayishi o‘rniga, aksincha, avj olmoqda.
Yevropa davlatlarining Afrikadagi ko‘p vakillari odam 
savdosiga sharmandalarcha yon bosmoqdalarki, bu haq-
da bir-ikki og‘iz so‘z aytmasdan o‘tib bo‘lmaydi. Afsuski, 
bu hodisa haqiqatan ham avj olgandir. Atlantika va Hind 
okeanlaridagi poyloqchi kemalar Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab 
to‘xtovsiz qatnab tursa ham, lekin Afrikaning ichkarisida, 
34
Yaqindagina ko‘p milliondan iborat bo‘lgan Avstraliya yerlik 
xalqlardan hozirgi kunda tirik qolgani ellik mingdan oshmaydi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish