Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

107
«O‘n besh yoshli kapitan»
Hafta bo‘yi bo‘ron to‘xtovsiz bir zaylda davom etdi. 
14-martdan to 26-martgacha to‘xtovsiz sha mol bo‘lib 
turdi. Barometr pasaygani pasaygan edi. Albatta bunday 
havoda yelkanlarni qo‘yish hech bir aqlga sig‘maydigan 
ish edi.
«Piligrim» bir kecha-kunduzda uch yuz kilometr tez-
likda shimoli-sharq tomonga qarab suzib borar, ammo 
quruqlik hamon ko‘rinmas edi. Holbuki, yer, ya’ni Ameri-
ka qit’asi Tinch okean bi lan Atlantika okeani o‘rtasida bir 
yuz yigirma gradusgacha cho‘zilib yotar edi.
– Yo men aqldan ozdimmikin, yo bo‘lmasa hisobdan 
adashdimmikin, shuning natijasida «Piligrim» ancha 
kunlardan beri noto‘g‘ri yo‘ldan yurayotganmikan? – deb 
savol berdi o‘z-o‘ziga Dik Send. Yo‘q, uning bunday xato 
qilishi mumkin emas. Quyosh garchi bulutlar orasida 
yursa ham, lekin doim kemaning burun tomonidan 
chiqib, quyruq tomonida botadi. Xo‘sh, unday bo‘lsa 
yer qayoqda qoldi? Kema allaqachon yerga yetib kelgan 
bo‘lishi kerak edi. Amerika qayoqda qoldi? U, shu yerda, 
yaqin joyda bo‘lishi kerak edi axir, – o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib 
ketmagandir-ku. Mayli, Janubiy Amerika bo‘lmasin, 
Shimoliy Amerika bo‘lsin, – bunday xatoni qilib qo‘yish 
ehtimol, – axir «Piligrim» ikkisining biri yonidan o‘tib keta 
olmaydi-ku? Modomiki, qirg‘oq ko‘rinmas ekan, kema-
ning ahvoli endi nima kechadi? Yoinki kom pas buzildi-
mikin? Shunday bo‘lishi ham ehtimol, chunki ikkinchi 
kompas singani dan keyin, Dik uning to‘g‘riligini tekshirib 
ko‘rolmadi. Bu fikr to‘g‘riroqqa o‘xshadi. Yer ko‘rinmagan 
sari, Dik Send bu fikrning to‘g‘riligiga ishonardi.
Dik shturvalda navbatchilik qilishdan bo‘shagan vaqti-
da doim xaritani o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lardi, lekin 
qancha urinmasin bu masalani hal qilolmadi.
26-mart kuni ertalab soat sakkizlarda juda muhim 
voqea yuz berdi.
Navbatchilik qiluvchi Gerkules birdan:
– Yer! Yer! – deb hayqirib qoldi.


108
Jyul Vern
Dik Send kema burniga otildi. Gerkules den gizchi 
emas edi. Shu sababdan ko‘zi aldamadimikan-a?
– Qani yer? – deb baqirdi Dik Send.
– Hu, anavi yoqda! – deb ko‘rsatdi bir qora nuqtani 
Gerkules, shimoli-sharq tomonga qo‘lini uzatib.
Shamol bilan dengizning guvillab turganidan uning 
ovozi zo‘rg‘a eshitildi.
– O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingizmi? – deb qayta so‘radi 
o‘smir.
– Ha! – deb boshini qimirlatdi Gerkules.
U yana shimoli-sharq tomonga qo‘lini uzatib ko‘rsatdi. 
Dik o‘sha tomonga qancha tikilib qarasa ham... lekin 
hech narsani ko‘rolmadi.
Xuddi o‘sha paytda Gerkulesning hayqirig‘ini eshit-
gan missis Ueldon Dik Sendga bergan va’dasini buzib 
palubaga chiqib keldi.
– Missis Ueldon! – deb xitob qildi Dik.
Yosh ayol o‘zini oqlab o‘tirmasdan, negr ko‘rsatgan 
tomonga hadeb tikilar edi.
Gerkulesning qo‘li noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa kerak, Dik 
bilan missis Ueldon hech narsani ko‘rolmadilar.
Shu choq Dik ham, to‘satdan qo‘lini cho‘zib:
– Ha! Ha! Yer! – deb qichqirib yubordi.
U bulutlar orasida tog‘ cho‘qqisiga o‘xshash narsani 
ko‘rib qoldi. Uning «dengizchi ko‘zlari» sira adashmasdi: 
bu haqiqatan yer edi.
– Axiri ko‘rindi-ya! Axiri! – deb qayta-qayta aytardi u, 
suyunganidan nima qilishini bilmay.
Missis Ueldon kemaning chekkasini ushlaganicha 
ko‘zini uzmasdan yerga tikilar edi, u ham yerni ko‘rgandi.
Qirg‘oq, shamolga qarshi tomonda kemaning sal 
chaprog‘i da, o‘n milcha narida ko‘rinar edi. Bulutlar ning 
orasi ochilib, ko‘m-ko‘k osmon ko‘rindi. Endi baland 
tog‘ cho‘qqisi aniq ko‘rinib turar edi. Bu, hech shaksiz, 
Amerika qit’asidagi birorta burun bo‘lsa kerak.
Yelkanlari bo‘lmagani sababli «Piligrim» qayrilib bu 
burunga tomon borolmasdi. Ammo u al batta yerga yetib 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish