Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

114
Jyul Vern
Shu suhbatdan keyin Dik yanada dadillashdi. U ke-
mani xavfsiz portga olib borib, yo‘lovchilarni qutqazib 
olishiga hech bir shubha qilmas edi. Uning uchun shamol 
tinib, yelkanlarni ko‘tarishga imkon tug‘ilsa bas edi!
29-mart kuni shamol yana ham susayib qoldi. Dik 
grot va fok yelkanlarini ko‘tarishga qaror berdi.
– Do‘stlar, – dedi u o‘sha erta tongda kema sahniga 
chiqib, – menga yordamlashmasalaring bo‘lmaydi.
– Bosh ustiga, kapitan Send, – deb javob qay tardi 
keksa Tom hammalari uchun.
Xizmatingizga tayyormiz, – dedi Ger kules. – Bo‘ron 
vaqtida bekor yotaverib, zanglab qolay dedim.
– Og‘zing juda katta-ku, yelkanga puflay bermaysan
-
mi, – dedi kichkina Jek. – Puflayman desang, shamoldan 
sira ham qolishmaysan.
– Barakalla, Jek, boplading! – deb kuldi Dik Send, 
– Shamol to‘xtagan zamon Gerkulesdan yelkanga puf-
lashni iltimos qilamiz.
– Buyursangiz bas, kapitan Send, – deb javob berdi 
Gerkules og‘zini pufakday qilib.
– Dastlab, do‘stlarim, – dedi Dik, – shamol yirtib tash-
lagan grot o‘rniga boshqasini qo‘yishimiz kerak. Bu ish 
oson bo‘lmasa ham, lekin uni qilmasak bo‘lmaydi.
– Qilamiz! – dedi Akteon.
– Men ham yordamlashaymi? – deb so‘radi kichkina 
Jek, u doim mehnat qilishga tayyor edi.
– Ha, albatta, Jek, – dedi Dik Send. – Sen do‘stimiz Bat 
bilan shturvalda turib, unga yordamlashasan.
Rul boshqaruvchiga yordamchi bo‘lish vazifasini Jek 
jon deb qabul qildi.
– Endi ishga kirishaylik! – dedi Dik Send. – Lekin 
eslaringda bo‘lsinki, do‘stlarim, xavfli joyda behuda 
urinmang lar!
Matroslar yosh kapitanning rahbarligida bel bog‘lab 
ishga tushdilar. O‘ralgan yelkanni machta ustiga olib 
chiqib, undagi yog‘ochga bog‘lash kerak edi. Dik Send-
ning to‘g‘ri rahbarlik qilishi hamda matroslarning unga 


115
«O‘n besh yoshli kapitan»
itoat qilib jonbozlik bilan ishlashlari natijasida bir soat 
ichida yelkan ikki arqondan o‘tkazilib osib qo‘yildi.
Qattiq shamol urib turishiga qaramasdan, bo‘rondan 
oldin tushirilgan yelkanlarni ham birpasda ko‘tardilar. 
Ertalab soat o‘nda «Piligrim» fok, og‘ma grot va bitta kli-
verni ko‘tarib g‘izillaganicha ketmoqda edi.
Dik Send ehtiyot uchun boshqa yelkanlarni ko‘tar-
tirmadi. O‘sha ko‘tarilgan yelkanlar ham ke maning har 
kuni ikki yuz mildin ortiq yo‘l bosishiga yordam berardi. 
Bu esa Amerika qirg‘og‘iga o‘n kun deganda bemalol yetib 
olish uchun kifoya qilar edi.
«Piligrim»ning shamol hamda to‘lqinlardan qutulib ol-
ganiga Dik juda xursand edi. Endi kema tez sur’at bilan 
to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda edi.
Yosh kapitan shturval oldiga keldi-da, rul boshqa-
ruvchining yordamchisi Jekka tashakkur bildirib, o‘z 
vazifasini ado etishga o‘tdi.
Kema endi to‘lqinda o‘yinchoq emas edi. To‘ppa-to‘g‘ri 
yo‘ldan borardi. Dikning naqadar xursand bo‘lganini den-
gizchilik ishidan xabardor bo‘lgan kishi yaxshi tushunadi.
Ertasiga osmondagi bulutlar tez suzib ketayot gan 
bo‘lsa ham, lekin oralari katta bo‘lib ochilib qolganidan 
dengiz ustiga yarqirab oftob nuri tushib turardi. Goh-goh 
«Piligrim» ham oftob nuri ostida suzib borardi. Hamma 
yoqqa jon kirgizuvchi bu yorug‘ nur bir baxt edi! Goh 
bulutlar bu nurni to‘sardi, lekin shamol ularni sharq 
tomonga haydagandan keyin, yana hamma yoqni oftob 
nuri yarqiratar edi. Shunday qilib, havo yaxshilanaverdi.
Kemadagi kayutalarni shamollatish uchun ham ma 
lyuklar ochib qo‘yildi. Sho‘r va sof okean havosi tryumni, 
kubrikni, kayut-kompaniyani to‘ldirdi. Ho‘l yelkanlarni 
quritish uchun rostrga yoyib qo‘ydilar. Palubada hamma 
yoqni tozalash, shipirish boshlanib ketdi. Dik Send o‘z 
kemasining portga iflos va yig‘ishtirilmagan bir holda 
kirib borishiga aslo yo‘l qo‘ya olmasdi. Kemani tartibga 
solish uchun har kuni bir necha soat ishlansa bas edi, 
bunda matroslar ham toliqib qolishmasdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish