Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n oltinchi bob
YO‘LDA
Kichkina to‘da daryo yoqalab uch yuz qadamcha 
yurishi bilan odam bolasi oyoq bosmagan qalin o‘rmon 
ichiga kirib ketdi. Ular bu o‘rmon ichidagi egri-bugri 
so‘qmoqlaridan o‘n kun yo‘l yurishlari kerak edi.
Dik Sendning qo‘rqishiga hech qanday o‘rin bo‘lmasa 
ham qalin o‘rmon ichida yuragi shuvillab orqasiga tortib 
ketdi.
Aksincha, allaqanday xatarlardan beshbattar qo‘rqi-
shi lozim bo‘lgan missis Ueldon, – chunki u ayol kishi va 
ayni vaqtda ona edi, – juda xotirjam edi. U pampaslar-
da yashovchi yerlik qabilalar ham, yirtqich hayvonlar 
ham qo‘rqinchli emasligini juda yaxshi bilardi, uning 
xotirjam bo‘lishiga birinchi sabab ham ana shu edi. 
Ikkinchidan, Gerris ishonchli yo‘l boshlovchi bo‘lgani-
dan, u o‘rmonda adashib qolishdan ham qo‘rqmas edi.
Kichkina to‘daning boshida Dik Send bilan Gerris 
borar edi: Dik Send karabin bilan, Gerris esa stvoli uzun 
miltiq bilan qurollangan edilar.
Ular ketidan karabin va pichoq bilan qurollan gan Bat 
bilan Ostin borar edilar.
Ularning orqasidan otga minib missis Ueldon bi lan 
kichkina Jek borar edi.
Ular ketidan Tom bilan Nan kampir borar edi.
To‘daning eng ketida karabin ushlagan Akteon bilan 
beliga bolta qistirgan Gerkules borar edi.


150
Jyul Vern
Ular safarning oxirigacha mumkin qadar shu tartibda 
borishlari kerak edi.
Dingo to‘daning u boshidan bu boshiga izg‘ib chopib 
yurar edi. Itning doim qandaydir iz qidirganini Dik Send 
fahmlab qoldi. «Piligrim» falokatga uchrab, odamlar 
quruqlikka chiqqandan beri Dingo g‘alati bir ahvolga 
tushib qolgandi, doim besaranjom edi. Ko‘p vaqtlari u 
nimadandir zorlanib qattiq vovillab qo‘yardi.
Itning bunday g‘alati ahvolga tushib qolganini hamma 
bilsa-da, lekin buning sababini hech kim aytib berol-
masdi.
Dingo singari Benedikt tog‘a ham odamlar qatori bir 
zaylda yurolmasdi. Buning uchun uni boylab qo‘yish 
kerak bo‘lar edi. U bir yonida tunuka qutisi, ko‘kragida 
lupasi, qo‘lida to‘ri bilan to‘g‘riqanotlilar, to‘rqanotlilar va 
boshqa «qanotlilarni» toparmikanman, deb o‘rmonning 
ich-ichiga kirib ketar va o‘tlar ustida emaklab yurar edi.
Safar boshida undan xavotir olgan missis Ueldon uni 
aytib kelish uchun odam yuborgani yuborgan edi. Ammo 
bu olimni sira gapga ko‘ndirib bo‘lmas edi.
– Benedikt tog‘a, – dedi oxiri toqati toq bo‘lgan missis 
Ueldon, – toza tinkamni quritdingiz-ku. So‘nggi marta 
aytaman: bizdan ajralib hech qayoqqa ketmang!
– Kechirasiz, jiyanim, – deb qarshilik ko‘rsat di indamas 
hasharotshunos, – basharti, biror hasharotga ko‘zim 
tushib qolsa-chi...
– Bordi-yu, hasharotga ko‘zingiz tushib qolsa, hasha-
rotni bezovta qilmang, yo‘qsa, men hasharot qutingizni 
tortib olib qo‘yaman! – deb do‘q qildi missis Ueldon unga.
– Hasharot qutimni nega olib qo‘yarkansiz-a? – deb 
xitob qildi Benedikt tog‘a, go‘yo mis sis Ueldon uning 
ko‘zlarini o‘yib olishga tayyor turgandek.
– Shundoq! To‘ringizni ham olib qo‘yaman! – dedi 
missis Ueldon.
– To‘rimniyam-a, jiyan? Ko‘zoynagimniyam olib 
qo‘ymoq chidirsiz balki? Yo‘q! Haddingiz sig‘maydi! Bekor 
gap!


151
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Ha, ko‘zoynagingizni olib qo‘yaman! Yaxshiyamki, 
o‘zingiz aytdingiz, mening esimda ham yo‘q edi. Sizni biroz 
tartibga o‘rgatish uchun ko‘zoynagingizni olib qo‘yib, sizni 
ko‘r qilib qo‘ymasam, bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.
Bu uch yoqlama do‘qdan keyin qaysar Benedikt tog‘a 
atigi bir soatcha jim yurdi. Birpasdan keyin yana u yoq-
dan bu yoqqa chopa boshladi. Uning hat to ko‘zoynaksiz, 
to‘risiz va qutisiz ham hasharotlar ketidan qolmasligi 
ma’lum bo‘lib qolgach, qo‘l siltab, o‘z holiga qo‘yib berildi.
Gerkules, Benedikt tog‘aga ko‘z-quloq bo‘lib turaman, 
deb va’da berdi. Missis Ueldon Benedikt tog‘a nodir ha-
sharotlari bilan qanday muomala qilayotgan bo‘lsa, u bi-
lan ham xuddi shunday muomala qilishni azamat negrga 
topshirdi. Boshqacha aytganda, agar kerak bo‘lib qolsa, 
Gerkules uni ushlab olib o‘z joyiga olib kelishi lozim edi.
O‘sha buyruqdan keyin Benedikt tog‘a bilan hech 
kimning ishi bo‘lmay qo‘ydi.
Yuqorida aytilganidek, kichkina to‘da yaxshi qurol-
langan va har qanday tasodifga qarshi turishga tayyor 
edi. Ammo Gerrisning aytishicha, ko‘chmanchi hindu 
qabilalaridan tashqari, bu o‘rmonda boshqa hech qan-
day dushman uchramasligi kerak edi. Har holda, har 
qanday dushmanni yaqin yo‘latmaslik uchun ko‘rilgan 
choralar yetarli edi.
Qalin o‘rmon ichidagi so‘qmoq yo‘llar yirtqich hayvon-
larning iziga o‘xshardi va ulardan yurib borish ham qiyin 
edi.
Gerrisning to‘da har kuni o‘n ikki soat yo‘l yursa, o‘rta 
hisob bilan besh-olti mil yo‘l bosishi mumkin, degan 
mo‘ljali to‘g‘ri chiqdi.
Havo juda yaxshi edi. Oftob bulutsiz osmonning qoq 
tepasiga ko‘tarilgan. Oftob nurlari yerga tik tushardi... 
Yalang joylarda oftobning issig‘iga toqat qilib bo‘lmasdi, 
qalin o‘rmon ichida issiq uncha bilinmasdi. Gerris o‘z 
hamrohlarining diqqatini bunga jalb qildi.
O‘rmondagi daraxtlarning aksari turini missis Ueldon 
va boshqa sayohatchilar bilmas edilar.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish