Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

198
Jyul Vern
«yosh do‘stim» juda yaxshi mergan. Umuman aytganda, 
azamat yigit ekan!
– Naqadar azamat bo‘lsa ham, Gerris, adabsizligi 
uchun jazosini tortishi kerak, – deb javob qay tardi Negoro.
Negoroning yuzida shafqatsizlik aks etardi.
Birpas jim turgandan keyin Gerris yana gap boshladi.
– Aytmoqchi, Negoro, – dedi u, – kema halokatga uchra-
gan joy yaqinida sen bilan men tasodifiy uchrashib qolgan 
mahalimizda, mendan o‘z hamrohlaringni mumkin qadar 
mamlakatning ichkarirog‘iga ergashtirib borishni iltimos 
qilding-u, lekin boshqa gap gapirmading. Ammo keyingi 
ikki yil ichida o‘zingning nima ishlar qilganing haqida hech 
nima demading. Bizlarning to‘s-to‘polon hayotimizda ikki 
yil ozmuncha vaqt emas, axir. Keksa Alvetsning topshirig‘i 
bilan Kassangodan qullar karvonini boshlab ketganing-
dan beri dom-daraging bo‘lmadi. Rostini aytsam, ing-
lizlarning poyloqchi kemasi qo‘liga tushib, natijada dorga 
osilgan bo‘lsang kerak, deb o‘ylab yurardim...
– Rostdan ham shunaqa hodisa bo‘lay deb edi, Gerris.
– Zarari yo‘q. Dorga osilishdan baribir qutulolmay-
sanku-ya.
– Rahmat-e!
– Nimayam qilarding, – deb javob qaytardi Gerris, 
ishbilarmon kishilarday xotirjamlik bi lan. – Tavakkal-da. 
Afrika sohilida qullar bilan savdo qiluvchi har bir kimsa 
o‘z uyida o‘lmaydi. Demak, sen qo‘lga tushibsan-da?
– Shundoq.
– Qo‘lga tushirganlar inglizlarmidi?
– Yo‘q, portugaliyaliklar edi.
– Yukni bo‘shatgandan keyinmi yoki bo‘shatmasdan 
oldinmi?
– Bo‘shatgandan keyin, – deb javob qaytardi Negoro 
biroz ikkilanib turgandan keyin. – Portugaliyaliklar qul 
savdosidan ancha boyib olganlaridan keyin, endi qul 
savdosiga qarshi bo‘lib qoliptilar! Kimdir meni chaqibdi. 
Meni poylab yurishgan ekan... Ushlab olishdi.
– Sud qilishdimi?..


199
«O‘n besh yoshli kapitan»
– San-Paolo de Loandaga umrbod katorgaga hukm 
qilishdi.
– Tavba-ey! – deb xitob qildi Gerris. – Katorgaga de-
gin-a! Sen bilan men kabi ochiq havoga o‘rgangan odam-
larga sira to‘g‘ri kelmaydigan joy u! Undan ko‘ra dorga 
osishgani yaxshi roq edi.
– Dorga osilgan kishi qochib keta olmaydi, surgundan 
bo‘lsa...
– Qochdingmi?
– Ha, qochdim, Gerris. Katorgaga olib kelishganiga 
o‘n besh kun bo‘ldi deganda, Yangi Zelandiyaning Ok-
lend portiga jo‘nayotgan ingliz kemasining tryumiga 
kirib yashirinib oldim. Suv bochkasi bilan konserva 
yashiklari orasida bekinib ketdim, safar tugaganga 
qadar bemalol yeb-ichib yotdim. Qorong‘i tryum ichida 
judayam qiynaldim, kema dengizda mahalida palubaga 
chiqishni xayolimga keltirib ham bo‘lmas edi, chunki 
tryumdan boshimni chiqarishim bilan meni yana o‘z 
joyimga tiqib qo‘yishlari turgan gap edi. U mahalda 
azob yeb va buning ustiga qamalib yotgan bo‘lar edim. 
Bundan tashqari, Oklendga kelish bilan meni ingliz 
hukumatiga topshirishardi, ingliz hukumati esa menga 
darrov kishan solib, yana San-Paolo de Loandaga yubo-
rardi yoki dorga osardi. Ana shularni o‘ylab, yashirin 
sayohat etishga qaror berdim.
– Yana bilet ham olmasdanl – deb kuldi Gerris. – She-
rik, uyalmaysan ham-a? Qochib borganing ustiga yana 
ovqatni ham tekin qilibsan!
– Ha, – deb uh tortib qo‘ydi Negoro, – o‘ttiz kun tiqilinch 
qorong‘i tryumda yashirinib...
– O‘tgan ish o‘tdi endi, Negoro! Shunday qilib, Yangi 
Zelandiyaga, maoriylar mamlakatiga yetib olding? Xo‘sh, 
o‘sha yoqda qolmabsan. Bu yoqqa qanday qilib qaytib 
kelding? Yana tryumdami?
– Yo‘q, Gerris. O‘zing bilasan: u yoqqa borganimdan 
keyin, yana Angolaga qaytib, qul savdosiga kirishsam, 
degan xayol kelib qoldi boshimga.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish