Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

Ikkinchi bob
GERRIS BILAN NEGORO
Dik Send rahbarligidagi otryad tunagan joydan uch 
mil narida o‘rmon ichida ikki kishi uchrashdi. Shu yerda 
uchrashish haqida ular oldindan kelishib qo‘ygan edilar.
Bular Gerris bilan Negoro edilar.
Yangi Zelandiyadan kelayotgan portugaliyalik bilan 
qul savdosi ishlari yuzasidan G‘arbiy Afrikaning bu 
viloyatlariga doim qatnab turuvchi amerikalikning Angola 
qirg‘og‘ida qanday qilib uchrashganliklarini o‘quvchilar 
keyinroq bilib oladilar.
Gerris bilan Negoro papiruszor ichidan tez oqayotgan 
soy bo‘yidagi katta anjir daraxti ildizlari ustiga o‘tirishdi. 
Endi bu ikki muttaham uchrashib, keyingi kunlarda 
bo‘lgan voqealarni bir-birlariga gapirib bermoqda edilar.
– Shunday qilib, Gerris, – dedi Negoro, – «kapitan» 
Send otryadini Angolaning ichkarisiga ergashtirib olib 
borolmading-da! O‘n besh yoshli bu bolani yo‘ldoshlari 
«kapitan Send» deb yurgizadilar-ku, a?
Unday demasang-chi, do‘stim, – deb javob qaytardi 
Gerris, – ularni dengiz bo‘yidan yuz mil ichkariga aldab 
olib borishimni aytmaysanmi! Keyingi kunlarda «yosh 
do‘stim» Dik Send mendan ko‘zini uzmaydigan bo‘lib 
qoldi. Uning shubhasi bora-bora ishonchga aylandi. 
O‘lay agar.
– Yana yuz mil ichkariroqqa olib borganingda bo‘lar 
edi, – deb uning so‘zini bo‘ldi Negoro, – o‘shanda bu odam-
lar albatta qo‘limizga tushar edi. Ammo ularni hozir ham 
qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qilamizku-ya.
Gerris yelkasini qisib qo‘ydi.
– Qayoqqa ham ketardi ular? – dedi u. – Bilsang, 
Negoro, men o‘zim qochib qoldim! «Yosh do‘stim»ning 
qornimdan otib tashlamoqchi bo‘lib qolganini necha 
bor qarashidan payqadim. Senga aytsam, qurol-aslaha 
do‘konida qadog‘iga o‘n ikki donadan sanab beriladigan 
olxo‘ri mag‘izini me’dam yaxshi hazm qila olmaydi.


197
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Shunday, – dedi Negoro. – U bola bilan mening ham 
hisob-kitobim yo‘q emas.
– Ana endi orangizni ochiq qilsangiz ham bo‘la di. Hatto 
foizi bilan to‘latish mumkin! Ular bi lan yo‘lga chiqqan 
kunlarimda Angolani Atakama sahrosi deb alday ber-
dim, chunki bir vaqt Atakamaga borgan edim-da. Biroq 
keyinchalik kichkina Jekka «rezinka daraxtlar» bilan 
pashsha qushlar, onasiga xin daraxti, beo‘xshov tog‘aga 
esa tilla qo‘ng‘izlar kerak bo‘lib qoldi. Rostini aytsam, 
hamma hiyla-nayranglarimni ishlatib bo‘ldim! Bir mahal 
ular ko‘rgan jirafalarni tuyaqushlar deb ishontirdim-u, 
o‘shandan keyin nima hiyla qilishni bilmay qoldim. 
Buning ustiga «yosh do‘stim» ham, ayniqsa, fillarning 
izini ko‘rganimizdan keyin, gapimga sira ishonmaydigan 
bo‘lib qoldi. Uni ham qo‘ygin-u qayoqqa qarama, gippo-
potamlar chiqib kelyapti! Bilsang, Negoro, yaxshi kishilar 
Benguella katorga turmasiga tushgandek, Amerikada 
gip popotamlar bilan fillar bo‘lishi aqlga sig‘maydigan ish-
da, axir. Undan keyin bironta qochib ketayotgan keksa 
asir qul tashlab ketgan bo‘lsa kerak, daraxt tagidan zanjir 
bilan qoliplar topilib qoldi. Bundan tashqari, yaqin orada 
arslon bo‘kirib yubordi. Mushuk miyovlayapti desam 
bo‘lmasdi-da, axir! Ha deyaver! Shunday qilib, otga minib 
qochishdan bo‘lak ilojim qolmadi.
– Tushunarli, – dedi Negoro. – Har holda ular hech 
bo‘lmaganda yana yuz mil ichkariroqqa borganda soz 
bo‘lardi-da.
– Do‘stim, qo‘limdan kelgan hamma chorani ko‘rdim, 
– deb e’tiroz qildi Gerris. – Bizdan nariroqdan yurib kelga-
ning yaxshi bo‘ldi. Ular sening ergashib kelayotganingni 
sezib qolishdi shekilli. Ularning Dingo degan iti bor ekan. 
Seni yomon ko‘rsa kerak. Nima qilib eding sen u itga?
– Hozircha hech nima, – dedi Negoro, – lekin yaqin 
o‘rtada u itga bitta o‘q hadya qilsam kerak.
– Agar yaqinrog‘iga borib qolsang, Dik Send ham 
senga o‘q uzishi turgan gap. Shuni ham aytib qo‘yayki, 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish