Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

202
Jyul Vern
bir kemaga xo‘jayin bo‘lib bo‘lmas edi. Shuning uchun 
boshqa tomonlarini o‘ylab, o‘z o‘rnimda, ya’ni «Piligrim» 
oshpazi bo‘lib qolaverdim.
– Demak, kema Afrika qirg‘og‘iga tasodifiy ke lib qolgan 
ekan-da?
– Yo‘q, Gerris, – dedi Negoro, – sen bilan mening «Pili-
grim» halokatga uchragan joyda uchrashib qolishimizgina 
tasodifiy bo‘ldi. Kemani yo‘ldan chalg‘itish, uning Angola 
qirg‘og‘iga kelib qolishi – mening qilgan ishim! Sening 
«yosh do‘sting» dengizchilik ishida hali yoshlik qilar ekan: 
u, ochiq dengizda kemaning turgan joyini lag va kom pas 
bilangina aniqlay olar ekan. Shunday qilib, kunlardan 
bir kun lag dengizga tushib cho‘kib ket di. Ikkinchi bir 
kuni kechasi qarabsanki, kompas ning tagiga temir 
parchasi qistirib qo‘ygan edim, kompasning strelkasi 
boshqa tomonga surilib ketdi. Qattiq bo‘ronda qolgan 
«Piligrim» boshqa tomonga qarab ketdi... Safarning nima 
uchun bunchalik cho‘zilib ketishiga Dik Send sira tushu-
na olmadi. Ammo uning o‘rnida eng tajribali dengizchi 
bo‘lganda ham gangib qolgan bo‘lardi. Bolasi tushkur 
bizning Gorn burnidan aylanib o‘ta yotganimizni xayoliga 
ham keltirmadi. Ammo men, Gerris, tu man orasidan 
Gorn burnini ko‘rib qoldim. Shundan keyin darrov temir 
parchani olib tashladim va kom pas strelkasini ilgarigi jo-
yiga keltirib qo‘ydim. Qattiq bo‘ron kemani shimoli-sharq 
tomonga, to‘ppa-to‘g‘ri Angola qirg‘og‘iga haydab keldi.
– Buni qara-ya, – dedi Gerris, – seni uchratish va 
yo‘ldoshlaringni boshlab kelish uchun ataylab kelgan-
dek xuddi o‘sha paytda men ham bir ish bilan o‘sha 
qirg‘oqqa borib qolibman-a. Ular biz Amerikadamiz deb 
qattiq ishongan edilar, shuning uchun men Angolani 
bemalol Quyi Boliviya deb tushuntirdim... Haqiqatda 
ular bir-biriga o‘xshaydi.
– Tristand, Akunya orolini Dik Send Pasxi oroli de-
gani singari, ular Angolani rostdan ham Boliviya deb 
ishonishdi.


203
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Uning o‘rnida bo‘lgan har bir boshqa kishi ham 
baribir shunday deb o‘ylagan bo‘lardi, Negoro.
– Shundoq, Gerris. Albatta, men Dik Sendning xato-
sidan foydalandim. Shuning uchun ham missis Ueldon 
bilan uning hamrohlari hozir Markaziy Afrikaning dengiz 
qirg‘og‘idan yuz mil ichkaridagi ochiq joyda tunamoqdalar.
– Lekin hozir ular qayerdaliklarini bilishadi-ku!
– Bilgan bilan endi nima foydasi bor? – dedi Negoro.
– Sen ularni nima qilmoqchisan? – deb so‘radi Gerris.
– Bilganimni qilaman-da, – dedi Negoro. – Keksa 
xo‘jayi nimiz Alvetsning ahvoli qalay, shun dan gapir. 
Cholni ko‘rmaganimga ikki yildan ham oshdi.
– Ha, qari shaytonning ishi joyida! Seni ko‘rsa juda 
xursand bo‘ladi-da, – deb javob qaytardi Gerris.
– Hali ham Vixeda turadimi? – deb so‘radi Negoro.
– Yo‘q, og‘ayni, «idora»sini Kazondega ko‘chirganiga 
bir yil bo‘ldi.
– Ishlari joyida degin?
– Joyida bo‘lganda qandoq! – dedi xitob qildi Gerris. – 
Garchi qul savdosi, ayniqsa bu sohilda keyingi vaqtlarda 
ancha qiyinlashib qolgan bo‘lsa ham, uning ishlari chakki 
emas. Bir tomondan, Portugaliya hukumati, ikkinchi 
tomondan, ingliz poyloqchi kemalari qullarni chet mam-
lakatlarga olib chiqish ishiga har xil yo‘llar bilan to‘sqinlik 
qilmoqdalar. Bir joydagina, ya’ni Angolaning janubidagi 
Mossamedes atrofidagina kemaga qul ortish sal tinchroq, 
shuning uchun baraklar hammasi qullar bilan liq to‘la. 
Biz ularni Ispaniya mustamlakalariga jo‘natish uchun 
kemalar kelishini kutib turibmiz. Yuklarni Benguella va 
San-Paolo de Loanda orqali jo‘natish haqida gapirib o‘tir-
masa ham bo‘ladi, bu haqdagi gaplarga gubernator bilan 
chinovniklar quloq solishni ham istamaydilar. Keksa 
Alvets Afrikaning ichki o‘lkalariga kirib joylashsam deb 
o‘ylab turibdi. U Tanganayka ko‘li yoniga karvon jo‘nat-
moqchi bo‘lib turibdi. U yerda gazlamaga fil suyagi bilan 
qul ayirboshlash foydali ekan. Hozircha, Madagaskarni 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish