Farg’ona Davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich 21.109-gurux talabasi Muhammadjonov Oqiljon KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK - Kichik biznes tushunchasi va uning mohiyati.
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – iqtisodiy o’sishning muhim omili.
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji – jamiyat taraqqiyoti garovi.
Reja:
Kichik biznes tushunchasi va uning mohiyati.
Xozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi xissadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e'tibor berilmoqda. O’zbekiston va MDX mamlakatlarida biznes xaqidagi maqolalar, adabiyotlar 60-yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Biroq, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy tarzda yozilar edi. Chunki biznesni asosini xususiy mulkchilik tashkil etar edi. Xususiy mulkchilik esa o’sha paytda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lekin biznesni fan tariqasida o’rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin o’tish bilan boshlandi.
«Biznes» so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Biznes - bu nima? Biznes - bu puldan pul qilish, lekin albatta insonlarga kerakli bo’lgan maxsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish natijasida puldan pul qilishdir. Biznesning formulasi oddiy, ya'ni P+P . Lekin bu oddiy formula mazmunida murakkab xayot jarayoni yotadi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, xayotni o’zi, so’ngra esa pul ishlash demakdir.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta'rifini ko’p turlari mavjuddir. Insoniyat jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jixatdan doimo biznes bilan bog’lik bo’lgan. Biznesmen (Tadbirkor) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u «Mulk egasi» degan ma'noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta'riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir,- deb ta'kidlaydi. Tadbirkorni o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, ishlab chikarishni tashkil etadi, maxsulotni sotadi hamda olgan daromadiga o’zi xo’jayinlik qiladi.
Xorijiy mamlakat olimlari darsliklarida biznesga sistemali ta'rif beradilar. Xususan AQSh ning Texas va Illinoya universitetlari professorlari S. Rozenblat, R. Bonnington va B. Nidlslar tomonidan tayyorlangan «Biznes konsepsiyasi» darsligida: «Biznes nima?» degan savolga ular:
Do'stlaringiz bilan baham: |