Sehrli-parij pdf


partal ochsa 1 kun to’yib uxlashi va yaxshigina oziqlanishi kerak.  Keyin



Download 329,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana11.01.2022
Hajmi329,28 Kb.
#340986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sehrli-parij


partal ochsa 1 kun to’yib uxlashi va yaxshigina oziqlanishi kerak.  Keyin 
bu yerdagi holatdan ham kimdir axborot berib turishi kerak..
-Endi  qachon yo’lga tushamiz? 
-Sog’ayishing bilan!
                         IZOLYATOR XONA
-Hoy! Hoy kimdir meni eshityaptimi? – Layla jahl bilan baqirdi
-Nima deysan? – deb Alya qafasning oldida paydo bo’ldi
-Hoziroq meni chiqarib yubor!
-Yana nimani istaydilar – dedi Alya ta’zim qilib, keyin uning ko’zlari 
g’azabdan qisildi – sen tufayli Marinetning o’lishiga bir bahya qoldi.. 
-Hoziroq eshikni och! Senga ziyon yetkazmoqchimasman. 
-Hazillashyapsanmi? Qafasda turgan menmas sen. 
 - Uff.  Boshqa vaziyat bo‘lganida aslo bu ishni qilmagan bo‘lardim.. - 
dedi Layla g‘azablanib - qizaloq menga bir nazar sol... 
 Alya Laylaga qaradi. Laylaning yoqutdek qizil ko‘zlari Alyani 5 soniyada 
gipnozladi.
- Alya eshikni och! - buyurdi Layla
- Albatta malikam!! - Alya eshikni ochdi. Endi Alyaning ko‘zlari   
siyohrang tusga kirgandi. 
- Alya ukam Filip qayerda? - dedi Layla


- Filip Agrestlar uyida, malikam! - dedi Alya uning ko‘zlaridan ko‘z 
uzolmay
- Barakalla - deb Layla Alyani bo‘yniga zarba berib xushidan ketkizdi. Uni
qafasga olib kirib zanjirladi va eshikni mustahkamlab qulfladi. 
- Afsusdaman Alya sehrli gipnozim 1 daqiqadan oshmaydi. Yo‘qsa 
sendan yaxshi xizmatkor chiqardi- deya Agrestlar uyi tomon yo‘l oldi. 
                                      ******
                           AGRESTLAR UYI...
  - Marineeeet agar 2 daqiqada tayyor bo‘lmasang sensiz ketamiz - deb 
Marinetning xonasini taqillatdi Adrien
   - Hozir 1 daqiqa!!! - baqirdi Marinet.
  - Qizlarning bari shunday havfli sayohatga ketishayotgan bo‘lishsa ham
pardoz qilmay uydan chiqishmaydi - dedi Erik
 - Nega barchasi ekan. Masalan men hammadan birinchi tayyor 
bo‘lganman - dedi Kagami 
Kòp o‘tmay vanihoyat Marinet ham xonasidan chiqdi. Ustiga sayohat 
uchun Emily tanlagan kiyimi, sochlarini esa tepaga yig‘ib olgandi.
- Hammangizga omad tilaymiz! - dedi janob Gabriel uyni tark 
etishlaridan avval - izlagan narsangizni albatta topishingizga 
tilakdoshmiz. 
- Nima bo‘lganda ham o‘zingizni ehtiyot qiling - deb Marinetni bag‘riga 
bosdi Emily 
- Xloya ko‘rinmaydi? - dedi Kagami


- U hayrlashishni yoqtirmaydi - dedi Nino 
- Safaringiz bexatar bo‘lsin. Har kuni aloqaga chiqinglar - deb 
xayrlashuvni tugatdi janob Gabriel
                    ******
- Kimdir menga aytolmaydimi? Nega samalyotda emas, vertolyotda 
emas.. va hattoki poyezdda ham ketmasdan nega mashinada ketyapmiz
- deb baqirdi Marinet sayohatning 2-kunida...
- Mari biz samalyotda o‘zimiz istagan joyga qo‘nolmaymiz.  Qolaversa 
mashina qulay ko‘pchilik orasida siqilmaymiz - dedi rulda o‘tirgan 
Adrien
- Yaxshi unda qayerga ketyapmiz buni ham aytmaysizlarmi? - deb 
tevarak atrofdagi o‘rmonzorga qaradi Mari
- Agar yo‘ldan  adashmayotgan bo‘lsak hademay ko‘lga yetib boramiz 
shundaymi Erik? - deb yonida o‘tirgan Erikka qaradi Adrien 
- Albatta lekin suv vampirlari muqom bir joyda yashamaydi.  Sharoitlari 
yoqmadimi boshqa yerga ko‘chib ketishadi. 
- Suv vampirlari bilan tezroq ko‘rishishni  istardim. - dedi Marinet 
sevinganidan
- Sen ularni suv parilari bilan adashtirib yuborma tag‘in. Suv 
vampirlarining ko‘rinishi umumman boshqacha - dedi Erik 
- Ya'ni qanday? - dedi Marinet unga qarab
- Ko‘rganda bilasan. Aytishadiku ming marta eshitgandan bir marta 
ko‘rgan yaxshi deb.. - dedi Erik unga mashina oynasidan tikilib..


Buni sezgan Adrien mashina oynasini burib qo‘ydi.  Ko‘p o‘tmay 
o‘rmondan chiqaverishda ular ko‘lga duch kelishdi. Ko‘l suvlari tiniq, 
quyosh nurida xuddi oltindek tovlanardi. 
- Menimcha biroz dam olsak zarar qilmaydi - dedi Erik
- Menimcha esa tezroq suv vampirlari bilan uchrashishimiz kerak - dedi 
Adrien ko‘lga qarab.
- Menimcha esa ikkingiz ham ov qilib olishlaringiz kerak. Axir 2 kundan 
beri ovga chiqmadingiz  - dedi Kagami
Adrien va Erik o‘rmon ichiga qaytib kirib ketishdi.  Kagami va Marinet 
esa ko‘l bo‘yiga shinamgina joy hozirlashdi. Yarim tun bo‘lsa hamki 
Erikdan ham Adriendan ham darak yo‘q edi. To‘lin oyning aksi ko‘lning 
o‘rtasida tovlanganida atrofdan yoqimli nay ovozi eshitila boshladi. 
- Kagami sen ham eshityapsanmi? - deb so‘radi  Marinet Kagamiga 
qarab. Kagamiga qaraganda esa qo‘rquvdan chinqirib yuboray dedi.
Kagamining ko‘z qorachig‘lari oqarib manqurtdek ko‘l tomonga yurib 
keta boshladi. 
- Kagami to‘xta qayoqqa ketyapsan? - deb Marinet uni ushlab 
qolmoqchi edi ammo Kagami uni urib nariroqqa otib yubordi. 
Shu payt kólda suvlari jilvalanib nay chalayotgan qizning sharpasi 
kórindi.   Qiz nayda juda chiroyli va sokin kuyni chalar ekan, Kagami 
tobora ko‘lga sho‘ng‘ib ketaverdi. Soniyalar o‘tmasdan undan nom 
nishon ko‘rinmasdi. Marinet o‘rnidan turib nay chalayotgan qiz tomon 
yaqinlashdi. Uni ko‘rgan qiz nay chalishni to‘xtatdi. .


- Judayam qiziiiiq - dedi u Marinetga biroz yaqinlashib, xidladi - sen 
bo‘ritus emassan.. qiziiq. . Hatto oddiy odam ham emassan.. sendan 
vampir ifori ham kelmayapti.. qanday jonzotsan o‘zi??!
- Men insonman - dedi Marinet qizga boshdan oyoq razm solib.
Qiz o‘rta bo‘ylik, nozik qomatli, sutga chayilgandek oppoq yuzli va tan 
olish kerakki juda ham go‘zal.. uning oy nurida tovlanib turgan ko‘zlari 
kumushrangda sochlari ham shunga monand.. bu qizning g‘ayrioddiy 
jihatlari esa quloqlari va oyog‘ida edi.  Qizning quloqlari uzunchoq va 
antiqa shaklda xuddi elflarniki singari.. oyoqlari esa suv yuzida yerda 
yurgandek bemalol harakatlanardi.
- Yo‘q sen aldayapsan.. men yolg‘onchilarni yoqtirmayman.. to‘g‘risini 
ayt sen kimsan?? - dedi qiz unga yanada yaqinroq kelib
- Aytyapmanku men oddiy insonman.. endi esa o‘zlaridan so‘rasak kim 
bo‘ladilar??
- Mening ismim Sirena. Suv vampirlari malikasiman.
- Suv vampirlari malikasi!! - hayratlandi Marinet - Kagamini nima 
qilding? 
- Anavi bo‘ritusnimi? Havotirlanma u oziq ovqat omborimga 
joylashtirildi.. - dedi Sirena mayin jilmayib
- Aytmoqchisanki...
- Ha uni yeyman. Aniqrog‘i qonini ichaman.. bo‘ritus qoni nihoyatda 
mazali bo‘ladi. Lekin sen undan emas o‘zingdan  havotir olishing kerak - 
deb Sirena unga tashlandi. 


Marinet bunday bo‘lishini kutmagandi. Sirena uni mahkam ushlab ko‘l 
tubiga olib kirib ketdi.
                     ******* 
Erik va Adrien tun bo‘lsa hamki o‘rmonda kattaroq hayvonni 
uchratishmadi..
- Shunday katta o‘rmonda yirtqich hayvon yo‘qligi seni 
ajablantirmayaptimi? - dedi Adrien
- Ha. Bu yerda bir gap bor.. 
- Suv vampirlari bilan nega uchrashganding? - deb so‘radi Adrien ulkan 
harsang ustiga chiqib
- Oy tumori toʻqson toʻqqiz foiz ularda bo‘lishi mumkin.. - deb 
Adreinning yoniga o‘tirdi.
- Nega bunday o‘ylayapsan?.
- Sababi oy tumori cheksiz husn va yoshlik beradi. Oy tumori yordamida 
eng kuchli vampirni ham gipnozlash mumkin. Endi miyyangni yaxshilab 
ishlat.  Suv vampirlari odatda uzoq yashay olishmaydi. Tahminan yuz  
yoki ikki yuz yil yashashi mumkin. Ammo suv vampirlari qiroli Triton 
hamda uning qizi malika Sirena men tug‘ilgan vaqtdan beri yashab 
kelmoqda. Suv vampirlari bilan bir necha hafta yashagan bo‘lsam ham 
malika Sirenani umumman ko‘rmadim. Uni tengsiz go‘zal deyishdi. Bu 
esa oy tumori tufayli. Agar malikani ko‘rganimda unda tumor bor 
yo‘qligi bilib olish qiyin emas. 
- Demak Oy tumori malikada ekanligiga ishonching komil.. shundaymi? 


- Malikada ekanligiga yana bir misol : Oy tumori egasi uchun oddiy 
odamdan ko‘ra vampir va bo‘ritus qoni asosiy ovqat manbayi. U 
yerdaligimda ko‘p marta bo‘ritus qonini his qilganman.
- Aytmoqchisanki malika bo‘ritus qonini yaxshi ko‘radi.. - deb Adrien 
gapirishdan to‘xtab qoldi
Ikkisi ham bir birga qo‘rquv bilan qarashdi va tengdaniga baqirishdi :
-Kagami!!
                      Parij..
    Malika Layla Luka va Xloyadan boshqa hammani Alya turgan qafasga 
joyladi. Xloya va Luka  mashq qilgani shahardan biroz uzoqroqdagi 
qabristonga ketishgandi. 
  - Sizlardan oxirgi marta so‘rayapman.. Ukam Erik qayoqqa ketdi.. - dedi
g‘azabdan baqirib
- Bilmayman dedim-ku - deb qafas panjaralariga yaqinlashdi Gabriel. - 
ular hech kimga aytmay ketishdi.
- Jin ursin.. Sehrli gipnozimni ikki kun oldin manavi vampirchaga 
ishlatgandim.. - deb ko‘zi bilan Alyaga ishora qildi - atigi bir  kun.. bir 
kundan keyin hammasini bilib olaman - deya panjaralarga vampirlarni 
kuydiruvchi suyuqlikni surtib chiqib ketdi. 
- Gabriel endi nima qilamiz.. - dedi yig‘lamsirab Emily
- Avvalo Alyani hushiga keltirishimiz kerak. - deb Gabriel kaftini tishlab. 
So‘ngra kaftini Alyani og‘ziga yaqinroq tutdi. Alyaning kipriklari qimirlab 


ko‘zlarini arang ochdi.. Alya Gabrielning qonini simirib ichdi. O‘zini 
zo‘rg‘a tiyib yuzini burib oldi.
- Alya portal ocholasanmi? Hozir bizga judayam keraksan? - dedi Emily 
Alyaning qo‘llaridan mahkam ushlab.
                        ******
Marinet  Sirenani suv osti qasridagi zalda ikki ustunga zanjirband 
qilingandi. Marinet qancha urinmasin qo‘llaridan nur chiqara olmasdi. 
- Xo‘sh endi aqling kirib menga kimligingni aytasanmi?? - deya Sirena 
xanjari bilan Marinetni yuzini siladi 
- Aytyapmanku oddiy insonman - dedi Marinet yuz marta
-Oddiy inson suv ostida gapirish tugul nafas ham ololmaydi. Sen.. senda 
qandaydir qudrat bor.
Shu on  bumerang uchib kelib Marinetni ushlab  turgan zanjirlarni uzib 
tashladi. Bumerang Adrienning qo‘liga qaytib keldi. 
- Malika Sirena mehmonlaringizni shunday kutib olasizmi? - dedi ta‘zim 
qilib
- Sen yana kim bo‘lding? - dedi malika Sirena qoshini chimirib
- U mening do‘stim!  Bu qiz esa Mariyanna Salvadora - dedi 
qayoqdandir sakrab paydo bo‘lgan Erik.
- Nahotki bu qiz... - Sirena hayrat bilan Marinetga qaradi. Va darhol uni 
oyoqlariga yiqilib ta‘zim qildi - kechiring xonim.. sizni taniy olmaganim 
uchun.. bir qoshiq qonimdan keching..


- Aslini olganda... - Marinet men Mariyanna emasman demoqchi edi, 
ammo Erik unga yo‘q ishorasini qildi.
- Mayli seni kechirdim.. endi zudlik bilan Kagamini qaytar! - dedi 
Marinet iloji boricha qattiqroq gapirdi. 
Zum o‘tmay Kagamini olib kelishdi. U hushsiz yotardi. 
- Endi esa xurmatli malika Sirena.. sizlarni shuncha yil yashashlaringizga 
sababchi  bo‘lgan va aslida menga tegishli bo‘lgan tumorni 
qaytarishingizni so‘rayman. 
- Ammo shahzoda Erik.. aslida voris sizligingizni bilaman.. biroq bu  
tumorga men ham ancha  yillar egalik qildim. - deb Sirena oy tumorni 
mahkam ushladi
- Agar voris tirik ekan  boshqa vampir  to‘liq qudratni boshqarolmasligini
eslatib qo‘yaymi? - deb Erik malika tomon yaqinlashdi. 
- Yaxshi unda keling bir o‘yin o‘ynaymiz.. menda bu tumorni nusxalari 
bor. Orasidan haqiqiysini tanlab olsangiz tumor sizga. Topa olmasangiz 
tumor menda qoladi. Menga tumorni husn va yoshlik berib turishi ham 
yetadi. Xo‘sh nima deysiz?
- Mayli roziman - dedi Erik
- Faqat tumorni Mariyanna xonim tanlaydi - deb ayyorona jilmaydi.
- Menmi??. Ammo - ikkilandi Marinet
- Sen buni uddalaysan - dedi Erik uning ikki yelkasidan ushlab o‘ziga 
qaratdi. 


 Malika Sirena ichkariga kirib ketdi. Ko‘p o‘tmay u yerdan oltin patnis va 
uni ustidagi oʻn ikkita oy tumori bilan chiqdi. Tumorlar har xil 
ko‘rinishda har xil naqshlar bilan bezatilgan edi. 
- Marhamat Mariyanna xonim tanlang. - deb Sirena  patnisni unga 
uzatdi.
Marinet ancha ikkilandi. Ko‘zi bilan barcha tumorni sinchiklab tekshirdi. 
Banogoh patnis chetida ko‘zga uncha tashlanmaydigan, yarim oy 
shaklidagi temir parchasini qo‘liga oldi. Sirena bunday bo‘lishini 
kutmagan edi.
- Ishonchingiz komilmi? Oy tumorini siz shunday tasavvur qilasizmi? - 
dedi biroz titrab
- Bilasanmi Sirena.. otam bir gapni doimo qaytaradilar. Kitobga 
muqovasiga qarab baho bermagin deb.. men ularning gapini mana endi 
tushinib boryapman.. - deya tumorni Erikga berdi 
- Sizlar halol yutdingiz.. tumor sizniki. Ketishingiz mumkin - deb Sirena 
jilmayib qo‘ydi. 
- Sizga ham tumorni asrab kelganingiz uchun minnatdorchilik 
bildiraman malika Sirena - deb Erik uning qo‘lini o‘pib qo‘ydi. 
                              *******
                              PARIJ...
Malika Layla Gabrielni alohida xonaga olib kirib stolga mahkam 
zanjirladi.. 
- Qani Gabriel ko‘zlarimga nazar sol!! - deb gipnozlashni boshladi. .


- Gabriel ukam Erik va o‘g‘ling Adrien qayoqqa ketishdi? - dedi undan 
ko‘zini uzmasdan
- Ular oy va quyosh tumorini izlagani ketishdi, malikam - deb javob 
qaytardi Gabriel ham uning ko‘zlaridan ko‘zini ololmay. 
- Ular tumorlarni qayerdan izlashmoqchi? 
- Ular suv vampirlari saltanatiga ketishdi, malikam.. 
- Oy va quyosh tumorini topgach nima qilmoqchisizlar?
- Boshqalar o‘ylashyaptiki, tumorlar topilgach Marinetni Qora Iblis tinch 
qo‘yadi deb. Ammo asl haqiqat shundaki quyosh tumori topilgach voris 
qo‘lida o‘tmish qaytalandi.. o‘tmishda g‘irromchilik bilan g‘olib bo‘lgan  
yovuzlar bu safar mag‘lub bo‘ladi.. chunki Mariyanna Salvadora 
qaytadi!!! - deb hayqirdi Gabriel.
Uning gaplaridan Malika Laylaning oq yuzi battar oqardi.
- Yo‘q yo‘q yo‘q.. Mariyanna qaytmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymayman  .. - 
deya Gabrielning bo‘yniga zarba berdi. 
                           ****
- Luka qasam ichaman, agar boshqa joyga olib kelgan bo‘lsang seni 
o‘ldiraman - dedi Xloya asabiylashib qora tuynukdan yurarkan.
- Agar to‘g‘ri ketayotgan bo‘lsakchi? Unda nima qilasan.. - dedi undan 
biroz oldinda emaklab ketayotgan Luka.
- Unda omon qolasan. Faqat meni manashu tor iflos va qorong‘u 
tuynukdan yurgizayotganing uchun bir musht yeysan. - deya javob berdi
Xloya


- Bunaqasi ketmaydi.. bitta shartimni bajarasan. 
- O‘ylab ko‘raman..ammo vada bermayman.. 
Ko‘p o‘tmay ular izolyatorli xonaning yashirin tarafidan chiqishdi.
- Ana senga aytmaganmidim.. - dedi o‘zidan g‘ururlanib Luka - endi bitta
shartimni bajarasan..
- Men va'da bermaganman.. o‘ylab ko‘raman degandim.. o‘ylab ko‘rdim
hech qanday shartni bajarmayman - deb ayyorona jilmayib qo‘ydi Xloya 
- Bolalar bu yerda nima qilyapsizlar hoziroq ketinglar - dedi astalik bilan 
Emiliy ularni ko‘rib qolib.
- Bi yerdan sizlarsiz ketmayman - deya Xloya panjaraga yopishdi ammo 
unga surilgan kislotadan qo‘llari kuyib ketdi. 
                        ******
Quyoshning zarrin nurlaridan o‘ziga kelgan Kagami unga mehr bilan 
jilmayib turgan Erik Adrien va Marinetni ko‘rib ularga hayron  qaradi. 
- Nimanidir o‘tkazib yubordimmi? - dedi u ko‘zlarini katta katta ochib
- Ha anchagina narsani - dedi kulib Marinet 
Mashina quyosh nurlarida toblanib yurarkan, Marinet Kagamiga bo‘lib 
o‘tgan voqealarni aytib berdi. Kagami malika Sirena bilan bo‘lgan 
holatdan anchagacha hayratlanib ketdi. 
- Endi qayoqqa boramiz? - deb so‘radi Marinet
- Endi quyosh tumorini olgani boramiz. Ko‘nglim sezib turibdi.. Quyosh 
tumori Mariyannaning birodarlarida.. - deb javob berdi Erik


- Birodarlarida?? Ular kimlar? - deb so‘radi Kagami 
- Havo vampirlari haqida eshitganmisizlar - dedi Erik mashina oynasidan
ularga qarab qo‘yib..
- Havo vampirlari Jomolungma tog‘ida yashashadi - dedi Kagami
- Aniqroq aytadigan bo‘lsak Everest cho‘qqisida -  dedi Adrien - xo‘sh 
o‘ylashimcha rejang bo‘yicha ular ham Marinetni ko‘rishib Mariyanna 
deb o‘ylashadi va bizga tumorni berishadi shundaymi?
- Deyarli. Ammo ular juda sezgir. Agar Marinetni Mariyanna emasligini 
bilib qolishsa hammamizni tilkalab Everestning cho‘qqisidan 
uloqtirishadi - dedi Erik
- Stooppp!! - baqirdi Marinet - mashinani to‘xtating.. 
Mashina keskin  to‘xtadi. Marinet yurgirib pastga tushdi va ko‘ngli aynib
qayd qildi. 
- Ahvoling yaxshimi Mari? - Adrien uni yelkasiga qo‘lini qo‘yib turgizdi. 
- Adrien iltimos u yerga bormaylik.. judayam qo‘rqayapman.. meni deb 
sizlarga biror narsa bo‘lsa..
- Tshshsh..- Adrien uni lablariga barmog‘ini bosdi - hech kimga hech 
qanday ziyon yetmaydi vada beraman..
- Seni  haqiqiy Mariyanna qilib o‘zgartirishga esa men vada beraman - 
deb Erik ular tomon yaqinlashdi.. 
                                          PARIJ...


Xloya kuygan qo‘llariga qarab baqirmaslikka harakat qilardi. Luka darhol
bilagini kesib uning qo‘llariga qonidan tomizdi. Kuygan joylar asta sekin 
bita boshladi..
-  Xo‘sh-xo‘sh mehmonlar kelishibdimi? - ularning ortidan Laylaning 
vishshilagan ovozi keldi.
- Sen! - jig‘ibiyroni chiqdi Xloyaning - seni o‘ldiraman! 
Unga tashlanayotgan vaqtida Layla chaqqonlik bilan Gabrielni xushsiz 
tanasini bo‘g‘izladi. Xloya arang bir necha qadam narida to‘xtadi.
- Qani nega to‘xtab qolding.. bo‘laqol kel. Meni o‘ldirmaysanmi?  Agar 
yana bir qadam yaqinlashsang Gabrielni kallasini uzib olaman. - deya 
tirnoqlarini xanjardek o‘stirdi. Xloya joyidan qimirlamadi.
- Barakalla aqilli qizaloq.  Endi esa ko‘ppak sen qamoqni eshigini och. - 
deb Layla Lukaga kalitni otdi .
 Luka jahl bilan eshikni ochdi. 
- Qani vampircha ichkariga oyijoningni oldiga kir! - buyurdi Layla - 
barakalla. Endi esa sen! - dedi Lukaga qarab. 
Ular ichkariga kirishgach Layla Gabrielni ularga qarata otdi. Va zudlik 
bilan eshikni yopib kalitni cho‘ntagiga soldi.
- Ming afsus.. sizlardek ahil oilani yolg‘iz tashlab ketishga majburman. 
Sevimli ukajonim va erkatoy o‘g‘lingizdan xabar olmasam bo‘lmaydi. -  
deb yovuzlarcha kulgancha ketdi.
- Ablax agar uni yana bir bora uchratsam kallasini uzib Senaga otib 
yuboraman. - dedi tishlarini g‘ichirlatib Xloya


- Nega bu yerga keldingiz? Sizlar hozir Marinet va Adrienga keraksizlar.  
-dedi Emiliy asabiylashib
- Biz sizlarni qutqarmoqchi edik . - dedi Luka o‘rnidan turib Gabrielni 
qulay qilib yotqizib qo‘ydi. 
- Aytgancha Alya nega sen portal ochmayapsan. Hammamiz ozod bo‘lib 
anavi tulkini yo‘q qilib yuborardik - Luka bir chekkada tizzalarini quchib 
o‘tirgan Alyaga qarab. 
- Birinchidan men ochman. Kuchim yetmaydi. Ikkinchidan biz izolyator 
qafasdamiz. Bu yerda sehrli kuchlar ishlamaydi. - deb yuzini berkitib 
oldi. 
- Nino tur o‘rningdan. Birgalashib panjaralarni buzishga harakat qilamiz 
- deb Lukaga bo‘riga aylandi.
- Ammo.. Luka.. - Nino gapini tugata olmadi.
Shaxt bilan panjaraga o‘zini urgan Lukani panjaraga tekkan joylari 
achishib kuyib ketdi. Shu payt izolyatorli xonani eshiklari asta g‘ichirlab 
ochildi. Baland poshnani taqillagani eshitildi. Hamma eshik tarafga 
qaradi va ularga qarab kulib turgan Julikani ko‘rishdi.
                   Suv vampirlari ko‘li...
Layla qushdek uchib ko‘lga yetib keldi. U hech ikkilanmay ko‘l tubiga 
sho‘ng‘idi. Layla suv vampirlariga qasriga qo‘rqmay kirib bordi. Negadir 
hech kim yo‘q. Layla malika Sirenaning xonasiga bordi. Sekin ichkariga 
kirib atrofni titkilab Oy tumorini qidira boshladi. Bir vaqt tashqaridan 
kimningdir kelayotganini sezdi. Zudlik bilan shkafga yashirindi. Kirib 
kelgan kimsa qari kampir edi. U yuziga to‘r parda tutib olgandi. Kampir 
jahl bilan stoldagi taroqni olib toshoynaga otib yubordi. Oyna chil chil 


sindi. Layla tirnoqlarini xanjar qilib o‘stirdi va shkafdan tovushsiz chiqdi. 
Kampirni bo‘yniga tirnoqlarini tirab dedi :
- Malika Sirena qayerda?? 
Kampir yonidan xanjarini chiqarib uning tirnoqlarini kesib tashladi.  
Shunda Layla kampirni yuzini ko‘rdi.  Kumushrang so‘lg‘in ko‘zlarni 
arang tanidi..
- Ss- Sirena? - deb Layla hayratdan tutilib qoldi..
- Salom Layla.. ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi - dedi qarib ketgan 
malika Sirena... 
- Sirena? Rostan ham bu senmisan? - dedi Layla haliyam ko‘zlariga 
ishonmasdan 
  - Ha menman. Soat sayin qarib holdan toyiyapman. Men bilan 
xayrlashib olgani keldingmi?  - dedi Sirena kursiga o‘tirib olib.
- Sen ularga tumorni berib yubordingmi? - deb baqirdi Layla 
- Ular tumorni halol yutib olishdi - deya qoshlarini chimirdi Siren
 - Ahmoq agar ular quyosh tumorini ham topishsa Mariyanna qaytadi. 
Ana o‘shanda sen ham men ham tamom bo‘lamiz...
 - Mariyanna Salvadora qaytgan emasmidi? - deb ko‘zlari katta katta 
bo‘lib ketdi Sirenaning
 - Albatta yo‘q. Ammo sening sharofating bilan u qaytishga bir qadam 
tashladi. - deb Layla asabiy qo‘llarini zanjir qilib turib oldi


 - Ular meni aldashdi - pichirladi Sirena - aldashdi.. aldashdi .. men 
ularga halol o‘yin taklif qilgandim. Ammo ular meni bu o‘yinni taklif 
qilishim uchun qiyofadoshdan foydalanishdi.. aldashdi. . Aldandim . 
 - Sirena mabodo qarib miyyang suyilib qolmayaptimi? Senga yoqimli 
o‘lim o‘zimga esa omad tilayman - deb Layla Sirenaning oldidan chiqib 
ketdi...
                     ********
                   PARIJ 
Julika qafasdagi yaqinlari tomon qadam bosdi. 
- Luka singil nega kerakligini bilasanmi? - deya u tomonga qaradi.
- Asabga tegish uchun - javob berdi Luka
- Ha to‘g‘ri. Lekin boshqa javob ham bor.. akalarni qiyin vaziyatlardan 
qutqarish uchun ham - deb qafas eshigiga qo‘llari cho‘zib afsun o‘qidi.
Qafas eshigi ochilib barcha ozodlikka chiqdi. 
- Rahmat Julika sendan qarzdormiz - dedi Emily
- Nima bilan to‘lashingizni keyinroq aytarman - jilmayib javob berdi 
Julika
- Barakalla singiljon -dedi  Gabrielni ko‘tarib olgan Luka
- Maqtov uchun tashakkur ammo yana mensiz ish qilsang keyingi gal 
qutqarmayman ..
- Gap sotishning vaqti emas. Nino Alyani ko‘targinda yaqinroqdagi 
o‘rmonga olib bor. Alya sen to‘liq quvvatlan. Oyi siz dadam bilan uyga 
boring.  dadamga yaxshilab qarang.. Luka va Julika safarga tayyorlaning 


Alya to‘liq quvvatlanishi bilan portal orqali Laylaning oldida paydo bo‘lib
uni yo‘q qilib tashlaymiz - dedi Xloya barchaga qarab.
- Xo‘p bo‘ladi Boss - deb Nino  Alyani ko‘tarib birinchilardan chiqib 
ketdi.
                 *********
- Menga kimdir aytoladimi? Bu nima uchun kerak - deb Marinet 2 metr 
balandlikda tortilgan arqonga qarab
- Marinet nima desam ekan.. seni ko‘zlaring chiroyli ammo unda 
Mariyanna bor qat‘iyat va mag‘rurlik yo‘q - dedi Erik Marinetga qarab
- Nima  endi dor o‘ynaymanmi? - ko‘zlari katta katta bo‘lib ketdi 
Marinetning
- Ha.. qani boshla - deb Adrien Marinetni qo‘lidan ushlab ko‘tardi. Dorga
qadam qo‘ygan Marinetning oyoqlari titray boshladi.. 
- Namuncha qaltiramasang - dedi Kagami
- Men balandlikdan qo‘rqaman - deb ko‘zlarini yumib oldi Marinet
- Shu ikki metr ham balandlik bo‘lsa Everstga qanday chiqmoqchisan - 
dedi Erik 
Marinetning esa oyog‘i toyib yiqildi.. uni Adrien tutib qoldi. Erik chuqur 
xo‘rsinib ortiga burilib qarshisidagi qo‘riqxona tomonga yugurib ketdi. 
Uni ortidan esa Kagami. Kagami Erikni o‘ldirilgan kiyik tepasida ko‘rdi.  
Erik kiyikni qonini ichardi.
- Yoqimli ishtaha.. -deb Kagami nariroqdagi harsang tosh ustiga o‘tirdi. 
Erik tashnaligini qondirib Kagamini oldiga o‘tirdi. 


     - Erik .. Marinetga har qaraganingda ko‘zinga Mariyanna bo‘lib 
ko‘rinadimi? - deb so‘radi Kagami
- Nega so‘rayapsan?  - dedi Erik beparvo
- Sen Marinetga shunday qaraysanki, xuddi dil izhor qilolmagan 
sevgiling boshqasi bilan yurgandek.. 
- Marinet Mariyanna bo‘lolmaydi. To‘g‘ri Marinet ham yomon emas.. 
ammo Mariyanna tengsiz edi ..men birinchi bor Marinetni ko‘rganimda 
biroz ikkilangandim ammo endi aminmanki men Mariyannadan 
boshqasini aslo sevolmayman.. Marinetga kelsak u shunchaki 
qiyofadosh! Uni ko‘rsam Mariyannamni bir zum bo‘lsada yonimdagidek 
his qilaman - deb Erik o‘ylanib jilmayib qo‘ydi 
- U qanday edi?. Menga u haqida aytib ber.. 
- Umi? - biroz jilmaydi Erik -  O‘taketgan qaysar, tili ham zahargina, 
aytganini qiladigan.. jasur qo‘rqmas.. va juda go‘zal edi.. uning 
ko‘zlaridan  qat'iyat va mag‘rurlik ufurib turardi.. u bir qarashda 
cho‘qqidagi burgut misoli edi.. u har doim kemasini to‘fondan omon 
saqlab qolar, u go‘yo bo‘ron bilan bellashardi.. - deb osmonga 
qaragancha gapirardi
  - U qanday....??..Uzur   yarangni yangilamoqchi emasmanuuu.. ammo..
u qanday o‘lgan? - deb ikkilanib so‘radi Kagami
- O‘lgan?? Kim aytdi uni o‘lgan deb??  Agar o‘lganida murdasi topilar 
edi.. u g‘oyib bo‘ldi.. o‘sha mudhish kechada.. opamni shavqatsizliklari 
haddan ortgan edi.. o‘sha tunda Mariyanna bilan uzoqlarga qochib 
ketmoqchi edim.. bandargohda uni ancha kutdim. - chuqur xo‘rsindi 
Erik - ammo Mariyanna kelmadi..


- Uni qidirmadingmi??
- Uni izlamagan joyim qolmagandi.. butun yer yuzini aylanib chiqdim.. 
ammo hech qayerdan uning daragi bo‘lmadi. 
- Mayli ortga qayta qolaylik.. yana biz yo‘q ular bir baloni boshlashmasin
- deb Kagami o‘rnidan turdi
- Rahmat Kagami - deb Erik samimiy tabassum qildi. 
- Nega?? - unga hayron qaradi
- Meni tinglaganing uchun!!
                          *******
       Marinet yana necha marotabalab dorga chiqqan bo‘lsa shuncha 
marta Adrienni qo‘liga yiqilib tushardi. Adrien esa uni tutib qolar va 
yiqilgani  uchun ,,jazo" sifatida yuzidan o‘pib qo‘yardi. 
- Hoy Rameo va Julietta! - deb  uzoqdan baqirdi Kagami - Tezroq 
ketmasak bo‘lmaydi! 
Ular narsalarni yig‘ishtirishib ko‘plab alpnistlar qabristoniga aylangan 
Everest tomon yo‘l olishdi.             
- B..bu..bunga aminmisizlar? - deya   ko‘zlari cho‘qqini ko‘rib 
qo‘rquvdan battar kattalashdi Marinetni
- Mari.. shundoq ham sekin yuryapmiz.. ammo tez yura olmaymiz ham ..
sababi qor ko‘chkisini ostida qolish niyatimiz yo‘q - dedi Kagami
- Men sovuqqotdim..- dedi shundoq ham hammadan ko‘ra issiq 
kiyingan Marinet..
- Kagami balki .. sen - deb Adrien Kagamiga qaradi.


- Bu haqida hattoki o‘ylab ham ko‘rma.. havo vampirlari xududida 
odamga aylanolmay qolishim mumkin. . - deb uni gapini bo‘ldi Kagami
- Yaxshi unda o‘zim aylanaman - deb Adrien sarg‘ish bo‘riga aylandi.. va 
Marinetga yaqinroq yurdi.. 
Uning issiq harorati va uzun yunglari tufayli Marinet biroz bo‘lsada isinib
oldi. 
- Rahmat Adrien - deb Marinet sarg‘ish bo‘rini tumshug‘idan o‘pib 
qo‘ydi. 
Sarg‘ish bo‘rining ko‘zlari baxtdan porlardi.  
Uzoqdan esa ularni  havo vampirlari kuzatib turishardi. 
- Ular oddiy sayohatchi emasligini avvaldan sezgandim - dedi ortida 
xuddi farishtaniki singari oppoq qanoti bor sochlari ham qordek oq 
ko‘zlari esa muzniki  singari moviy rangli, bo‘ynida esa ko‘ziga monand 
olmos tog‘nog‘ich taqib olgan.. kiyimi ham boshdan oyoq oppoq vampir
yigit yonidagi sherigiga .
- Qanday? - deb so‘radi sherigi.. uning qanoti ham oppoq, ammo 
ko‘zlari jigarrang sochlari esa olovrang edi.. 
- Anavini ko‘rdingmi Edjey? - dedi Moviy ko‘z vampir Adrienni sherigiga 
ko‘rsatdi - u ham vampir ham bo‘tirus ya‘ni gibrit. . Bunaqasi haqida 
eshitgandimku ammo hech ko‘rmagandim.. anavi kalta ko‘k sochdan 
ham bo‘ritus isi kelyapti.. ulardan ko‘ra bo‘yi balandrog‘i esa vampir.. 
oddiy emas anchagina qadimiy vampir.. negadir ko‘zimga issiq 
ko‘rinyapti... 


- O‘xxo‘ detektiv bo‘pkete Klaus!! - deb Edjey sherigining yelkasiga bir 
urdi.  - xo‘sh anavi qorqiz haqida nima deysan? - deb Marinetga ishora 
qildi 
- Birinchidan ismim Nikalaus.. Klaus deb chaqirma, deb nechi marta 
aytganman.. qizga kelsak, u oddiy odamlardek.. ammo unda odamlik 
nishonasi yo‘q.. qiziiiq. .bu qizda oddiy odamda yo‘q narsa bor..
- Meni ham qiziqtirib qo‘ydingku..- deb sinchkovlik bilan Marinetga 
tikildi Edjey
- Edjey darhol akamga xabar qil.. bu kelgindilarni maqsadini bilmaymiz.. 
xushyorlikni yo‘qotmaylik - dedi biroz havotirlanib Nikalaus
Edjey qanotini silkitgancha havo vampirlari qo‘rg‘oniga yetib keldi. . 
Boshqa qasrlardan farqli o‘laroq, tashqi tomondan oddiy alpinistlar 
uychasi bo‘lib ko‘ringan qasr ichki tomondan Ermitajni ham ortda  
qoldiradigan darajada edi.. Edjey havo vampirlari qiroli huzuriga kirishga
ruhsat oldi.. uzun qizil gilamchadan yurib oq taxt xonasiga kirdi..Taxt 
xonasi mohirona oq va tillarang bilan bezatilgandi.. to‘g‘ridagi oq va 
tillarang taxtda ko‘rinishidan 26-28 yosh sochlari qordek oq kiyimi ham 
shunga mos.. ko‘zlari och moviy yiltirab turibdi xuddi muz 
parchasidek...ko‘rinishi viqorli..boshiga patli toj kiyib olgan qirol Lukas 
o‘tirardi. Qirol Lukasning o‘ng tomonida bolaligidan yaqin do‘sti, 
hozirda esa eng yaqin maslahatchisi, vaziri bo‘lgan Baltazar qora kursida
o‘tirardi. Bu rang unga mos edi, chunki Baltazarning qanotlari qora 
rangda edi. Uni tanimaganlar undan qo‘rqishardi.  Baltazar qanotiga 
moslab qora kiyim kiyardi.  Uning qanotlari orasidan esa keskir 
qilichning qini yarqirab ko‘rinardi. Qirol Lukasdan chap tarafda esa 
ko‘zlari va sochlari och jigarrang..lablari gul g‘uncha.. qanotlari oppoq 
qiz o‘tirardi..  Qizning o‘ng qo‘lida uzun tillarang aso.. asoning uchida 


esa quyosh shaklini eslatuvchi bezak bor edi.. qirol Lukasning eng 
ishonchli ikki yaqinini yoniga olgandi..biri yaqin do‘sti bo‘lsa ikkinchisi 
o‘gay singlisi Artemis.. Artemis o‘gay bo‘lsada akalarini juda yaxshi 
ko‘rardi.. 
- Qirol Lukasga shon - sharaf bo‘lsin! - deya Edjey ta‘zim qildi
- Edjey xush kelibsan! Chegarada nima gaplar? - deb Lukas oq qadahda 
qizil qondan xo‘plab
- Qirolim chegarada kelgindilar paydo bo‘lishdi.  Ular 4 kishi..Avvaliga 
ularni oddiy sayohatchilar deb o‘yladik. Ammo bittasi bo‘riga aylangach 
ular o‘zga xudud vampirlari ekanligi ma‘lum bo‘ldi. Bo‘riga aylangan esa 
gibrit ekan. Oralarida qadimiy vampir ham bor. Bo‘ritus qiz va  oddiy 
odam - qiz ham bor..
- Gibrit.. bo‘ritus..qadimiy vampir.. va odam. Naqadar qiziqarli..Naqadar
g‘alati jamoa..- miyig‘ida kulib qo‘ydi Lukas..- nima qilishni taklif 
berasan qadrdonim Baltazar??
- Menimcha ularning maqsadi Quyosh tumori deb o‘ylayman.. ular shu 
yergacha yetib kelishdimi demak ancha kuchli.. ularni qormahluq bilan 
tanishtirsakmikin - deb o‘ylanib ham kulib javob berdi Baltazar..
- Naqadar yaxshi taklif.. Mariyanna xonim Quyosh tumorini ko‘z 
qorachig‘imizdek asrashni buyirgan. Bu tumor bizga omonat.. 
Omonatga xiyonat esa kechirilmaydi..Edjey Nikalausga ayt.. 
qormahluqini kelgindilar bilan yuzlashtirsin - deb buyirdi..
Edjey ta‘zim qildi va qayta uchib ketdi.. 
- Senga bir narsa g‘alati tuyilmayaptimi? - dedi nozik qo‘ng‘iroqdek 
ovozda Artemis


- Nimanidir sezdingmi? - Lukas unga tushunolmay qaradi
- Kelgindilarning kelishi va 2 kundan keyin bo‘ladigan marosimni 
aytyapman. Quyosh va Oyning bir vaqtda tutilishi.. bunday holat har 
300 yilda bir marta bo‘ladi. Kelgindilar esa buni oldindan 
bilishadigandek tuyilyapti - deb Artemis asoni silab qo‘ydi.
- Marosim boshlanganda kelgindilar qormahluqning oshqozonida hazm 
bo‘lishayotgan bo‘ladi - deb qo‘rqinchli jilmaydi Lukas....
                      ******
                  PARIJ...
Havoning avzoyi buzilganini ko‘rgan Xloyaning ham kayfiyati tushib 
ketdi.. 
- Qizalog‘im tashvishlanma.. hammasi joyida bo‘ladi - deb deraza 
tokchasida g‘amgin o‘tirgan Xloyani Emily bag‘riga bosdi..
- Oyi..bilasizmi... haqiqiy ota onamni eslay olmayman.. ammo ularni 
qotili haqida o‘ylayveraman.. aniq bilmasam ham Lukani aybsiz ekanini 
sezaman.. oyi. Hech kim o‘z aybini tan olgisi kelmaydi.. ammo kimgadir 
aybni to‘nkarish uchun bahona  kerak. Lukani oldida juda hijolatdaman..
ota onamning ruhi oldida ham.. ammo. - Xloyani og‘zini Emily 
barmoqlari bilan to‘sib qo‘ydi..
- Qizalog‘im.. Luka sendan hafa deb o‘ylamayman.. sen o‘zingni 
qiynama..Sezyapman sen o‘zingni shuncha yillardan beri aybdor deb 
xisoblaysan. Ammo bu taqdir.. hech kim peshonasiga nima yozilganini 
bilmaydi.. mayli men dadangdan xabar olaman - deb ikkinchi qavatga 
chiqib ketdi..


- Ammo.. ularni qotili kim bo‘lishi mumkin.. - deb gapini tugatib, 
ko‘zlaridan yosh dumaladi Xloyaning. .
- Istasang men javob beraman - vishillagan ovoz eshitildi.. 
- Kim bu? - baqirib qo‘liga xanjar ushladi Xloya.. 
- Mehmonni ham shunday kutib olishadimi? - norozi ovoz endi eshik 
tomondan kela boshladi..
- Agar dushmanim bo‘lmasang hoziroq chiq yo‘qsa. .
- Yo‘qsa nima qilasan!  O‘lgan dadajoningga aytib berasanmi? - kinoyali 
kulgi butun uyni tutib ketdi.. 
Eshik va derazalardan mayda oq nurchalar uchib kirib qum zarralari 
singari birlashishdi va bir qizning qiyofasi so‘ngra tanasini hosil qilishdi. .
- Sen yana kim bo‘lding? - deb Xloya xanjarni unga tiradi. 
- O‘zimni bunday odobsizlarcha tutib uyinga kirganim uchun, ma'zur 
tutgaysan xonim afandi.. o‘zimni tanishtirsam ismim Zubeyra G‘ulomiy..
malika Laylaning sodiq quliman.. aytgancha o‘zlari ko‘rinmaydilar.. 
menga manashu manzilni aytgan edilarku - deb atrofga qaradi..
- Hali ayyor tulki Laylaning quliman degin - deb jahl bilan Xloya unga 
tashlandi
Hech narsaga tushinmagan  Zubeyra yana zarrachalarga aylanib uning 
atrofida aylandi.. Zarrachalar aylanib Xloyani tobora qisib boraverdi..
                 *********
Ajoyib to‘rtlik cho‘qqi tomon ildam va hech qanday to‘siqlarsiz 
ketishardi.. toki Kagami qoqilib yiqilmaguncha...


- Voy oyog‘im.. bu nima balo bo‘ldi?? - deya Kagami oyog‘ini ushlab dod
solardi.. 
- Qani nima bo‘ldi? - deb so‘radi Erik va Kagamini oyog‘ini ushladi.. - 
xavfli joyi yo‘q.. biroz payi cho‘zilagan..
- Biroooz??!! - deyarli jahl bilan baqirdi Kagami - axir oyog‘im uzilib 
tushay dediku..
 Adrien esa bo‘ri qiyofasida Kagamini oyog‘i urilgan toshni tekshirdi va 
birdan  tosh qimirlab samoga ko‘tarildi.  Bu hech qanday tosh emas 
balki qordan yasalgan mahluq edi.. uning ko‘zlari daxshatli boqardi. 
Qormahluq o‘ziga eng yaqin turgan Adrienga tashlandi.. Adrien chap 
berib nariroqqa bordi va o‘z qiyofasiga qaytdi.. Qormahluq bu safar 
Kagamiga qor otdi. Kagami og‘riqdan qimirlolmay qolgandi ammo Erik 
Kagamini himoya qilib qilich yordamida qorni parchalab tashladi.. 
Qormahluq har tomonga qor ota boshladi. Adrien Marinetga ulkan qor 
to‘pi yaqinlashayotganini ko‘rib uni itarib yubordi va qor Adrienga urildi.
Adrien qor uyimi ostida qoldi. Marinet jon jahdi bilan qorni kavlay 
boshladi.. endi qormahluq bilan kurashishga yolg‘iz Erik qoldi. 
Qormahluq Erikka tashlanmasidan oldin Erik bo‘yniga Oy tumorini 
taqdi. Ammo tumordan nur taralmadi. 
- Bu yana nimasi??!! - jahldan sochlari tikka bo‘ldi Erikning - agar Sirena 
tumorni ishdan chiqargan bo‘lsa undan dudlangan baliq tayyorlayman!!
   Erik noiloj qormahluqqa tashlandi.. Qormahluq unga katta qor to‘pini 
otdi. Qor to‘pi Erikni uzoqroqga olib ko‘mib qo‘ydi.. Kagami bu 
vaqtgacha panaroq joyga o‘tib oyog‘i tezroq tuzalishini kutdi. Marinet 
qor uyimi orasidan xushini yo‘qotgan Adrienni topdi va tashqariga 
chiqarishga harakat qildi. Shu on unga yaqin kelayotgan qormahluqni 


ko‘rdi.  Uni himoya qilishga hech kim yo‘q. Marinet o‘rnidan turdi va 
chuqur nafas oldi.. ikkala kaftini mahluqqa qaratdi va irodasini jamladi.. 
o‘zidan ham ko‘proq Adrienni himoya qilishni o‘ylardi.  Kaftidan esa 
Xloyadan o‘zini himoya qilgan nurdan ikki baravar yorqinroq nur taraldi 
va qormahluqni parchalab yubordi.. ulkan qormahluq  qor ko‘chkisiga 
aylandi.  Qor ko‘chkisini ko‘rgan Marinet karaxt ahvolda qoldi..  Ularga 
qormahluq hujum qilganidan boshlab kuzatayotgan Nikalaus va Edjey 
Marinetdagi kuchni ko‘rib hayronu lol qolishdi. Ko‘chki boshlanganda 
esa Nikalaus :
- Edjey darhol yordamchi kuchlarni chaq.. - Nikalaus gapini tugatmasdan
akasi Lukasning viqorli ovozi eshitildi.
- Yordamchi kuchlar allaqachon shu yerda.. gap sotishga vaqt yo‘q.. 
kimnidir ko‘rsangiz darhol qutqaring. . - deya ikki yigitning oldidan uchib
o‘tib ko‘chki oqimi tomon qanot qoqdi .. Lukas va Baltazar  bir tomonda 
Edjey va Nikalaus esa boshqa tarafni ko‘zdan kechirishdi..  
Ko‘p o‘tmay ular xushsiz to‘rtlikni ko‘targancha qo‘rg‘on tomon uchib 
ketishdi.. 
                     *******
                 Havo vampirlari qo‘rg‘oni..
  Kuchli qo‘rquvdan xushidan ayrilgan Marinet ko‘zlarini oppoq xonada 
ochdi.. avvaliga hech narsaga tushinmadi.. asta yon atrofga qaraganda 
unga mehr va sadoqat bilan tikilib turgan moviy ko‘zli yigitni ko‘rdi. Yigit
juda chiroyli va yuzi  nihoyatda oppoq edi. Orqasidagi ko‘rkam va 
maftunkor qanotlari unga o‘zgacha yarashib turardi.  Marinet darhol 
o‘rnidan turdi..


- K..kim. kimsiz?? - dedi biroz qo‘rqib. 
- Mariyanna Salvadora!  nahotki sodiq do‘stingizni tanimagan bo‘lsangiz
- dedi yengil ta‘zim qilib.. 
- Qirol Lukas.. - dedi Marinet Erik aytgan bir muncha ma‘lumotlarni esga
olarkan - avvalroq tanimaganim uchun ma‘zur tutgaysiz. Qaytganimda 
uncha ko‘p bo‘lmadi va..
- Xonim.. odobsizligim uchun kechirgaysiz. . Ammo qanday qaytdingiz. 
Axir Quyosh tumori ozod etilmadiku - deb Lukas Marinetga sinchkov 
boqti..
- To‘g‘risini aytsam.. men Mariyanna Salvadora emasman.. uning 
shunchaki qiyofadoshiman.. ismim Marinet Dyupen.. bu yerga Quyosh 
tumorini topish uchun kelganman.. - dedi Marinet boshini egib
- Quyosh tumorini topgach nima qilmoqchisiz? - dedi Lukas hech ham 
hayron bo‘lmasdan.
- Siz?? Siz meni Mariyanna emasligimni bilasizmi? - dedi ko‘zlari katta 
katta bo‘lib
- Albatta.. Mariyanna Salvadora va sizning orangizda yer va osmoncha 
farq bor. Savolimni qaytaraman : Quyosh tumorini nima qilasiz? - dedi 
jiddiy ohangda
- Qora Iblis haqida eshitganmisiz? U meni oldiga chaqirgan. Mariyanna 
Salvadora undan Quyosh tumorini olgan. Men esa qaytarishga 
majburman. Yo‘qsa Iblis meni tinch qo‘ymaydi - dedi shosha-pisha..
- Qora Iblis haqida eshitganman.. agar Quyosh tumorini ozod qilolsangiz
marhamat tumor sizniki..


                   *******
- Jin ursin..boshim.. men qayerdaman? - deb o‘ziga kela boshladi Erik
- Uyqudagi shahzoda uyg‘ondimi? - unga qarab turgan vampirdan Erik 
biroz cho‘chidi. Chunki undagi qora qanoti, qora kiyimi va keskir qilichi 
bunga arzir edi. 
- Siz kimsiz? Men qayerdaman? Boshqalar qayerda? - deb Erik savol 
yog‘dirdi
- Mening ismim Baltazar.. havo vampirlari qiroli Lukasning yaqin do‘sti 
va maslahatchisiman. Sizlarni qor ko‘chkisidan asrab qoldik. Boshqalar 
ham shu yerda. Boshqa savoling bo‘lmasa tur o‘rningdan - deb chiqib 
ketayotgandi Erik uni to‘xtatdi 
- Men haqimda so‘ramaysizmi??
- Sen haqingda yaxshi bilaman.. sahro vampirlari shahzodasi Erik.. yoki 
Oy tumori vorisi deymi?? - deya istehzoli kulib qo‘ydi.. 
               ****
   Kagami ko‘zini oppoq va moviy bilan bezatilgan xonada asta sekinlik 
bilan ochdi.  Ochdi-yu unga tikilib turgan oq qanotli yigitni ko‘rdi...
- Farishtaa.. - shivirladi Kagami - demak men Jannatga tushibmanda.. 
lekin Jannatga loyiq ish qilganimni eslolmayapman.. agar meni shunday 
farishta jannatga yetaklab olib borishini bilganimda allaqachon o‘lishga 
ham rozi edim.. - deb mayin jilmaydi
- Birinchidan, men farishta emasman.. ikkinchidan sendaqalar jannatga 
umumman kira olishmaydi.. uchinchidan  yigitlarni tashqi ko‘rinishiga 
qarab baho berma.. to‘rtinchidan


- Men o‘zimga keldim. Ko‘p vaysab boshimni qotirib yubording vaysaqi -
baqirdi Kagami
- Hoy tentak og‘zinga qarab gapir.   Bu yerlarda men xo‘jayinman  -  jahl 
bilan dedi Nikalaus - men bo‘lmaganimda allaqachon muz haykalga 
aylanarding
- Har holda u paytda sendaqa vaysaqi boshimni qotirmasdi - deb 
o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo oyog‘i toyilib Nikalausning 
ustiga yiqildi..
- Eplab yurishni ham bilmas ekansan-ku yana o‘zingni katta olishinga 
o‘laymi? Ustimdan tush.. ezib o‘ldirmoqchimisan.. shirinlikni kamroq 
yeyish kerak edi.. baqaloqxonim..- tirjaydi Nikalaus
- Qaniydi chakagingni o‘chira olsam.. boshim tars yoriladi xozir - deya 
Kagami Nikalausdan sal nariroqqa o‘tib unga qarab turdi
- Menga bunday tikilma. . Sevib qolsang bir umr boshimga bitgan balo 
bo‘lasan .. - deya unga ayyorona jilmaydi
- Sendaqa muzni sevadigan ahmoq bo‘lganimcha yo‘q.. qarab 
turganimni sababi meni ko‘tarib tashqariga olib chiqishni kutyapman.. - 
deb labini burdi
- Seni ko‘tarib chiqsam yigitngni jahli chiqmaydimi? - deb Nikalaus 
Kagamiga yaqinlashdi.
- Adrien ham Erik ham meni yigitim emas - deb Nikalausning yelkasidan 
ushladi.. Nikalaus uni dast ko‘tarib tashqariga yo‘naldi 
- Sezilib turibdi.. sendek baqaloqxonimni sevish uchun pahlavon yigit 
kerak - deb biroz unga tikilib qoldi.. 


                         ********
        Qora Iblis Adrienning ongiga kirdi...
 - Adrien Agrest.. tanishib olsak.. men Qora Iblisman - deya Adrienning 
atrofida qora tutun uchib odam shakliga kirdi..
- Sen haqingda bilaman.. Marinet aytgandi.. menda nima ishing bor - 
dedi dadil ovozda Adrien
- Marinetdan farqli o‘laroq ancha dadilsan.. bu yaxshi.. onginga 
kirganimni sababi.. endi shahzoda Erik Oy tumoridan foydalana 
olmaydi.. 
- Nega? Nima uchun? - dedi Adrien hech narsaga tushinmay 
- Sababi Oyning jufti Quyosh.. Erikning jufti Mariyanna edi.. 
Mariyannadagi qudrat parchasi Marinetga o‘tgan deb hisoblasak...
- Marinetning sherigi menman..- pichirladi Adrien 
- Ancha zukko ekansan.. mayli vaqtlaringiz deyarli qolmadi.. Oy tumorini
topdingiz. Endi Quyosh tumorini ham topsangiz sizlarni tinch 
qo‘yaman... - deb Qora Iblis yana tutunga aylandi va Adrien o‘ziga 
keldi.. 
Unga qadahda qon ko‘tarib kirgan oq qanotli yigitga hayron qaradi..
- Sen?.. - dedi uning qanotlariga hayrat bilan qarab
- Men kupidon emasman.. - kulib unga qadahni tutdi. - senga ham 
kupidonni keragi yo‘qligi bilinib turibdi.. tanishib qo‘yaylik.. Men 
Edjeyman.  Havo vampiri..- deb Edjey unga qo‘lini uzatdi.
- Men Adrien Agrest.. gibritman.. - deb  u ham qo‘lini uzatdi.. 


                  ******* 
           Everest yonidagi qishloqcha...
2  soatlik tushlikdan so‘ng qishloqchada birorta ham inson qolmadi.  
Oxirgi o‘ljasini qonini sipqorib ichgan Layla yanada kuchga to‘lib Everest 
cho‘qqisi tomon ayyorona jilmayib qarab qo‘ydi..
- Maqsadga erishdik deb erta quvonmang . zaxiramda yana 2 kun bor.. 
ungacha esa meni o‘rnimga Lukas va Nikalausni  bir yoqlik qilishingizga 
ham qarshiligim yo‘q..- deb kulib qo‘ydi va jiddiy ovozda davom etdi -  
ammo nima qilib bo‘lsa ham Artemis tirik qolishi kerak..
Layla chuqur nafas oldi va qishloqchani yoqib yubordi.. murdalar va 
xaroba uylardan nom nishon ham qolmadi.. Layla esa iloji boricha 
tezroq yugurdi..
                        ********
Qum zarralariga aylangan Zubeyra Xloyani tobora siqib borardi.. 
- Sen o‘lasan.. o‘lasan.. o‘lasan.. - Xloyaning atrofidan shu so‘zlar 
eshitilardi..
- Bu yerda kelajakni faqat  men bashorat qilaman.. va men ko‘rgan 
kelajakda sendek isqirt bo‘lmaydi.. - deb pichirladi
- Ojiz qizchaning qo‘lidan nima ham kelardi - qum zarralaridan qah-qah 
otib kulgan ovoz eshitildi..
- Ojiz qizchani kuchli do‘stlari bor - deya eshikdan Luka Nino Alya va 
Julika kirib kelishdi


- Qanday ajoyiiiib .. - qum zarralari yana to‘planib Zubeyra inson 
shakliga kirdi. Yonidagi yarqiroq xanjarini Xloyaning tomog‘iga tiradi. - 
agar men tomonga yaqinlashadigan bo‘lsangiz.. uni qurbonlikka atalgan
qo‘ydek so‘yib yuboraman.. - deya vishshiladi
Luka ong orqali Nino bilan bog‘landi 
- Uni qumga aylanishiga majburlashimiz kerak.. shunda Julika suv paydo
qiladi va uni loyga aylantirib yo‘q qilib tashlaymiz * - dedi Luka va 
Zubeyraga qarab :
- Yaxshi.. senga yaqinlashmaymiz .. bizdan nima istaysan - dedi iloji 
boricha bosiq ovozda
- Nima istayman??? Hm.. balki sizlarni o‘limlaringizni istarman. Malikam
bundan shod bo‘ladi - deb telbalarcha kuldi. 
- Yaxshi. Xo‘sh birinchi kimni o‘ldirmoqchisan? Har qalay hech narsaga 
yaramaydigan vampirni o‘ldirib chiroyli xanjaringni bulg‘amassan - deb 
Luka asta bir qadam tashladi
- Hoy!!Kim hech narsaga yaramaydigan ekan-a? - Xloyaning quvvati 
yetmasa ham ancha jahli chiqqan edi.. 
- Albatta sen - dedi Luka va yana bir qadam tashladi - eplab kelajakni 
ham ko‘rolmaysanku yana buyruq berishni yoqtirasan.  Men senga 
aytaman kelajakda nima bo‘lishini. . Malika Layla tumorlarga ega 
chiqadi va butun dunyoga qirolicha bo‘ladi - deb yana bir qadam 
tashladi
- Sen menga yoqa boshlading yigitcha.. xatto seni o‘ldirmasammikin deb
ham o‘ylab qoldim - dedi Zubeyra


- Afsuski bunday marhamatga loyiq emasman deb qo‘rqaman.. - deb 
tanasi titray boshladi Lukaning
- Nega bunday deysan? - dedi Zubeyra hayron bo‘lib
- Chunki seni o‘ldiraman!! - Luka shunday deb g‘azab bilan Zubeyraga 
tashladi.
Zum o‘tmay ko‘k bo‘ri sahro chayonini yeb bitirdi....
- Oshqozoning og‘rimayaptimi? -havotir bilan unga qaradi Xloya
- To‘g‘risini aytsam.. judayam bemaza ekan - deb qornini ushladi Luka..
- Alya Nino Julika tayyormisizlar... Julika menimcha seni qolganing 
yaxshi - dedi Xloya unga qarab
- Nega ekan?? mensiz ko‘ngilxushlik qilmoqchimisizlar.. - labini burdi 
Julika
- Sen Parijni himoya  qilish uchun qolasan.. senga Nino ham sherik 
bo‘ladi.. - deb Xloya Ninoga qaradi - ikkingizga sevimli shahrim va ota 
onamni omonat qoldiraman.. 
Alya portal ochdi. Uchchovlon Everestdan uncha uzoq bòlmagan yerga 
o‘tishdi. 
                        *****
              EVEREST CHO‘QQISI...
 Adrien Marinet Erik va Kagami qirol Lukasning taxt xonasida 
uchrashishdi. 
- Mari! - deb Adrien Marinetni ko‘rishi bilan quchoqlab oldi - hayriyat 
sog‘ omon ekansan... 


- Adrien - deyarli yig‘lab yuboray deb quchoqladi Marinet
Shu payt eshik ochilib Artemis kirib keldi..
- Tanishinglar bu mening singlim Artemis.. u kohin - dedi Lukas Erikka 
qarab
- Malika Artemis.. tanishganimdan bag‘oyatda xursandman - odob 
ta‘zim qildi Erik
- Shunchaki Artemis deyavering, shahzoda Erik - dedi Artemis 
qo‘ng‘iroqchalar jarangidek ovozida 
- Unda siz ham Erik deyavering - mayin jilmayib qo‘ydi Erik
Artemis boshqalar bilan ham iliq salomlashdi..
- Aka vaqt bo‘ldi.. bir necha soatdan so‘ng muqaddas marosim 
boshlanadi - dedi Artemis Lukasga qarab
- Naqadar yaxshi!! Oy va Quyosh tutilishi boshlanmoqda.. hamma 
marosim maydoniga! 
Marosim maydoni bu yerdagi yagona rangli joy edi. Oyoq osti rangli 
toshlar bilan bezatilgan.. markazda esa oltin qadah quyosh nurida 
jilolanib turardi. Maydon atrofida esa qirollik oilasi : qirol Lukas, 
Nikalaus va Artemis, ularning yaqin do‘stlari Edjey va Baltazar va to‘rt 
mehmon o‘tirardi. 
- Marinet bir soatdan so‘ng quyosh va oy tutiladi.. ana shunda sizlar 
Quyosh tumorini ko‘ra olishingiz mumkin.. 
- Sizlar uni avval ko‘rganmisizlar - dedi Kagami


- Albatta.. ammo unga ega chiqib bo‘lmaydi. 300 yil avval bir xoin 
vampir unga egalik qilmoqchi bo‘lgan. Ammo tumor uni kuydirib kulga 
aylantirgan. - deb xotirjamlik bilan qadahidan qon xo‘pladi 
Uni so‘zlarini eshitgan Marinet va Adrien hayratdan ko‘zlari kattalashdi. 
Agar tumorga ega chiqmoqchi bo‘lishsa tumor ularni yo‘q qilib 
tashlaydi. Uni qo‘lga kiritolmasa Qora Iblis ularni tinch qo‘ymaydi.  
Marinet o‘ylanib qoldi.. 
- Vanihoyat sizlarni topdim - atrofdan Laylaning qo‘rqinchli kulgisi 
eshitildi
- Bu kim bo‘ldi? - qilichini qinidan chiqardi Baltazar 
- Bu mening opam.. Malika Lila - xo‘rsindi Erik
- Bu.. bu axir.. - oq yuzi battar oqardi Lukasning
- O‘.. kimlarni ko‘rayapman bu yerda.. Lukas va Nikalaus - aka uka 
omadsizlar.. sizlarni allaqachon o‘ldirib yuborishim kerak edi.. ammo u 
paytlar rahmdil edim - yana asabga tegadigan kulgi eshitildi. 
- Qo‘rqoqqa o‘xshamasdan chiq buyoqqa Layla - deb baqirdi Lukas
- Chiqsam seni qo‘rqitib  yubormaymanmi?. - atrofdan aks sado keldi
- Sendan qo‘rqmayman. qani chiq yakkama yakka olishamiz  - deb 
qilichini qinidan chiqardi Nikalaus
Shu onda Edjeyning holsiz yiqildi. Nikalaus darhol uni oldiga borib 
tekshirdi.
- Edjey!! - baqirdi Nikalaus - u òldi...


 Edjeyning tanasida deyarli qon qolmagan va bo‘ynida tish izlari bor edi. 
Chaqmoq tezligida Nikalausning qarshisida Layla paydo bo‘ldi va 
qo‘rqinchli jilmaydi
- Xo‘sh endi ham qo‘rqmaysanmi? - deb Nikalausni tepib yubordi...
 Barcha atrofga tarqab pana joyga berkinishdi.. Erik yonidagi Adrienga 
sekin shivirladi
- Opam juda tezroq bo‘lib ketibdi.. menimcha butun bir qishloq 
odamlari bilan tushlik qilgan ko‘rinadi - deb cho‘ntagidan Oy tumorini 
chiqardi 
- Obbo yana nur taratmayapti - dedi Erik jig‘ibiyroni chiqib
- Erik tumorni menga berib tur - dedi Adrien 
Erik tumorini yechib Adrienga berdi. Adrien tumorni taqishi bilan 
tumordan yorqin nur taraldi.
- Qora Iblis aldamapti - deb kulib qo‘ydi.
- Sen Vorissan - dedi Erik
- Demak yangi Voris!! - ularni oldida Layla paydo bo‘ldi va Adrienga 
tashlandi. Erik opasini to‘xtaymoqchi bo‘ldi ammo Layla uni bir urib 10 
qadam nariga uchirib yubordi.
Adrien tumor yordamida kumush xanjarlar paydo qilib Laylaga otdi.  
Atigi bittasi Laylani chap yelkasiga tegib, narigi tarafidan teshib chiqdi. 
Layla bor ovozida baqirdi. Baltazar paytdan foydalanib Laylaga 
tashlandi. Ammo Layla o‘zini o‘nglab olib uni chalib yiqitdi va 
maydonning ustunlaridan biriga otib yubordi. Ustun panasida Kagami 
bor edi. Ustun parchalanib katta tosh bo‘lagi uni oyog‘ini bosib qoldi.


- Jin ursin.. nega doim oyog‘im lat yeydi..- deb alam bilan baqirdi.. 
- Baqirmasang og‘irmaydi - deb qayoqdandir paydo bo‘lib qoldi Nikalaus
Nikalaus Kagamini toshdan xalos qilib xavfsiz joyga olib ketdi.  Lukas, 
Adrien  va Erik Laylaga jarohat yetkazishga harakat qilishardi. Ammo 
uning tezkorligidan arang o‘zlarini himoya qila olishardi xolos..
- Marineeet!! Qizaloq qayerdasan? Hoziroq chiqmasang, bu 
uchchalasini ham o‘ldiraman.. 3 gacha sanayman - deb Lukasni 
ko‘tardida uchirib yubordi.
- 1.. - deb Layla Erikni bo‘ynini qayirdi 
- 2 - deya Adrienga tashlandi va uni tepib yubordi 
- 3!!
- Tòxta!! - deb Marinet marosim  ustunining ortidan chiqdi. - meni 
o‘ldirmoqchimisan? Marhamat.  Ammo ularga tegma! 
- G‘alati bo‘ldiku.  Mayli seni burdalab tashlayman! - deb baqirganicha 
Marinetga tashlandi
Marinet hotirjamlikni saqlab, qo‘llarini bir biriga ishqaladi va Layla 
tomon cho‘zdi    Marinetning qo‘llaridan juda yorqin nur chiqib Laylani 
bir necha chaqirim nariga uchirib yubordi..
- Bo‘lishi.. Bo‘lishi mumkin emas... - pichirladi Layla va Marinetga qarab 
baqirdi - bo‘lishi mumkin emas!!!! Sen Marinet emassan!! Sen..
- Noto‘g‘ri . Men Marinetman. Ammo  ushbu kunda qanday qudratga 
ega ekanligimni angladim. Adrien uni qobig‘ga qama! - deb baqirdi


Layla o‘zini o‘nglab olmasidan Adrien Oy tumori yordamida Laylani 
qobiq ichiga qamadi. Marinet esa qo‘llari bilan unga nur yuborib uni 
kuydirib tashladi. Vorislar Sahro malikasini yengishdi.
                 ********
Artemis qadahga Oliy tabaqa qonidan tomizib sehrli so‘zlarni avval 
shivirlab keyin esa baqirib aytdi. Quyosh va Oy bir butundek tutildi va 
undan taralgan nur qadahga kirib ketayotgandek tuyildi.
- Endi esa tumorga qo‘l cho‘zsangiz kifoya.  Agar Quyosh tumoriga 
ma‘qul kelsagiz u qo‘lingizda. Aksi bo‘lsa.. kuyib ketasizlar - dedi 
qo‘ng‘iroqcha ovozida
- Men Mariyanna tanlagan Vorisman. Men tayyorman- dedi Marinet 
U bir qadam ham tashlagan ediki, yo‘lini Adrien to‘sdi. 
- O‘lishing mumkin faqat mendan keyin. Tushunarlimi?!
- Do‘stlarim bahslashmanglar.. - dedi bosiq ovozda Erik - sizlar avvaldan 
bir biringiz uchun yaratilgansizlar. U yerda esa - deb Quyosh nurini 
ko‘rsatdi - mening yarimim.. mening Mariyannam kutmoqda.  Shuncha 
yillar mobaynida bir birimizdan ayro yashadik. Vaqti keldi - deb nur 
tomon qo‘lini cho‘zdi.  Quyosh nuri musiqa sadosidek yoqimli va 
mo‘jizakor nur taratib Erikning qo‘lida Quyosh tumorini paydo qildi
- Qizaloq! - deb Marinetga tumorni otdi 
Marinet tumorni ilib oldi tumor uning qo‘lida haqiqiy quyoshdek nur 
sochdi. Erik mayin jilmayib qo‘ydi. Quyosh va Oy bir biridan ayrilishni 
boshlashdi. Oy nuri Erikni mayda kumush zarralarga aylantirib Adrienni 
oldiga uchib bordi. Marinet tumorni bo‘yniga taqdi va tumordan ham 


tillarang zarralar chiqib Mariyanna qiyofasiga kirdi. Kumush zarralar esa 
Erikni qiyofasiga kirdi Ikki sevishganlar yangi vorislariga qarab 
jilmayishdi va
- Minnatdormiz! - deyishdi
Mariyanna va Erikning ruhlari osmonga uchib ketishdi. Lukas voqealarni 
ko‘rib turgan bo‘lsa ham hazm qila olmay qoldi. Adrien va Marinet 
ortiga o‘girilsa butun boshli havo vampirlari ularga ta'zim qilib 
turishganibi ko‘rishdi.
- Menimcha biroz kech qoldik - havo vampirlarining ortidan Lukaning 
quvnoq ovozi eshitildi
                       *******
                 2 soatlardan so‘ng...
Marinet va Adrien Xloya Alya va Lukaga boshidan kechirganlarini so‘zlab
berishdi. Lukas va Nikalaus Parijlik mehmonlar bilan tanishishdi va 
ularni sharafiga bazm uyishtirishdi.  Bazmda faqat Kagami qatnasha 
olmadi. Ketma ket singan oyog‘i tufayli u shifoxonada qolishga majbur 
edi. U kichik derazadan tashqariga qarashga harakat qildi ammo eplay 
olmadi. Shu payt eshik taqillab ichkariga oq atirgullarni ko‘targancha 
Nikalaus kirib keldi
- Sen bu yerda nima qilyapsan? - dedi Kagami uni ko‘rishi bilanoq
- Seni ko‘rgani keldim, baqaloq xonim - deb kulib gullarni unga uzatdi
- Seni bazmda ko‘ngilxushlik qilyapti deb o‘ylagandim - deb Kagami 
atirgullarni xidladi 


- Obbo ketishimni xohlaysanmi? Mayli ketdim - deb qayrilib ketmoqchi 
bo‘lganda Kagami uni tutib qolaman deb yiqilib tushay dedi, ammo 
tezkor Nikalaus uni ushlab qoldi. 
- Sen aqldan ozganmisan? - deb o‘rniga yotqizib qo‘ydi
- Seni deb bo‘ldi! - deya baqirdi Kagami
- Nega meni deb - ayyorona jilmaydi Nikalaus
- Chunki seni tutib qolmoqchi edim - ikki yuzi qizardi Kagamini
- Nega tutib qolmoqchi eding - yanayam yaqin keldi Nikalaus
- Chunki .. - gapini tugata olmadi Kagami
Ikki dilning shirin muhabbati ularning lablarida o‘z aksini topgan edi   
                *******
Bazm xursandchilikda o‘tardi. Havo vampirlari xuddi farishtadek uchib 
raqsga tushirar ba‘zilari esa mehmonlar bilan suhbatlashishardi. 
- Rostan ham bo‘riga aylana olasanmi? - deb so‘radi Lukadan Artemis
- Albatta. Ammo xozir bu ishni qilmaganim ma‘qul. - unga jilmayib javob
berdi Luka
Ikkisi ham kulib yuborishdi. Ularni bir chetdan kuzatib turgan Xloyaning 
qo‘lidagi qadah g‘azabdan sinib ketdi.
- Xloya tinchlan - shivirladi Alya
- Men tinchman! - dedi asabiy
- Qara ular bir biriga juda mos a? - dedi Alya 


- Nima?! Ha gaping to‘g‘ri..  Pati yulingan tovuq bilan burga bosgan it 
judayam bir birga mos - vishshiladi Xloya
- Nima?! - deb Alya Xloyaga qaradi, u kuzatib turgan juftlikka qaradi va 
kulib yubordi
- Men Marinet va Adrienni aytsam sen Lukani aytayotgan ekansan-da. . 
Rashk qilayapsanmi? -deb unga sinchkov qaradi
- Qayoqdaki  tentak Xatikoni rashk qilayotganim yo‘q..
- Unda isbotla! - deb qadahidan sharbat xo‘pladi Alya
Artemis Lukani yelkasiga qo‘lini qo‘yganini ko‘rgan Xloya sapchib 
o‘rnidan turdi va Luka tomon ildam bordi. Unga teskari qarab turgan 
Lukani shartta o‘zi tomonga qaratdi va  hammani olida undan bo‘sa oldi.
Havo vampirlari qiyqirab qarsak chalishdi. Bir tomonda esa Marinet va 
Adrien hech narsaga tushunmay ularga qarab turishdi
- Sen menga yoqmaysan. Shunchaki seni anavi tovuqdan himoya 
qilmoqchi bo‘ldim - deb Xloya joyiga ketmoqchi edi uning bilagidan Luka
tutib qoldi va o‘ziga qaratib :
- Sen esa menga yoqasan va men seni butun olamdan himoya qilaman - 
dedi va Xloyaning bo‘sasiga javob qaytardi.
                    *** *******
            
  ERTASI KUNI...
Ertasi kuni ertalab Parijliklar o‘z yurtiga qaytishga hozirlik ko‘rishdi. 
- Balki ketmassan.. - dedi Nikalaus Kagamini sochlarini silab


- Ketmasam bo‘lmaydi u yer mening uyim - xomush pichirlab 
Nikalausning yelkasiga boshini qo‘ydi 
Ularni birga  ko‘rib qolgan Marinet samimiy jilmayib qo‘ydi.. Hamma 
xozirliklar ko‘rilgach mehmonlar mezbonlar bilan xayrlashishdi. 
- Sizlarni yana kutib qolamiz albatta yana kelinglar - deb Lukas 
Marinetni qo‘lidan o‘pib qo‘ydi. 
- Menimcha endi sizlar Parijga borasizlar - deb Marinet Nikalaus va 
Artemisga ko‘zini qisib qo‘ydi.
 Alya portal ochdi.. barcha qo‘llarini silkib xayrlashishdi. 
- Vanihoyat Jonajon va Sehrli Parij!!! - deb Alya to‘yib nafas oldi.
                           * * * * * * * * 
                       
2 YILDAN SO‘NG
- Doktor uning ahvoli yaxshimi? - deb so‘radi Adrien havotir bilan
- Albatta. Tabriklayman janob Agrest.. qizlik bo‘ldingiz.. 
- !!! NIMAA!! QIZ!! MEN QIZLIK BO‘LDIM - xursandchiligidan ko‘zlariga 
yosh keldi - onasini ahvolichi?  
- Onaning ham bolaning ham sog‘lig‘i joyida. Oldiga kirishingiz mumkin -
deb hamshira nari ketdi.
Adrien ichkariga kirdi.  Marinet jajji vujudni bag‘riga bosgan holatda 
o‘tirardi.  Adrien yoniga borib uni quchoqladi so‘ng jajji farishtani 
qo‘liga oldi
- Uning ismi Emma qo‘yamiz - deb jilmayib Marinetga qaradi


- Bizning mitti farishtamiz - deb Marinet ham unga javoban jilmayib 
qo‘ydi. 
- O‘zingni qanday his qilyapsan..
- Yaxshi . Xattoki juda a‘lo.. endi chanqoqni his qilmayapman.. 
qizalog‘im onasing vampirlik hislatlarini yo‘qotib yubordi
- Qolganlarga xabar berish kerak - deb Adrien qizchani Marinetga uzatib
telefonini oldi
- Menimcha xozir mavridi emas. Luka va Xloya endigina asal oyiga 
ketishdi. Nikalaus esa Kagamini qo‘lini so‘rash uchun uni Venetsiyaga 
olib ketgan. Alya va Nino haqida esa bilmayman.
- Biz esa bilamiz!! - deb xonaga Luka va Xloya, Nikalaus va Kagami, Alya 
va Nino kirib kelishdi.
Kagamining qo‘lida unashtiruv uzugi yiltirab turardi.
- Rahmat aytmasang ham mayli Mari.. hammasini men olib keldim - deb
Alya Marinetni mahkam quchoqladi.. 
               * * * *
- Oyi bu taqinchoqlar nega nur sochayapti? - deb so‘radi jajji Emma 
Marinetdan
- Ular sehrli xuddi sendek - qizining burnidan chimchiladi
- Oyi ularni kim bergan??
- Bir yaxshi amaki.. U bularni qaytarib olmoqchi edi ammo uni haqiqiy 
egalarini ko‘rib fikridan qaytdi va bizga sovg‘a qildi..


- Oyi men ham ularni taqsam maylimi? Men ularni taqib butun olamga 
mo‘jiza ulashardim - dedi Emma
- Qizalog‘im.. sen yashayotgan olam shundoq ham mo‘jizalarga boy. Biz 
yashayotgan shahar esa Sehrga.. - deb Adrien ikki farishtasini bag‘riga 
bosdi..
                                  
TAMOM 
                 E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
                                        
Ledy.B

Download 329,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish