partal orqali qayoqqadir olib ketdi.
Bu yerda ortiq qola olmasdim. Chunki birinchidan chanqagandim,
kimnidir o’ldirishim turgan gap. Ikkinchidan bu yer boshqa
vampirlarning hududi ekan. bu bo’ritus yigitning ishi meni lol
qoldirgandi. Garchi uni o’ldirmoqchi bo’lsam ham u qasd olishni
istamapti. Sahroga qaytishim kerak. Lekin bu yerdagi bir bog’ni
ko’rmasdan uyga qaytolmasdim. Bog’ yopiq. Lekin bu men uchun
muammo emas. Bog’ga kirdim-u sevimli atirgullarim oldiga bordim. Bu
atirgullarga qararkanman yana U yodimga tushdi. Eng chiroyli atirgulni
uzdim va ortimga ham qaramay bog’dan chiqdim. Ko’cha bo’ylab sekin
huddi odamlardek ketdim. Atrofga qaradim. Odamlarni kuzatdim. Va...
nahotki.. yo’q.. bu bo’lishi mumkin emas.. yo’lning narigi tarafida bir qiz
hayolga berilib ketyapti. Uning yuzi, ko’zlari, sochlari ehhh xudoyim bu –
o’sha. Uning ortidan uyigacha kuzatib bordim. Bir ayol uni quchoqladi:
- Xo’sh Marinet yangi kollejdagi birinchi kun qanday o’tdi
-Ajoyib.. yangi do’stlar topdim
- Yaxshi bor kiyimlaringni almashtirib chiq. Ovqat tayyor.
Marinet.. uning ismi Marinet ekan.. u zinadan tepaga chiqib ketdi.
Qo’limdagi atirgulning derazasiga qo’yib qo’ydim.. u atirgulni ko’rdi,
albatta hayron bo’ldi. Uni endi unita olmayman.. uni yana ko’rgim
kelyapti. Qanday bo’lmasin yana Parijga borishim kerak. Lekin opam bu
haqida bilib qolsa.. buni hattoki o’ylashga ham qo’rqaman... uni yana
yo’qotishdan qo’rqaman.
2 - may ..
Erik kundaligini yopib chuqur xo’rsinib qo’ydi. Bir payt eshik taqilladi..
- Kim u? Kiring – Erik kundaligini tortmasiga yashirib qo’ydi.
- Qo’lida yana oltin patnis, patnisda tilla qadah, qadah to’la qon bilan
Zubeyra xonaga kirib keldi. Uni ko’rib Erikning qovog’ini uyib oldi.
Zubeyra indamay patnisni stol ustiga qo’ydida, chiqib ketmoqchi bo’ldi.
- To’xta! - Erikning ovozi qat’iy chiqdi. – hali bo’lgan voqea uchun meni
kechir. O’zimni tuta olmadim
- Siz ham meni kechiring. Sizga bo’lgan hislarim uchun meni kechiring.
Allaqachonlar o’lib ketgan odamni haliyam unita olmayotganingiz
uchun ham meni kechiring – Zubeyraning ko’zlari yana yoshlandi.
- Zubeyra, iltimos chiqib ket!!!
- U o’lgan, eshityapsizmi o’lgan. U endi qaytib kelmaydi. Umuman
qaytib kelmaydi. Uni qachon unitasiz – Zubeyra o’tinch bilan baqira
ketdi
- Yo’qol, Ko’zimga ko’rinma!! – Erik patnisni Zubeyraga otib yubordi.
- Bu yerda nimalar bo’lyapti – xonaga Malika Lila kirib keldi.
- Opa? Nahotki Siz taxtingizni yolg’iz qoldirib kelgan bo’lsangiz? –
istehzoli dedi Erik
- Narsalarni olda, yo’qol!! – Malika Lila Zubeyraga jahl bilan buyruq
berdi.
Zubeyra yerda yotgan idishlarni olib xonadan chiqib ketdi, ammo
ohistalik bilan eshik oldida gap poylay boshladi. Zubeyra chiqib ketgach,
malika Lila chuqur xo’rsinib stulga o’tirdi.
- Iye... Qudratli malikamiz bugun boshqachami? Hech qachon kirmagan
xonasiga kiribdi. Mana endi oddiy tosh stulda o’tiribdi...
- Erik bas qil! – malika Lila keyin yonidan joy ko’rsatdi. – Erik, ukajonim.
Senga ham e’tibor bermay qo’ydim. Bu ham yetmagandek senga
xizmatkordek muomilada bo’lyapman.
- Opa nimalar deyapsiz? Qo’ysangizchi sizga bunday gaplarni gapirish
yarashmas ekan.
- Erik, Zubeyraga nega jahl qilganingni bilaman. Haliyam uni unita
olmayapsan a.. shuncha yillar o’tgan bo’lsa hammi?
- Iltimos insonlarga o’xshab bo’lib o’tgan ishlarni eslatmang.
- Insonlar bir birlariga qilgan xatolarini eslatadilar
- Xo’p mayli oldimga nega keldingiz? Bekordan bekorga sevimli
taxtingizdan tushmaysiz. Taxtingizdan tushibsiz, oldimga kelibsiz demak
o’ta jiddiy ish bor shundaymi? Hatto suv vampirlarini oldiga
jo’natayotganingizda ham oldingizga chaqirgandingiz
- Qoyil qolish kerak senga. Sevimli ukajonim sevimli opasini harakterini
juda yaxshi biladi. Yana 1 ishni o’ylab qoldim. Eshitishimga qaraganda
Parijda sehr – jodu va turli hil mahluqotlar haqida qudratli kitob bor
ekan. Unda eng qadimiy afsunlar ham yozilgan ekan. uni topish kerak. –
buyruq ohangda gapirdi Lila
- Demak meni Parijga jo’natmoqchi ekansiz da – dedi Erik quvonchini
zo’rg’a yashirib
- Yo’q ukajonim.. birga ketamiz!
- BIRGA!!?? – Erik baqirib yubordi.
- Ha, muammo bormi?
- Ammo.. ammo ..lekin opa siz ketsangiz bu yerda biror bir gap bo’lib
qolsa chi?
- Sen mendan biror narsani yashiryapsanmi? – malika Lila Erikning
ko’zlariga qarab
Erik ko’zlarini olib qochib:
- Albatta yo’q. Shunchaki bu yerdagi holatdan habardor bo’lib turaylik
degandim. Bilasiz, qullar konda ishlashyapti . agar qidirayotgan
narsamiz topilgudak bo’lsa o‘g’irlatib qo’ymaylik deymanda.
- Bunisidan havotir olma. Zubeyrani o’rinbosar qilib ketamiz.
Eshik ortida haliyam gap poylab turgan Zubeyra bu gapdan keyin
qo’lidagi patnisini tushirib yuboray dedi.
- Aynan Zubeyra deganingiz menga yoqmayapti.
- Erik o’tmishni unut. Va kelajak sari intil. Narsalaringni yig’ishtir.
Ertagayoq Parijga jo’naymiz.
Zubeyra qo’lidagi narsalarni mahkam ushlagancha xonasiga yugirib
ketdi.
PARIJ ...
Janob Gabriel bilan qandaydir kitoblar liq to’la xonada o’tiribman.
Bo’lgan voqea uni asabiylashtirib qo’ygandi. Xatto meni Adrien bilan
ham ko’rishtirmayapti. Yo meni ulardan yoki ularni mendan asrayapti.
Xloyani devorga qanday uchirib yuborganimni eslay olmayapman.
Aksiga olib qulog’imga g’alati ovozlar eshitilyapti.. qizlarni yig’lamsirab
pichirlashlari, hattoki tushlarimgacha kirib chiqyapti. Oyim bilan
dadamga Alya imtihonga tayyorlanayotganimiz haqida xabar yuboribdi.
Bechora ota onam bunga ishonishdi. Deyarli 3 kundan beri xonadan
chiqmayapman. Juda zerikdim. Hech bo’lmasa Adrien kirganda ham
bo’lardiku. Nihoyat tushlik mahali Janob Gabriel kutibxonadagi chetida
qizil yoqut tosh qadalgan kitobni olib keldi. U kitobni shiddat bilan
ochar va xuddi xazina topgandek :
- Topdim!!! – deb qichqirdi.
Keyin esa hammani mehmonxonaga yig’ilishini buyurdi. Men esa
haliyam xonada o’tirardim. Shu payt eshik taqqillab Alya kirib keldi.
- Taqillatmasdan portal ochib kirsang bo’lardiku- dedim kinoya aralash
hazil qilib
- Eh.. Marinet. Buni qancha kuch talab qilishini bilmaysanda – keyin esa
qo’lidagi sumkani menga berdi – bu senga kiyinib mehmonxonaga tush.
Iloji boricha tezroq.
Alya qanday tezlikda kirgan bo’lsa shunday tezlikda chiqib ketdi.
Sumkani ochib hayratda qoldim. Ichida o’rta yoki undan ham oldingi
asrlardagi ko’ylak. Yengi uzun. Etagi ham uzun va keng. bel qismigacha
qora, etagi qizil rangdagi ko’ylak antiqa bo’lsada menga yoqdi. Kiyinib
sochimni tarab tepaga yig’dim va oynaga qaradim. Xuddi o’rta asr
grafiniyalariga o’xshab qolgandim.
- Bu ko’ylak senga yarashdi. Ochilib ketibsan - dedi yigit kishining
yoqimli ovozi
Atrofga qo’rqib qaradim ammo hech kim yoq. Yana qulog’imga ovoz
eshitildimikan.
Zinadan tusharkanman qulog’imga qiz bolaning yig’lamsirab :
- Siz men uchun qadrlisiz – degan ovozi eshitildi
Bu ovozlar qulog’imda emas miyyamga eshitilayotganidek edi. Boshim
qattiq og’rir azob berardi. Boshimni changallab zinaga o’tirib oldim
- Senga nima bo’ldi? – Adrien oldimda paydo bo’ldi. Uning qo’rqib
ketganini ovozidan ham bilsa bo’lardi
- Hech narsa boshim og’riyapti – dedim jilmayishga harakat qilib
U meni dast ko’tarib oldi va mehmonxonaga olib kirdi. Unga brasletim
zarar bermayaptimikan deb o’ylab brasletimga qaradim. Ammo
bilagimda brasletim yo’q edi.
Agrestlar mening ahvolimni ko’rib o’rnilaridan turishdi.eng ajablanarisi
ularning orasida Luka ham bor edi. Hammasi hayajonda edi. Ular men
ularnikiga birinchi kelgan kunimda ham bunchalik hayajonlanmagan
edilar.
Birdan boshimdagi og’riq to’xtadi. Taxminan oʻn daqiqacha Xloyadan
boshqa hamma mendan xol ahvol so’rashdi. Ularga javob beryapmanu
ko’z qirim bilan Xloyaga qarab qo’yardim . uning yuzini hissizlik qamrab
olgandi.
- Marinet Axvoling rostan ham yaxshimi? – so’radi Luka 10-marta
- Ha shunchaki boshim og’ridi xolos
- Faqat shumi boshqa narsa bo’lgani yo’qmi?- dedi Gabriel sinchkov
ohangda
- Haligi... dedim nima deyishni bilmay
- Marinet bizdan hech narsani yashirma – Emily xonim muloyimlik bilan
- Faqat qulog’imga har xil ovozlar eshitilyapti. Xuddi bu ovozlar tashqi
olamdan emas, miyamdan kelayotgandek
- Shunaqa degin – Janob Gabriel o’rnidan turib qo’liga yoqut toshli
kitobni oldi – hammangizni bu yerga yig’ishimdan maqsad. Marinet
o’zgacha qiz
- Shoshmang o’zgacha deganingizda nimani nazarda tutyapsiz – dedi
Luka va qo’limdan ushlab oldi
- Bu Adrienning g’ashiga tegdi, darhol Luka va mening o’rtamizga
o’tirib oldi.
- Marinet rostan ham o’zgacha. Marinet nechi yoshga kiryapsan? – deb
so’radi Janob Gabriel
- Oʻn toʻqqizga, yaqinda tug’ilgan kunim
- Mana shuning uchun ham shunday bo’lgan
- Ochiqroq gapisangizchi hech narsaga tushinmayapman. – Adrien
menga havotirlanib qaradi.
Janob Gabriel kitobni ochdi. Ichida bir qizning aniqroqg’i mening
rasmim bor edi. Kitobdagi rasmda qandaydir boshqacha holatda
turardim
- Marinetni rasmini nega kitobga chizdingiz – hayrat bilan so’radi Luka
- Bu Marinet emas, bu qiz – Mariyanna Salvadora
- NIMA??!! – hamma hayrat bilan baravariga baqirib yubordi.
Men ham hayratda edim. Janob Gabriel esa davom etdi :
- Mariyanna Salvadora birinchi quyosh tumori vorisi. Ancha asrlar avval
bedarak yo’qolgan.
Men o’rnimdan turib kitobni qo’lga oldim. Lekin yana boshim aylanib
ko’zlarim tina boshladi. Adrien darhol meni ushlab oldi. Ko’zimga har xil
manzaralar ko’rina boshladi.
********
Katta qasrdek uy... hovlisida 11ta qiz kulishib kashta tikishyapti.
Boshqalarga nisbatan kichkina sochlari kaltagina qiz o’rnidan turib
yugirib uyga kirib ketdi. Nimadir uning ortidan yurishimga majburladi.
Qiz yugirib 2-qavatga chiqdi. Naqshlar o’yilgan yog’och eshikni
taqillatmasdan ochib kirdi. Deraza tokchasida o’g’ilbolacha kiyingan,
uzun sochlari yoyilgan qiz dengiz tomonga qarab o’tirardi.
- Mariyanna – deb qichqirdi qiz
- Tokchada o’tirgan qiz tars o’girildi. U xuddi menga 2tomchi suvdek
o’xshardi.
- Rose, nechi marta aytishim kerak orzu qilayotgan vaqtimda xalaqit
berma
- Mariyanna sizga buni olib keldim – qiz qo’lidagi quyosh tasviri
tushirilgan kashtani 2-Menga uzatdi – qarang, buni tikayotganimda
hayolimga siz keldingiz
- Rose ovora bo’libsan. Meni deb qiynalib tikishing shart emasdi.
- Siz men uchun qadrlisiz – qiz yig’lamsirab.
Demak hali shu qizning ovozini eshitibmanda.
Bir zumda hammasi ko’zdan yo’qoldi. Tasvirlarni qora tutun uchirib
yuborgandek bo’ldi. Qora quyun girdobdek meni o’ziga tortib ketdi.
Qancha vaqt hushsiz yotganimni bilmayman. Ko’zlarimni ochganimda
hashamatli taxt xonasida yotardim.
- Seni qayta ko’rganimdan xursandman Mariyanna!
Jarangdor bu ovoz qayerdan kelayotganini bilmasdim. Birdan atrofimda
qora tutun o’rmalashdi. Tutun taxtga uchib borib ko’rkam va kelishgan
yigit qiyofasiga kirdi.
- Siz kimsiz? – qo’rquv va hayratdan tilim aylanmasdi.
- Nahotki eslay olmasang!? Mariyana meni unutdingmi?
- Ismim Marinet.
- Bu hozirgi hayotingdagi isming
- Hozirgi hayot??? – ajablanib so’radim
- Rostan ham meni tanimadingmi? Men Qora Iblisman
- IBLIIIIS – baqirib tashqariga yugirmoqchi edim oyoqlarim o’zimga
bo’ysunmadi. Yiqildim
- Hafsalamni pir qilyapsan Mariyana yog’e isming Marinet edi a. O’tgan
hayotingda juda jasur va hech narsadan tap tortmaydigan qaysar qiz
eding.
- Menga nima bo’lyapti. Iltimos meni qo’yib yuboring
- Yaxshi qo’yib yuboraman. Lekin va’dang nima bo’ladi?
- Qanaqa va’da. Men sizni tanimayman.
- O’tgan hayotingda mendan olgan Quyosh tumori va uning evaziga olib
kelib beradigan oy tumori... endi esinga keldimi?
- Yo’q. Men sizdan hech narsa olmaganman.
- Agar tumorlarni qaytarsang seni boshqa bezovta qilmayman.
- Men sizdan hech narsa olmagan bo‘lsam qanday qaytaraman axiiir. .
Lekin agar boshimdagi og‘riqlar yo‘qolishiga vada bersangiz... men ham
harakat qilaman. Lekin.. o’tgan hayotimdan hech narsani eslay
olmayapman.
- Senga men bilan bo’lgan xotiralaringni ko’rsata olaman xolos.
Ikki soat ichida Qora Iblis Marinetning xotirasiga o’tgan hayotidagi
suhbatlarini joyladi..
- Endi ket .. lekin bu hayotingda va’dangni bajar.
- Yana ko’zlarim og’irlashib ketdi. Uyg’onganimda mehmonxonadagi
divanda yotardim. Kresloda Kagami kitob o’qib o’tirardi.
- Salom - dedim
U hiyol menga qaradi:
- Oddiy odamlarni bunchalar uyqichiligini bilmagan ekanman. O’ziyam
bir kun uxlading
- Bir kun.. nahotki. Rosa mazza qilibmanda unda – deb kuldim –
qolganlar qani?
- Janob Gabriel va Emiliy xonim uyinga ketishdi. Ota onangga soxta
xotira joylagani. Alya Ninoni olib kelgani ketdi u tuzalibdi. Xloya
xonasida. Adrienni qayoqqa ketganini bilmadim.
- Xloya xonasidami? – dedim xavotir bilan
- Yana uning oldiga chiqaman dema! Sizlarni ajratmayman,
urishishingizni jim tomosha qilaman. Har qalay qiziq bo’lsa kerak a ?
Mehmonxona eshigi ochilib, Adrien keldi. Ko’zlari g’amgin..
- Nima bo’ldi ? – dedim o’rnimdan turib
- Hech narsa..- u xonasiga chiqib ketdi.
- Aniq bir nima bo’lgan. Uning ortidan xonasiga chiqdim.
- Adrien bilaman. Mendan havotirdasan, lekin shunday vaziyatda
mendan qochma, yonimda tur
U jilmayib qo’llarimdan tutdi.
- Men har doim sen bilanman. O’zing ket demaguncha oldindan hech
qayoqqa ketmayman. O’ylanayotganimni sababi esa.. Nyu- Yorkda
qandaydir ovchi paydo bo’libdi. U ovchidan hech qaysi vampir qocha
olmas ekan. ancha vampirlarni qirib tashlabdi. - VamNew da shunday
yozilgan ekan.
- VamNyu nima?
- Vampir Yangiliklari!
- Hali vampirlarning ham jurnallari bormi? – men handon otib kuldim.
- Ortinga qara – u xuddi erkalagandek mayin ovozda
O’girilsam eshik oldida qora mushukcha jurnalni tishlab biz tomonga
olib kelyapti.
- Bu Plag. Bolaligimda ko’chadan topib olgandim. – deb mushukchani
boshini siladi va jurnalni olib stol ustiga qo’ydi. Endi yur hamma pastda
ikkimizni kutishyapti.
Mehmonxonada Emily xonim janob Gabriel Luka Kagami va Julika
o’tirardi. Julika meni ko’rib o’rnidan sakrab turdi.
- Marinet! Seni sog’ ko’rganimdan xursandman. Bo’lgan voqealarni
eshitib biram qo’rqib ketdim.
- Xavotir olish shartmas, axir oldimda himoyachilarim bor. Aytgancha
yasab bergan brasletingni yo’qotib qo’ydim, kechir meni.
- Braslet yo’qolmagan, unga to’liq unsur qo’shmaganim uchun
parchalanib ketgan. Qo’yaver boshqasini yasab beraman. Lekin
menimcha endi senga brasletning keragi bolmasa kerak.
Shu payt zinadan baland poshnasini taqillatib Xloya tushib keldi. U
indamasdan Emily xonimni oldiga o’tirdi. Partal ochilib Alya paydo
bo’ldi.
- Ninoni uyiga olib borib qo’ydim. Ertaga kollejga boradigan bo’ldi. –
dedi jilmayib
Janob Gabriel o’rnidan turdi va :
- Men barcha kitoblarni qarab chiqdim. Afsonalarga ko’ra Mariyanna
Salvadorada Quyosh tumori bo’lgan, Oy tumori esa qadimgi Tvelsiya
malikasi Laylada keyinchalik esa uning ukasi Erikda bo’lgan, Oy
tumoridan ko’proq Erik foydalangan. Lekin oddiy odamlar kitoblarida
ular haqida hech narsa yozilmagan. Mariyana Salvadora va shahzoda
Erik o’rtasida ko’p ziddiyatlar bo’lgan. Mariyanna Salvadora shahzoda
Erikning 11ta aka ukasini o’ldirgan. Shahzoda Erik va malika Layla
kòplab vampirlarni yaratishgan. Boshqa biror ma’lumot yo’q. Menda
esa ko’plab savollar tug’ildi. Nega Mariyanna Salvadora va shahzoda
Erik o’rtasida urishlar bo’lgan? Nega Erikning aka ukasini o’ldirgan?
Malika va shahzoda qanday vampir bo’lishgan ya‘ni ularni kim
aylantirgan? Sehrli tumorlarni qayerdan olishgan va hozir ular qayerda?
Mana shu savollarga javob topsak Marinetning muammosi ham hal
bo’ladi. Marinet ota onangdan havotir olma ular endi seni eslay
olishmaydi
- Demak endi ota onam xavfdan holi.. bundan xursandman. Endi nima
qilamiz?
- Yaxshi savol. Har doimgidek kollejga borasan. Julika va Luka sendagi
kuchni boshqarishni o’rgatishadi. Adrien ikki kundan so’ng tumorlarni
qidirgani yo’lga tushadi. Men va Emily esa yana ma’lumot axtarib
ko’ramiz. Xloya Alya Nino va Kagami seni xavfsizligingni ta’minlashadi.
- Nega men? – Xloya va Kagami birdaniga gapirishdi.
- Har holda Xloyani bashoratidagi iblis qiyofali mahluq kimligini
bilmaymiz. U istagan paytda paydo bo’lishi mumkin. U qanday kuch
qudratga egaligidan ham bexabarmiz. Marinetni hayoti uchun endi
sizlar javob berasizlar – Janob Gabriel qo’li bilan Xloya va Kagamiga
ishora qildi.
- Bir kami endi unga soqchilik qilishim qolgandi – deb Xloya zarda bilan
xonasiga chiqib ketdi. Kagami esa mamnun jilmayib:
- Yaxshi ammo Marinet ham o’zini o’zi himoya qilishni o’rganishi kerak.
- Albatta! - dedi Gabriel
- Janob Gabriel – dedim unga yaqinlashib – maylimi men ham Adrien
bilan ketsam..
- Nega? – hayron so’radi
- Bilasizmi... o’tgan hayotim juda sekinlik bilan tiklanyapti. Agar u bilan
ketsam, balki tumorlar qayerdaligini eslarman
- Yaxshi.. bu haqida keyinroq bafurja gaplashamiz. Endi esa bor.. dam
olgin..
FLORENSIYA..
Samolyot aeroportga qo’ndi. Samolyotdan kalta yubka va olovrang
futbolka kiygan qiz uning ortidan esa ko’k jinsi va oq futbolka kiygan
yigit tushdi..
- Bir yo’li Parijga borsak bo’lmasmidi – dedi Erik norozi ohangda
- Shoshma sabrsiz, avval soxta hujjatlarni to’g’irlab olaylik. Florensiyada
eski tanishim bor. U yordam beradi.
Toʻrt soatdan keyin soxta hujjatlarni olib yana aeroportga qaytishdi.
- Menga boshqa ism qurib qolganmidi? – norozi ohangda to’ng’illadi
Erik- Filipp Rossi . shunaqayam ism familya bo’ladimi?
- Bas qilsangchi, diydiyoying jonimga tegdi. Nima bo’libdi Flipp yaxshi
ism. Qolaversa endi ismimiz bir biriga o’xshash. Mening ismim endi
Fiona Rossi. Endi esa Parijga olg’a.
- Chindan ham kitobni topishimizga ishonchingiz komilmi?
- Ha.. nimadir meni Parijga borishga majburlayapti. Bu men uchun
yaxshi alomat.
- Unda mayli..
,, Nima qilib bo’lsa ham bu safar Mariyannani xavfdan himoya qilishim
kerak. Aytgancha endi u Marinet” deb ichida o’yladi Erik..
********
PARIJ...
Ko’zlarimni ochganimda Agrestlarni uyidagi men uchun ajratilgan
hashamatli xonasida yotardim. Oynali javonda yiltiroq oq quti tovlanib
turardi. Qiziqib ochdim. Ichida yangi qaymoqrang ko’fta va yubka bor
ekan. yonida esa kichik xat ham ko’zga tashlandi.
,, Hayron bo’lma bu seni yangi fo’rmang, eskisi didimga yoqmadi.
Tezroq kiyinib pastga tush!
Alya”
- Ha unga biron nima deyish qiyin. Ochig’i bu kiyim menga yoqdi. Alyani
didi judayam nozik, xuddi Emily xonimdek.
Kiyinib pastga tushsam, stol ustida ikki kishilik nonushta.
- Sendaqangi uyqichini umrimda ko’rmaganman. Tezroq kel. Nonushta
qilib kollejga boramiz – deb ortimdan Kagami paydo bo’ldi.
- Qolganlar qani?
- Ular Gabriel amakimni xonasida.. oilaviy majlis bo’lyapti..
Yarim soat jimjit o’tgan nonushtadan so’ng Alyaning mashinasida
Adrien Kagami Xloya va men kollejga ketdik. Yetib kelsak darvoza
oldida bir yigit va qiz turardi. Ko’rinishidan bu yerlik emas. Demak yangi
o’quvchilar. Xloya ular tomon bormoqchi edi, ammo Adrien uning
qo’lini mahkam ushlab oldi. Alya darrov mashidandan tushib ularning
oldiga bordi. Yigit mashinaning oynalariga zimdan qaradi. Menimcha u
kimnidir qidirardi. Qiz ham mashina tomon o’girilmoqchi edi lekin yigit
uning yelkasidan ushlab ichkariga olib kirib ketdi. Biz ham mashinadan
tushib Alyadan ular kimligini so’rash uchun shoshildik. Yigitni men
qayerdadir ko’rganman. Uning qarashi...
- Ular kim ekan? – deb so’radi Adrien Alyaga jilmayib
- Florensiyalik opa uka ekan. ota onasi o’lgach bor narsalarini sotib bu
yerga kelishibdi. Xullas boyvachcha merosxo’rlar
- Sizlarni bilmadimu lekin menga ukasi yoqdi – deb kuldi Kagami – ismi
nima ekan?
- Senga ham yoqadigan yigit bor ekanmi? – deb Alya unga tegishdi –
ismi Filip Rossi, opasi Fiona Rossi. Filip bizni guruhda o’qirkan.
- Afsus men boshqa guruhdamanda. – deb yasama hafa bo’ldi Kagami
- Bas qilinglar valaqlashni, turaveramizmi shunday, ketdik dars
boshlandi – deb norozi ohangda to’ng’illadi Xloya
Adrien va Alya bir biriga ma’noli qarab olishdi. Xonaga kirib
Adrienning yoniga o’tirdim. Filip esa Xloyani yoniga o’tirdi. Xloya unga
shunday qaradiki, boshqasi bo’lganda qo’rqib qochib ketardi. Filip Xloya
bilan bir narsalar haqida gaplashib ketishdi. Adrien xavotir bilan ularga
qarab qo’ydi. Birinchi dars muaffaqiyatli tugagach Xloya Alyani oldiga
bordi. Ular juda sekin deyarli pichirlab gaplashishardi. Ora orada Filip
menga qarab qo’yardi. Keyin esa Filip va Xloya bir biriga ishora qilishib
sinfdan chiqib ketishdi. Alya havotirlanib tezlik bilan bizni oldimizga
keldi
- Esladim! – deb baqirib yubordi
Boshqa o’quvchilar ham biz tomonga qarab qolishdi. Alya men va
Adrienni qo’llarimizdan ushlab tortqilab tashqariga olib chiqib ketdi.
- Ninoni qanday qilib kasalxonaga tushib qolganini so’raganding –
tashqariga chiqqanimizdan keyin Alya Adrienga qarab dedi – o’shanda
mashina urib yubordi degandim.. kechir seni aldagandim... uni mashina
urib yubormagandi
- Nima?? – Adrienni jahli chiqib ketdi- nimalar deyapsan?
- Unga o’zga yerlik vampir hujum qilgandi.. o’shanda juda qorong’u edi.
Uni yaxshi ko’ra olmagandim... endi esladim..o’sha vampir bu Filip
- Darhol Xloyani topishimiz kerak. Unga ziyon yetmasligi kerak.
Kollejni barcha xonalarini, zallarni qarab chiqdik ammo hech qayerdan
ularni topolmadik. Adrien havotirdan qo’llari qaltiray boshladi.
- Alya darhol Kagami yoki Lukani olib kel. Ularning is olishi biznikidan
yaxshiroq.
- Nega o’zing bo’ritusga aylanib qo’ya qolmaysan? – Alya qoshlarini
chimirib
- Bo’ritusga aylangach g’azabimni boshqarishim qiyin bo’ladi.. kimgadir
ziyon yetkazishni istamayman.
Alya partal ochib bir zumda g’oyib bo’ldi.
- Havotirlanma Adrien uni topamiz – dedim yelkasiga qo’limni qo’yib
- Xloya o’z singlim bo’lmasada tug’ishgandan aziz menga
Do'stlaringiz bilan baham: |