Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

192
Jyul Vern
Kameron Ugogodan o‘tganda, u motam marosimiga 
duch keldi. Sodiq xizmatkorlari Livingston ning jasadini 
sharqiy qirg‘oqqa olib kelishayotgan ekan.
Kameron sayohatni g‘arbga tomon davom ettiraverdi. 
Uning maqsadi qit’ani bir okeandan ikkinchi okeangacha 
kesib o‘tish edi. Kameron Uniansilib, Ugunda orqali yurib, 
Kakuelegacha yetib bordi. O‘sha yerda Livingstonning 
kundalik xotira daftarini topib oldi.
Kameron Tanganayka ko‘lidan kechib, so‘ng Bam-
bare tog‘laridan oshib o‘tdi va Lualabu daryosidan kech-
di. Keyin u yaqindagina bo‘lib o‘tgan o‘zaro urushlar 
orqasida xaroba bo‘lib ket gan va qul savdogarlarining 
bosqinchiligi natijasida huvillab qolgan Kilembu, Urua 
viloyatlaridan va Lomane, Uludu, Lovale daryolarining 
yuqori oqimidan o‘tdi. U Dik Send bilan uning ham-
rohlarini Gerris olib borib adashtirib qo‘ygan va odam 
bolasi oyoq bosmagan Kuanza o‘rmonlaridan ham 
o‘tdi. G‘ayratli leytenant pirovardida Atlantika okeani 
to‘lqinlarini ham ko‘rdi. Zanzibardan boshlanib, Benzu-
ella viloyatidagi Sen-Felippe qo‘rg‘onigacha cho‘zilgan 
bu sayohat uch yil-u to‘rt oy davom etdi. Bu sayohat 
mahalida Kameronning doktor Dildon va Robert Moffa 
degan ikki hamrohi halok bo‘ladi.
Ingliz Kamerondan keyin amerikalik Genri Stenli 
tez orada shu tomonlarda sayohat qiladi. Ma’lumki, 
«Nyu-York Gerald» nomli Amerika gazetasining muxbiri 
bo‘lgan bu mard sayohatchi Livingstonni qidirib safar-
ga chiqqan edi. Stenli uni 1871-yil 30-oktabrda Ujiji 
degan joyda, Tanga nayka ko‘lining qirg‘og‘idan topdi. 
Stenli birinchi sayohati vaqtida Lualaba daryosi bilan 
yuzakigina tanishgan edi, endi shu daryoning qirg‘oqla-
rini to‘la-to‘kis tekshirib chiqmoqchi bo‘ldi. 1874-yili 
Stenli qit’aning sharqiy qirg‘og‘idagi Bagamo de gan 
joydan safarga chiqqan paytda, Kameron Markaziy 
Afrikaning changalzorlari orasida sa yohat qilib yurar 
edi. Stenli oradan bir yilu, to‘qqiz oy o‘tgandan keyin, 


193
«O‘n besh yoshli kapitan»
ya’ni 1876-yil 24-avgustda aholisi chechak kasalidan 
yoppasiga qirilib ketgan Ujiji degan joydan o‘tib ketdi. 
Shundan keyin u yetmish to‘rt kun yurib, o‘zidan bu-
run Livingston bilan Kameron ko‘rib o‘tgan katta qullar 
bozori bo‘lgan Nyangvega yetib keldi.
Nyangveda Stenli Zanzibar sultonining odamlari 
Marunga va Maniuema viloyatlarida qanday qirg‘in 
qilayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.
Stenli bu yerdan Lualaba daryosining qirg‘oq larini 
tekshirib, uning etak tomonigacha bormoqchi bo‘ldi. 
Uning ekspeditsiyasida Nyangveda yollangan bir yuz 
qirqta hammol bilan o‘n to‘qqizta qayiq bor edi. Sten-
lining otryadi safarning dastlabki kunidanoq Ougusu 
degan joydagi odamxo‘r vahshiylar bilan olishish lozim 
bo‘lib qoldi. Daryoning o‘tib bo‘lmaydigan joylaridan 
qayiqlarni sudrab o‘tishga to‘g‘ri keldi. Ekvator doirasi-
da Lualaba daryosi shimoli-sharq tomonga qayrilgan 
joyda, ellik to‘rtta qayiqqa tushib olgan bir necha yuz 
yer liklar Stenlining kichkina otryadiga hujum qilib 
qoldilar. Ammo Stenli ularni tumtaraqay qilib yubordi.
Keyin Stenli ikki gradus shimoliy kenglikka chiqib, 
Lualaba daryosi – Zair yoki Kongo daryosining xuddi 
o‘zginasi ekanligini va bu daryo bo‘ylab borilaversa, 
okean qirg‘og‘iga yetish mumkinligini aniqladi. Stenli 
xuddi o‘sha yo‘ldan yuradigan bo‘ldi. U yo‘lda har kuni 
deyarli daryo bo‘yidagi qabilalarning ham hujumini 
daf qilib bo rar edi. 1877-yil 3-iyunda Massas shalo-
lalaridan o‘tayotgan mahalida uning hamrohlaridan 
biri halok bo‘ldi. 18-iyun kuni Stenlining qaylig‘ini suv 
oqizib ketib, to‘ppa-to‘g‘ri Mbelo shalolasiga oborib urdi. 
Stenlining o‘zi zo‘rg‘a o‘limdan qutulib qoldi.
Nihoyat, 6-avgust kuni Genri Stenli okean 
qirg‘og‘idan to‘rt kunlik yo‘ldagi Ni-Sanda qishlog‘iga 
yetib bordi. Ikki kundan keyin u BansaMbuks degan 
joyga yetib keldi. Bu yerda uning ekspeditsiyasi uchun 
yuborilgan oziq-ovqatlar bor edi. Dengiz bo‘yidagi 


194
Jyul Vern
Boma degan shaharchada Stenli biroz dam olishga 
qaror berdi. Afrika qit’asi orqali sayohat qilishdagi 
qattiq qiyinchilik va azob-uqubatlar bu yosh yigitni 
(u hali o‘ttiz beshga ham kirmagan edi) qaritib qo‘ydi. 
Bu sayohat Stenlining ikki yil-u to‘qqiz oy vaqtini oldi. 
Lekin buning evaziga Lualaba daryosi to etak tomo-
nigacha tekshirib chiqildi. Mana shunda Afrikaning 
shimolidagi azamat Nil daryo si va sharqidagi Zambezi 
daryosi bilan birga, Afrikaning g‘arb tomonida – suvin-
ing ko‘pligi va havzasining kattaligi jihatidan dunyoda 
ikkinchi o‘rinda turadigan, uzunligi to‘rt ming ikki yuz 
kilometr keladigan katta daryo bor ekanligi aniqlandi. 
Oqimning har xil joyida har xil nom olgan bu daryo 
(Lualaba, Zair, Kongo) Katta ko‘llar rayonini Atlantika 
okeani bilan qo‘shadi.
Stenli bilan Kameron ekspeditsiyasi Angolaning 
shimoliy va janubiy chegaralari bo‘ylab o‘tgan edi. 
«Piligrim» kemasi halokatga uchragan paytlarda, ya’ni 
1873-yili o‘lkaning o‘zi butunlay tekshirilmagan edi 
desa bo‘ladi. Angola – Afrika qit’asining g‘arbidagi kat-
takon qullar bozori bo‘lib, Vixe, Kassango va Kazonde
35
degan joylar qul bozorining markazi edi.
Dik Send bilan uning hamrohlarini, zaifgina yosh bir 
ayolni, uning bezgakdan azob chekayotgan kichkina 
o‘g‘lini va qul savdogarlari bir ko‘rishda ko‘zining paxta-
si chiqadigan beshta pahlavon negrdan iborat otryadni 
35
XIX asrning 70-yillarida Portugaliya hukmdorlari qullarni 
«ozod qilishga» majbur bo‘lganlaridan keyin, Angolada negr larni 
qul qilish boshqa shakl oldi. Har bir voyaga yetgan negr qonunga 
muvofiq bir necha yil majburiy ravishda portugaliyaliklarga ish
-
lab berishi lozim bo‘lgan. Angliyaning hukmdorligi ostidagi Janu-
biy Afrika ittifoqi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, Portugali
-
yaning mustamlakalari bo‘lgan Angola va Mozambikdan har yili 
ishchi «tanlash usuli» bilan o‘n minglab negrlar keltirilib turilgan. 
Ularni ish joyiga qurolli soqchilar qorovulligida yetkazilardi. Qul 
savdosining bu shakli o‘sha davr reaksion Portugaliya hukuma-
tining eng muhim daromad manbalaridan biri hisoblangan.


195
«O‘n besh yoshli kapitan»
Gerris okeandan yuzlarcha mil uzoqdagi dahshatli bir 
joyga boshlab kelgan edi...
Dik na yerlik aholisi, na yirtqich hayvonlari va na 
iqlimi uning hamrohlariga hech qanday xavf-xatar sol-
maydigan Janubiy Amerikani xayoliga keltirar edi. U 
And tog‘lari bilan dengiz qirg‘og‘i o‘rtasidagi orombaxsh 
yerlarni, undagi behisob qishloqlarni, sayohatchilarni 
yaxshi kutib oladigan mehmondo‘st joylarni xotirasi-
ga olar edi. Agar yovuz qo‘l yo‘ldan chalg‘itmaganda 
bo‘ron «Piligrim»ni Boliviya yoki Peruning xavf-xatarsiz 
qirg‘oqlariga chiqarib tashlagan bo‘lardi, deb afsus 
qilar edi Dik.
Ammo bu yer Afrika edi, dahshatli Angola, qit’aning 
eng qorong‘i burchagi edi! Portugaliyaning mustam-
lakasidagi hukumat vakillari bu yerlarga kelib ham 
yurmas edi. Bu yerlarga portu galiyalik hukumat vakillari 
kelmas ham edilar, u yerda nozirlarning qamchisi ostida 
qullar karvoni turna qator tizilib harakat qilar edi.
Xiyonatchi Negoro dastidan bu yerlarga kelib qolgan 
Dik bu mamlakat haqida nimalarni bilardi? U ko‘p 
narsani bilmas edi. U Afrikaga XVI va XVII asrlarda 
borgan missioner
36
larning yozganlarini, San-Paolo de 
Loandadan Zair daryosini yoqalab yuruvchi portugali-
yalik savdogarlarning xotiralarini o‘qigan edi. Bundan 
tashqari, doktor Livingston ning 1853-yilgi sayohati 
to‘g‘risidagi hisobotini o‘qigan edi. Ammo har qanaqa 
yurakli kishini ham dahshatga solish uchun ana shu 
ma’lumotlarning o‘zi kifoya edi.
Haqiqatan ham, ahvol nihoyatda og‘ir edi.
36
Missionerlar – hukmron din g‘oyalarini mustamlaka mam-
lakatlarda targ‘ib qiluvchilar. Yerlik xalqlarni xristian diniga 
kirgizish niqobi ostida missionerlar kapitalist davlatlarining 
yangi yerlarni qo‘lga kirgizish ishlarini tayyorlashda o‘tkir razved-
kachilik rolini o‘ynadilar.


196
Jyul Vern

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish