179
«O‘n besh yoshli kapitan»
Uning kvadrat shaklidagi fil suyagidan qilingan sopiga
qo‘polroq bo‘lsa ham naqsh solingan edi.
Tom pichoqni yerdan olib, Dik Sendga eltib ber di. U
pichoqni diqqat bilan ko‘zdan kechirib, Gerrisga uzatdi.
– Yaqin o‘rtada yerliklar bo‘lsa kerak, – dedi Dik.
– To‘g‘ri, – deb javob qaytardi Gerris. – Ammo...
– Ammo? – deb Gerrisga tikildi Dik Send.
– Biz shu topgacha qo‘rg‘onga yetib kelishimiz ke-
rak edi-yu, – dedi dudmal qilib Gerris, – ammo men bu
yerlarni bilolmayapman.
– Adashibsiz-da, – deb so‘radi Dik darrov.
– Adashganim yo‘q. Qo‘rg‘on uch mildan uzoq
bo‘lmasligi kerak. Yo‘lni qisqartiraman deb, to‘g‘ri o‘rmon
orqali yurib edim... yanglishgan bo‘lsam kerak...
– Ehtimol, – dedi Dik Send.
– Men oldin bir o‘zim borib yo‘l ko‘rib kelsam deyman,
– dedi Gerris.
– Yo‘q, mister Gerris, – dedi shartta Dik, – ajral-
masligimiz kerak!
– Ixtiyoringiz, – deb javob qaytardi Gerris. – Ammo
shuni bilib qo‘yingki, kechasi men yo‘lni tanimayman-da.
– Zarari yo‘q! – dedi Dik. – Yo‘lda tunaymiz, missis Uel-
don yana bir kecha ochiq havoda yotishga rozi bo‘lsalar
kerak. Ertaga kun chiqishi bilan yana yo‘lga chiqamiz.
Keyingi uch milni bir soatda bosishimiz mumkin.
– Mayli, – dedi Gerris.
Shu paytda Dingo qattiq vovillay boshladi.
– Qo‘y, Dinyo, bas qil! – deb qichqirdi Dik. – Bu yerda
hech kim yo‘qligini bilasan-ku, cho‘lda turibmiz, axir!
Shunday qilib, oxirgi marta o‘rmonda tunab qolishga
qaror berildi. Missis Ueldon hamrohlari joy tayyorlagun-
cha bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Bezgak xurujidan keyin
uxlab qolgan Jek, onasining qo‘lida yotar edi. Tunash
uchun joy qidirishdi.
Dik tunash uchun kattakon bir daraxt tagini tanladi.
Unga ergashib yurgan keksa Tom birdani ga to‘xtab:
– Qarang! Qarang! – deb baqirib yubordi.
180
Jyul Vern
– Nima ekan, Tom? – deb ohistagina so‘radi Dik, har
ehtimolga tayyor bo‘lib.
– Ana, ana... – deb bidirladi Tom, – daraxt tagida...
qon izi... yerda kesilgan qo‘llar yotibdi...
Dik Send Tom aytgan daraxt tagiga chopib bordi-da
keyin qaytib kelib:
– Damingizni chiqarmang, Tom! Hech kimga ayt-
mang!.. – dedi.
Yerda odam qo‘llari yotardi. Qo‘llar yonida uzilgan
zanjir parchalari bilan singan qoliplar yotar edi.
Xayriyatki, bu dahshatli manzarani missis Ueldon
ko‘rmay qoldi.
Gerris bir chetda turar edi. Agar shu topda birov uning
aftiga qaragan bo‘lsa edi, Gerrisning qiyofasida o‘taketgan
shafqatsizlik ifodasini ko‘rib hayratda qolar edi.
Dingo o‘lik qoldiqlari yotgan joyga kelib, qattiq vovillay
berdi...
Dik uni zo‘rg‘a haydab yubordi.
Keksa Tom esa oyoqlari yerga botib ketganday, turgan
joyida qotib qoldi. U yerda yotgan qolip va zanjirlardan
ko‘zini uza olmasdan, bir nimalar deb bidirlar edi.
– Men ko‘rgan edim... ko‘rgan edim... bolalik chog‘im-
da... zanjirlarni ko‘ruvdim... qoliplarni...
Bolalik chog‘idagi ko‘rganlari endi uning esiga kelmoq-
da edi. U eslamoqchi edi... U gapirib yubormoqchi edi.
– Jim, Tom! – dedi Dik Send. – Missis Ueldon hurmati,
hammamizning hurmatimiz uchun, indamang...
Keyin Dik uni tezda boshqa tomonga ergashtirib ketdi.
Shundan keyin tunash joyni boshqa yerga ko‘-
chirishdi.
Nan kampir ovqat keltirdi, lekin hech kim ovqatga qa-
ramadi, chunki qattiq charchaganlikdan ishtaha bo‘g‘ilib
qolgandi. Hamma ham kelgusida qandaydir tashvish,
falokat yuz berishini sezganday, besaranjom edi.
Tezda kech kirib atrofni qorong‘ilik bosdi. Osmonni
qora bulutlar qoplagan edi. G‘arbda, yiroqda, daraxtlar
orasidan goho chaqmoq chaqqani ko‘rinib turar edi.
181
«O‘n besh yoshli kapitan»
Shamol tindi. Daraxt barglari esa sira qimirlamay
qo‘ydi. Kunduzgi shovqin-suron o‘rnini jimlik egalladi.
Havoga elektr moddasi to‘lganidan tovush eshitilmayapti,
deb o‘ylash mumkin edi.
Dik Send, Ostin va Batlar birga qorovullik qildilar. Ular
birorta ham shitirlagan ovozni eshitmasdan qolmaslik
uchun kecha jimjitligiga diqqat bilan quloq solar va atrof-
ga tikilar edilar. Ammo o‘rmonning tinchlik va zulmatini
hech narsa buzmas edi.
Tom qorovullikdan bo‘sh bo‘lsa ham, uxlamas edi. U
boshini egib, qimir etmay o‘tmishini eslab turardi. Keksa
negr qattiq bir zarbadan keyin o‘zi ni o‘nglab ololmay-
diganga o‘xshar edi.
Missis Ueldon uxlayotgan bolasini tebratar va faqat
uni o‘ylar edi.
Yolg‘iz Benedikt tog‘agina tinchgina uxlab yotar edi,
chunki u kelgusida nimalar bo‘lishidan xavotirda emasdi.
Soat o‘n birlar chamasi birdaniga, uzoqdan allaqanday
hayvonning cho‘zib-cho‘zib qattiq bo‘kirgani va uning
ketidan juda o‘tkir uvlagan ovoz eshitilib qoldi.
Tom irg‘ib o‘rnidan turdi-da, bu yerdan bir mildan ortiq
naridagi qalin o‘rmon tomonga qo‘lini cho‘zdi.
Dik Send Tomning qo‘lini darhol ushlab olgan bo‘lsa-
da, lekin uning:
– Arslon! Arslon! – deb baqirishini to‘xtatishga ul-
gurolmadi.
Keksa negr arslonni bo‘kirishidan tanidi, chun ki u
yoshligida bu ovozni ko‘p eshitar edi.
– Arslon! – dedi u yana.
Dik Sendning toqati toq bo‘ldi. U qo‘liga pichoq olib,
Gerris yotgan joyga otildi.
Ammo Gerris yo‘q edi. Oti ham o‘zi bilan birga g‘oyib
bo‘libdi.
Haqiqat yashin tezligida Dik Sendning miyasiga kelib
urdi...
Otryad o‘ylagan joyda emas, boshqa joyda edi!
182
Jyul Vern
«Piligrim» Janubiy Amerika qirg‘og‘ida emas, boshqa
joyda falokatga uchragan ekan!
Okeanda yonidan «Piligrim» o‘tib ketgan orol Pasxi oroli
emas, boshqa orol ekan!
Kompas yanglish ko‘rsatibdi, demak, buzilgan ekan!
Qattiq bo‘ron chalg‘itgan kema to‘g‘ri yo‘ldan adashib,
butunlay boshqa tomonga ketib qolibdi...
«Piligrim» Gorn burnidan aylanib o‘tib, Tinch okeandan
Atlantika okeaniga o‘tibdi!
«Piligrim»ning tezligini hisoblashda xato qilinibdi:
bo‘ron uning tezligini ikki baravar oshirib yuborgan ekan.
Sayohatchilarning bu sohilda na kauchuk daraxti
va na xin daraxti uchratmasliklariga sabab shu ekan!
Bu daraxtlar Janubiy Amerikada o‘sadi, ammo hozir
sayohatchilar turgan o‘lka, Atakama cho‘li ham emas,
Boliviya pampaslari ham emas ekan!
Shubha yo‘qki, Dik tuyaqushlarni emas, jirafalarni
ko‘rgan ekan! Chakalakzorni ezib-bosib ketgan hay-
vonlar – fillar ekan! Dik daryo ichida gippopotamlarni
ko‘rgan. Benedikt tog‘a tutgan pashsha, yuk tashuvchi
hayvonlarni butun karvoni bilan qirib tashlaydigan juda
xatarli setse degan pashsha edi.
Qorong‘i kechada bo‘kirgan ham arslon edi!
Qoliplar, zanjirlar va taxliti ajoyib pichoq – bu lar qul
savdogarlarining qurol-aslahalari edi. Yerda yotgan qo‘llar
qora badan qullarning qo‘li edi.
Portugaliyalik Negoro bilan amerikalik Gerris sherik
bo‘lib chiqdi!
Nihoyat, Dikning shubhalari haqiqatga aylandi va:
– Afrika! Markaziy Afrika! Qul savdogarlari va qul-
lar mamlakati Afrika! – degan dahshatli so‘zlar uning
og‘zidan o‘qday otilib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |