INTERER UCHUN SOYA VA YARIM SOYA SHAROITDA JUDA YAXSHI O’SA OLADIGAN O’SIMLIKLAR
Quyosh nuri kam yetib boradigan joylar, bino ichlari va qishki bog’larni ko’kalamzorlashtirish bizga birmuncha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. O’simliklarning bioekologik xususiyatlari va o’sish xusussiyatlaridan kelib chiqqan holda u yerda soyaga chidamli va sosyasevar o’simlik turlarini tanlash maqsadga muofiqdir. Manzarali bog’dorchlik va Lanshaft dizayni sohalarining Interer ko’kalamzorlashtirish tarmog’i turli binolani ichki qismini ko’kalamzorlashtirishda o’simlik turlarini tanlash va ularni parvarishlash bo’yicha ishlar bilan shug’ullanadi. Bunda birinchi navbatta bizdan tanlanadigan o’simliklarning biologik xususiyatlarini chuqur o’rganib chiqishimiz hamda ekish va parvarishlash qonuniyatlarini shular asosida yaratishimiz talab etiladi. O’simlik uchun talab etiladigan tuprog’ tarkibi, oziq moddalar miqdori, suvga bo’lgan talabi va yorug’likning miqdori o’rganib chiqilishi zarur bo’lgan muhum omillar xisoblanadi. Biz interer uchun o’simlik turlarini tanlashda eng avvalo uning manzaraviylik hususiyatlarini etiborga olamiz, chunki honaning boshqa detallari o’simliklar bilan chambarchas bir kompozitsiyani yaratishi uchun ekilgan o’simlik o’zining manzaraviy barglari va chiroyli gullariga ega bo’lishi zarur. Intererga tabiy muhit hamda bino ichiga kirgan vaqtda insonga estitek zavq va xordiq bera oladiga o’simlik turlari ham yirik barglarga va chiroyli gullarga ega bo’lishi muhum ahamiyatga ega. Ko’pgina holatlarda yuqoridagi jihatlarni hisobga olamiz lekin bioekologik qonuniyatlarn nazardan chetda qoldiramiz yoki ular uchun zarur sharoitlarni yaratrib berishga qiynalamiz. Ayniqsa quyosh nuri kam yetib boradigan hona va binolar intererini ko’kalamzorlashtirishda o’simlik turlarini tanlashda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelamiz. Interer ko’kalamzorlashtirish va ko’pgina fanlardagi ma’lumotlarga asoslanib quyidagi soyaga chidamli o’simlik turlarini quyosh nuri yetishmaydigan binolar intereri uchun tafsiya qilamiz.
Biz tavsiya etadigan turlar asosiy manzaraviylik husussiyatlari barglarida bo’lib gullari bundan mustasno.
Quyosh nuri kam etib boradigan binolar uchun, bu o’simliklar haqiqiy qutqaruv bo’lishi mumkin. Ular o’zini yarim soya va kam yoritiladigan joylarda juda yahshi his qilishadi.
Ular havoni juda yaxshi tozalovchilar hisoblanadi.
Kalateya
Kalateya naqshli barglar bu o’simlikni hohlagan xona uchun ko’ngildagiday qiladi, lekin shuni esda tutush kerakki, uning uchun quyoshni to’gri nurlari tavsiya etilmaydi.Kalateya uchun optimal variant – yarim soya.
Diffenbahiya
Diffenbahiya Tarqalgan yorug’lik bu o’simlik uchun hammadan har ko’proq tog’ri keladi. Yahshisi uni parda ortida saqlagan maqul. O’simlik ayniqsa bahorgi-yozgi vaqtda chiroyli, markazida yoriq, nafis barglar paydo bo’lganida.
Dratsena marginata
Dratsena marginata Bu ofisdagi haqiqiy tropik parchasi. Lekin o’simlikni quyosh to’g’ri nurlaridan saqlang – ularni shikastlashi mumkin. O’simlik soyani yoqtiradi.
Hlorofitum kokilli
Hlorofitum kokilli Unchalik injiq bo’lmagan o’simlik, shuning uchun ham juda populyar. U uzoq vaqt quyoshsiz yashashi mumkin va shu bilan birgalikda havoni yahshi tozalaydi.
Gelksina
Gelksina Mayda mayin barkchali o’simlik osma kashpo va tuvaklarda baland o’simliklar yonida chiroyli ko’rinadi. Lekin ehtiyot bo’ling: uni past bo’yli gullar yoniga qo’ymang – gelksina ularni “bo’g’ib” qo’yishi mumkin. Sizlardan tez-tez sug’orish va suv sepish talab qilinadi.
Paporotniklar
Paporotniklar 2000 turdan ortiq paporotniklar uy sharoitida o’sdirish uchun yaroqli. Bu tropik o’simliklari soyada turishga tayyor, lekin ular quruq havoga chidamaydi. Barglarga ko’p marotaba suv sepishga muhtoj, ayniqsa isitish mavsumida.
Yurak shaklli Filodendron
Yurak shaklli Filodendron Ko’plab gulchilarni eng sevinli guli bo’lsa kerak. Soyada o’zini yahshi his etadi, havoni ham yahshi tozalaydi. Ba’zida yulishga to’g’ri keladi, unchalik uzayib ketmasligi uchun.
Neoregeliya
Neoregeliya Tropik o’simlik, faqatgina sun’iy yorug’lik olib ozini yahshi his etadi. Nam sharoyitda yahshi gullaydi, masalan vanna honalarida
Spatifillum
Spatifillum Agar siz o’simliklaringizni sug’orishni tez unutib qolayotgan bo’lsangiz, va honaga deyarli quyosh nuri tushmayotgan bo’lsa, o’zingizga shunday chiroyli va injiq bo’lmagan gulni tanlashingiz mumkin.
Aglaonema
Aglaonema Past yoruqligdagi hona uchun eng yahshi variantlardan biri. Yangi bog’bonlar uchun ideal to’g’ri keladi.
Uchchiziqli Sansevieriya
Uchchiziqli Sansevieriya Deyarli parvarish talab qilmaydigan o’simlik. Yorug’lik uni o’sishiga ta’sir qiladi, lekin u qorong’ulikda ham yahshi yashaydi.
Baland Aspidistra
Baland Aspidistra Bu o’simlik soya, issiqlik, sovuqni yahshi qabul qiladi. Lekin ozgina sabr kerak bo’ladi, chunki u juda sekin o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |