103
«O‘n besh yoshli kapitan»
Og‘ma grotni shamol uchirib
ketganidan keyin bir
necha daqiqa o‘tar-o‘tmas, shamol bom-kliverni par-
cha-parcha qilib tashladi. Dik Send kemani boshqarish
osonroq bo‘lsin deb stak sel yelkanini ham ko‘tara olmadi,
vaholanki shu kichkinagina yelkan ham kemani bosh-
qarishni ancha yengillashtirgan bo‘lardi.
«Piligrim»dagi hamma yelkanlar olib qo‘yilganligiga qa-
ramasdan kemaning korpusiga, machtalariga va takelaji-
ga shamol qattiq urib turganligi sababli kema juda tezlik
bilan ketmoqda edi. Kema suzish bir yoqda tursin, ba’zan
hatto suvga tegmasdan uchib borayotganday ko‘rinar edi.
Kema zo‘r to‘lqinlar orasida cho‘p singari o‘ynoqlab
yurardi.
Bundan tashqari, to‘lqinlar kemani orqadan urib
ag‘darib
yuborshi mumkin edi, chunki tog‘day-tog‘day
to‘lqinlar kemadan tezroq yurib, oldinga o‘tib ketar edi.
Agar kema orqadan urgan to‘lqinning ustiga tezda chiqib
olmas ekan, o‘sha to‘lqinning tagida qolib g‘arq bo‘lib
ketishi turgan gap edi. Bo‘rondan qochuvchi kemalar
uchun eng xavfli payt ham shu bo‘ladi.
Xo‘sh, bunday xatarga qarshi qanday chora ko‘rish
kerak edi?
«Piligrim»ni tezroq haydash mumkin emas,
chunki
hamma yelkanlari olib qo‘yilgan. Endi birdan-bir chora
rul yordami bilan kemaning tumshug‘ini to‘lqinga qarshi
to‘g‘rilab yurish edi. Biroq kema ko‘pincha rulga bo‘ysun-
may qo‘ymoqda edi.
Dik Send shturval yonidan ketmadi. Kemaga ke lib
urilayot gan o‘ynoqi to‘lqinlar dengizga uloqtirib yubor-
masin deb, u o‘zini arqon bilan shturval oldiga bog‘lab
qo‘ydi. O‘zlarini kemaga bog‘lab qo‘ygan Tom bilan Bat
ham, o‘z kapitanlariga yor dam berishga tayyor turar
edilar. Gerkules bilan Akteon bitengga mahkam yopishib
olib, kemaning burnida navbatchilik qilar edilar.
Missis Ueldon, kichkina Jek, keksa Nan va Benedikt
tog‘a Dik Sendning buyrug‘iga
itoat qilib, o‘zlarining
kayutalaridan tashqariga chiqmadilar. Missis Ueldon
104
Jyul Vern
jon deb kema sahnida qolardi-yu, lekin Dik, o‘rinsiz
halok bo‘lish ehtimoli borligini vaj qilib, bunga hech yo‘l
qo‘ymadi.
Hamma lyuklar mahkam qilib berkitilgan edi. Dik,
agar zo‘r to‘lqin kema ustidan o‘tib ketsa ham lyuklar suv
o‘tkazmaydi, deb umid qilar edi. Basharti lyuklar suvning
bosimiga chiday olmasdan ochilib ketsa,
kemaning ichi
suvga to‘lib, cho‘kib ketishi turgan gap edi. Xayriyatki,
«Piligrim»ga yuk to‘g‘ri ortilgan ekan, qattiq to‘lqin bo‘lishi-
ga qaramasdan, yuklar joyidan hech qimirlamadi.
Dik deyarli ko‘z yummasdi. Missis Ueldon uning
charchab betob bo‘lib qolishidan xavotir olar edi, u Dik-
ning biroz bo‘lsa ham mizg‘ib olishini talab qil di...
13-martdan 14-martga o‘tar kechasi,
Dik dam olib
yotgan mahalda shunday bir voqea ro‘y berdi.
Tom bilan Bat shturval oldida navbatchilik qilar edilar.
Kemaning bu tomoniga kamdan-kam keladigan Negoro
to‘satdan ularning oldida paydo bo‘lib qoldi va hatto
ularni gapga solmoqchi ham bo‘ldi.
Ammo keksa negr ham, uning o‘g‘li ham Negoroning
gaplariga quloq solmadilar.
Birdaniga kema bir tomonga ancha qiyshayib ketdi.
Negoro
yiqilib tushdi, agar kompas shkafchasi – naktouz-
ga yopishib olmaganida, dengizda qulab ketishi ham
ehtimol edi.
Tom kompasdan xavotirlanib qattiq baqirib yubordi.
Uyqu aralash bu tovushni eshitgan Dik Send o‘qday
chopib palubaga chiqdi-da, shturval tomon ga yugurdi.
Ammo Negoro o‘rnidan
turib olgan, qo‘liga kompas
shkaf chasining tagidan sug‘urib olgan temir bor edi. U
Dik kelmasdan burun bu temir-ni dengizga uloqtirib
yubordi. Demak, Negoro endi kompas sterlkasining yana
to‘g‘ri ishlashini istab qolipti-da? Endigi, kemani oldin-
ga qarab surib ke tayotgan janubi-g‘arbiy shamol uning
yashirin maqsadiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa kerak.
– Nima voqea bo‘ldi? – deb so‘radi Dik.