Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n birinchi bob
BO‘RON
Keyingi hafta ichida, ya’ni 14-fevraldan 21-fevralgacha 
kemada biror muhim voqea yuz bermadi. Shimoli-sharqiy 
shamol kuchayaverdi. «Piligrim» o‘rta hisob bilan har kuni 
bir yuz sakson mildan yo‘l bosib, g‘izillaganicha oldinga 
qarab bormoqda edi.
Dik Sendning fikricha, kema ikki yarim shar o‘rtasiga 
qatnovchi yo‘lovchi paroxodlar yuradigan joylarga yetib 
qolgan bo‘lishi kerak edi.
Ana shunaqa paroxodlardan birini uchratsak, kerak, 
deb o‘ylardi yigitcha. U shunday paroxod uchrab qolsa, 
kemadagi yo‘lovchilarni yo o‘sha paroxodga ko‘chirishga 
qat’iy qaror berdi, yoki uning kapitanidan yordam so‘rab, 
«Piligrim»ga bir necha matros, agar iloji bo‘lsa, bitta ofit
-
ser ham olmoqchi edi. U hech tinmay uzoqqa tikilardi, 
ammo birorta ham kema ko‘rinmaydi. Dengiz ilgarigiday 
bo‘m-bo‘sh edi.
Bu hol Dik Sendni hayron qoldirdi. Uch marta qutb 
sayoha tiga qatnashgan bu yosh matros o‘z mo‘ljalida 
hozir «Piligrim» ketayotgan bu joylardan bir necha marta 


91
«O‘n besh yoshli kapitan»
o‘tgan bo‘lishi kerak edi. O‘sha vaqtlarda u Gorn burnidan 
Amerika qit’asining eng oxirgi nuqtasi bo‘lgan ekvatorga 
yoki buning teskarisiga yurayotgan amerika yoki ingliz 
kemalarini doim uchratib turar edi.
Ammo Dik Send hozir «Piligrim» turgan joy u mo‘ljal-
lagan yerdan anchagina janubda ekanligini sira bilmasdi 
va gumonsirashga o‘rin ham yo‘q edi. Buning sababi 
ikkita edi.
Avvalo, dengiz oqimi sabab bo‘ldi. Dik Send dengiz 
oqimining tezligini unchalik yaxshi bilmas di. Holbuki, 
bu yerlarda dengiz oqimi juda kuchli bo‘lib, kemani 
sezdirmasdan to‘g‘ri yo‘lidan chetga chiqarib yuborar edi.
So‘ngra, Negoroning jinoyatchi qo‘li bilan buzilgan 
kompas yo‘lni noto‘g‘ri ko‘rsatar edi. Ehtiyot uchun saqla-
nadigan kompas sinib qolganidan Dik Send bu kompasni 
tekshirib ko‘rolmas edi.
Shunday qilib, Dik Send kemani to‘ppa-to‘g‘ri sharq 
tomonga olib ketyapman deb o‘ylasa-da, ammo haqiqatda 
kema janubi-sharq tomonga qarab ketayotgan edi!
Kompas doim uning ko‘z o‘ngida turdi. Har yarim 
soatda lag asbobini dengizga tushirib turilardi. Yosh 
kapitan shu ikki asbob yordami bilan kemaning yurgan 
yo‘lini taxminan hisoblab chiqa olar hamda kemani to‘g‘ri 
yo‘ldan olib borardi.
Biroq bunday juda ham taxminiy bo‘lgan hisobga 
qanoatlansa bo‘larmidi? Albatta, yo‘q!
Dik Send boshiga og‘ir ishlar tushishini ba’zan oldi-
noq sezuvchi missis Ueldonnni har qanday yo‘llar bilan 
ovutishga harakat qildi.
– Bir hafta oldin yo bir hafta keyin, – deb takrorlardi u 
missis Ueldonga, – ishqilib, biz Amerika qirg‘og‘iga yetib ola-
miz. Qayerdan chiqishimizning unchalik ahamiyati yo‘q... 
Eng muhimi shuki, biz albatta qirg‘oqqa chiqib olamiz!
– Mening bunga hech qanday shubham yo‘q, Dik!
– Albatta, missis Ueldon, agar kemada siz bo‘lmay, 
men faqat matroslar uchungina javobgar bo‘lganimda, 
har holda ish boshqacharoq bo‘lardi, ammo...


92
Jyul Vern
– Ammo biz nima bo‘lib kemaga tushmaganimizda 
va falokatga uchragan negrlar bo‘lmaganida edi, sen 
chi rog‘im, Negoro bilan yuzma-yuz yolg‘iz o‘zing qolgan 
bo‘lar eding... Bilaman, sen unga ishonmaysan. U ma-
halda nima qilarding?
– Dastlab, – deb qat’iy javob berdi o‘smir, – meni Negoro-
ni o‘zimga zarar yetkazolmaydigan qilib qo‘yardim...
– Kemani bir o‘zing eplay olarmiding?
– Ha, bir o‘zim eplardim!
O‘smirning qat’iy va dadil gaplaridan missis Ueldon 
xotirjam bo‘ldi.
Shunday bo‘lsa ham u o‘zining kichkina o‘g‘liga ko‘zi 
tushgan choqlarda, tashvishlanmasdan iloji yo‘q edi. 
Mard sayohatchi ayol o‘zining tashvishini hech kimga 
sezdirmaslikka urinar, ammo hech bir sababsiz nimadir 
ichini timdalar edi.
Yosh kapitan kema yurgizish qoidalarini uncha lik 
yaxshi bilmasa-da, va astronomiya yo‘li bilan hisoblay 
olmasa-da, ammo unda havoni bilishda dengizchilarga 
xos sezgirlik bor edi. Birinchidan, havo hamda dengizda-
gi o‘zgarishlarga ikkinchidan, barometrdagi simobning 
pasayib ketishiga qarab, u kutilmagan har qanday falo-
katlarning oldini olishga harakat qilardi.
Ob-havoni juda yaxshi biluvchi kapitan Gul Dikka 
barometrdan foydalanish yo‘lini o‘rgatgan edi. Biz bu 
ajoyib asbobdan qanday foydalanish kerakligini qisqacha 
aytib o‘tamiz
16
.
«1. Uzoq vaqt havo yaxshi kelib barometr tez va to‘xtov-
siz tusha boshlasa, bu yomg‘ir bo‘lishining alomatidir. 
Ammo havo juda uzoq vaqtgacha yaxshi bo‘lib tursa, 
barometr tushgandan keyin ikki-uch kun o‘tgachgina 
havo o‘zgarishi mumkin. Bunday hollarda barometr 
tusha boshlagan vaqtdan boshlab to havo ayniguncha 
qanchalik ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, yomg‘ir ham shunchalik 
uzoq yog‘ib turadi.
16
Yorepierrening «Rasmli lug‘at»idan olindi

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish