Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

95
«O‘n besh yoshli kapitan»
yengillashtirish ham zarur edi, chunki machtaning yuki 
qancha yengil bo‘lsa, kema to‘lqinlar orasida chayqalgan 
paytda shuncha barqaror bo‘ladi. Shuning uchun Dik 
ikkala reyani ham palubaga tushirdi.
Ikki soatga cho‘zilgan bu ish tamomlanganidan keyin 
Dik Send bilan uning yordamchilari marsel yelkanini 
kichraytira boshladilar. Hozirgi vaqtda aksari kemalarda 
marsel ikkita bo‘lsa, «Piligrim»da bitta edi. «Piligrim»ning 
matroslari burungi zamonlardagi singari reyalar ustida 
yugurib yurishga, yelkanning shamolda hilpirayotgan 
uchini ushlab tortishga va keyin linlar bilan mahkam 
bog‘lab qo‘yishga majbur edilar. Bu ish juda qiyin, uzoqqa 
cho‘ziladigan hamda ancha xatarli ish edi. Shunday bo‘lsa 
ham, axiri yelkan kichraytirildi va shundan keyin kema 
ravon yura boshladi. Dik Send, Bat va Ostin palubaga 
tushganlarida «Piligrim» quruqlikda bo‘ron deb ataladigan, 
lekin dengizchilar tili bilan aytganda, juda qattiq shamolda 
suzish uchun tappa-taxt qilib qo‘yilgan edi.
Keyingi uch kun ichida, ya’ni 20, 21 va 22-fevral 
kunlarida shamolning kuchi ham, oqimi ham sira o‘zgar-
madi. Barometr borgan sari pastga tushar edi; 22-fevral 
kuni esa barometr yigirma sakkiz-u o‘n yetti dyuymni
20
ko‘rsatib turar edi.
Barometrning yaqin kunlar ichida ko‘tarila boshlash-
iga hech ham umid yo‘q edi. Osmonning qovog‘i soliq, 
shamol ham qattiq guvillardi. Dengiz usti doim tuman 
edi. Butun osmonni quyuq qora bulutlar qoplab olgani-
dan kunning qayoqdan chiqib, qayoqqa botayotganini 
ham bilib bo‘lmas edi.
Dik Send qattiq tashvishga tushib qoldi. U ke mani 
idora qiladigan joydan, ya’ni kapitan ko‘prikchasidan 
hech qayoqqa jilmasdi, dam ham olmas edi. Shunga 
qaramasdan o‘zini xotirjam ko‘rsatar edi.
20
Ingliz va amerika barometrlarining shkalasi dyuymlar va 
chiziqlarga bo‘lingan. 28,7 dyuym 728 millimetrga baravardir 
(Muallif izohi).


96
Jyul Vern
23-fevral kuni ertalab shamol go‘yo pasaya bosh-
laganday bo‘ldi. Ammo Dik Send havoning tuzalishiga 
ishonmadi. Haqiqatan ham u o‘ylagancha bo‘ldi: tush 
paytidan keyin shamol juda zo‘rayib ketib, dengizda 
qattiq to‘lqin ko‘tarila boshladi.
O‘zining kambuzidan kamdan-kamgina chiqadigan 
Negoro tushdan keyin soat to‘rtlarda kema sahniga 
chiqdi. Dingo kemaning biror burchagida uxlab yotgan 
bo‘lsa kerak – bu safar oshpazni tinch qo‘ydi.
Har vaqtdagiday kamgap bo‘lgan Negoro palubada 
yarim soatcha dengizga astoydil tikilib qarab turdi.
Okeanda uzun-uzun to‘lqinlar mavj urar edi. Ular ket-
ma-ket o‘tib turar, lekin hali bir-birlari bi lan to‘qnashmas 
edi. To‘lqinlar odatda bunday kuchli shamolda bo‘ladi-
gandan ham balandroq edi.
Demak, yaqin joyda, g‘arb tomonda qattiq bo‘ron 
turgan va tez orada kemaga yetib kelishi turgan gap edi.
Negoro «Piligrim» atrofida ko‘piklanib, to‘lqinlanib yot
-
gan suvga nazar tashladi-da, keyin sovuq ko‘zlari bilan 
osmonga qaradi.
Osmonning ko‘rinishi juda qo‘rqinchli edi.
Yuqoridagi bulutlar pastdagilariga qaraganda juda tez 
harakat etardi. Juda balandda tez esayotgan shamol, tez 
orada dengiz ustiga tushib, «qattiq shamol» deganimizni 
qattiq bo‘ronga aylantirib yuborishi mumkin edi...
Negoro, yo dengiz ishlaridan hech narsa tushunmasdi, 
yoki hech narsadan qo‘rqmaydigan dovyurak bir odam 
edi. Uning yuzida hech qanday bezovtalik alomati ko‘rin-
mas edi. Tashvishlanish u yoqda tursin, hatto labini qiy-
shaytirib ichi qoralik bilan jilmayar edi. Havoning bunday 
yomon kelishidan xafa bo‘lish o‘rniga hatto xursand, deb 
o‘ylash mumkin edi.
U bushprit ustiga minib oldi-da, ehtiyotkorlik bilan 
lomutlager tomonga surildi. U ufqda biron narsani 
ko‘rishga harakat qilganday tuyular edi. Keyin astagina 
palubaga tushdi va bir og‘iz so‘z aytmasdan o‘z kayuta-
siga kirib ketdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish