Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

97
«O‘n besh yoshli kapitan»
Har tomondan turli xatarli hodisalar kutilayotgan 
bo‘lsa-da, biroq «Piligrim»ga shamol doim orqadan urib 
turar, shunisi jonga ora kirar edi. Hatto bu shamol 
bo‘ronga aylangan taqdirda ham «Piligrim»ning Amerika 
qirg‘og‘iga yana ham tezroq yetib borishini kemadagilar-
ning hammasi tushunar edi. «Piligrim»day mustahkam 
kemaga bo‘ron pisand emas, noma’lum sohildan chiqib 
qolish chindan ham xavfliroq edi.
Bu fikr Dik Sendni juda qattiq tashvishga solib qo‘ydi. 
Basharti, kema kimsasiz bir qirg‘oqqa chiqib qolsa, unda 
lotsman topilmasa, nima bo‘ladi? Bordi-yu, havo buzuq 
paytda, qirg‘oqning noma’lum bir joyidan kemaga joy 
qidirish kerak bo‘lib qolsa-chi?
Unda nima bo‘ladi? Albatta, bunday masalalar usti da 
hozir bosh qotirib o‘tiradigan payt emasdi, biroq qachon 
bo‘lmasin bunday hol yuz beradi, shunda darrov biron 
chora ko‘rish kerak bo‘lib qoladi.
Nima qipti, kezi kelganda Dik Send bunday chorani 
ko‘radi!
Keyingi o‘n uch kun ichida, ya’ni 24-fevraldan 9-mart-
gacha havo hech o‘zgarmadi desa bo‘ladi. Osmonda 
avvalgicha qora bulutlar suzib yurar edi. Ba’zan shamol 
to‘xtardi, lekin birpasdan so‘ng yana ilgarigicha qattiq esa 
boshlardi. Barometr ikki-uch marta yuqoriga ko‘tarila 
boshlagan esa-da, lekin bir necha chiziqqa ko‘tarilgan 
zamon yana pastga tushar edi. Havoning bosimi keskin 
o‘zgarib turganligi sababidan, yaqin kunlar ichida havo-
ning yaxshilanishiga umid qilib bo‘lmas edi.
Bir necha marta qattiq momaqaldiroq bo‘lib o‘tdi. Bu 
hodisa Dik Sendni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Ke-
madan ikki yuz metrgacha narida suvni bir necha marta 
yashin urdi. Tez-tez jala quyib tu rar, «Piligrim»ni esa doim 
qalin tuman o‘rab yotar edi. Ba’zan, kema burnidagi «ku-
zatib boruvchi» tumanda anchagacha hech narsani ko‘ra 
olmas, kema esa tavakkal qilib suzib borar edi.
To‘lqinlar kemani o‘lguday chayqatsa ham, lekin 
to‘lqinlar orasida o‘zini yaxshi tutib borar edi. Baxtga 


98
Jyul Vern
yarasha, missis Ueldon dengiz kasaliga mubtalo emas 
edi. Biroq kichkina Jek bu kasaldan qattiq qiynaldi va 
shu sababdan missis Ueldon uning oldidan bir qadam 
ham nari jilmadi.
Butun vaqtini suvaraklar bilan o‘tkazuvchi Benedikt 
tog‘a amerika suvaraklari singari kema ning tebranishini 
pisand qilmasdi. Bu olim, xuddi o‘zining San-Fransis-
kodagi uyida o‘tirgan singari, kun bo‘yi hasharotlarni 
tekshirib o‘tiradi.
Yaxshiyamki, Tom va boshqa negrlar dengiz kasaliga 
mubtalo emas edilar: ular kemada yosh kapitan ko‘rsat-
gan hamma ishlarni ilgaricha bajarib turar edilar. Dik 
Send o‘zi esa kemaning to‘lqinda tebranishiga ko‘pdan 
ko‘nikib qolgan edi.
Yelkanlari kam bo‘lishiga qaramasdan, «Pilig rim» ol-
dinga qarab ildam suzib borar edi. Dik Send, ko‘p o‘tmay 
yelkanlarni yana kamaytirishga to‘g‘ri keladi, deb oldinoq 
mo‘ljallab qo‘ydi. Ammo u bevosita xavf bo‘lmaganidan, 
buni qilishga shoshilmadi.
Dikning mo‘ljalicha, quruqlikka yaqinlashib qolishgan 
edi. Shuning uchun u navbatchilarga hushyor bo‘lib 
turishni buyurdi. Ammo yosh kapi tan tajribasiz mat-
roslarning yerni uzoqdan ko‘rib tanishlariga ishonmas 
edi. Tuman orasidan yerni ko‘ra olish uchun o‘tkir ko‘zli 
bo‘lishgina kifoya qilmasdi. Shuning uchun Dik Send 
machtaga o‘zi chiqib, ufqqa anchagacha tikilib qaradi.
Ammo Amerika qirg‘og‘i hamon ko‘rinmas edi.
Yosh kapitan bunga hayron bo‘ldi, u o‘zining bu hay-
ratini missis Ueldondan yashira olmasdi.
9-mart kuni Dik kemaning burnida turib, goh dengiz-
ga, goh osmonga, goh «Piligrim»ning qattiq shamoldan 
egilayotgan machtalariga qarab qo‘yar edi.
– Hech narsa ko‘rinmayaptimi, Dik? – deb so‘radi 
missis Ueldon o‘smir durbindan ko‘zini olgach.
– Hech narsa, missis Ueldon, hech balo ko‘rinmayap-
ti... Shamol esa yordam beryapti, u yana ham kuchay-
ganga o‘xshaydi, chunki tumanni tarqatib yubordi...



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish