Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

144
Jyul Vern
San-Felichega yetib olgunimcha faqat o‘zimga yetadigan 
qilib oziq-ovqat olganman, xolos.
– Mister Gerris, – dedi missis Ueldon, – bizda oziq-ovqat 
bemalol, marhamat qiling, jon deb baham ko‘raveramiz.
– Unday bo‘lsa juda soz, missis Ueldon! – deb xitob 
qildi Gerris. –Demak, hamma narsa joyida, endi yo‘lga 
chiqaversak ham bo‘lar ekan.
Gerris otini olib kelish uchun o‘rmonga bormoqchi 
bo‘lib turganida, Dik Send unga yana savol berib to‘xtatdi.
Dikning qirg‘oqni tashlab ketgisi kelmas va yuzlarcha 
mil keladigan hamda odam bolasi oyoq bosmagan qalin 
o‘rmonzor ichiga kirib ketishni un chalik istamas edi. Dik 
Send haqiqiy dengizchi bo‘lganidan, dengiz bo‘yidan sira 
ketgisi kelmasdi.
– Mister Gerris, – dedi u, – Atakama sahrosi orqali bir 
yuz yigirma mil yurishga hayron bo‘lib turibman. Undan 
ko‘ra qirg‘oq bo‘ylab borsak bo‘lmaydimi? Shimol tomon-
gami, yo janub tomongami – menga baribir, ishqilib, 
dengiz bo‘yidagi eng yaqin shaharga yetib olsak bo‘lgani.
Gerris andak xafa bo‘lib, qovog‘ini solintirdi.
– Do‘stim, – dedi u, – bu qirg‘oqni unchalik yaxshi 
bilmasam ham, menimcha, dengiz qirg‘og‘idagi eng yaqin 
shahar ham bu yerdan uch yuz yoki to‘rt yuz mil keladi...
– Shimol tomonida shunday, – dedi Dik, uning gapini 
bo‘lib, – lekin janub tomonda-chi?..
– Janub tomonda, – deb e’tiroz bildirdi Gerris, – 
Chilining o‘zigacha borish kerak. Demak, yo‘l baribir 
qisqarmaydi. Bundan tashqari, men sizning o‘rningizda 
bo‘lganimda, Argentina respublikasiga qarashli sahro-
larga yaqinlashmaslikka harakat qilardim. Afsuski, 
u yoqqa boradigan bo‘lsalaring men sizlarni boshlab 
borolmayman...
– Chilidan Peruga qatnaydigan kemalar bu qirg‘oqqa 
yaqin joydan o‘tishmaydimi? – deb so‘radi missis Ueldon.
– Yo‘q, – deb javob berdi Gerris. – Ular ochiq dengizdan 
yurishadi. Ehtimol, sizlar bu kemalardan bittasini ham 
uchratmagan bo‘lsalaring kerak?


145
«O‘n besh yoshli kapitan»
– To‘g‘ri aytasiz, – dedi missis Ueldon. – Xo‘sh, Dik, 
mister Gerrisga yana boshqa savoling yo‘qmi?
– Bittagina savolim bor, missis Ueldon, – deb javob 
berdi o‘smir. Uning hech rozi bo‘lgisi kelmas edi. – Men 
mister Gerrisdan, San-Fransiskoga jo‘nashimiz uchun biz 
qaysi bir portga borishimiz kerakligini bilmoqchi edim.
– Rostini aytsam, do‘stim, men bu savolga javob 
berishga ojizlik qilaman, – dedi Gerris. – Faqat shuni 
bilamanki, San-Feliche qo‘rg‘onidan sizlarni Atakama 
shahariga jo‘natish yo‘lini topamiz. U yerdan esa...
– Mister Gerris, – deb uning so‘zini bo‘ldi missis Uel-
don, – taklifim Dikka yoqmayapti, deb o‘ylamang!
– Yo‘q, missis Ueldon, yo‘q! – deb xitob qildi Dik Send. 
– Men mister Gerrisning taklifini jon deb qabul qilaman. 
Birdan-bir achinadigan yerim shuki, «Piligrim» yo bir 
necha gradus shimolroqqa, yo janubroqqa kelib halo-
katga uchramabdi-da. U mahalda biz portga yaqinroq 
bo‘lardik, vatanimizga qaytish ham osonroq bo‘lardi va 
mister Gerrisni ham ovora qilmasdik.
– Hech ovoragarchiligi yo‘q, men juda xursandman, – 
dedi Gerris. – Men, bu yerda vatandoshlarni uchratish 
qiyin deb aytib edim. Shuning uchun bunday arzimas 
xizmatni o‘tashga jon-dildan tayyorman.
– Biz sizning taklifingizni qabul qilamiz, mis ter Ger
-
ris, – dedi missis Ueldon. – Ammo men sizni otingizdan 
mahrum etishni istamayman. Men piyoda ham keta-
veraman...
– Men sizdan ham yaxshiroq yuraman, – dedi Gerris 
ta’zim qilib. – Men cho‘l-biyobonlarda yurib o‘rgangan-
man, shuning uchun safarimiz hech qayerda ham men 
tufayli to‘xtalib qolmaydi. Yo‘q, missis Ueldon, otga 
kichkina Jek bilan siz minib olasiz. Biz yo‘lda akamning 
xizmatkorlaridan birortasini uchratsak kerak. Ular otliq 
bo‘lsa, jon deb otlarini bizga beradi.
Dik Send Gerrisning taklifiga qarshilik qilaversa, mis
-
sis Ueldonni xafa qilib qo‘yishini ko‘rdi.
– Mister Gerris, – dedi u, – qachon yo‘lga chiqamiz?



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish