Mavzu: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini texnologiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish



Download 1,28 Mb.
bet1/3
Sana27.05.2022
Hajmi1,28 Mb.
#611646
  1   2   3
Bog'liq
Bo\'lajak boshlang\'ich sinf o\'qituvchilarini texnologiya fanini o\'qitishga


Mavzu: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini texnologiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish.

Reja
1. Texnologiya fanining mazmuni.


2. Texnologik malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish
3. Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish.


1.Texnologiya fanining mazmuni.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 408 soat vaqt ajratiladi.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, metall va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg’orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutilgan.
5-7 sinflarda o’quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo’ladigan yuqorida
ko’rsatilgan bo’limlar o’quvchilarda milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyg’otadi.
8-9 sinflarda xalq hunarmandchiligi texnologiyasi, ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, kasb-hunarlarga yo’naltirish bo’limlari ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko’maklashadi.
Umumta’lim maktablarida texnologiya fani yuqori bosqichlardagi ta’lim muassasalarida kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini amalga oshirishning negizi bo’lib, uning mazmuni asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
I-IV sinflar – keng ko’lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar (qog’oz, rangli qog’oz, karton turlari, poralon, penoplast, paxta va matolar qiyqimlari, plastilin, simlar va boshq.) bilan tanishtirish, buklash, qirqish, yelimlash, bichish, tikish, to’qish usullari orqali kichik hajmdagi o’yinchoqlar va oddiy buyumlar yasash, xalq hunarmandchiligi to’g’risida boshlang’ich tushunchalar berish, o’quvchilarni o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga o’rgatish, uy-ro’zg’or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini (modellar, maketlar) tayyorlashni, buyumlarni yasash yo’llari, uslublari o’rganiladi. V-IX sinflarda uchta “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” hamda “Umumlashgan (o’g’il va qiz bolalar)” yo’nalishlari bo’yicha tashkil etiladi va 5-7 sinflarda haftasiga 2 soat, 8-9 sinflarda 1 haftasiga 1 soatdan darslar o’qitiladi. Ushbu har bir texnologiya fani yo’nalishlari xalq hunarmandchiligi texnologiyasi, ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo’naltirish bilan yakunlanadi.
Texnologiya va dizayn. Bu yo’nalish bo’yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida o’quvchilar turli materiallar (yog’och, metall, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar: ularni rejalash, arralash, teshish, yo’nish, pardozlash ishlari va ularda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizasiyalashtirilgan jihozlar, mashinashunoslik elementlari, yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari, elektronika, avtomatlashtirish, texnologik xaritalar, ularni tuzish, elektrotexnika ishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to’g’risida nazariy bilimlarga ega bo’ladilar. Metall va metallmas buyumlar bilash ishlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar turli asboblar bilan ishlash, amaliy ko’nikmalarni, texnologik xaritalar bilan ishlash, ro’zg’orbop va xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarishni o’rganish bo’yicha asosiy tushuncha, texnikaviy andozalar (shablonlar) hamda boshqa turdagi ko’nikma va malakalarni egallaydilar.

Servis xizmati yo’nalishi. Ushbu yo’nalish bo’yicha quyidagilarga ega bo’lish talab etiladi: - oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish oshpazchilik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayotidagi roli, xususiyatlari, to’yimliligi, turlari, ovqatlanish me’yorlari va tartibi; taomlar turlari, milliy taomlar, oshxonalarning jihozlanishi, oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena talablari hamda mehnat xavfsizligi qoidalari; - tikuvchilik asoslari, gazlamalarga ishlov berish, kiyimlar turlari va ahamiyati, bichish-tikish, to’qish, buyumlarni ta’mirlash, dizaynerlik ishlari, tikuv mashinalari, yigiruv-tikuv mashinalarining turlari, umumiy tuzilishi va ishlashi; - uy-ro’zg’or yuritish asoslari, uy-ro’zg’or jihozlari kabi qismlardan iborat bo’lib, quyidagi nazariy bilimlarni o’rgatishni nazarda tutadi: oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida keng tarkalgan kasblar, ularning tavsiflari, oila jamg’armasi hamda ularni sarflash, qizlar bolalar gigiyenasi. O’quvchilar quyidagi ko’nikma va malakalarni egallaydilar: oziq-ovqat mahsulotlarini yig’ish, tashish, saqlash hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish; turli uy-ro’zg’or asboblarini ishlatish; turli taomlar tayyorlash; zamonaviy maishiy uy ro’zg’or texnika vositalarini ishlatish; kiyimlarni bichish, tikish, tuzatish, ta’mirlash.


Ro’zg’orshunoslik asoslari bo’limi – uy yig’ishtirish, yotoqhona, kiyim, kitob javonlarini tartibga keltirish qoidalari. Kiyimlarni ta’mirlashda applekasiya usuli (yamoq solish); - oshxona asbob-uskuna, moslama va jihozlarni yuvish va saqlash usullari; - shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta’mirlashda qollaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta’mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot; - mebel va uni joylashtirish, tozalash, saqlash qoidalari. Maishiy kimyoviy vosita turlari va ulardan foydalanish qoidalari. Kiyimlarni tozalash va saqlash qoidalari; - oshxona, hammom, hojatxonalarni tozalash qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Maishiy texnika va ulardan foydalanish qoidalari. Kiyimlarni dazmollash (shim, kofta, yubka, palto) qoidalari. Uy-ro’zg’or buyumlari (o’rin-ko’rpa, gilam, linoleum, sumka, chemodan) va ulardan foydalanish, saqlash qoidalari; - qishki mavsumga tuzlamalar tayyorlash. Interner dizayni. Uy-ro’zg’or asboblarini (lampochka, rozetka) tuzatish ishlari. Issiqlik, elektr, suv ta’minoti va oqava suv quvurlari sistemasidan to’g’ri foydalanish qoidalari. Zamonaviy kran, ventil va suv oqizish.

Xalq hunarmandchiligi asoslari: o’quvchilarga yo’nalishlar bo’yicha xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo’yicha ko’rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlar tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo’nalishi bo’yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg’unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.


Elektrotexnika ishlari: o’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyasiyalash ishlari; elektr asboblari; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash hamda shu sohaga oid kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.
Elektronika asoslari: elektronika elementlari. Rezistor va kondensatorlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi. Rezistor va kondensatorlarni ketma ket, parallel va aralash ulash. AVO metr yordamida umumiy sig’im va qarshilikni o’lchash. Yarimo’tkazgichli qurilmalar (diod, tranzistor, tiristor, fotodiod, varikap, svetodiod ). - yarim o’tkazgichli diod va uning qo’llanilishi. Yarim o’tkazgichli diod bilan tanishish. O’zgaruvchan tok to’g’irlagichini tayyorlash. Harakatlanuvchi qurilmalar tayyorlash. Harakatlanuvchi qurilmalar tayyorlash. Avtomatikaning asosiy tushuncha va atamalari. Avtomatik qurilmalar (avtomatik nazorat, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash). Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari. Sodda avtomatik qurilmalarni tayyorlashni o’rganish (bimetall datchik).

Uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash bo’limi: o’quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari hamda kichik ta’mirlash; oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning laklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona interyeri va jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari; xonalar, fan bo’yicha o’quv kabinetlarida mebel va qo’shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo’mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.
Ishlab chiqarish asoslari: o’quvchilar O’zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog’liqligi; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o’lchash va taqqoslash texnologiyalari; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; tabiatni muhofaza qilish; sanoat miqyosida ko’p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo’lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb-hunarga yo’naltirish asoslari. Kasblarni tanlash maqsadi, shart-sharoitlari, kasblar tasniflagichi. Kasb tanlash formulasi, kasbiy tavsifnoma. O’zbekistonda kasblar turkumlari: Odam-odam; Odam-texnika; Odam-tabiat; Odam-belgilar tizimi; Odam-badiiy obraz. Kasbiy mahorat asoslari. Kasb-hunar yo’nalishini tanlashda qiziqish, moyillik, qobiliyat, kasbiy yaroqlilikning ahamiyati bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish. O’quvchilarning hududiy, geografik, mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida o’zlari qiziqqan sohalar yo’nalishini (akademik liseylarda o’qish yo’nalishini), ixtiyoriy tanlashlariga yordamlashish. Sog’ligini tanlagan kasbiga mos kelish-kelmasligini hisobga olish. Kelgusi kasbiy hayot yo’lini ongli tanlay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’quvchilarning unumli mehnat jarayonida ishtiroki.
O’quvchilarning texnologiya faniga oid o’quv reja va dasturlari orqali o’quv muassasalarida oladigan nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalari turli shakllarda tashkil etiladigan quyidagi unumli mehnat turlari va jarayonlarida ishtirok etishlari orqali mustahkamlanadi:
- mehnat turlari va sohalari bo’yicha maktabda tashkil etiladigan amaliy to’garaklar: maktab ustaxonalari, laboratoriyalari, tajriba-sinov va yer maydonlari, homiylik va otalik korxonalari negizida tashkil etiladigan amaliy mashg’ulotlar; maktab kooperativlari, kichik va qo’shma korxonalarda ishlash; mehnat amaliyotida qatnashish; turli xil mulkchilik shakllaridagi ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar tashkil etish; mehnat va hosil bayramlari, anjumanlari, ko’rgazmalari va shu kabilarni tashkil etish.
O’quvchilar mehnat faoliyatining bu ko’rinishlarini tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, shaxsiy, ruhiy, fiziologik xususiyatlari, pedagogik va metodik mezonlar, mehnat qonunchiligi, sanitariya-gigiyena va mehnat xavfsizligi talablari, milliy an’analar va urf-odatlar, iqtisodiy sharoitlar va qonuniyatlar hisobga olinishi lozim.
Texnologiya fani o’qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Texnologiya fani o’qituvchilariga qo’yiladigan kasbiy talablar ularning kasbiy tayyorgarligi ko’nikma va malakalari darajasi, ish faoliyati sharoitlari hamda mazmuni kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Umumta’lim maktablari va o’quv muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan texnologiya fani o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi quyidagi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Texnologiya fanini o’qitishni tashkil qilish, takomillashtirish va rivojlantirishning ilmiy-metodik va moddiy-texnik ta’minoti.
Umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o’qitishni tashkil qilishda zamonaviy talablardan kelib chiqib, ta’lim standartini ishlab chiqish, o’quv reja va dasturlarini, zarur darsliklarni yaratish, tarqatma va ko’rgazmali materiallar tuzish, texnologiyaning ilmiy-uslubiy asosini yaratish jarayoni, avvalo, yagona tizimga va tartibga solinishi, boshqarilishi hamda eng muhimi, o’quv-tarbiya tizimini mazmunan va shakllan takomillashtirilishi shu sohada keng ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ishlarini jadallashtirishi ilmiy-metodik ta’minotning asosini tashkil etadi. Ilmiy-metodik ta’minot maktab uslubiy kengashlari, tuman, viloyat xalq ta’limi bo’limlari, tegishli vazirliklardagi ilmiy-uslubiy kengashlar faoliyatlari, ilmiy-tadqiqot institutlaridagi, oliy o’quv yurtlari kafedralarida olib borilayotgan mazkur yo’nalishlardagi ilmiy izlanishlar, tadqiqot-tajriba ishlari bilan uyg’unlashtirilmog’i va muvofiklashtirilmog’i lozim.
Texnologiya fanini amalga oshirishning o’ziga xos asosiy shartlaridan biri – uning barcha bo’g’inlaridagi o’quv jarayonini moddiy-texnikaviy, uslubiy-didaktik jihatdan hozirgi zamon talablari asosida majmuaviy ta’minlanishidadir.

Texnologiya fanining moddiy-texnik ta’minoti; dastgohlar, maxsus binolar, yo’riqnomalar, huquqiy va ma’muriy hujjatlar majmualari, texnologik va xavfsizlik xaritalari, turli materiallar, asbob-uskunalar, moslamalar, energiya manbalari, ehtiyot qismlar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu ta’minotni amalga oshirishda davlat tashkilotlari, xususiy, kichik, qo’shma korxonalar va mehnat jamoalari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik yordami jalb qilinsa, Texnologiya fanini o’qitishning samaradorligi ortadi.


Texnologiya ta’limi va kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining uzviyligi.
Texnologiya fani va kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini uzluksiz tizimi oiladagi va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi, umumta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi, o’rta maxsus, oliy va mustaqil ta’limni; ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kabi bosqichlarini o’ziga qamrab oladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni hayotga, mehnatga va ma’lum turdagi kasblarga tayyorlashda texnologiya fani va kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini uzviyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Umumta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida olgan bilim, ko’nikma va malakalari yuqori VIII-IX sinflarda “Xalq hunarmandchiligi asoslari”, “Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari” bo’limlarini hamda ommaviy va an’anaviy kasb yo’nalishlari bo’yicha texnologiya fanining amaliy yo’nalishlarini o’rgatish jarayonida qisman ixtisoslashtirilib boriladi.
Texnologiya fani va kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining amaliy fanlari dastlab boshlang’ich ta’lim yo’nalishidan boshlab oddiydan murakkabga qarab tamoyili asosida chuqurlashtirilgan holda, VIII-IX sinflarda xalq xo’jaligining turli tarmoqlari (sanoat, mashinasozlik, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish, aloqa va san’at) va xalq hunarmandchiligini o’rganish bilan birgalikda boshlang’ich kasb-hunar ko’nikma va malakalarini shakllantirishini nazarda tutiladi. O’quvchilar texnologiya fani jarayonida amaliy mashg’ulotlarida olgan ixtisoslashgan bilim, ko’nikma va malakalarni kasb-hunar kollejlarida sohaga oid kasb-hunarlarni o’rganishda kengaytiradilar va rivojlantiradilar.

Texnologiya va kasbiy ta’limning ixtisoslashgan bosqichlaridan o’tgan yoshlar o’z mutaxassisliklarini xohishlariga va qiziqishlariga qarab, kollej, oliygohlar, bakalavriatura, magistratura va doktoranturalarda takomillashtirishlari mumkin.


Texnologiya fanining istiqbol taraqqiyoti.
O’zbekiston Respublikasida yoshlarning texnologiya ta’limi va kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish texnologiya fani va kasb-hunarga yo’naltirishning istiqbol taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir.
Texnologiya fanining istiqbol taraqqiyoti yangi pedagogik texnologiyalar va didaktik tizimlar yaratilishi hamda bevosita uzluksiz ta’lim amaliyotiga qo’llanishi bilan belgilanadi.
Yangi didaktik (o’qish va o’qitish) tizimlar texnologiya fanida quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: ta’lim-tarbiyadagi pedagogik texnologiyalar, qo’llaniladigan mehnat vositalari, qurollari, qurilma va moslamalar, o’quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini qo’llash; xorijiy rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyalar tajribalaridan respublikamiz xususiyatiga mos keladiganlarini takomillashtirib, qayta ishlab, ta’lim jarayonida qo’llash;
davlat va xususiy ta’lim muassasalaridagi umumiy va hunar ta’limi tizimlaridan namunalar tanlab olinadi, o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajasini belgilashda test, reyting kabi baholash usullaridan foydalanish;
o’quvchilarning ham aqliy, ham jismoniy jihatdan kamol topishiga, jamiyatda ishlab chiqarish jarayonida avtomatika, elektronika, robototexnika sohalarining rivojlanishiga, zamonaviy mutaxassislar guruhi shakllanishiga zamin yaratadi.
Texnologiya fanidagi yangi maznun va isloxotlarni amalga oshirishida, turli o’quv-tarbiyaviy, ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirilishida vazirlik, maktab, oila, jamoatchilik xususiy va davlat tasarrufidagi muassasalar, firmalar, konsernlar, birlashmalar faol ishtirok etadilar.
Texnologiya fanida yangi didaktik tizimlar o’qitilayotgan fanlarning mazmuni, shakli, usullari, yo’llari va vositalarini dasturli ta’lim asosida yangilanishini amalga oshiriladi.
Texnologiya fanining mazmuni, vazifasi va tashkil etish shakllari yagona ta’lim standartida aks ettiriladi.
Texnologiya fani konsepsiyasini amaliyotga joriy etishning shart-sharoitlari.
Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etish quyidagi ilmiy, metodik, tashkiliy va moddiy-texnik shart-sharoitlarni amalga oshirishni talab etadi:
1. Texnologiya fanini o’qitishda uzluksiz ta’lim tizimining (uzluksizlik va uzviylik) tamoyillariga qat’iy rioya qilish.

2. Tayanch va umumta’lim maktablaridagi texnologiya fanining mazmuni, maqsadi va vazifalarini, tashkil etish shakllarini, metodlari va vositalarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish.


3. Ilmiy-pedagogik xodimlar, mutaxasssis o’qituvchilar, murabbiy-tarbiyachilar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
4. Texnologiya fani o’qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish.
5. Texnologiya fani o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash konsepsiyasini ishlab chiqish; texnologiya va kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
6. Texnologiya fani davlat ta’lim standartini o’quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanish qobiliyatlariga mos holda ishlab chiqilishi, uni namunaviy o’quv dasturlari, o’quv qo’llanmalari, darsliklar va turli ilmiy-uslubiy ishlanmalar majmualari bilan ta’minlash.
7. Texnologiya fanining moddiy-texnik ta’minotini jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib mustahkamlash.
8. Texnologiya fanini o’qitishni takomillashtirish maqsadida umumta’lim va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalari, viloyat, tuman xalq ta’limi bo’limlari, Respublika ta’lim markazi, xalq ta’limi vazirligi, Respublika fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlarining tegishli kafedralarida olib borilayotgan nazariy va amaliy tadqiqot ishlarini tizimlashtirish, uyg’unlashtirish, markazlashtirish va muvofiqlashtirish.
9. Texnologiya fanini o’qitishda respublikamiz umumta’lim maktablari va xorijiy mamlakatlarda erishilgan ilg’or tajribalarini o’rganish hamda amaliyotga qo’llashda respublikaning ta’lim sohasidagi siyosati talablari hamda mahalliy, milliy, etnik, hududiy xususiyatlarni hisobga olish.
10. Texnologiya fanini o’qitishni yanada takomillashtirish maqsadida me’yoriy, metodik xujjatlar, zaruriy nizomlar, yo’riqnomalarni ilg’or tajribalar asosida tayyorlash va tashkiliy tadbirlarni hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, yagona markazlashtirilgan holda umumdavlat miqyosida joriy etish.
11. Iqtidorli yoshlarni kasb-hunar o’rganishga bo’lgan qiziqishlariga ko’ra kasbiy mahorat darajalarini rivojlantirishga sharoit yaratish.
Texnologiya ta’limining mazmuni va uning tashkil etilishi. Texnologiya ta’limi dasturida o‘quvchilar texnologiya darslarida egallashi lozim bo‘lgan ilmiy-texnik bilimlarining, texnologiya malaka va ko‘nikmalari hajmi hamda mazmuni belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga texnologiya ta’limini berish, ularni tarbiyalash sohasida qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z ifodasini topgan. Texnologiya ta’limi dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Bu borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni pedagogikaning didaktik printsiplarga to‘la-to‘kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkabligi ortib borishi hisobga olingan holda va texnologiya ta’limining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi, turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish