Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

105
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Mana bu la’nati oshpaz kompas ustiga yiqilib ketdi
– deb javob berdi Tom.
Dikning es-hushi uchib, naktouzga tomon otildi. 
Lekin naktouz ham, chiroq yoritib turgan kompas ham 
boyagicha butun ekan.
Yosh kapitan yengil nafas oldi. Agar keyingi kompas 
ham sinib qolganida ahvol juda ham chatoq bo‘lar edi.
Dik Send naktouzning tagidagi temir olib tashlangani-
dan keyin kompasning strlekasi avvalgi holiga kelib, yana 
magnit qutbini to‘g‘ri ko‘rsata boshlaganidan bexabar edi.
Kompasning ustiga yiqilib ketgani uchun Negoroni 
ayblab bo‘lmasdi ham (chunki bu tasodifiy bo‘lishi mum
-
kin edi), ammo Dik Send uning qoq yarim kechada kema 
quyrug‘ida nima qilib yurganini surishtirishga haqli edi.
– Nima qilib yuribsiz bu yerda? – deb so‘radi Dik.
– Nima istasam shuni, – deb javob qaytardi Negoro.
– Nima dedingiz? – dedi jahl bilan Dik.
– Men, – deb bamaylixotir javob qaytardi Negoro, – 
kema quyrug‘ida yurilmasin degan qoida yo‘q deyapman.
– Bunaqa qoida yo‘q bo‘lsa-da, lekin shu soatdan 
boshlab men bu qoidani kirgizaman, – dedi Dik Send. – 
Men sizga kemaning quyrug‘ida yurishni man qilaman!
– Shunaqa deng! – deb xitob qildi Negoro.
Odatda o‘zini yaxshi tutadigan bu odam Dik ustiga 
otilmoqchi bo‘lgandek bir harakat qildi.
Yosh kapitan cho‘ntagidan to‘pponcha chiqarib, osh-
pazga o‘qtaldi.
– Negoro, – dedi u, – shuni bilingki, mening yonimda 
doim to‘pponcha yuradi. Intizomni buzar ekansiz, qoq 
miyangizdan otib tashlayman!
Shu onda Negoro qandaydir bir kuch zarbidan yiqilay 
dedi, chunki Gerkules o‘zining og‘ir qo‘lini uning yelkasiga 
qo‘ygan edi.
– Kapitan Send, – dedi pahlavon, – ruxsat eting, men 
bu iflosni dengizga uloqtirib yuboray? Baliqlar bir maza 
qilishsin. Ular buning iflosligidan jirkanib o‘tirmaydilar.


106
Jyul Vern
– Yo‘q, Gerkules, hali vaqti kelgani yo‘q, – de di Dik 
Send.
Pahlavon qo‘lini uning yelkasidan olganidan keyin 
Negoro qaddini rostlab oldi-da, Gerkulesning yonidan 
o‘tib ketayotib:
– Shoshmay tur hali, la’nati negr, buning uchun bop-
lab ta’ziringni beraman! – deb to‘ng‘illadi.
Dik Sendga shamol boshqa tomondan esa boshlagan-
day ko‘rindi, chunki kompasga qarasa, strelkasi birdan 
to‘rt rumbga surilib ketibdi. Shamolning bunday keskin 
o‘zgarishi dengizga hech bir ta’sir qilmaganiga yigitcha 
juda hayron qoldi.
Kema avvalgi yo‘lidan ketayotgan bo‘lsa ham, lekin 
endi shamol kemaning quyrug‘iga emas, balki yonidan 
chap tomonga urmoqda edi. Kemaning bunday ketishi 
xavfli bo‘lganidan Dik Send kema ning yo‘lini to‘rt rumbga 
o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Yosh kapitan hamon tashvishda edi. U, Negoroning 
bugungi tasodifiy yiqilishi bilan bi rinchi kompasning 
sinishi o‘rtasida biron bog‘lanish yo‘qmikin, deb o‘z-o‘ziga 
savol berdi. Kema quyrug‘ida oshpaz nima qilib yuribdi? 
Ehtimol, u ikkinchi kompasning ham ishdan chiqishini 
istagandir? Buning nima hojati bor ekan unga? Dik bu 
jumboqni yechishga ojiz edi. Boshqalar qatorida Negoro 
ham Amerika qirg‘og‘iga tezroq yetib olishni istasa kerak
axir.
Dik Send bu voqeani missis Ueldonga aytib bergani-
dan keyin u ham Negoroga ishonmay qoldi, ammo uning 
kema asboblarini qasddan buzayotganiga gumonsirashi 
uchun hech qanday sabab topa olmas edi.
Dik Negoroni doim nazorat qilib turishga qaror berdi. U 
bu bilan ham qanoatlanmasdan Dingoni kema quyrug‘iga 
ko‘chirdi, chunki oshpazning itdan o‘zini olib qochishini 
Dik juda yaxshi bilar edi. Ammo yosh kapitanning man 
qilganini bilgan Negoro endi kema quyrug‘iga sira bor-
masdi, chun ki u yerda hech qanday qiladigan ishi ham 
yo‘q edi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish