Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

204
Jyul Vern
qullar bilan ta’min qilayotgan yuqori Misr va Mozambik 
bilan savdo yaxshi ketayotir. Lekin, men, tezda qul sav-
dogarlariga qiladigan ish qolmaydi, deb qo‘rqyapman. 
Inglizlar Afrikaning ichkarisiga kundan-kun mahkamroq 
joylashib olmoqdalar. Padariga qusur, Livingston Katta 
ko‘llar o‘lkasini tekshirib bo‘lib, Angolaga jo‘namoq-
chi bo‘lib turganmish. Kameron degan qandaydir bir 
leytenant sharq dan g‘arbga butun qit’ani kesib o‘tmoq-
chimish. Amerikalik Stenli ham shunday qilmoqchimish 
deb eshitdim. Bunaqangi «sayyohlar» bizning ishimizga 
katta zarar yetkazishi mumkin, Negoro. Agar biz o‘z 
manfaatlarimizga yaxshi tushunsak, chaqirilmagan 
bu mehmonlarning bittasi ham Yevropaga qaytib keta 
olmasdi ham, Markaziy Afrikada ko‘rganlarini u yoqqa 
borib vaqillab yurmasdi ham.
Agar Gerris bilan Negoroning bu suhbatini biron ki-
shi eshitib o‘tirgan bo‘lsa edi, qishloq xo‘jalik ishlariga 
tashqaridan to‘sqinlik qilinayotgani to‘g‘risi da ikkita 
sofdil yer egasi gaplashayotgan ekan-da, deb o‘ylardi. 
Ularning gaplari toy-toy paxta yoki qoplab kofe jo‘natish 
haqida emas, balki «tirik mol» jo‘natish haqida borayot-
gani kimning ham esiga kelardi. Bu «savdogarlar» haq 
bilan nohaqni ajratmasdilar. Ularda vijdon ham, insof 
ham yo‘q edi. Hech qanday axloqiy mezonni bilmasdi-
lar, basharti, bir vaqtlari axloqli bo‘lgan bo‘lsalar ham, 
dahshatli qul oldi-sotdisiga aralashib yurib, allaqachon 
uni ham unutib qo‘ygandilar.
Qul savdogari Alvetsning sobiq agenti Negoroning ikki 
yil ichida sira o‘zgarmaganiga Gerris juda qoyil qoldi. 
Negoro ilgarigidek hozir ham har qanday jinoyat qilishga 
tayyor edi. Gerris halokatga uchragan «Piligrim» kemasi-
ning odamlari haqida Negoro qanday niyatda ekanligini 
bilmasdi. Shuning uchun u Negorodan:
– Endi ayt-chi, ilgarigi hamrohlaringni nima qilmoq-
chisan? – deb so‘radi.
Negoro bu haqda oldindan o‘ylab qo‘ygan bo‘lsa kerak, 
sira o‘ylab-netib turmasdan javob qaytardi:


205
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ba’zilarini qul qilib sotaman, ba’zilarini...
Negoro gapini tamomlamasa-da, ammo qo‘rqinchli 
chehrasidan maqsadi nima ekanligi aniq ko‘rinib turar 
edi.
– Kimlarni sotmoqchisan? – deb so‘radi Gerris.
– Missis Ueldonga ergashib yurgan negr larni, – deb 
javob qaytardi Negoro. – Keksa Tomni ko‘pga pullab 
bo‘lmasa kerak, lekin qolgan to‘rttasi azamat yigitlar. 
Ularga Kazonde bozorida katta pul berishadi.
– Juda soz, Negoro! – dedi Gerris. – Bu to‘rttala baquv-
vat negrlar ishlashga o‘rganib qolgan. Ular Afrikaning 
ichkarisidan ushlab keltirilgan hayvonsimon negrlarga 
sira o‘xshamaydi. Albatta, ularni qimmatga sotsa bo‘ladi. 
Amerikada tug‘il gan negr – Angola bozorlarida juda nodir 
mol-da. Undan keyin, menga aytishni unutibsan shekilli: 
«Piligrim»da naqd puldan yo‘qmidi?
– Og‘izga olishga arzimaydi! Bir necha yuz dollarni 
cho‘ntakka urdim, xolos. Baxtimga hali boshqa joydan 
ham umidim bor...
– Qanday umidlar, og‘ayni? – deb so‘radi Gerris 
qiziqsinib.
– Bor-da, – deb cho‘rt kesdi Negoro.
U tilini tiyolmagani uchun o‘zidan norozidek ko‘rinardi.
– Demak, bu qimmatli molni qo‘lga kiritish kerak 
ekan-da? – dedi Gerris.
– Bu shunchalik qiyin ishmi? – deb so‘radi Negoro.
– Hech qiyinchiligi yo‘q, og‘ayni. Bu yerdan o‘n mil na-
ridagi daryo bo‘yida qullar karvoni turibdi. Bu karvonni 
Ibn Homis degan arab boshlab borayotir. U karvonni Ka-
zondega olib borish uchun mening qaytishimnigina kutib 
turibdi. Karvonni qo‘riqlab borayotgan yerlik askarlarning 
soni an chagina bor, ular Dik Send bilan uning hamrohla-
rini asir qilib olish uchun bemalol yetadi. Basharti «yosh 
do‘stim» Kuanza daryosiga qarab yurmoqchi bo‘lsa...
– U yoqqa yurmasa-chi? – deb uning gapini bo‘ldi 
Negoro.


206
Jyul Vern
– O‘sha yoqqa yuradi! – deb javob qaytardi Gerris. – U 
juda aqlli bola, lekin u tomonda qan day xavf borligini u 
aslo bilmaydi. Dik Send kelgan yo‘li bilan qirg‘oqqa qay-
tishni xayoliga ham keltirmasa kerak. Uning o‘rmonda 
adashib qolishiga aqli yetadi. Shuning uchun Dik okean-
ga borib quyiladigan biror daryoga yetib olib, solda daryo 
oqimi bi lan ketishga harakat qilishi mumkin. U o‘z otrya-
dini qutqarish uchun bundan boshqacha yo‘l tutmaydi. 
Men u bolani yaxshi bilaman, u xuddi shunday qiladi.
– Ha... balki, – dedi Negoro birpas o‘ylab turib.
– Sen «balki» demasdan, «albatta» desang ham bo‘la-
veradi! – deb xitob qildi Gerris. – Men bunga «yosh 
do‘stim»ning o‘zi Kuanza bo‘yida uchrashamiz, deb va’da 
bergandek astoydil ishonaman.
– Demak, biz darrov yo‘lga tushishimiz kerak ekan-
da, – dedi Negoro. – Dik Sendni men ham bilaman. U bir 
soatniyam behudaga o‘tkazmaydi, shuning uchun biz 
undan ilgariroq harakat qilishimiz kerak.
– Mayli, yo‘lga chiqish bo‘lsa, chiqaylik!
Gerris bilan Negoro endi ketmoqchi bo‘lib turganlari-
da, papiruszordan yana boyagi shitirlagan ovoz eshitildi.
Negoro turgan joyida qotib qoldi.
Birdan qattiq vovullagan ovoz eshitildi va pa-
piruszordan katta bir it chopib chiqdi. Uning yunglari 
hurpaygan va og‘zi katta ochilgan edi. U o‘zini odamlar 
ustiga tashlamoqchi bo‘lib turar edi.
– Dingo! – deb qichqirib yubordi Gerris.
– Endi mendan omon qutulolmaydi u, – dedi Negoro.
It Negoroga o‘zini tashlashi bilanoq Negoro Gerrisning 
qo‘lidagi miltiqni tortib olib, itga qarab o‘q uzdi.
Dingo vangillaganicha ariq bo‘yidagi chakalakzor ichi-
ga kirib ketdi. Negoro shoshib suv bo‘yiga tushdi.
It ketgan yo‘ldagi papiruslarga qon tegib, suv bo‘yidagi 
toshlarga qon oqib qolibdi.
– Axiri bu pes itdan qasdimni oldim-a! – dedi Negoro.
Gerris bu manzarani indamay tomosha qilardi.


207
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ko‘rib turibman, Negoro. Bu it ko‘pdan senga tishini 
qayrab yurar ekan, – dedi Gerris.
– Shunday edi, Gerris. Endi menga osilmasa kerak.
– Nima uchun seni bunchalik yomon ko‘radi?
Eskidan adovatimiz bor, – deb dudmal javob qildi 
Negoro.
– Eski adovat deyapsanmi? – deb qayta so‘ra di Gerris.
Negoro javob qaytarmadi. Negoro mendan o‘tmishdagi 
qandaydir bir sirini yashiryapti deb o‘yladi-da, Gerris uni 
qistab o‘tirmadi.
Bir necha daqiqadan keyin ular suv oqimi yoqalab, 
Kuanza daryosi tomon jo‘nab ketdilar.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish