Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

190
Jyul Vern
yevropalik amaldorlarning ko‘z o‘ngida odam savdosi 
keng avj olmoqda. Qo‘lga tushirilgan asirlar karvoni 
birin-ketin bu yerga kelib turadi. Bu joylarda, tayinlan-
gan ma’lum vaqtlarda yerliklarga qarshi qirg‘inlar bo‘lib 
turadi. Bu qirg‘inlar mahalida har o‘n negrdan bittasini 
qul qilib olish uchun to‘qqiztasi o‘ldirib tashlanadi.
Hozirgi kunda ham Afrikada ahvol xuddi shu naqa.
Dik Sendning:
– Afrika! Markaziy Afrika! Qul savdogarlari va qullar 
mamlakati Afrika! – deb dahshat-la baqirganining sababi 
ham ana shu edi.
Dik Send yanglishmagandi.
Bu joy, darhaqiqat, uning o‘ziga va hamma hamrohlari-
ga cheksiz xavf-xatarlar tug‘diradigan ana shu Afrika edi.
Lekin ularni g‘alati bir hodisa qit’aning qaysi qirg‘og‘iga 
chiqarib tashladi ekan? Albatta, g‘arbiy qirg‘og‘iga, bu 
esa ularning ahvolini og‘irlashtirardi. «Piligrim» Angola 
qirg‘og‘ida, ya’ni Markaziy Afrikaning ichkarigi o‘lkalari-
dan chiqqan qul sav dogarlari karvonlari o‘tadigan joyda 
falokatga uchragan bo‘lsa kerak.
Haqiqatan ham bu joy Angola qirg‘og‘i edi. Afrikaning 
bu qismini bir necha yildan keyin janubdan Kameron va 
shimoldan Stenli ko‘p azob-uqubatlar bilan kesib o‘tdilar. 
O‘sha vaqtlarda Benguella, Kongo va Angola o‘lkalarini 
o‘z ichiga olgan bepoyon o‘lkaning qirg‘oq bo‘ylarigina, 
ya’ni janubda Kunenedan shimolda to Zair daryosigacha 
cho‘zilgan qirg‘og‘igina tekshirilgan edi. Bu qirg‘oqdagi 
aholi yashaydigan ikkita eng katta joy da dengiz portlari 
bor. Bulardan biri – Benguella va ikkinchisi – Portugali-
yaga qarashli koloniyaning poytaxti bo‘lgan San-Paolo 
de Loanda portidir.
Qit’aning ekvator qismi ichkarisidagi o‘lkalar u vaqt-
larda butunlay tekshirilmagan edi, desa bo‘la di. Ko‘p 
sayyohlar bu yerlarga borishdan qo‘rqar edi. Zax va issiq 
yerlar, bezgak kasalliklari avj ol gan joylar, undagi yov-
voyi yerlik xalqlar (ulardan ba’zilari hali ham odamxo‘r), 
qabilalar o‘rtasidagi tinimsiz qonli urushlar, Markaziy 


191
«O‘n besh yoshli kapitan»
Afrikaning eng xatarli o‘lkalaridan biri bo‘lgan Angola 
mamlakati ana shunday yer edi. U yerdagi qul savdogar-
lari o‘zlarining sharmanda sirlarini bilib olmoqchi bo‘lib 
yurgan har qanday begona odamni yomon ko‘rar edilar. 
Shuning uchun Angolaga bormoqchi bo‘lgan sayyohlar 
bu jihatdan ham mushkullikka uchrar edilar.
1816-yili Tyukkey degan sayohatchi Kongo daryo-
sining yuqorisiga qarab borib, Iellada shalolasidan o‘tdi. 
Ammo u ikki yuz mildan nariga borolmadi. Bu kichkina 
ekspeditsiya mamlakatni yaxshilab tekshirib chiqa ol-
madi, biroq sayohat qatnashchilarning ko‘pchiligi halok 
bo‘lib ketdi.
Shundan o‘ttiz yetti yil o‘tgach, doktor Livingston 
Yaxshi Umid burnidan to Zambezi daryosining yuqorigi 
oqimigacha bordi. Bu yerdan u, 1853-yil noyabr oyida 
shu mahalgacha odam bolasi yura olmagan yo‘ldan dadil 
safarga chiqib, Afrikani janubdan shimoli-g‘arb tomonga 
kesib o‘tdi, Kongo daryosining irmoqlaridan biri bo‘lgan 
Kuango daryosidan kechdi va 1854-yil 31-mayda San-
Paolo de Loandaga yetib keldi. Livingston Portugaliya 
mustamlakasining noma’lum uzoq joylaridan birinchi 
marta yurib yo‘l ochuvchi kishi bo‘ldi.
Shundan o‘n sakkiz yil o‘tgandan keyin ikki dovyurak 
sayyoh Afrikani sharqdan g‘arbga kesib o‘tdi. Ular ko‘z 
ko‘rmagan, quloq eshitmagan mashaqqatlarni boshdan 
kechirib, biri Angolaning janubiy qirg‘og‘iga, ikkinchisi – 
shimoliy qirg‘og‘iga kelib chiqdi.
Bu sayyohlardan biri, ingliz flotining leytenanti Verney 
Kameron edi. 1872-yili, Livingstonni qidirish uchun Kat-
ta ko‘llar atrofiga yuborilgan amerikalik Stenli va uning 
hamrohlari falokatga uchrabdi, degan gaplar tarqaldi. 
Leytenant Kameron Stenlini men qidirib topaman, deb 
o‘rtaga chiqdi. Uning bu taklifi qabul etildi. Kameron 
Zanzibardan safarga jo‘nadi.
Doktor Dilon, leytenant Sesil Merfi va Livingstonning 
jiyani Robert Moffa u bilan bir ga bordilar.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish