LABORATORIYA ISHI № 1 SolidWorks, KOMPAS kabi tizimlarda mashina va mexanizmlari va detallarining chizmalarini tayyorlash
Ishning maqsadi: SolidWorks, KOMPAS dasturi bilan tanishish va o’rtacha murakkablikdagi detallarni SolidWorks va KOMPAS dasturlari yordamida loyihalash.
Ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan asbob va jihozlar: «Windows» operatsion sistemasi va SolidWorks va KOMPAS dasturi o’rnatilgan «Pentium IV» kompyuteri.
O’rtacha murakkablikdagi detallar namunalari.
Detallarni o’lchash uchun o’lchov asboblar.
Bajarilgan ishni chop etish uchun plotter yoki printer.
Nazariy ma’lumotlar KOMPAS dasturi Rossiya Federatsiyasining ASKON kompaniyasida ishlab chiqilgan. KOMPAS dasturi detallar ishchi chizmlarini va shu chizma bo’yicha detalning tayyorlanish texnologik jarayonini tuzish imkonini beradi. Bundan tashqari KOMPAS dasturi tuzilgan texnologik jarayon asosida SDBli dastgohlar uchun dastur tuzish va ishlov berish vaqtida ularning ishini boshqarish imkonini beradi. KOMPAS dasturi OS «Windows» muhitida ishlaydi, KOMPAS dasturi loyihalanayotgan detallarning izometrik va dimetrik ko’rinishlarini yaratish imkoniyatiga ega.
Bir nechta qattiq jismlarni bitta detalda yaratish imkoniyati tug’ildi(.m3d faylida). Detaldagi jismlarning umumiy miqdori “Derevo postroeniya”da aks etadi. Tizimda ishida ko’p jismli modellashtirish bilan bog’liq bo’lgan quyidagi o’zgarishlar amalga oshgan
Detal asosini yaratish buyrug’I (Operatsiya vidavlivaniya, Operatsiya po secheniyam va boshqalar) va elementlarni yopishtirish(yelimlash) buyruq(komanda)lari(Prikleit’ vidavlivaniem, Prikleit’ po secheniyam va boshqalar) juft-juft bo’lib birlashtirilgan. Hosil bo’lgan buyruqlar asoslar yaratish buyrug’i nomini saqlab qolgan va detalga material qo’shish uchun xizmat qiladi. Ularning har birini bajarish vaqtida, hamda listli jism yaratishda yaratilayotgan element alohida yoki uni mavjud jismga yopishtirish kerakligini ko’rsatish mumkin. Detaldagi listli jism faqat bitta bo’lishi mumkin.
Elementlarni yopishtirish va qirqishda, hamda Otverstie, Sechenie poverxnost’yu va Sechenie po eskizu buyruqlarini bajarishda operatsiyaning qo’llanilish sohasini ko’rsatish mumkin, bunda operatsiya - operatsiya ta’siri tarqalgan jismlar to’plami.
Jismlarni nusxasini detalga olish faqatgina Zerkal’no otrazit’ vse buyrug’i yordamida amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga bu buyruq nomi Zerkal’no otrazit’ telo ga o’zgartirilgan. Massivlar yaratishning qolgan buyruqlari avvalgidek elementlarni nusxasini olish uchun xizmat qiladi.