Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n to‘rtinchi bob
NIMA QILISH KERAK?
Yetmish to‘rt kunga cho‘zilgan safardan, osoyishta 
dengiz, teskari esgan shamol va bo‘ron bilan qattiq ku-
rashlardan keyin, «Piligrim» endi qirg‘oqqa yetay degan 
paytda suv osti toshlariga urilib pachoqlanib ketsa-ya!
Missis Ueldon va uning hamrohlari quruqlikka chiqib 
olgandan keyin o‘zlarini juda baxtli deb hisobladilar. Ular 
Janubiy Amerikaning biror joyiga kelib qolgan bo‘lsalar 
ham ko‘p mashaqqat chekmasdan o‘z vatanlariga bemalol 
yetib borishlari mumkin bo‘ladi.
«Piligrim» esa pachoq-pachoq bo‘lib ketdi. To‘lqin bir 
necha soat ichida uning siniqlarini har qayoqqa surib 
ketadi. Undagi yukni qutqazib olish to‘g‘risida o‘ylamasa 
ham bo‘ladi.
Dik Send kemani qutqaza olmagan bo‘lsa ham, lekin 
hamma yo‘lovchilarni sog‘-salomat qutqazib qoldi; shu 
bilan faxrlansa arzirdi.
«Piligrim» halok bo‘lgan yer Janubiy Amerika 
qirg‘og‘ining qaysi joyida ekan? Dik Send o‘ylaganidek, 
Peru qirg‘og‘i damikin? Shunday bo‘lishi ham ehtimol, 
chunki kema Pasxi orolidan o‘tib ketgandan keyin okean-


124
Jyul Vern
ning ekvator oqimi bilan shamol uni shimoli-sharqqa 
qarab haydadi. Shuning uchun kemaning qirq uch gra-
dus janubiy kenglikdan o‘n besh gradusga kelib qolishi 
ham ajab ish emas.
Eng zaruri: mumkin qadar tezroq «Pilig rim»ning qa-
yerda falokatga uchraganini aniqlash edi. Peru sohilida 
portlar, shaharlar va qishloqlar juda ko‘p. Shuning 
uchun, agar Dikning fikri to‘g‘ri bo‘lsa, yo‘lovchilar ko‘p 
ham qiynalmasdan birorta aholi turadigan joyga yetib 
olishlari mumkin.
Falokat joyidagi unchalik baland bo‘lmagan tik qirg‘oq-
da jon egasi yo‘qqa o‘xshaydi. Torgina qumloq joyda 
qop-qora qoya toshlar yotar edi. Qoyaning ba’zi joylari 
yorilib ketgan. Ba’zi yoriq joylardan o‘rmalab tog‘ning 
tepasiga chiqsa bo‘lardi.
Yarim kilometr shimolda qoyalar orasidan soy yorib 
o‘tgan. Soy ustida ko‘pdan-ko‘p rizoforlar osilib turar edi.
Qirg‘oq yonidan boshlangan ko‘m-ko‘k qalin o‘rmon 
juda uzoqlarda ko‘rinayotgan havo rang toqqacha 
cho‘zilib ketgan. Mabodo Benedikt tog‘a botanik bo‘lganda 
edi, bundagi xilma-xil daraxtlarni ko‘rib hayron qolgan 
bo‘lar edi. Bu yerda bir necha ming yillar umr ko‘radi-
gan baland baobab daraxtlari, dengiz qarag‘aylari, hind 
xurmosi, murch daraxti va Yangi Dunyoning shimol to-
monida uchraydigan yuzlab boshqa xil o‘simliklar bor edi.
Qirg‘oq ustida baqiroq qushlar va aksari qoramtir 
ko‘ktusli hamda bo‘z kallali qaldirg‘ochlar galasi uchib 
yurardi. Goh joylarda sergo‘sht, kichik kalla li, parsiz 
oyoqli kakliklar ham ko‘rinib qolar edi.
Missis Ueldon bilan Dik Send qushlarning odamlardan 
unchalik qo‘rqmaganini sezib qoldilar. Ular odamlarning 
yaqin kelishidan sira hayiqmas edilar. Nahotki, ular odam 
zotini sira ko‘rmagan bo‘lsalar va odamdan qochish degan 
narsani bilmasalar-a? Nahot hech qanday miltiq ovozi bu 
qirg‘oqning tinchligini sira buzmagan bo‘lsa?
Suvdan chiqib turgan toshlar ustida bir necha 
katta saqoqush lar cho‘nqayib o‘tirar edi. Ular tum-


125
«O‘n besh yoshli kapitan»
shuqlari ostidagi xaltalariga mayda baliqlarni to‘ldirib
o‘tirar edilar.
Dengiz tomondan uchib kelgan baliqchi qushlar «Pili-
grim» siniqlari ustida aylanib uchib yurar edi lar.
Qushlar qirg‘oqning bu joyidagi birdan-bir jon egalari 
bo‘l salar kerak. Albatta, bu yerlarda Benedikt tog‘ani 
qiziqtiradigan ko‘pgina hasharot lar ham bor edi.
Ammo na qushlarga va na hasharotlarga qarab bu 
yerning qayer ekanini bilib bo‘lmas edi. Bu yerning no-
mini o‘sha yerda yashovchi biror kishigina aytib berishi 
mumkin edi. Ammo bu yerda hech qanday aholi yo‘q edi. 
Bironta ham odamzod ko‘rinmasdi.
Na qo‘rg‘on, na uylar va na bironta chayla ko‘rinsaydi. 
Na shimol tomondagi soy orqasida, na janub tomonda va 
na qit’aning ichkarisiga kirib ketgan qalin o‘rmon orasida, 
xullas, hech qayerda tutun chiqqan joy ko‘rinmas edi. 
Ilgari bu qirg‘oqqa odamzod kelganini ko‘rsatadigan hech 
qanday nishona ham yo‘q edi.
Dik Send bunga juda hayron qoldi.
– Biz qayerdamiz? Qayerga kelib qoldik? Nahot buni 
aytib beradigan birorta odam topilmasa-ya?
Rostdan ham bundaqa kishi yo‘q edi, yaqin joy da bi-
rorta yerlik odam bo‘lganda, Dingo bundan darrov darak 
berar edi. It esa boshini egib olib va dumini sudrab qum-
loqda u yoqdan-bu yoqqa yurgani yurgan edi. U hadeb 
g‘alati qilib uvillardi. Uning qilig‘i juda ajoyib edi, ammo 
na odam va na hayvon borligidan xabar bermas edi.
– Dik, Dingoga bir qarasang-chi! – dedi missis Ueldon.
– Qiziq-a! Biron iz qidirayotganga o‘xshaydi-ya, – 
dedi Dik.
Rostdan ham qiziq, – deb shivirladi missis Ueldon.
Keyin birdan esiga olib:
– Negoro nima qilyaptiykin? – deb so‘radi.
– U ham Dingo singari qirg‘oqni kezib yuribdi, – dedi 
Dik Send. – Aytgandek, bu yerda ixtiyor o‘zida, nima 
qilsa qilaveradi. Endi men unga buyruq bera olmayman. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish