110
Jyul Vern
U zinapoyadan chopib tushdi-da, missis
Ueldon kich-
kina Jek, Nan kampir va Benedikt tog‘alarning kayuta-
siga yugurdi.
– Bu orol ekan! Orol ekan! – deb qichqirib yubordi u.
– Orol deysanmi, Dik? – deb so‘radi missis Ueldon. –
Xo‘sh qanaqa orol?
– Hozir xaritadan ko‘ramiz! – dedi-da, Dik chopqillab
borib, kayutasidan xaritani olib keldi.
– Mana, missis Ueldon, mana! – deb ko‘rsatdi u xari-
tani yoyib. – Biz ko‘rgan yer Tinch okeanning odam bolasi
oyoq bosmaydigan joyidagi faqat mana shu nuqta bo‘lishi
kerak. Bu Pasxi oroli bo‘ladi. Bu joylarda boshqa orol yo‘q.
– Demak, shu yerni bosib o‘tdikmi? – deb so‘radi mis-
sis Ueldon.
– Ha, endi u orqada qoldi...
Missis Ueldon xaritadagi zo‘rg‘a ko‘zga chalinadigan
kichkinagina bir nuqta bo‘lgan Pasxi oroliga tikilib qarab
turar edi.
– Bu orol Amerika qirg‘og‘idan qancha keladi?
– O‘ttiz besh gradus uzoqlikda.
– Necha mil bo‘ladi?
– Ikki ming milcha.
– Unday bo‘lsa, «Piligrim»
joyidan qimirlamagan ekan-
da! Bu nimasi axir, biz quruqlikdan hali ham shunchalik
uzoqda bo‘lsak-a?
– Missiz Ueldon... – deb gap boshladi Dik Send. Esimni
yig‘ib olay deganday u peshonasini ushladi – Bilmadim...
Buning qanday bo‘lganini sira tushunolmadim. Yo‘q...
hayronman... Yoki kompasimiz buzuqmikin?.. Ammo
bu yer faqat Pasxi oroli bo‘lishi mumkin, chunki shamol
bizni doim shimoli-sharqqa qarab haydab keldi... To‘g‘ri,
bu Pasxi oroli, Endi biz xursand bo‘lishimiz kerak, chun-
ki okeanning qayerida ekanimizni axiri bilib oldik. Biz
qirg‘oqdan ikki mil beridamiz-a!.. Endi men bo‘ron bizni
qayoqqa haydab ketganini yaxshi bilib oldim! Bo‘ron
to‘xtasin-chi, keyin biz sog‘-salomat Amerika qirg‘og‘iga
yetib olamiz!
111
«O‘n besh yoshli kapitan»
Yosh kapitanning dadilligi boshqalarga ham ta’sir
qildi. Hatto missis Ueldon ham suyunib ket di. Bechora
sayohatchilarga go‘yo hamma balo-qazolar birdan o‘tib
ketganday, «Piligrim» xavfsiz port yaqinida bo‘lib,
portga
kirish uchun dengiz suvining ko‘tarilishini poylab tur-
ganday ko‘rindi.
Pasxi orolining haqiqiy nomi Vaygu, Vayaxu yo ki
Rapanun bo‘lib, u 1722-yilda ochilgan edi. Bu orol 27°
janubiy kenglik bilan 112° sharqiy uzunlikda turar edi.
Demak, kema o‘z yo‘lidan o‘n besh gradus chetga chiqib
ketganligi aniqlandi.
Dik Send bunga kemani shimo-
li-sharqqa haydagan bo‘ron sababchi bo‘ldi deb hisobladi.
Shunday qilib, «Piligrim» quruqlikdan hali ham ikki
ming mil narida edi. Agar shamol kemani shunaqa qattiq
surib boraversa, kema bu masofani o‘n kunda bosishi
mumkin . Nahot, o‘sha vaqtgacha
ha vo ochilib ketma-
sa? Nahotki, quruq yer ko‘ringanda ham «Piligrim»ning
yelkanlarini ko‘tarib bo‘lmasa?
Dik Send necha kunlardan beri hech tinmayotgan
bo‘ron axiri tinib qolar, deb o‘ylar edi. Pasxi orolinig paydo
bo‘lishini yigitcha yaxshi alomat deb hisoblar edi, chunki
endi u «Piligrim» okeanning qaysi nuqtasida turganini
aniq bilib oldi. Shundan keyin uning o‘ziga
ishonchi yana
ortdi va sayohatning yaxshi tugashiga umid qila boshladi.
Mustahkam ishlangan va yaxshi uskunalangan
«Piligrim» bo‘rondan ko‘p zarar ko‘rmadi. U faqat og‘ma
grot bilan bomkliver yelkanlaridan ajraldi, xolos. Ammo
uning o‘rnini to‘ldirish oson edi. Kema nihoyatda pishiq
ishlanganidan ichkariga bir tomchi ham suv kira olmadi.
Kemaga kirgan suvni to‘kadigan nasoslar tuzuk edi. Bu
jihatdan «Piligrim»ga hech qanday xavf-xatar yo‘q edi.
Ammo bo‘ron quturgani quturgan, uni hech narsa
to‘xtata olmaydiganga o‘xshar edi. Yosh kapitan bo‘ron
bilan kurashish uchun kemasini tayyor holga keltirdi,
ammo shamolni to‘xtatish, to‘lqinlarni bosish va havoni
ochib yuborish – uning qo‘lidan keladigan ish emas edi...