Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

200
Jyul Vern
– Ha, shundoq, – dedi Gerris, – biz o‘z kasbimizni 
yaxshi ko‘ramiz... odatlanib qolganmiz.
– O‘n sakkiz oydan beri...
Negoro birdan gapini to‘xtatdi. U Gerrisga jim bo‘lishni 
imo qilib, o‘zi atrofga quloq sola boshladi.
– Gerris, – dedi u shivirlab, – papiruszor ichidan 
shitirla gan ovoz eshitib qoldim!
– Ko‘raylik-chi, nima bor ekan u yerda, – deb shivirladi 
Gerris, miltig‘ini otib yuborishga tayyor holda ushlab.
Ular o‘rinlaridan turib, papiruslar orasini juda diqqat 
bilan qarab chiqdilar.
– Hech narsa yo‘q, senga shunday tuyulgan bo‘lsa ke-
rak, – dedi Gerris.– Yomg‘irdan keyin soyda suv ko‘payib, 
ilgarigidan ko‘ra qattiqroq shovillayapti. O‘tgan ikki yil 
ichida, og‘ayni, o‘rmonning shovqinini esingdan chiqa-
rib qo‘yibsan. Zarari yo‘q, yana tezda o‘rganib ketasan. 
Qani, hikoyangni davom ettiraver. Keyin ish to‘g‘risida 
gaplashib olarmiz.
Ular yana anjir daraxti tagiga o‘tirishdi va Negoro 
boshidan o‘tganlarini yana aytib bera bosh ladi:
– O‘n sakkiz oy Oklendda turdim. Men hech kimga 
bildirmasdan tryumdan chiqib, kemadan qirg‘oqqa 
tushib oldim. Ammo cho‘ntagimda bir miri ham yo‘q edi. 
Ochdan o‘lmaslik uchun to‘g‘ri kelgan ishni qilaverdim...
– Demak, sen halol mehnat qilibsan-da.
– Topding, Gerris.
– Bechora-ey!
– Shu vaqt ichida bu la’nati joydan tezroq qutulish 
payida bo‘ldim. Lekin anchagacha paytini topa olma-
dim. Axiri bir kuni Oklend portiga «Piligrim» kemasi 
kelib qoldi.
– Angola bo‘yida halokatga uchragan kemami?
– Xuddi o‘shaning o‘zi. Missis Ueldon o‘z o‘g‘li va tog‘asi 
Benedikt bilan o‘sha kemaga yo‘lovchi bo‘lib tushib qo-
lishdi. Men ham kemada o‘zimga bop ish topdim, chunki 
men bir vaqtlari dengizchi edim: qul tashiydigan kemada 


201
«O‘n besh yoshli kapitan»
kapitanning ikkinchi yordamchisi bo‘lib ishlagandim. 
Men «Piligrim» kapitaniga ish so‘rab borgan edim, lekin 
unga mat roslar kerak emas ekan. Ammo baxtimga ke-
maning oshpazi yaqindagina qochib ketgan ekan. Ovqat 
pishirishni bilmagan dengizchi – dengizchi emas.
Shunda men o‘zimni pazanda oshpaz deb taqdim et-
dim. Yaxshiroq oshpaz topilmagani uchun kapitan Gul 
meni oshpaz qilib oldi. Oradan bir necha kun o‘tgandan 
keyin «Piligrim» Yangi Zelandiyadan jo‘nab ketdi...
– Biroq, – deb uning gapini bo‘ldi Gerris, – «yosh do‘s-
tim»ning aytishiga qaraganda, «Pilig rim» Afrika qirg‘oq-
lariga bormoqchi emas ekan. Qanday qilib kema bu 
yoqqa kelib qoldi?
– Dik Send bunga hozir ham tushunolmagan bo‘lsa 
kerak, – deb javob qaytardi Negoro, – ehti mol, keyin 
ham sira tushunmas. Ammo, Gerris, voqeaning qanday 
bo‘lganini senga yaxshilab tushuntirib beraman. Agar 
istasang, mening hikoyamni «yosh do‘stingga» gapirib 
berishing ham mumkin.
– Bo‘lmasam-chi! – deb xoxolab kuldi Ger ris. – Ga-
piraver, og‘ayni, gapiraver!
– «Piligrim» Valparaisoga ketmoqda edi, – deb gap 
boshladi Negoro. – Kemaga ishga yollan gan mahalda 
men Chiligagina boraman deb o‘ylagan edim. Chili Yangi 
Zelandiya bilan Angolaning yo‘li ustida desa bo‘ladi, de-
mak, men Afrikaning g‘arbiy qirg‘og‘iga bir necha ming 
kilometr yaqin lashib qolgan bo‘lar edim. Ammo yo‘lda 
ahvol o‘zgardi. Oklenddan yo‘lga chiqilganiga uch hafta 
bo‘ldi deganda, kapitan Gul bilan uning hamma matros-
lari kit ovi mahalida halok bo‘ldilar. O‘sha kuni «Piligrim» 
kemasida atigi ikki dengizchi – biri yosh matros Dik Send 
va ikkinchisi oshpaz Negoro qoldi.
– Sen kema kapitani bo‘lib qoldingmi? – deb so‘radi 
Gerris.
– Boshda shunday bo‘lar deb o‘ylab edim. Keyin qa-
rasam, menga ishonmadilar. Shunday bo‘lgach, bari-



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish