Sehrli_Parij
Parij… bu go’zallik va sevgi shahri…bu yerda hamma narsa bo’lishi
mumkin.. yo orzularing amalga oshadi yoki yangi orzularing paydo
bo’ladi.. shularni o’ylagancha derazasidan mo’jizakor Parijni kuzatib,
shirin entikayotgan Marinet jilmayib qo’ydi.
Marinet oilada yagona farzand. Otasi Tom va onasi Sabin bilan baxtli
yashashadi. Ularni aytishicha, Marinet Parijda tug’ilgan ammo otasining
ishlari yurishmagach ular Xitoyga ko’chib ketishgan. Oradan 17 yil o’tib
mana qaytib ham kelishdi. Endi ular shu yerda yashashadi. Ularning
ko’chib kelishganiga 1 hafta bo’ldi. Marinet shu atrofdagi kollejga qabul
qilindi. Bugun uning 1- o’qish kuni.. uni qanday kutib olishar ekan.
Shularni o’ylagancha Marinet kollej tomon yo’l oldi.
Kollej katta va juda chiroyli edi. Bu yerda o’qishini o’ylab Marinet
xursand bo’ldi. Uni kollejga kiraverishda 1 yigit va qiz kutib turardi.
-Salom men shu kollejning yetakchi o’quvchisi Alya Sezarman. Sen
Marinet Dupen san, shundaymi? Tanishganimdan xursandman. Bu esa
yordamchim va yigitim Nino. Endi esa ketdik. Hozir dars ham boshlanib
qoladi.
- Hey Alya! Bechora qizni kelishi bilanoq gapiraverib esankiratib
qo’ydinku! – kuldi yigit qizning yelkasiga qo’lini qo’yib
- Qoidalarga amal qilyapman – dedi qiz yigitning qo’lini yelkasidan olib
tashladi
- Ha to’g’ri bizning Alya shunday qoidalarni yoqtiradi – deb kuldi Nino
- Agar qoidalar bo’lmaganda, bu yerda turmas eding – yasama jahl bilan
dedi Alya
Umuman olganda ular Marinetga yoqti. Kollejning katta va chiroyli
eshigidan kirarkan, Marinet uchun yangicha davr boshlanmoqda edi.
Yangi kursdoshlar Marinetni har tomondan o’rab olishdi va har xil
savollar berishardi.
- Vooy rostan ham Xitoydan keldingmi? – deb so’radi kalta sariqsoch qiz
- U yer qanday? – yonidagi binafsharangsoch qiz past ovozda savol
berdi
- Bizga avvalgi kollejing haqida aytib ber – dedi ko’zoynak taqqan yigit
- Bo’ldi qilinglar! Nima qiz bola ko’rmaganmisizlar, dars hozir boshlanadi
– dedi Alya
- Ko’rganmiz lekin bunday malikalarga o’xshaydigan sohibjamolni emas
– Natanel ismli yigit Marinetga ko’zini qisib. Alya Marinetning qo’lidan
ushlab, kursdoshlarning orasidan olib chiqib ketdi.
Ularni sinf rahbari Kalin Bustie mamnun holda kutib oldi. Marinet
xonaga kirayotganda oltin rang sochli moviy ko’zli dilrabo qizga turtilib
ketdi. Qizning jahli chiqib Marinetni itarib yubordi. Marinet yiqilib
tushishi mumkin edi…agar yoqimtoy yigit kuchli qo’llari bilan tutib
qolmaganda.. Marinet bu yigitdan ko’z uzolmay qoldi.
Zumradrangsimon bu ko’zlarda mehr balqib turardi.. tillarang sochlari,
yoqimli tabassumi, oppoq yuzi… Marinet endi gapirmoqchi edi, yigitning
o’zidan sado chiqdi.
- Saloom! Demak yangi qiz sen ekansanda…
- Hh-a mm-en.. ra-rahmat – dedi Marinet va ko’zlarini olib qochdi.
Darhaqiqat Marinetni sohibjamol deganlaricha bor: ko’k-moviy katta
ko’zlari, ko’zlarini himoya qilayotgandek uzun uzun kipriklari, nimpushti
lablari, o’rtacha uzunlikdagi va to’q ko’k rangdagi sochlari o’ziga
yarashgandi. Marinet sinfda Alyani yoniga, yoqimtoy yigitning
orqasidagi partaga joylashdi. Uni itarib yuborgan qiz, Marinetga kibr va
mensimagandek qarab o’tirdi. Dars ham tugadi. Alya va Marinet
tushlik qilgani oshxonaga borishdi.
-Alya sen shu yerlikmisan? Aytmoqchimanki hammani yaxshi
taniysanmi? – deb so’radi Marinet stolga o’tirishgach
- Ha albatta hammani juda yaxshi taniyman – dedi Alya olmani tishlab
- Unda aytchi, meni tutib qolgan yigit kim? Ha yana, meni itarib
yuborgan qizchi? U sal g’alatiroqmi?
- Marinet to’g’risini aytsam, ular haqida qiziqmaganing ma’qul. Ular
jamoaga kam qo’shilishadi, guruh bilan hech qayerga sayohatga
borishmaydi. Ular aka singil Agrestlar. Yoqimtoy va kelishgan yigit
Adrien Agrest. Chiroyda hech kimdan qolishmaydigan, kollejda bitta
ham dugonasi yo’q va juda jahli tez qiz – Xloya Agrest. Umumman
olganda ulardan uzoqroq yur. Yana… - dediyu Alya soatga qarab
ketishimiz kerak dedi.
Marinet suhbat qiziq bo’layotgani uchun zerikarli darsga kirgisi
kelmayotgandi. Lekin Alyaga yo’q deb bo’larmidi. Xonaga qaytishsa
faqat Adrien va Ninoning oldida va eng oxirgi partada ya’ni Xloyaning
oldida bo’sh joy bor edi xolos. Alya Ninoning oldiga o’tirdi. Marinet
esa.. yigitga bir zum qarab, keyin sekin uning yoniga o’tirdi. Dars
boshlanishiga yana 5 daqiqa qoldi.
- Salom ahvoling yaxshimi? – dedi Adrien Marinetga qarab
- H-ha rahmat – deb Marinetning yuzi qizarib ketdi.
- Singlimning nomidan uzur so’rayman. Kechir, ba’zida unga tushinib
bo’lmaydi – dedi Adrien hijolatomuz ovozda
- Hech qisi yo’q. hammada ham shunday holat bo’lib turadi – dedi
jilmayib
Shu payt bir narsa taraqlab ketdi. Hamma orqaga qaradi. Orqa tarafdagi
deraza sinib ketgandi. Eng qizig’i shundaki, hech bir sababsiz. Marinet
bu orada hammaga qarab chiqdi. Adrien va Alyaning ko’zlarida havotir
qolganlarnikida qo’rquv bor edi. Bustie xonim xonaga kirib derazani kim
sindirganini so’radi. Hech kim bu savolga javob berolmadi. Bustie
xonimning orqasidan xonaga Xloya kirib keldi. Marinetning ko’zlari
hayratdan katta katta bo’lib ketdi. Axir u xonada ediku. Xloya
nimadandir bezovta, bir Alyaga bir Adrienga mo’ltirab qaraydi…
- Xloya nega turibsan , qani joyinga o’tir – buyruq berdi miss Bustie
- Xo’p bo’ladi, xonim – Xloya o’z joyiga borib o’tirdi.
Dars umumman qulog’iga kirmagan Marinet dars tugashi bilan Alyadan
nimalar bo’layotganini so’rash uchun uning yoniga bordi. Alya esa hozir
vaqtim yo’q, deb chiqib ketdi. Adrien tarafga qarasa, u ham Xloyaning
bilagidan mahkam siqqanicha xonadan olib chiqib ketdi. Xonaga bir
yigit yugirib kirib, xovliqqanicha :
- Bolalar ko’chada bir kishini mashina urib yuboribdi – dedi.
Hamma tashqariga yugirib chiqib ketdi.. haa.. rostan ham mashina bu
insonni qattiq urib yuboribdi. Lekin hech kim mashina odamni bunday
urib yuborishini tasavvur qila olmasdi. Insonning hammayog’i qon, yuzi
tanib bo’lmas darajada edi. Marinet buni darhol Alya bilishi kerak, deb
ichkariga kirib ketdi. Kollejning hamma xonasini qarab chiqdi, ammo
hech qayerdan uni topolmadi. Eng chekka va eng qorong’i koridorga
yetay deganda, qulog’iga eshitilayotgan gaplardan taxtadek qotib qoldi.
- Xloya! Nima balo esingni yeb qo’ydingmi?? – dedi Adrien asabiy
ovozda
- Sal qolsa hammamizni hayotimiz xavf ostida qolardi – Alyaning jahli
chiqib
Marinet bu gaplarning ma’nosiga tushinmay sekin mo’raladi.
Karidorning oxirog’ida Adrien va Alya Xloyani o’rtaga olib baqirishardi.
- Alya , Adrien iltimos kechiringlar.. o’zimni tutib tura olmadim.
Chidashga harakat qildim.. ammo – deb yig’lamsiradi Xloya
- Seni tushinaman Xloya. Ammo bunday qilishing noto’g’ri.. hali
qobiliyatingni rivojlantirolmagansan.. biror kor-hol bo’lsa dadamga
nima dey..- Adrien gapini tugata olmadi.. chunki yengil shabboda esdi.
Uchalasi ham Marinet tomonga qarashdi. Marinet devorni u tomonida
ularni poylab turardi. Alya sekin qorong’u tomonga yurdi. Shu payt
Marinetning yelkasidan kimdir ushladi. Marinet cho’chib orqasiga
qaradi. Qarshisida Alya turardi.
- Alya!? Axir qanaqasiga? Hozirgina u yoqda turgandingku – deb
Marinet hayrat bilan koridor tomonni ko’rsatdi.
- Ko’zingga ko’ringandir.. yur hamma xonadaku. Sen bu yerda nima
qilyapsan. – Alya Marinetga sinchkovlik bilan qarab
- Axir hozirgina uchalangiz anavi yerda gaplashayotgandingizku.
- Marinet bugun ancha charchab qolibsan.. hamma xonada
deyapmanku. – dedi Alya asabiy
- Rostan ham charchagan ko’rinaman.. ko’zga nimalar
ko’rinmaydi..mayli ketdik – dedi Marinet horg’inlik bilan
Xonaga kirishganda negadir Xloya Marinetdan ko’zini olib qochdi.
Marinet ham unga e’tibor bermaslikka harakat qilib, Adrienni yoniga
o’tirdi. Dars juda qiziqarli o’tsa ham, Marinetni hayoli joyidamasdi. U
atrofiga ko’z qiri bilan qarasa, Alya ham, Xloya ham, Adrien ham unga
tikilib qarab o’tirishibdi. Bundan Marinet biroz noqulay ahvolga tushdi.
Dars ham tugab, hamma tashqariga chiqishdi. Adrien va Xloyani
zamonaviy mashina kutib turardi.
- Sen bilan tanishganimdan xursandman.. ertagacha – Adrien Marinet
bilan xayrlasharkan
- H-ha.. m-men ham xursandman.. ertagacha – dedi Marinet tutilib
Xloya Marinetga bir o’qrayib mashinaga chiqib ketdi.. Ular ketishgach
Marinet yengil nafas oldi. Vanihoyat mashaqqatli 1- kun ham tugadi.
Lekin mana shu bir kun Marinetni osuda hayotini o’zgartirishga yetardi.
Uyiga kirgan Marinet kechki ovqatni yemasdan, darslarim ko’p deb
xonasiga chiqib ketdi. Ertagalik darslarini qilib bo’lib, badiiy kitob o’qiy
boshladi… ,,Zulmat ostonasidagi muhabbat” Marinet bu kitobni
o’zgacha zavq va qiziqish bilan o’qiydi. Asarni o’qib bugungi voqea esiga
tushdi. Qiziq nega ular boshqacha? Ular xuddi bir narsani sir
tutishayotgandek.. negadir boshqalar ham ular haqida kam
bilishadigandek tuyilyapti.. ular o’zi kim?? – deya Marinet o’z-o’ziga
gapirayotganida derazasi taqillashidan cho’chib tushdi. Sekin borib
derazani ochdi. Deraza tokchasida bir dona qizil atirgul turardi. Axir
qanaqasiga, bunday bo’lishi mumkin, Marinetning xonasi 3- qavatdaku?
Ertasi kuni ertalab…
- Marinet.. uyg’on qizim darsga kech qolasan – dedi Sabin mehribonlik
bilan
Taom tayyorlashda Sabinga yetadigan oshpaz yo’q. nonushta har
doimgidek juda quvnoq o’tdi. Bu baxtli oilada har doim shunday holat
bo’lardi. Marinet har xil hayollar bilan kollej tomon yo’l oldi. U yerda
uni Alya kutib turardi. Marinet Alyani unga sovuq tikilib turganini ko’rib
seskanib ketdi. Lekin buni sezdirmaslikka urindi.
-Salom Alya. Har doimgidek hammadan oldin yetib keldingmi?
Aytgancha Nino qani? – deb so’radi Marinet o’zini hotirjam tutishga
harakat qilib.
- Senga ham salom, Mari.. ismingni qisqartirib aytganimga hafa
bo’lmadingmi. Chunki to’liq ismingni aytish menga noqulay.. Ninoga
kelsak – deb o’ylanib qoldi Alya – uni biroz tobi yo’q, shuning uchun
ancha vaqt darslarga qatnasha olmaydi.
,,Tamom, ular Ninoni qonini ichib yuborishgan. Nimaga meni kutib
turgani ma’lum bo’ldi. Kechagi voqeani deb meni ham qonimni ichib,
o’ldirmoqchi bu qiz” deb o’ylab o’z-o’zidan sovuq ter chiqib ketdi.
- Marinet! Marinet! Marineeeet!!! - deb baqirdi Alya.
- H.ha nima bo‘ldi? - dedi Marinet hayolini yig‘ib oldi.
- Hayoling qayerda yuribdi. Yur qo‘ng‘iroq chalindi..! - deb qo‘lidan
ushlab kollejga olib kirib ketdi.
Alyaning qo‘llari muzdek edi. Marinet buni endi sezdi. Ichidan juda
qo‘rqardi. Ammo sirtiga chiqarmasdi. Xona gavjum, hali o‘qituvchi
kirgani yo‘q. Marinet sekingina Adrienni yoniga o‘tirdi. Zumradrang bu
chiroyli ko‘zlar qandaydir kitobni o‘qish bilan band edi. Marinet uni
tomosha qilib to‘ymasdi.
- Adrien.. sendan bir narsani so‘rasam maylimi?? - dedi Marinet
ikkilanib
- Ha bemalol. - dedi Adrien kitobni yopib..
- Bu qanday kitob - dedi Marinet, eski titilib ketgan kitobga ishora qilib.
- Bumi. . Bu.. haligi.. nima desam ekan... miflar va afsonalar haqida..
unda jodugarlar g‘ayraoddiy mavjudotlar, bo‘rituslar va Vampirlar
haqida rivoyatlar bor. Lekin sen qo‘rqma. Bular to‘qima. Axir bu
dunyoda jodugarlar yo‘qku. bo‘lganda bilar edik. - dedi Adrien va
yoqimli jilmayib qo‘ydi.
- Ha.. to‘g‘ri jodugarlar yo‘q. Ammo vampirlarchi?? Ular doim quyosh
nurlaridan yashirinib yurishadiku..chunki ular quyosh nurlarida
tovlanishadi.. - dedi Marinet haqiqatni bilishga harakat qilib..
Vampirlar haqida eshitib Adrien sergak tortdi va ohistalik bilan so‘radi :
- Agar vampirni ko‘rsang nima qilasan - dedi Marinetni ko‘zlariga tikilib
- Menmi...man, salom janob vampir, siz bn taniwganimdan baĝoyatda
xursandman, iltimos mani qonimni ichmang yawawdan umidiz bor
bólsa, chunki qonim òta zararli dedim- dedi Marinet.
Ikkisi ham kulib yuborishdi.
- Ha , sani uchratgan vampir aniq zaharlanadi- dedi Adrien kulib-Dars
tugagach nima qilasan.
- Uyga boraman- dedi Marinet bezovtalanib.
- Agar yoq demasang , birga kutibxonaga borardik. Otamni shahar
markazida xususiy kutibxonasi bor.Senga albatta yoqadi- dedi Adrien.
- Kutubxonagami, albatta boraman- dedi Marinet mamnuniyat bn...
Dars ham tugadi.... Song ular Adrienni motosikliga òtirib kutubxonaga
ketiwdi. Haqiqatdan ham kutubxona juda katta edi.. Deyarli odam kam.
- Senga yoqdimi- dedi Adrien Marinetga.
- Hayratdaman!! Umrimda bunchalik kop kitobni kòrmagandim..
Rahmat mani bu yerga olib kelganing un- dedi Marinet quvonchdan.
Ular kutubxonani aylaniwdi. Shu payt Adrienni tel. jiringladi..
- Marinet sen kitob tanlab tur.. Men hozir kelaman - deb Adrien
kutubxonani eski eshikni ochib kòchaga chiqib ketdi. Eshik vahimalik
ovozda ĝiyqillab yopildi.
Marinet javonlarni birma bir kòrib chiqdi. Shunda yuqorida bir kitobni
kòrdi. Bowqa kitoblardan farqi shundaki, uni chekka qismida qizil tow
bor edi..Marinet kutubxona narvonini olib kelib tepaga chiqdi..
Taxminan 2 qavatli uy balandligiga kòtarildi. Sekin qòlini kitobga chòzdi.
Shunda oyoĝi toyib narvondan tuwib ketdi... .. Birdan òzini Adrienni
sovuq qòlida kòrdi.
Axr qanaqasiga?? Eshik ochilgani ham bilinmadi ku...Marinetni ushlab
oliwi un ham ancha ichkariga yuriwi kerak edi.... Marinet tuwindi.. Uni
hayotini saqlab qolgan bu yoqimtoy yigit kimligini anglab yetdi. Chunki
uni sevimli asarlari qahramonlari vampirlar edi..
- S..seen..qa- qanday qilib..- Marinet bowqa gapirmasdan yuzini burib
oldi.. Darhol ózini ewikka urdi.. Qoronĝi tuwayotgan edi..Uyiga esa yana
ancha yuriwi kerak edi... Shu payt ortidan kimlardir kelayotganini sezdi..
U orqasiga sekin qaradi. Uning ortidan ikkita yuziga niqob taqqan yigit
izma iz kelardi. Marinet qòrqib tezlashdi..Ammo yigitlar unga yetib olib
yòlini tòsiwdi..
- Yòlimdan qoching darhol- dedi Marinet va baqirmoqchi edi, bittasi qòli
bn oĝzini berkitdi va:
- Quwchamiz ja sayroqi ekanmi Teo- dedi yonidagi yigitga.. Lekin Teo
javob bermadi..unga ògirilib qarasa Teo yerda òlib yotardi.
- Teo Teo senga nima bòldi? - dedi hich narsaga tuwinmagan bezori..
Shunda shamoldek tez sharpa kelib uni bòynini qayirdida uni ham
òldirdi.. Marinet kòrib turganlaridan daxwatda edi.. Chunki uni
qarwisida Adrien turardi..Labini bir chekkasidan oqayotgan qonni qòli
bn artib Marinet tomonga yurdi..Marinet qorquvdan dir dir titrar edi.
Adrien Marinetni yuzini òziga qaratdi... Shunda ikki kòz tòqnawdi..
Kundizgi zumradrang kòzlar hozir qizil edi..
- Menga yaqinlawma!!! Tegma menga. Yaqinlawma- dedi Marinet.
Adrien uni kòtarib oldi.
- Menimcha gaplawib oliwimiz kerak. Qorning ham ochgandir. Seni
kichik restaranga olib boraman. Senga yoqadi- dedi Adrien Marinetga
jilmayib.
- Men ovqatni sen esa meni yeysan tòğrimi- dedi Marinet kinoya bn.
- Yòq man hali uzoq yawamoqchiman. Òzing aytgansanku qonim zaharli
deb.- dedi Adrien kulib- rostan ham mani hayotim un zararlisan, shu
kungacha hech kim bilmas edi. man esa sani hayoting un havfliman.
Ular restoranga yetganda Adrien Marinetni yerga qòydi. Marinet uyiga
yaqin edi. Ammo bu yigit bn gaplawgisi va haqiqatni bilgisi kelardi. Ular
restoranga kiriwdi va ikki kiwilik joyga òtiriwdi. Ofitsant keldi. Juda
chiroyli, bòylari baland, tim qora sochlar, toq jigarrang kózlar, oppoq
yuzli bu qiz bowqa har qanday insonni óziga qaratardi. Lekin Adrienni
emas.
- Nima buyurasizlar- dedi Adrienga jilmayib.
- Marinet òzing tanla! Manga qahva.- dedi Adrien Marinetdan kòzlarini
uzmay. Qiz endi ensasini qatirib Marinetga soxta jilmayib qarab turdi.
- Menga ham qahva.- dedi va Adrienga qarab qòydi. Qiz xop deb ketdi.
Birozdan kn qahvalarni olib keldi, ularni qòyayotganda ham Adriendan
kòzini uza olmadi, Adrien esa Marinetdan.
- Demak kechagi kungi ewitganlarim rost ekanda?- dedi Marinet.
- Ha rost.- dedi Adrien hafa ohangda- biz Vampirmiz. Men, Alya va
Xloya...biz juda kòpmiz
- Yaxwi.. Endi tuwindim Alya birdaniga ortimda paydo bòlganini.- dedi
Marinet beparvo qahva ichdi.
- Qiziq sen umuman qòrqmayapsanmi..sen hozir kim bn
gaplawayotganingni bilasanmi- dedi Adrienni ovozi kòtarildi.
- E sekin. Nima butun restarandagilar seni kimligingni biliwini
xohlayapsanmi deyman- Marinet yengil kuldi.
Marinet shu zaylda Adrien bn yaqindan taniwdi. Hozir Adriendan baxtli
vampir yoq edi jahonda..
- Men vampirlar haqida hikoyalar òqiwni yoqtiraman. Sendan bir narsa
sòramoqchidim. Vampir bòlgandan kn qandaydir kuchga ega boliwar
ekan. Senda va bowqalarda qanday qobilyat bor- dedi Marinet
qiziquvchanlik bn.
- Hm...qiziq savol berdingku... Alyada telepartatsiya qobiliyati bor..
- Ha.shuning un bir zumda ortimda paydo bolgan ekanda- dedi Marinet
kulib.
- Ha.shunday, u seni chalĝitib turdi. Biz esa òtib ketdik yoningdan. Sen
esa shubhalanding.
- Ha buni qayerdan bilasan.
- Meni asosiy qobiliyatim fikrlarni òqiw, bowqa qobiliyatlarim ham bor
ekan, buni Xloya aytdi. U kelajakni kòradi. Lekin u hali qobiliyatini
bowqariwni yaxwi òrgangani yoq.
- Vaov har doimmi? Ya'ni u xohlasa har doim kòrgani amalga owadi
shundaymi?
- Yòq har doim ham emas. Chunki inson taqdiri òziga boĝliq. Xloya bizga
yònaliw beradi xolos.
- Hm...qiziq ekan.. Demak senda yana yawiringan qobiliyat bor. U
qobiliyatlar qanday..
- Bilmadim...balki zaharli qonni ham icha oliwdir- dedi ayyorona
jilmayib...
- Xloya kuchini bowqariwni òrganiwiga ancha vaqt kerak..chunki bu
osonmas.- dedi Adrien..
- Vampirlarni turlari kopmi..yani ular har hilmi-deb soradi Marinet...
- Ha albatta..vampirlarni turi juda kop...suv vampiri, yer vampiri va havo
vampiri...ucha oladigan vampirni havo vampiri dib ateymiz... Suv
vampiri esa suv jonzotlari bn oziqlanadi va har doim suvda
yawawadi...òlja topolmay qolgan kezlari hatto kemalarni ham
choktirishadi...ammo kamdan kam hollarda.. Yer vampirlari ham kop
turlarga bolinadi...ularni eng hayratlanarli vampirlar bu Sahro
vampirlari...ularni kuchi shundayki.. Shu payt ofitsanka kelib qoldi..
- Kechirasiz kafe yopilyapti..- dedi
Adrien hisobni toladi..ular kochaga chiqiwganda Marinet soatiga
qaradi...23:00
- Oʻhhoo..vaqtga qaramabizku... Ota onam ham havotir
oliwayotgandir.- dedi
- Unda seni balkoninga olib chiqib qoyaman...shunda ular seziwmaydi..
- Menimcha bowqa ilojimiz ham yoq...
Adrien Marinetni dast kotarib uyiga olib keldi.. balkonga bir sakrashda
chiqib oldi.. Tokchada esa...qip qizil atirgul turardi.. Marinet hayron
bolib
- Kechagi atirgulni sen olib kelmaganmiding..deb soradi..
- Yoq...toxtachi..bu yerdan ĝalati hid kelyapti...dedi
- Nimaligini man bilmiman..sahro vampirlari haqida nima
deyayotganding..
- Ha aytgancha...sahro vampirlari kunduzi quyowda yursa ham terisi
kuymaydi..endi bilgandirsan sahro va chollarda odamlarni jasadini topib
bolmasligini. Ular odamni tanasini ham yeb yubora oliwadi ...lekin san
havotir olma..ularga yomonlik qilmasan ular sanga tegiwmaydi..lekin
jahllari chiqguday bolsa ularni Volturilar ham tóxtata olmaydi.
-Volturilar?? Ular haqida ewitganman...nahotki bu rost bolsa...lekin
sahro vampirlariga qiziqib qoldim...ulardan taniwlaring bormi...yoki suv
vampirlaridan..eeey mani qiziqtirib qoyding ku..-Marinet yostiqqa
bowini urib
- Mana shu qiziquvchanliging bir kun bowinga balo bolmasaydi..-Adrien
Marinetni qiliĝidan kulib
- Ajab bôpti borim shu agar man bunday bólmaganimda. sen bn
dostlawmagan bolardim...
- Mayli man ketdim..san esa yotib uxla-Adrien shunday deb derazadan
sakradi..Marinet ortidan qarab qoldi.Divaniga yotdi..hich uyqisi kelmas
edi..hayotda bunday voqea bolsa kòzga uyqi kelarmidi...
Oradan 2hafta òtdi
Bu kunlarda Marinet va Adrien bir birlariga òrganib qoliwdi.har kuni
kunni birga òtkaziwardi..oralarida deyarli sir yoq edi...lekin Adrien ota
onasi haqida hech indamasdi..Mana bugun ham ular Luvr muzeyidan
birga qaytiwyapti.. Shu 2 hafta ichida Marinet har kuni deraza
tokchasidan atirgul olardi...lekin buni Adrien qoymasdi...Adrien unga
kunduzi pushti atirgul berardi...mana nihoyat ular Marinetni uyiga yetib
keliwdi.. Ular hayrlawiwdi...sehrli tun esa Parij kóchalariga kirgan
edi...Tong otdi... Marinet òrnidan turib, yuz qòlini yuvdi..kiyinib pastga
tuwdi..ota onasi kim bn dir gaplawiwar edi.. Marinetga bu ovoz unga
taniwdek tuyildi..va u kimligini biliw un mehmonxonaga kirdi.Nahotki
bu òsha..kozlari kòk, sochlari ham shunga monand va doim tozĝib
turadigan,
Bu yigitni ismi Luka edi.. Luka Marinet bilan bolalikdan dóst edilar. Luka
va Marinet anchagacha hol ahvol sórashishdi .
-Luka qaysi kollejga borasan?-dedi Marinet nonushta qiliwayotganda..
-Sen bilan bitta kollejdaman..Julika ham..
- Voy qanday yaxwi..iye 15daqiqada qolibdi..tezroq bormasak kech
qolamiz
-Yaxwi unda ketdik..
Ular birga kollej tomon ketishardi..Luka avvalgidek hushchaqchaq,
hazilkash, emasdi..nimanidir òylab ketardi..albatta da ota onasidan
bowqa yana hozir nimani òylash mumkin..u ota onasidan ayrilgandi.. bir
kunning ózida..
Birdan Luka sergak tortdi..va Marinetga qaradi..
-Marinet..men senga Xitoydan bir narsa olib keldim..qara..
U chontagidan bilaguzuk oldi..u antiqa edi..toshchalari bor..va
kumushdan qilingan
-Voy Luka..bu buncha chiroyli..rahmat senga..
-buni hech qachon yechma...mani dostim desang buni aslo
yechma..rahmatni esa keyinroq aytasan- dedi va Marinetni qòliga taqib
qoydi..
-Julikani òqiwiga yordam bera olasanmi..Marinet..
-Ha albatta..
-Egizak singlim bolsa ham xarakteri umuman bowqacha uni..tez
kayfiyati tuwadi..ota onamiz òlgandan keyin.òqiwga qiziqmay
qoydi..kollejga esa òzini chalĝitgani ertaroq boradi..ehh..
- Havotir olma..hammasi yaxwi bòladi..
-Ha umid qilaman..
Ular kollejga yetib keliwdi..
Marinetni begona yigit bn kelganini korgan Adrienni jahli chiqib
ketdi..Alya unga nimadir dedi..Adrien tinchlanib, xonaga kirib
ketdi...Yangi òquvchini oldida esa Alya paydo boldi..
- Salom xuw kelibsan..Luka Kuffen adawmadimmi?
Singlingni haliroq korgandim..u bn taniwib oldik..
- Ha ismim Luka..Marinetni bolalikdagi dostiman.
-E ha shunaqami. Marinet Ninoni ahvoli oğir kasalxonada yotibdi..uni
òrniga sen yordamchim bòlib turolmaysanmi...Nino qaytib
kelgunich..nima deysan..
-Ha..albatta ..lekin...eplay olarmikinman..
-Albatta eplaysan...qani yur senga fayllarni beraman- shunday deb u
Marinetni qòlidan ushladi...va birdaniga qolini tortib oldi...
- Sen...haligi...yaxwisi ortimdan yuraqol-shunday deb Lukaga qarab
xonaga kirib ketdi....
Sinfxonada Marinet va Luka birga kiriwdi...Adrien va Lukani kòzlari bir
biriga sòzsiz tikilib qoldi... Xloya Lukani korib jahli chiqib ketdi...Alya esa
nimadandir xavotirda...Marinet Adrienni oldiga ótirdi..Luka esa Julikani
oldiga...Ikkisi nimadir haqida gaplawib ketiwdi...Adrien salomlawiw un
Marinetni qòlini ushladi..va u ham shu zahoti tortib oldi...nimadandir
havotirlanib Marinetga hayrat bn qaradi..keyin esa uni qòlidagi kumush
brasletga kòzi tuwdi. Adrien brasletdan kòz uzolmay qoldi..
- Brasleting chiroyli ekan..
- Rahmat buni Luka sovĝa qildi..Xitoydan olib kelibdi.
- U seni yaqin dòstingmi?- Adrien Lukaga qarab oldi
- Ha..Alya aytdimi buni..- dedi Marinet jilmayib
- Yoq..Lukani fikrini òqidim..u shu haqida òylayapti ...
- Bowqalarni fikrini òqiw qiziq bòlsa kerak a...toĝrimi?- kinoya aralaw
kulib soradi Marinet..
- Balki..bazida odamlar shundey narsalarni hayollariga
keltiriwadiki...tasavvur ham qila olmaysan...
Dars tugagach Xloya òrnidan turib tawqariga chiqmoqchi
boldi...Lukani partasini oldidan òtib ketayotib unga shunday nafrat bn
qaradiki...buni bowqa òquvchilar ham sezdi...Xloya jahl bn qadam bosib
ewikni ochib tawqariga chiqib ketdi...ortidan Luka ham yugirib chiqib
ketdi..... Alya va Adrien bir biriga havotirli qarawib ularni ortidan
bormoqchi bolib turganda Marinet ,,men ham boraman .." dedi..Adrien:
- Yoq sen shu yerda aqilli qiz bòlib mani kutib turasan...undan ham
yaxwisi uyinga borgin tuwunarlimi...
- Yoq..Luka meni dostim demak man ham biliwim kerak nima
bolayotganini...
- Bilaman Luka seni dosting ammo hozi vaziyat ancha jiddiy...agar
gapimga kirmay ortimizdan borsang, qoningni zaharli boliwiga qaramay
ichaman sen qizni - Adrien shunday deb kòzini qisib qoydi..
Alya va Adrien holiroq joyga boriwdi..Marinet ularni kuzatib turdi..Alya
kuchi yordamida partal ochdi..Adrienni qolidan ushladi..partalga
kiriwayotganda Adrien Marinetga qarab ,, toĝri uyinga bor" ..dedi..va
Do'stlaringiz bilan baham: |