147
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Birga borsak nima deysiz, mister Gerris? – deb so‘radi
Dik Send.
– Bemalol, do‘stim, –
deb javob berdi Ger ris, – birga
boraylik, men sizga daryoning dengiz ga kelib quyiladigan
joyini ko‘rsataman.
Ikkovlari ketishdi. Shu vaqtda missis Ueldon ha-
sharotshunos olimni topib kelgani Gerkulesni yubordi.
Benedikt tog‘a atrofda nimalar bo‘layotganiga sira parvo
qilmas edi. U o‘rmon yoqa sida hasharot qidirib yurar,
lekin hech narsa topolmasdi.
Gerkules uni zo‘rlab olib keldi. Missis Ueldon Benedikt
tog‘aga, mamlakat ichkarisiga jo‘nashga qaror qilindi va
o‘n kun cha o‘rmon ichidan piyoda yurib borishga to‘g‘ri
keladi, deb xabar berdi.
Benedikt tog‘a, men hoziroq jo‘nashga tayyorman,
dedi. U butun Janubuiy Amerikani
boshdan-oyoq piyoda
yurib chiqishga rozi edi, ishqilib, yo‘lda unga hasharotlar
terib yurishga yo‘l qo‘yishsa bo‘lgani.
Keyin missis Ueldon Nan kampir bilan birga no-
nushtaga mazalik bir ovqat tayyorladi. Albatta, uzoq
safarga jo‘nashdan oldin yaxshilab ovqatlanib olish aslo
zarar qilmasdi.
Shu vaqt ichida Gerris bilan Dik qirg‘oq bo‘ylab
daryocha ning etak tomoniga kelishdi va daryo oqimi
bo‘ylab yurib bir necha yuz qadam yuqoriga chiqishdi. U
yerda daraxtga boylab qo‘yilgan otni ko‘rishdi. Ot egasini
ko‘rish bilan kishnab yubordi.
Bu juda ajoyib bir ot edi, lekin qaysi zotdanligini Dik
bilmadi. Ammo tajribali kishi uning ingichka bo‘ynini,
kichkina boshini, uzun sag‘rinini va nishab yelkalarini
ko‘rishi bilanoq, zotli arab oti ekanligini darrov bilardi.
– Buning qanday baquvvat jonivor ekanini ko‘rib tu-
ribsiz, do‘stim, – dedi Gerris. – Unga be malol ishonaversa
bo‘ladi.
Gerris otini daraxtdan
yechib oldi-da, tizginidan
ushlaga nicha, Dikdan oldinda yurib, g‘orga jo‘nadi. Dik
uning ketidan yurib, o‘rmon va daryo bo‘ylariga diqqat
148
Jyul Vern
bilan qarab bordi. Ammo u shubhalanadigan hech narsa
ko‘rmadi.
G‘orga yaqinlashay deganida birdaniga Gerrisga savol
berib qoldi:– Mister Gerris, bugun kechasi siz Negoro
degan portugaliyalik bir odamni uchratmadingizmi?
– Negoro deysizmi? – deb qayta so‘radi Gerris, go‘yo
hech narsaga
tushunmagan odam sin gari, – kim ekan
u Negoro?
– U «Piligrim» kemasining oshpazi edi, – deb javob
qaytardi Dik Send. – Allaqayoqqadir g‘oyib bo‘lib qoldi.
– Dengizga cho‘kib ketmadimikin? – deb so‘radi Gerris.
– Yo‘q, yo‘q, – dedi Dik. – Kecha kechqurun biz bilan
birga edi, kechasi yo‘q bo‘lib qolibdi. U daryoning yuqori
tomoniga chiqib ketgan bo‘lmasin yana. Siz ham o‘sha
yoqdan kelayotganingiz uchun sizdan so‘ragan edim.
– Hech kimni uchratganim yo‘q. – dedi Gerris. – Agar
oshpazingiz o‘rmonning ich-ichiga kirib ketgan bo‘lsa,
adashib qolishi ehtimol... Ehtimol, yo‘lda unga yetib
ham olarmiz.
– Ehtimol, ehtimol... – deb g‘uldirab qo‘ydi Dik.
Dik Send bilan Gerris g‘orga qaytib kelishganda no-
nushta tayyor bo‘lgan edi. Gerris ovqatga och bo‘riday
tashlandi.
– Demak, yo‘lda ochdan o‘lmas ekanmiz, – de di u. –
Aytganday, menga do‘stim aytgan haligi portugaliyalik
bechoraning holi nima kecharkin?
– Eh-he! – deb uning gapini bo‘ldi missis Ueldon. – Dik
Send sizga Negoroning g‘oyib bo‘lganini aytdimi?
– Ha, missis Ueldon, – deb javob qaytardi Dik. – Men
mister Gerris uni uchratmadilarmikin
deb bilmoqchi
edim.
– Yo‘q, uchratmadim, – yedi Gerris. – Kelinglar, endi
bu qochoq haqidagi gapni bir yoqqa qo‘yib, o‘z ishlarimiz
to‘g‘risi da gaplashaylik. Siz qachon istasangiz, missis
Ueldon, shunda yo‘lga chiqaveramiz.
Ovqatdan keyin har kim o‘ziga ajratilgan yukni oldi.
Missis Ueldon Gerkulesning yordami bilan otga mindi.
149
«O‘n besh yoshli kapitan»
Jek o‘zining o‘yinchoq miltig‘ini orqasiga osib va bunday
ajoyib otni bergan kishiga tashakkur bildirishni ham
esidan chiqarib qo‘yib, onasining oldiga o‘tirib oldi.
U onasiga, «bu misterning otini» o‘zim haydayman,
deb darrov tizginni qo‘liga oldi.
Onasi, mayli, degandan keyin, Jek o‘zini otryadning
boshlig‘i, deb his etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: